Lyudvig van Bethoven



Download 18,11 Kb.
Sana25.07.2021
Hajmi18,11 Kb.
#128080
Bog'liq
Lyudvig van Bethoven


Lyudvig van Bethoven

To‘lqinlari sabrsizlik bilan jo‘sh urayotgan Reyn daryosining sohillarida qad rostlagan kichkinagina Bonn shahri. Chekka hududlarda har qanday rang-barangliklarsiz o‘tgan oddiy bolalik. Lyudvig va uning ukalari onasidan ancha erta ayrildilar. Ota o‘g‘illari uchun me'yoridan ortiq darajada qattiqqo‘l, buning ustiga sharobga mukkasidan ketgan, shu bois oilani tebratishga qodir emasdi.

Yosh Lyudvigni kelajakda nimalar kutayotgandi? Mahalliy qo‘shiqchi iqtidorli bolakayni kamar va tarsakilar yordamida musiqa bilan shug‘ullanishga majburlar, bechora Lyudvig esa og‘riqlar va jarohatlar dastidan kunlab o‘ziga kelolmasdi. Bunday keskinlikning nima keragi bor?

«Eti sizga, suyagi bizga» deya farzandini ustozga topshirgan ota yosh jigarbandi orqasidan pul topa boshladi. Biroq, odatdagidek, topilgan pullarni ichkilikka sarflardi. Kunlar shu holda davom etdi.

Kaltaklar, haqoratlardan yuragi zada bo‘lgan to‘ng‘ich farzand bir kuni Yevropaning musiqa markazi - Venaga keldi. Bu yerda u o‘zining pianinochilik va bastakorlik bobidagi favqulodda mahoratini namoyish etishga erishib, ommaning olqishiga sazovor bo‘ldi. Shunday bo‘lsa-da, katta g‘alabalarga hali bor edi. Lyudvig sabr qilar, venalik biror-bir boy shinavanda uni ovloqdagi Bonn shahridan kelgan yosh qobiliyat egasining san'atidan bahramand bo‘lish uchun o‘z qasriga taklif qilishini kutardi. Beso‘naqay va g‘alati ko‘rinishdagi nozik qalb egasi poytaxtdagi zax yarim yerto‘lada turar, u yer sovuq va nam edi. Isinib olish, Bonn­dagi bo‘g‘iq va og‘riqli xotiralarni esdan chiqarish uchun raqsga tushishni o‘rganardi. Albatta, gavda harakatlariga nafislik yetishmasdi. Buning sababi pakanalik va semizlik bo‘lsa kerak. Xarakteri ham yoqimli emasdi. Shu bois do‘stlardan ko‘ra ko‘proq dushman orttirdi.

Betxovenga jismonan azob, ammo boshqa tarafdan katta shuhrat keltirgan holat - qulog‘i yaxshi eshitmas edi. Uning hayoti haqidagi ayrim ma'lumotlarning bo‘rttirib yuborilganiga ishonging keladi. Yoki nemis bastakori, haqiqatan ham, favqulodda iqtidorli va buyuk bo‘lgandir, boisi hatto eshitish qobiliyatining yo‘qolishi ham uning hayoti va ijodiga deyarli ta'sir etolmagan...

Qachon uning qulog‘i og‘irlashdi?

Lyudvigning o‘zi ham bu haqda aniq biror narsa deyishi qiyin edi. Karlik qorong‘u tun kabi asta-sekin yoyiladi, birdaniga emas. Venalik shifokorlar uzoq vaqt tashxis qo‘ya olmay, yosh mijozning asablari charchaganini ta'kidladilar, xolos. Taqdir unga nav­batdagi xavfli hazilni taqdim etdi - kasallik o‘tkazib yuborilgandi.

Vaqt o‘tib, Lyudvig yuqori tondagi (pardalardagi) ovozlarni yaxshi eshitmayotganini sezdi. Bundan tashqari, quloqlaridagi qandaydir shovqin kunu tun asabiga tegishni boshladi. Betxoven mazkur qiynoqli shovqinni «quloqlariga in qurgan iblis» deya shoirona nomladi.

Asabiy g‘ashlik musiqashunosni Venani tark etib, poytaxtdan unchalik uzoq bo‘lmagan kichik Gelingenshtadt qishlog‘iga yo‘l olishga majbur qildi. U o‘zi tashrif buyurgan makonning ajoyib go‘zalliklarini ilk kundayoq his etdi. Toza suvli daryolar, yam-yashil o‘tloq, serma'no sokinlik va keng vodiyda o‘tlab yurgan qo‘y-qo‘zilarni nay chalib, kuzatib yurgan cho‘ponlar Sharl Perro va aka-uka Grimlarning ertaklaridagi manzaralar va qahramonlarni esga solardi. «Bunday jannatmakon o‘lkadan-da yaxshirog‘ini topish mumkinmikan», deya savol berdi Lyudvig o‘z-o‘ziga.

Tez orada Betxovenga shogird ham topildi. Bir kuni o‘quvchisi cho‘ponlardan birining mohirlik bilan nayda kuy ijro etayotganini zavqqa to‘lib aytib, baloga qoldi, ustozini ham xafa qilib qo‘ydi. Aslida ayb unda emasdi, chunki shundan so‘ng sharobxo‘rning o‘g‘li hayotidagi eng yoqimsiz haqiqatni tan olishga majbur bo‘ldi. Uning eshitish qobiliyati susayib borardi.

- Qanaqa nay? - deya kutilmaganda va beo‘xshov tarzda boshini qimirlatdi bastakor. - To‘xta-chi, o‘zi uni kim ijro etayapti?

- Nahotki, eshitmayotgan bo‘lsangiz?! U shundoqqina yaqinimizda-ku, axir!

Lyudvigning qorachadan kelgan yuzlari oqarib ketdi. Hattoki, Geylingenshtadtdagi shovqinsiz muhit, hordiq payti, jimjitlik va tinchlik hukmronlik qilganda ham uning eshitish qobiliyati yanada yomonlashibdi. Demak, kasallik avj olayapti. Begunoh shogirdiga jahl bilan qaragan musiqachi shu ondayoq boshi oqqan tomonga, to‘g‘rirog‘i, butazor oralab telbalarcha yugurib ketdi. 

U o‘z kamchiligi haqida faqat eng yaqin va ishongan kishilarigagina sir saqlash sharti bilan aytdi. Bechora san'atkor bu voqelikdan o‘zi shundoq ham Venada kam bo‘lmagan dushmanlari va hasadgo‘ylar xabar topishini istamasdi.

Maestroning shuhrati va ijodi shiddat bilan o‘sib borar, ammo eshitish qobiliyati shunday tezlikda yomonlashardi. Poytaxt uni olqishlar, avstriyaliklar, hatto buyuk Motsart ham fortepyanoni Betxovendek ustalik bilan  chala olmaydi, deya hisoblardilar.

Dovrug‘ - oddiy ovunchoq emas, uni asrash qiyin. Endi oqsuyaklar va nozikta'b shaxslar Lyudvig van Betxovenni Motsart, Gaydn, Glyuk kabi mashhur kompozitorlar bilan bir qatorga, ba'zan yuqoriroq o‘rinlarga ham qo‘ya boshlashdi. Venalik fan va san'atga homiylik qiluvchi davlatmand kishilar uni o‘z uylarida tashkil etiladigan ijodiy kechalarga taklif etishni odatga aylantirishdi. Oqsuyaklar Lyudvigning og‘ir va chidab bo‘lmaydigan xarakteriga e'tibor bermaslikka ham tayyor edilar. Katta obro‘li bastakorning mahoratiga bag‘ishlangan maqolalarni shahar gazetalari birinchi sahifasida berar, maqtovlarning chek-chegarasi yo‘q edi.

Betxoven shohsupaga tobora yuqoriroq ko‘tarilayotgandi.

Bundan ortiq yana nima kerak insonga? Shunga qaramay, karlikning kuchayi­shi bastakorning xavotirini oshirardi. Yaqin orada markaziy nashrlardan birida uning karligi haqida chiqadigan maqolayu feletonlardan xavfsirar, kamchiligi butun olamga oshkor bo‘lib, kulgi bo‘lishidan hayiqardi. Venaliklarning ideali kulgu ostida qolib ketsa, natijada kinoyali nigohlar ko‘paysa, uning uchun bundan yomoni yo‘q edi. «Ovozni eshitmaydigan musiqa xizmatchisi» - qanday masxaraomuz laqab", - deya o‘ylardi u. Bunday laqab chindan ham paydo bo‘lsa, afsuski, bu anglashilmovchilik natijasi emasligi Lyudvigga yaxshi ma'lum edi. U shu paytda Ispaniyada buyuk rassom, ammo kar Goyya o‘z san'at durdonalarini yaratayotgandan xabarsiz edi. Baxning ham quloqlarida muammo bo‘lgan. To‘g‘ri, Bax musiqa bastalab, uni organda ijro etgan, ammo bu kabi kuchli musiqa asbobi odatda dafn marosimida chalinar, yevropaliklar hazil aralash uning muxlislari tiriklar orasida yo‘q, deyishardi.

Agar Lyudvig eshitish imkoniyatidan butunlay mahrum bo‘lsa-chi? Unda nima bilan shug‘ullanadi? Poyabzal tozalaydimi? G‘isht quyadimi? Quvurlarni yamab, kun ko‘radimi? Yoki dalada poda boqadimi?

Mana, u tushkunlikka tushib, o‘zi bilan o‘zi yolg‘iz qolgan damlar. Ayrim g‘arazgo‘ylar uning uzlatga berilishini o‘ta mashhurlikdan boshi aylanib qolgani, deya qabul qilishdi. Lyudvig jamiyatdan begonalashib, o‘zini azoblar tikanzoriga otdi. Ijodda esa muhim o‘zgarishlar mavsumi kutib turardi. Dastlab Venadagi qahvaxonalar uchun yengil musiqalar bastaladi, ammo ko‘ngli to‘lmadi. Biroz vaqt o‘tib, ijodga jiddiyroq kirishdi. Yozgan sonata va simfoniyalarida puflab chalinadigan musiqa asboblarining shovqini, royalda ijro etiladigan passaj (musiqa asarlarining juda murakkab va ustalik bilan ijro etilishini talab qiladigan kuy qismi)dagi momaqaldiroq shiddati, kamoncha bilan chalinadigan tovush vositalari imkoniyatlarini me'yoridan ortiq ishga solish yaqqol sezilardi.

Oqibatda oqsuyaklar uyida chalingan kuylar ovozi deraza to‘siqlarini yorib, tashqariga, ko‘cha-ko‘yga tarqaldi. Oddiy xalq ham uning muxlisiga aylandi. Shundan boshlab Betxovenning musiqalari jamiyatdagi qarashlarni ikkiga bo‘lib yubordi. Konservatoriya professorlari «Patetik (jo‘shqin) sonata»ni tinglashni taqiqlab, kompozitorni musiqaning mumtoz qonunlariga xiyonat qilganlikda aybladi. Yoshlar esa har doimgidek zamonaviy ijod mahsullarini sevishardi. Kichik muxlislarning kompozitor ijodining nozik tomonidan xabari bormidi yoki sonata va simfoniyalardagi shovqindan tashqari ularda ifoda etilgan taqdirga nisbatan qahr-g‘azabini ham sezishdimikan?

Nima bo‘lganda ham bonnlik musiqachi kasallik qachondir chekinishiga ishondi,  venalik shifokorlardan ko‘ra umidni o‘z irodasidan qidirdi. Ijod paytlarida esa hamma muammolarni esdan chiqardi. «Gendel, Bax, Glyuk va Motsartning portretlari, - deb yozadi bastakor o‘z kundaliklarida. - Menga ko‘proq ishonch bag‘ishlab, bardoshimni mustahkamlaydi».

U ketma-ket bir-biridan saviyali ijod namunalarini yarata boshladi. Kontsertlarda qatnashishlar, orkestrni boshqarish ham shular jumlasidan edi. Hech kim unga qarab kundan-kunga eshitish qobiliyatini yo‘qotib borayotganiga ishonmasdi.

Lyudvig Betxovenning shaxsiy hayoti-chi?

Ayollar bilan munosabati chigal edi. Fortepyanoda dars beruvchi teatrning yosh qo‘shiqchisi, go‘zal grafinya Juletta Gvichchardi bilan aloqalari dastlab ko‘ngildagidek kechdi. Uning tim qora ko‘zlari, Janubiy italiyaliklarga xos bo‘lgan husni nemis kompozitorini rom etgandi. Lyudvig o‘z do‘stiga ajoyib va yoqimli bir qizni sevib qolgani to‘g‘risida xat yo‘llaganida, Julettani nazarda tutgandi. Shunday bo‘lsa-da, yuqori tabaqadagi qo‘shiqchiga to‘y taklifi bilan murojaat etishga nima uchundir shoshilmasdi. Orada janjallashib qolishdi, ammo Geylingenshtadtga bosh olib ketgan bo‘lsa-da, Betxoven unga uylanishiga ishonardi. Biroq grafinya­ yana bir mashhur musiqa mutaxassisi, oqsuyak graf Gellenberg bilan nikohdan o‘tdi. Juletta bu haqda xabar berganida, kompozitor taqdirning yana bir kutilmagan zarbasiga dosh berishga o‘zida bazo‘r kuch topa oldi. Yosh xonim esa vaqt o‘tib, kimni yo‘qotgani, Betxovenni kimga almashtirganini ang­lab yetganda, kech bo‘lgandi. Juli boy turmush o‘rtog‘i bilan ajrashib, ostonasiga bosh urib kelganda ham Lyudvig uzrni qabul qilmadi. Betxoven xiyonatkor Gvichchardini yo‘qotgach, sovuq g‘am-anduh, oshiqning omadsiz sevgi kechinmalari haqida nola qiluvchi «Oy sonatasi»ni yaratgan deyishadi.



Mana shunday hayratlanarli damlarga boy o‘tgan hayotining qirq beshinchi yilida bastakor butunlay eshitishdan qoldi. U yanada yolg‘izlanib, xonasiga xizmatkorlardan bo‘lak hech kimning kirishiga ruxsat bermay qo‘ydi. Faqat tongotarda sayrga chiqardi.

Nihoyat, bunday soxta yolg‘izlikdan ham voz kechib, taqdirga tan berdi. Kamchiligini ommaga oshkor etishga qaror qildi. «Mening karligim hayotimda ham, ijodimda ham endi sirlik maqomini yo‘qotdi», deya hayqirdi u. Hatto eshitish trubkasi yordamidan foydalana boshladi. «Qattiqroq gapiring! Men karman!» - derdi u suhbatdoshiga. O‘ziga xos noqulaylikdan xalos bo‘lib, yengil tortgan Lyudvig qandaydir kundaliklarni yozishni to‘xtatib, musiqaning go‘zal olamiga yanada chuqurroq sho‘ng‘ib ketdi. U yanada qat'iylashdi, ammo xarakteri tiyiqsiz va betakallufligicha qoldi. Xo‘mrayish ham esidan chiqmadi. Shu bilan birga u hamon samimiy, olijanob va ma'yus edi. Lyudvigning so‘nggi ilhom parisi Tereza Brunsvik bo‘ldi. Tereza savodli va chiroyli, qolaversa, iqtidorli pianinochi edi. Venada ajoyib kunlar, turmush qurishga ahdlashuvlar, xullas, hammasi kutilgandek ketayotgan bir pallada nima uchundir Brunsvik Shveytsariyaga ketib qoldi. Sababi noma'lum edi. Nima bo‘lganda ham Betxovenga bu borada yana omad kulib boqmadi. Lekin ijodiy jihatdan bunday deyish umuman noto‘g‘ri bo‘lardi. Bitta epizodni keltirishning o‘zi kifoya - kompozitorning ijodiy yutuqlari yuksak bo‘lgan. Kar bo‘lishiga qaramasdan, «To‘qqizinchi simfoniya»ni qiyomiga yetkazib ijro etdi. Ana shu ajoyib kunda muxlislar uni gulduros qarsaklar bilan olqishlashdi, guldastalarga ko‘mib tashladilar. O‘shanda teatr tarixida birinchi marta kontsert zalida tartib o‘rnatish, muxlislarni tinchitish uchun venalik politsiyachilarni chaqirishga to‘g‘ri kelgandi. Bunday katta natijaga erishganidan Betxovenning o‘zi ham cheksiz baxtiyor edi. Balki ulkan muvaffaqiyatlariga guvoh bo‘lish uchun ham u yashashda davom etgandir. Lyudvig van Betxoven taqdirning turfa zarbalariga o‘z iqtidori bilan munosib javob qaytara oldi. Karlikni yengib, barcha kuyunchak qalb egalarini o‘z shaydosiga aylantirishdan ortiq baxt yo‘q edi uning uchun.
Download 18,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish