Temuriylar davlati



Download 30,13 Kb.
bet1/3
Sana14.02.2022
Hajmi30,13 Kb.
#448210
  1   2   3
Bog'liq
Amir Temur va Temuriylar davrida o


TEMURIYLAR DAVLATI
Reja



  1. Amir Temurning markazlashgan davlat tuzish uchun kurashi va harbiy yurishlari 

  2. Amir Temurning Movarounnahrdagi birlashtirish

  3. 1388-yil yanvarida Amir Temurning qaytishini kutgan dushman orqaga qayta boshladi


Amir Temurning markazlashgan davlat tuzish uchun kurashi va harbiy yurishlari 


Buyuk davlat arbobi va mahoratli sarkarda Amir Temur 1336-yil 8-aprelda (hijriy 736, sha’bon oyining 25 kunida) Keshga qarashli Xo`ja Ilg‘or (hozirgi Yakkabog‘ rayoni) qishlog‘ida barlos beklaridan biri Amir Tarag‘ay ibn Barqal oilasida dunyoga keldi. Onasi Takinaxotun Keshning obro‘li bekalaridan biri bo‘lgan.
Temurning bolaligi va o`spirinlik yillari Keshda o`tdi. Ibn Arabshoh, Rui Gonzales de Klavixo va boshqa tarixshunoslar 1360 yilga qadar uning hayotini ayrim ma’lumotlar bilan izohlashadi.
1360-1361 yillarda Mo`g‘uliston hukmdori hoqon Tug‘luq Temur Movarounnahrning ichki hayotiga rahna sola boshlaydi. Uning bosqinchilik tadbirlari O`rta Osiyolik mustaqil hukmdorlarga ma’lum bo`lganidan keyin ular sarosimaga tushib qolganlar. Shular qatoriga Kesh amiri Hoji Barlosni ham kiritish mumkin. Tug‘luq Temur Xo`jandni ishg‘ol etish niyatida Sirdaryodan o`tganidan so`ng Movaraunnahr amirlari va Hoji Barlos qo`rquvdan o`z jonlarini xalos etish uchun Amudaryodan o`tib Xurosonga ketib qoldilar.
1360-1370-yillarda Movaraunnahr siyosiy hayotida Amir Temur bilan bir qatorda ta’sir o`tkazgan shaxslardan yana biri Amir Qozog‘onning nabirasi amir Husayn edi. Balx va uning atrofidagi yer-mulklar uning tasarrufida edi. 1361-yilda Amir Temur amir Husaynga yaqinlashgan edi. Endi ikkala hukmdor birlashib, mo`g‘ul xonlariga qarshilik ko`rsatish imkoniga ega bo`ldilar. Ma’lumki, Amir Temur mo`g‘ul hokimiga qaram edi. Vaqti kelib, Movaraunnahrni boshqarishni Tug‘luq Temur o`z o`g‘li Ilyosxo`jaga topshirdi. Mustaqil bo`lishga harakat qilib yurgan Amir Temur yangi hukmdorga itoat etmadi. Buning oqibatida yangi ziddiyat yuzaga chiqdi. Amir Xusayn bilan Sohibqiron Temurning bir-birlari bilan juda yaqinlashgan va yaxshi munosabatda bo`lgan davrlar 1361-1365-yillarni o`z ichiga oladi.
Amir Temurning hayotida ro`y bergan va bir umrga unga tan jarohatini muhrlagan voqea 1362 yilda Seyistonda bo`lib o`tgan. Amir Temur jang vaqtida o`ng qo`lini tirsagidan va o`ng oyog‘idan kamon o`qi tegishidan qattiq jarohatlanadi. Buning oqibatida u bir umr oqsoqlanib yuradi. Shu bois undan dahshatga tushgan dushmanlari Amir Temurni hasad bilan “Temurlang” deb atashgan.
Tug‘luq Temur o`limidan so`ng 1363-yilda Movaraunnahr tuprog‘idan haydalgan Mo`g‘ul xoni Ilyosxo`ja yangidan juda katta lashkar bilan avvalgi mulklarini egallab olish maqsadida Movaraunnahr tomon harakat qila boshlaydi. Mo`g‘ul xoni ayniqsa o`zining raqiblariga nisbatan qahrli kayfiyatda ekanligi ham ma’lum edi. Temur va Amir Husayn bo`lg‘usi qaqshatqich to`qnashuvga imkon boricha harbiy kuchlarni yig‘dilar. Tarixda “Loy jangi” nomi bilan kirgan mazkur jang. Chinoz bilan Toshkent o`rtasida 1365-yilning bahorida ro`y bergan. Amir Temur va Amir Husayn Chirchiq daryosi bo`yidagi bu jangda mag‘lubiyatga uchraganlar. Mazkur mag‘lubiyat sabablarini, har xil bayon etishadi. Ayrim solnomachilar mo`g‘ul xonining g‘olib chiqishida Amir Husaynning sust va layoqatsizlik bilan harakat qilishi deb izohlaydi. Ehtimol shundandir, yoki mo`g‘ul xoni qo`shinining soni ko`pligi hamda yaxshiroq tayyorlanganligi bu yutuqning asosiy omili bo`lsa kerak.
Qayta urinish behuda ekanligini anglab yetgan Amir Temur jang maydonini tark etib, qolgan-qutgan askarlari bilan Samarqand tomon qaytib ketgan. Samarqand shahriga kelgandan so`ng bu yerda ham uzoq turmasdan avvaliga Keshga so`ngra Amudaryo orqali Balxga o`tib ketadi. Yuqorida ta’kidlab o`tganimizdek, bu paytda Movarounnahrning bosh amiri Husayn edi. Biror qarorga kelish esa uning irodasiga bog‘liq bo`lgan. Shu sababli Amir Temur ham uning ko`rsatmasi bilan, ko`p hollarda Husaynning roziligi bilan ish tutishga majbur edi. Samarqand shahri, qolaversa, butun Movaraunnahr o`z holiga tashlab qo`yildi. Mo`g‘ul xoni changalidan qutilish samarqandliklarning o`ziga bog‘liq edi. Bu sharoitda Samarqand mudofaasini sarbadorlar o`z qo`llariga oldilar.
Sarbadorlar mo`g‘ullar zulmidan ozod bo`lish yo`lida o`zlarini qurbon qilishga tayyor edilar. Sarbadorlar harakati XIV asrning 30-yillarida Eronda ijtimoiy-siyosiy harakat sifatida paydo bo`lib, 50-60-yillarda Movarounnahrga ham yoyildi. Harakat qatnashchilarining asosiy maqsadi mo`g‘ul istilochilari va zulm o`tkazuvchi mahalliy qatlamlarga qarshi kurash edi.
Xurosondagi singari Samarqandda ham bu harakat qatnashchilarning ijtimoiy tarkibi aynan bir xil bo`lgan. Hunarmandlar, do`kondorlar ayrim madrasa mudarislari va talabalar mazkur harakatga faol qo`shildi. Ilyosxo`ja to`g‘ridan-to`g‘ri Samarqandga tomon yo`l oldi. Shahar jome’ machitiga yig‘ilgan aholi oldida sarbadorlarning bo`lajak rahbaridan biri bo`lgan, madrasa mudarrisi Mavlonozoda chiqib, shaharning har bir a’zosidan katta miqdorda soliq va to`lov yig‘ib, uni o`z bilganicha sarf etib yurgan hukmdorning shaharni o`z holiga tashlab qo`yganligini uqtirib o`tadi.
Mudofaa rahbarligiga Mavlonozoda qatoriga Mavlono Xo`rdak Buxoriy va Abu Bakr Kalaviy ham qo`shildilar. Mudofaa tashkil etilganligidan xabarsiz mo`g‘ullar hukmdorsiz shaharni himoyasiz deb o`ylashardi. Ularning asosiy qo`shinlari shaharga kiraverishdagi bosh ko`chadan hujum qiladilar. Xavf-xatardan shubhasi bo`lmagan bosqinchilar Mavlonozoda kamonchilari bilan pistirmada turgan joyga yaqinlashganlarida to`satdan kamon o`qlariga duch keladilar. Shahar mudofaachilari mo`g‘ullarga uch tarafdan hujum qildilar. Birinchi hamladayoq shaharni egallaymiz deb o`ylab bostirib kirgan mo`g‘ullar katta talofat ko`rib, orqaga chekinishga majbur bo`ldilar.
Samarqandliklarning ishlab chiqqan harbiy rejasi puxta chiqdi va o`z samarasini berdi. Bir necha hujum samarasiz tugagach, mo`g‘ullar shahar atrofini qurshab olib uzoq vaqt qamal qilish rejasini o`ylab chiqdilar. Lekin lashkar safida yuqumli kasallik tarqaldi. Buni ot vabosi (o`lati) deb atashadi. O`lat oqibatida Ilyosxo`ja qo`shinlariga mansub otlarning katta qismi qirilib ketdi. Ilyosxo`ja katta yo`qotishlar bilan dastlab Samarqandni keyin esa Movaraunnahrni tashlab ketishga majbur bo`ldi.
Bu paytda Keshda bo`lgan Amir Temur bu xabarni Amudaryo bo`ylarida bo`lgan Amir Husaynga etkazdi. 1366-yilning bahorida ular Samarqandga etib keladilar va sarbadorlar rahbarlarini o`z huzurlariga chorladilar. Uchrashuv Samarqanddagi Konigil degan joyda bo`ldi. Bu erda sarbadorlarning rahbarlari bilan kelishmovchilik yuz beradi va ular qatl etiladi. Amir Temurning iltimosi bilan faqat Mavlonozoda omon qoldirilib, Xurosonga jo`natiladi. Sarbadorlar harakati bostirilgandan so`ng Amir Husayn va Amir Temur o`rtasidagi munosabatlar keskinlashadi. Bunga Amir Husaynning sarbadorlarga nisbatan adolatsizligi ham bir qadar sabab bo`lgan edi.
1366-1370-yillar oralig‘ida Amir Temur o`z e’tiborini ichki ishlarga qaratdi. Amir Husayn va Amir Temur o`rtasidagi ziddiyatlar 1370-yilda Husaynning o`ldirilishi va Amir Temurning taxtga o`tirishi bilan yakunlandi. Movaraunnahrning amaldagi xoni Chingizxon avlodiga mansub bo`lgan Suyurg‘otmish qo`liga o`tdi. Davlat boshqaruv tizimi esa Movaraunnahr amiri nomini olgan Amir Temir qo`lida qoldi, hamda Kesh shahridan Samarqandga ko`chib, uni o`z davlatining poytaxtiga aylantirdi.

Download 30,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish