Mavzu: Ona tili darslarida Uyushiq bo‘lakli gaplarni o‘quvchilarga o‘rgatish


Mavzu: Uyushiq bo‘lakli gaplarni o‘



Download 0,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana22.03.2022
Hajmi0,81 Mb.
#505715
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
ona tili darslarida uyushiq bolakli gaplarni oquvchilarga orgatish-2

Mavzu: Uyushiq bo‘lakli gaplarni o‘
 
REJA:
1. Ona tili darslarida uyushiq bo‘lakli gaplarni o‘rgatish
2. O‘zbek tilida uyush‘iq bo‘laklarning qo‘llanishi xususiyatlari 
3. Uyushiq bo‘laklarda tinish belgilarning ishlatilishi


kuzatish, tahlil qilish, uning muhim belgilarini aniqlash, taqqoslash, guruhlash va 
umumlashtirish usullaridan foydalanildi. 
Ona tili ta’limi standarti ko‘rsatkichlari boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining 
mustaqil fikrlay olish qobiliyatini, ifodalangan fikrni anglash va o‘z fikrini savodli, 
mantiqiy izchillikda bayon eta olishga o‘rgatish orqali belgilanadi. O‘zbek tilining 
sintaktik qurilishida uyushiq bo‘lakli gaplarni o‘rganish masalasi atroflicha 
ishlanishni talab qiluvchi, nazariy va amaliy qimmati katta bo‘lgan dolzarb 
masalalaridandir. O‘zbek tilida gap bo‘laklarining uyushib kelishi ancha uzoq 
tarixga ega. Uyushiq bo‘laklarning ko‘plab qo‘llanishini XI asrda va undan so‘ng 
yaratilgan asarlarda ko‘plab uchratamiz. Bu hodisa barcha turkiy xalqlar, shu 
jumladan, o‘zbek xalqi uchun ham mushtarak bo‘lgan turk- runiy yozuvlarida 
ham, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur asarlarida ham ko‘plab
uchraydi.
 Chektilar sharbatu taom avval, 
 Ikkisidin yetushdi kom avval
( Navoiy) 
Ushbu yil shu haliq taomdin parhez qila boshladim. Pichoq va qoshiq va 
dasturxong‘acha ehtiyot qilur edim

( ”Boburnoma”). 


Demak, hozirgi zamon o‘zbek tilida uyush‘iq bo‘laklarning qo‘llanishi 
tasodifiy hol bo‘lmay, tarixan shakllanib kelayotgan o‘ziga xos sintaktik hodisadir. 
Bu o‘zining quyidagi xususiyatlari bilan xarakterlanadi. 
1.Uyushiq bo‘lak qismlari o‘zaro teng aloqada bo‘ladi. 
2.Ular gapda bir xil sintaktik vazifa bajaradi. 
3.Ular o‘zi uchun umumiy hisoblangan bo‘lak bilan bir xil munosabatda 
bo‘ladi. 
4.Teng bog‘lovchilar yordami bilan bog‘lanadi yoki bog‘lanishi mumkin. 
5.Sanash intonatsiyasi orqali talaffuz qilinadi. 
6.Odatda bir xil so‘z turkumlaridan ifodalanadi. 
Uyushiq bo‘laklarning o‘zaro bog‘lanishi teng bog‘lovchilar, yuklamalar va 
to‘xtam, ohang yordami bilan bo‘ladi. Teng bog‘lovchilar yordamida bog’langan 
uyushiq bo’laklar gap bo’laklarining o’zaro uyushish munosabatlaridagi ayrim 


xususiyatlariga ko’ra, intonatsiya yordamida bog’langan uyushiq bo’laklarga 
nisbatan ozmi-ko’pmi farq qiladi: bog’lovchilarning qatnashuvi uyushgan 
bo’laklarning ochiq, yanada aniqroq ifodalashni ta’min etadi.
Uyushgan bo’laklarning o’zaro bog’lanishida ishlatiladigan bog’lovchilar 
qo’llanish usullariga ko’ra asosan uch xil: o‘zbek tilida gapning uyushiq 
bo‘laklarini bog‘lash uchun teng bog‘lovchilar - biriktiruv, zidlov, ayiruv 
bog‘lovchilari qo‘llanadi. Bu bog‘lovchilar o‘z vazifalariga ko‘ra bir-biridan farq 
qiladi.
O‘zbek tilida gapning uyushiq bo‘laklari yozuvchilarning asarlarida 
ma’ruzachilarning nutqida uslubiy vosita sifatida juda keng qo‘llanmoqda. Chunki 
ular fikrni aniq, to‘liq, obrazli ifodalaydi, shuningdek, nutqqa ifodalilik, 
ko‘tarinkilik berish uchun xizmat qiladi. Ular ifodani ixcham tuzish, unda his-
hayajon holatlarni to‘la aks ettirish, stilistik ravonlik va ixchamlik singari 
xususiyatlar bilan tilimizda katta ahamiyatga ega bo‘lgan grammatik 
kategoriyalardan hisoblanadi. Shuning uchun bu sintaktik hodisa ifoda vositasi 
sifatida nutqimizning deyarli hamma turida, ayniqsa, yozma nutq turlarida, badiiy 
adabiyotning turli janrlarida ancha keng qo‘llaniladi va dolzarb hodisa hisoblanadi. 
Ona tili darslarida ta’lim-tarbiyaviy vazifalar bir butunlikda hal qilinadi, 
bolalar atrofni o‘rab olgan muhit haqida, mustaqil Vatanimizning o‘tmishi, 
bugungi va kelajagi haqidagi bilimlari kengayadi; milliy g‘oya shakllanadi, ular 
aqliy jihatdan kamol topadilar, mustaqil fikrlashga, mushohada yuritishni 
o‘rganadilar. Boshlang‘ich sinflarda “Ona tili kitobi”ni tahlil qilish fikrimizni 
tasdiqlaydi. Bu kitobda topshiriqlar mazmuni va matnlar o‘zaro bog‘liq holda 
berilgan. 
Ta’lim-tarbiyaviy vazifalarni birgalikda amalga oshirish uchun Ona tili 
darslarida matn va mashqlar ustida ishlash kerakligi ham muhimdir. Ona tili 
darslarida o‘quvchilarga bilim va ko‘nikmalarning ma’lum jihatlarini egallatishni, 
ularda o‘ziga xos shaxsiy sifatlarni shakllantirish bilan bog‘lab amalga oshiriladi.
Ona tili kitoblariga kiritilgan matn va mashqlarda Vatan, ona, xalq, tarix 
haqidagi bilimlar o‘quvchilarning sinfdan sinfga o‘tishi bilan tobora 


chuqurlashtirila boriladi. Vatan, uning o‘tmishi va hozirgi kuni Ona tili kitoblarida 
markaziy mavzu hisoblanadi. Mavzularni o‘rganish jarayonida uyushiq bo‘lakli 
gaplardan qanday foydalanish kerakligi bo‘yicha malakaga ega bo‘ladilar. Ona tili 
darslarida mavzular bir-biri bilan uzviy bog‘lanadi. Bu hol ta’lim va tarbiya 
jarayonining birligi haqida to‘xtashga imkon beradi. O‘quvchilar atrof-muhit, 
borliq haqida qanday bilimlarni egallashlari, ularda qanday bu ishlarni amalga 
oshirishni o‘rganadilar.
4-sinfda o‘quvchilar otlarning egalik qo‘shimchalari bilan qo‘llanishi, 
kelishik qo‘shimchalari bilan turlanishi va asosiy so‘roqlariga qarab ularning bir-
biridan farqlanishi, kelishik qo‘shimchalarining yozilishini; sifat yuzasidan 
o‘rganilganlar takrorlanib, qip-qizil, yum- yumaloq kabi sifatlarning yozilishini; 
son, uning ma’nosi, sanoq va tartib sonlar, ularning so‘roqlari, tartib sonlarning 
yozilishini; kishilik olmoshlari, ularning uch shaxsda, birlik va ko‘plik sonda 
qo‘llanishini, kelishiklar bilan turlanishini o‘rganadilar. Bu sinfda o‘quvchilarga 
fel zamonlari: fe’llarning tuslanishi (shaxs-son qo‘shimchalari bilan o‘zgarishi) 
haqida tushuncha beriladi, uch zamonda: o‘tgan, hozirgi, kelasi zamonda 
qo‘llanishi, o‘tgan zamon qo‘shimchasi (-di) ning aytilishi va yozilishi o‘rgatiladi. 
Dasturning “Gap” bo‘limi materiallarini o‘rganishga bolalarni tayyorlash 
maqsadida ular nutqida ko‘proq ishlatiladigan bog‘lovchilar bilan amaliy 
tanishtiriladi.
So‘zning tarkibi va so‘z turkumlarini o‘rganish jarayonida turli so‘z 
turkumlariga oid so‘zlarning xilma-xil ma’nolarda qo‘llanilishi, so‘zni gapda, so‘z 
birikmasida to‘g‘ri, o‘rinli, aniq ishlatishni bilib olishga yordam beradigan leksik 
mashqlar, shuningdek, o‘quv yili davomida o‘rganiladigan imlosi qiyin so‘zlarning 
yozilishini bilib olishga ko‘maklashadigan lug‘aviy-imloviy mashqlar o‘tkaziladi. 
O‘quvchilar darslikda berilgan lug‘atdan, boshlang‘ich sinflar uchun nashr etilgan 
imlo lug‘atidan foydalanishga o‘rgatiladi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga gap haqida: gapning ifoda maqsadiga ko‘ra 
turlari (darak, so‘roq, buyruq gap) haqida, his-hayajon bilan aytilgan gaplar; 
gapning mazmuniga ko‘ra oxiriga nuqta, so‘roq va undov belgisining qo‘yilishi 


haqida; gap bo‘laklari, gapda so‘zlarning bog‘lanishi haqida, gaplar so‘z 
birikmalariga ajratilishi haqida dastlabki ma’lumotlar to‘rt o‘quv yili davomida 
izchillik bilan berib boriladi. 
Birinchi sinfda o‘quvchilar nutqdan gapni ajratib olishga, gapni alohida 
so‘zdan farqlashga, gapni o‘qiganda ohangiga rioya qilishga, ma’lum 
tayyorgarlikdan so‘ng, gapning birinchi so‘zini bosh harf bilan boshlab yozishga 
va oxiriga nuqta qo‘yishga o‘rganadilar. Ikkinchi sinfda esa oldingi sinfda 
berilgan bilimlar yangi til materiallari asosida mustahkamlanadi, o‘quvchilar 
gapning oxirida nuqtadan tashqari so‘roq belgisi va undov belgisining ishlatilishi 
bilan tanishadilar va oxiriga qo‘yilgan tinish belgisiga mos ohangda gapni o‘qishga 
o‘rganadilar.
O‘quvchilar gap bo‘laklarini o‘rganishga ikkinchi sinfda tayyorlanadilar, 
ular gap kim? (kimlar?) yoki nima? (nimalar?) haqida aytilishini bildirgan so‘zni 
(egani) hamda ular haqida nimalar deyilganini bildirgan so‘zni (kesimni) topishga, 
o‘rgatiladi (ega va kesim atamalari berilmaydi). Bu mavzularni o‘rganish 
jarayonida gapda o‘zaro bog‘langan so‘zlarni aniqlashga oid mashqlar o‘tkazib 
boriladi. 
Uchinchi sinfda gapning turlari (darak, so‘roq, buyruq gap) o‘rgatiladi. 
Ularni ohangiga ko‘ra talaffuz qilish tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘ya bilish haqida 
tushuncha beriladi, og‘zaki va yozma nutqda qo‘llashga o‘rgatiladi. Bu sinfda gap 
bo‘laklari: ega, kesim va ikkinchi darajali bo‘laklar mavzulari ham o‘rganiladi 
(Ikkinchi darajali bo‘laklar turlarga ajratilmaydi). O‘quvchilar so‘z birikmalari 
bilan amaliy tanishtiriladi. 
To‘rtinchi sinfda

Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish