Har qanday sohada jumladan bizning geodeziya, kartografiya va kadastr yo’nalishlarda ham zamonaviy axborot texnalogiyalardan foydalanishga tobora extiyoj ortib bormoqda
Kirish Tobora jadallik bilan rivojlanib borayotgan hozirgi zamonda axborot almashinuv jarayoni va axborotga bo’lgan extiyojni qondirish uchun aniq va ishonchli bo’lgan ma’lumotlar doirasini saralash va sohalarga tadbiq qilish ustivor vazifalardan biri desak mubolag’a bo’lmaydi.
Har qanday sohada jumladan bizning geodeziya , kartografiya va kadastr yo’nalishlarda ham zamonaviy axborot texnalogiyalardan foydalanishga tobora extiyoj ortib bormoqda . Jumladan GIS texnalogiyalarining kundan kunga yangi va zamonaviy xillari yaratilayotganligi ham bu sohadagi malakali kadrlarga bo’lga ehtiyojlarni tobora ortishiga olib kelmoqda.
Xususan faqatgina bitta idora tashkilotdda to'xtalib qolmasdan ketmaketlik asosida uchta tashkilotga biriktirilib amaliyotni o'taganligimiz biz uchun kelgusidagi ish jarayonimizni aynan qaysi tashkilotdda olib borish to'g'risida ozmi ko'pmi tasavvur uyg'otgan bo'lsa ajab emas.
Joriy yilgi amaliyotimiz davrida bevosita haqiqiy ish jarayoni bilan yaqindan tanishib, xodimlar jumladan borgan idora tashkilotimizning shaxsiy tarkibi bilan moslashib tashkilor bo’limlari va ularning qanday vazifalarni bajarishi to'g'risida ko'pgina ma’lumotlarni o'rganib oldik. Tashkilotlarning qaysi biriga bormaylik bizga nisbatan juda yaxshi munosabat va korxona rahbarlari tomonidan yaxshi sharoitlar tashkil qilinganiliguiga guvohi bo'ldik. Tashkilotlardagi ko'p davrlardan beri saqlanib kelayotgan ustoz shogird ananalari asosida shakillantirilgan ko'nikmalarni yangi kelgan shogirdlarga o'rgatish va shu asosida kelgusida mukammal kadrlarni tayyorlashga asoslangan qadryatlar ayniqsa men brogan Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmasi Urganch tuman filialida bu kabi jarayonni ko'p uchratish mumkin ekan.
Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmasi Urganch tuman filialida xo’jaliklarning maydonlarini tashkillashtirishda, axoli yashash punktlarini joylashtirishda, melioratsiya va gidrotexnikalarni barpo qilish, qazilma boyliklami izlash va shunga o’xshash ko’plab ishlami bajarishdagi masalalami topografik-kartografik hujjatlar mavjud bo’lgan taqdirdagina muvoffaqiyatli xal etish mumkin.Ulami loyihalash, qurish va ishlatish jarayonida uzluksiz geodezik o’lchash va kuzatish ishlari olib boriladi.
Geodeziya fani qishloq xo’jaligini planlashtirishga doir yer tuzish va yer kadastri ishlarida, xarbiy ishlarda, mamlakatimiz boyligini aniqlashda, melioratsiya va gidrotexnikada, o’rmon xo’jaligi kabi muxim soxalarda keng qo’llaniladi.
Ma’lumki, geodeziya qadimiy fan bo’lib, u boshqa fanlar kabi insoniyatning kundalik hayotiy zaruriyati natijasida vujudga kelgan. Yer tuzish va yer kadastri ishlarini o’tkazishda geodeziya muhim axamiyatga egadir, uning vazifasi chegaralami tashkillashtirish, loyixa tuzish va xo’jalikning almashlab ekish dalalarini joylashtirishdan iboratdir. Yer tuzish va yer kadastri ishlarini tashkillashtirishning tayyorgarlik bosqichida geodeziyaga topografik-kartografik hujjatlar bilan ta’minlash masalasi yuklatiladi. Xalq xo’jaligining turli soxalarini geodezik va topografik- kartografik hujjatlar va ma’lumotlar bilan ta’minlash maqsadida hozirgi vaqtda turli texnologiyalar, jumladan, kompyuter, GPS va elektron taxeometrlarning turli markalari ishlab chiqilmoqda va qo’llanilmoqda. Loyixani tuzish bosqichida geodeziya loyixaning texnikaviy qismini bajaradi, ya’ni loyixani joyga ko’chirishni amalga oshiradi.
Joriy yilgi yozgi amaliyotimiz umumiy davom etish davri uch xaftani taskkil etib har hafta davomida bitta tashkilotga biriktirildik. Men biriktirilgan dastlabki tashkilot Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmasi Urganch tuman filialida bo'lib 2021-yil 06-sentabrdan 2021-yil 30-oktabrga qadar shu idorada ko'nikmalarimni oshirishim kerak edi. Yo'riqnoma bo'yicha shu kuni shu idoraga yetib borishimiz va belgilangan tartibda qilinadigan ish jarayoni bilan tanishib chiqishimiz kerak edi.