nash’ali kuyi oqar edi. Uylar orasidagi devorlarni chirmovich gullar yo qovoq
palaklari yoki yosh mevali daraxtlarning novdalari bezar edi.
Uyushiq bo‘laklarda vergulning ishlatilishiga oid o‘z-o‘zini tekshirish diktanti.
1. Inson mehnati, odobi, axloqi va intizomi bilan go‘zal. 2. Zarqishloqning
katta-kichik ko‘chalarida, serdaraxt bog‘larida ko‘klam namoyishi kezadi. 3.
Dilmurod goh to‘xtar, goh bir-ikki odim bosardi. 4.
Inson birlik, do‘stlik, ezgu
maqsadlar
bilan
go‘zal
va
kuchli.
5.Uchopganidanmi
yo
qattiq
hayajonlanganidanmi tez-tez nafas olardi. 6. Sayohatchilar goh atrofdagi xilma-xil
o‘simlik va gullarga, goh qorli cho‘qqiga qarab yuqoriga intilishmoqda.
Mustaqil ish. Biriktiruv, zidlov, ayiruv bog‘lovchili va bog‘lovchisiz bog‘langan
uyushiq bo‘lakli gaplar tuzish.
So’ngra uyushiq bo‘laklarning bog‘lovchi vazifasida qo‘llangan bilan
ko‘makchisi, -u (-yu), -da, ham yuklamalari yordamida bog‘lanishiga oid amaliy
ishlar
bajariladi, nazariy ma’lumotlar o‘rganiladi.
Shu payt eshikdan vrach bilan hamshira kirib keldi.
Bilan
ko‘makchisi biriktiruv bog‘lovchisi vazifasida ham qo‘llanadi. Bu
vaqtda uning o‘rnida
va, hamda
biriktiruv bog‘lovchilarini qo‘llash mumkin
bo‘ladi:
bilan
Shu payt eshikdan vrach va hamshira kirib keldi.
hamda
Bilan ko‘makchi bo’lib kelganda esa uning o‘rnida biriktiruv bog‘lovchilarini
qo‘llab bo‘lmaydi. Biz qunt bilan o‘qiymiz, o‘rganamiz.
Bilan bog‘lovchi vazifasida kelganda, uyushiq bo‘laklar
orasida pauza
sezilmaydi. Shunga ko‘ra bilan ko‘makchisi bog‘lovchi vazifasida qo‘llangan
uyushiq bo‘laklar orasiga vergul qo’yilmaydi:
kim?
kim?
Shu payt eshikdan
vrach
bilan
hamshira
kirib keldi.
Agar bilan so‘zidan keyin qisqa pauza qilinsa, uyushiq bo‘laklar emas, birgalik
ma’nosini ifodalovchi to‘ldiruvchi hosil bo‘ladi:
kim bilan? kim?
Shu payt eshikdan
vrach bilan hamshira
kirib keldi. (hamshira vrach bilan...)
Mustaqil ish. Bilan qaysi gaplarda ko‘makchi, qaysi gaplarda bog‘lovchi
vazifasida qo‘llanganligini aniqlash.
1. Tog‘ bilan tekislik orasida ham, tog‘lar orasida ham ko‘pgina shahar va
qishloqlarimiz bor. 2. Yo‘lchi o‘roqqa diqqat bilan tikilib qaradi va enkayib o‘ra
boshladi. 3. Malikov bilan Anvar boshqa brigadaga qarab yo‘l oldilar. 4.
Bepoyon Qizilqumning janubiy qismi Amudaryo qirg‘oqlari bilan tutashib ketgan.
So‘ngra bog‘lovchi vazifasida qo‘llangan yuklamali uyushiq bo‘lakli gaplar
tahlil qilinadi:
1. Poyezd kechasiyu kunduzi tinimsiz yo‘l yurib,
oxiri belgilangan manzilga
yetib keldi. 2. Ozoda ilgakdagi paltosini oldi-da, ro‘moliga qo‘l uzatdi. 3. Boya
men kelgan tomondan bir gala turna shitob bilan osmonga ko‘tarildi-yu, safga
tizilmay, betartib qanot qoqib, bezovta «qure»ladi. 4. U O‘ktam ham O‘sarjonga
qarab, salmoqlanib dedi.
Uyushiq bo‘laklar o‘zaro bog‘lovchi vazifasida qo‘llangan-u (-yu), -da, ham
yuklamalari yordamida ham bog‘lana oladi.
Bog‘lovchi vazifasida qo‘llangan-u (-yu) yuklamalari o‘zidan
oldingi uyushiq
bo‘lakka qo‘shilib yoziladi, -da yuklamasi esa chiziqcha orqali yoziladi. Bu
yuklamalar biriktiruv hamda zidlov bog‘lovchisi vazifasida qo‘llanishi mumkin. -
u (-yu), -da yuklamalari biriktiruv bog‘lovchisi vazifasida qo‘llansa, ulardan keyin
vergul qo‘yilmaydi. Zidlov bog‘lovchisi vazifasida qo‘llangan yuklamalardan
keyin vergul quyiladi.
Uyushiq bo‘laklar biriktiruv bog‘lovchisi vazifasida qo‘llangan ham yuklamasi
bilan bog‘lana oladi. Bunda ham o‘rnida va, hamda biriktiruv bog‘lovchilarini,
bog‘lovchi vazifasida qo‘llangan bilan ko‘makchisini qo‘llash mumkin bo‘ladi.
ham
U O‘ktam — va —— O‘sarjonga qarab, salmoqlab dedi.
hamda
bilan
Ham yuklama bo‘lib kelganda uning o‘rnida biriktiruv bog‘lovchilarini qo‘llab
bo‘lmaydi: Polizlardagi oq qirovga asralgan qirvma qovunlar ham uzildi.
Ham yuklamasi uyushiq bo‘laklardan oldin yoki takrorlanib kelishi mumkin, u
faqat uyushiq bo‘laklarning oldida kelgandagina bog‘lovchi vazifasini bajaradi:
O‘qish havasi menga naqadar xo‘rlik va hayajon keltirganini eslash ham qayg‘uli,
ham kulgilidir.
Ham uyushiq bo‘laklardan keyin takrorlanib kelganda ta’kid yuklamasi bo‘lib
keladi va uyushiq bo‘laklarni ta’kidlash uchun qo‘llanadi:
Odamlar qorda ham
ayni fidokorlik bilan ishlar edilar. Gaplarni ifodali o‘qib, bog‘lovchi
vazifasida qo‘llangan yuklamali uyushiq bo‘laklarni aniqlash.
Kun issiqligidan yeru ko‘k lovillaydi. Vodoprovod jo‘mragidan jildirib
tushayotgan suv ham ilib qolgan. 2. Bolalar mening qayerlik ekanimni so‘radilar-
da jim bo‘lib chetlanib o‘tirdilar. 3. Uy ham, hovli ham, tomorqa ham juda ozoda
edi. 4. Ishchi ham, dehqon ham chorvador g‘am Vatanimiz boyligini oshirmoqda.
5.Unda tok ham,
daraxtlar ham, gullar ham did va uquv bilan o‘tqizilgan. 6.
Osmon ham, havo ham atrofimizda firuza rangga kirgan qirlar ham beg‘ubor edi.
Do'stlaringiz bilan baham: