Mavzu: Ona tili darslarida Uyushiq bo‘lakli gaplarni o‘quvchilarga o‘rgatish



Download 0,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/9
Sana22.03.2022
Hajmi0,81 Mb.
#505715
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
ona tili darslarida uyushiq bolakli gaplarni oquvchilarga orgatish-2

Mustahkamlash 
Matnni ko‘chirib, uyushiq bo‘lakli gaplarni topish, gapning qaysi bo‘laklari
uyushganligini aniqlash. Buning uchun quyidagi matndan foydalanish mumkin. 
Kumushdek tong tog‘ cho‘qqilariga zeb berdi. Osmon tiniq, ko‘m-ko‘k, 
beg‘ubor. Tog‘ yon bag‘rilarida tizilgan taroq yaproqli archalar, yong‘oqzorlar, 


cho‘qqilar va soylar qoyalarga tirmashib chiqayotgan quyosh nurida zardek 
tovlanib ketdi. Qishloq nurga g‘arq bo‘ldi. Uzoqdan sigir, qo‘y va buzoqlarning 
ma’ragani eshitilardi. 
Gaplarni uyushiq bo‘lakli gaplarga aylantirib ko‘chirish. 
1. Quyosh ulug‘vorlik bilan yorqin nurlarini sochmoqda. Keng dalalardan 
bahor nafasi ufurmoqda. 2. Sinf rahbari o‘quvchilarning o‘qishi haqida batafsil 
gapirib berdi. 
( Quyidagicha gaplar tuzilishi mumkin: 1. Quyosh ulug‘vorlik bilan yorqin va 
hayotbaxsh nurlarini sochmoqda. 2. Keng dalalardan, bog‘lardan bahor nafasi 
ufurmoqda. 3. Sinf rahbari o‘quvchilarning o‘qishi, o‘zlashtirishi haqida batafsil 
gapirib berdi.) O‘zingiz mustaqil holda namunadan foydalanib uyushiq bo‘lakli 
gaplar tuzing. 
Uyushiq, bo‘laklarning o‘zaro bog‘lanishi.
O‘quvchilar bu mavzuni uyushiq 
bo‘laklar, teng bog‘lovchilar, ularning turlari, bilan ko‘makchisi va yuklamalar 
haqida hosil qilgan bilimlari asosida amaliy ravishda o‘zlashtirishlari mumkin. 
1. Havo kuzni oladigan darajada tiniq va yorqin. 2. Bogimizdagi olmalar 
hamda shaftolilar gulladi. 3. Hamma yoqda yerning chirik, lekin baquvvat 
isi anqirdi. 4. Goh futbol, goh voleybol o‘ynaymiz, vaqti bilan meva terishda yoki 
uzum uzishda ota-onalarimizga yordam beramiz. 5. Vodiyda, bo‘glarda, elning 
uyida oftob mehri bilan hayot boshlanur.
Gaplarni o’qing. Uyushiq bo‘laklarni toping. 
Qaysi gaplarda uyushiq bo‘laklar o‘zaro teng bog‘lovchilar yordamida 
bog‘langan? Bu bog‘lovchilarning turini ayting. Qaysi gaplarda bog‘lovchisiz 
bog‘langan? 
Uyushiq bo‘laklar orasida vergul qo‘yilgan va qo‘yilmagan o‘rinlarga diqqat 
qiling. Qaysi bog‘lovchi yordamida bog‘langan uyushiq bo‘laklar orasiga vergul 
qo‘yilmagan? Qaysilarida qo‘yilgan? 
Javoblar xulosalanadi: 
Gapning uyushiq bo‘laklari o‘zaro teng bog‘lovchilar— biriktiruv, zidlov, 
ayiruv bog‘lovchilari yoki bog‘lovchisiz bog‘lanadi. 


O‘zaro biriktiruv bog‘lovchilari yordami bilan bog‘langan uyushiq bo‘laklar
orasiga vergul qo‘yilmaydi. 
Uyushiq bo‘laklar zidlov bog‘lovchilari yordami bilan bog‘lansa, 
bog‘lovchilardan oldin vergul qo‘yiladi. 
Takrorlanib qo‘llangan ayiruv bog‘lovchilari bilan bog‘langan uyushiq 
bo‘laklar orasiga vergul qo‘yiladi. 
yo, yoki, yoxud ayiruv bog‘lovchilari takrorlanib qo’llanmasa, uyushiq 
bo‘laklar orasiga vergul quyilmaydi. 
O‘zaro bog‘lovchisiz, ohang yordamida bog‘langan uyushiq bo‘laklar orasiga 
vergul quyiladi. 
1. Moskvani ko‘rish, unda yashash, o‘qish, ijod qilish ulug‘dir. 
2. Maqsadimiz- tinch yashash, o‘qish, ishlash va qurish.
3. Maktabimiz bog‘ida olma, o’rik, nok, uzum va bodomlar bor. 
4. Shamol yomg‘ir tomchilarini dam tomga, dam vagon devoriga shopirib 
o‘ynardi.
O‘qituvchi keltirilgan gaplarni ifodali o‘qib, quyidagilarni bayon qiladi: 
Bog‘lovchisiz uyushiq bo‘laklar sanash tugamaganligini (1-gap), va biriktiruv
bog‘lovchisi uyushiq bo‘laklarning oxirgisidan oldin qo‘llanib, uyushiq 
bo‘laklarni sanash tugaganligini (2- va 3- gap), takrorlanib qo‘llangan bog‘lovchi 
esa (4-gap) uyushiq bo‘laklarning har biri ta’kidlanishini bildiradi. 
O‘quvchilar bu gaplarni tegishli ohangga rioya qilib ovoz chiqarib o‘qiydilar. 
Yana misollar keltiriladi. 
Esayotgan mayin shabada bog‘larda, dalalarda o‘sibyotgan gullarning iforini 
uzoq-uzoqlarga olib ketdi. 
Malika odamlar bilan suhbat qilishni, hayot to‘g‘risida ularning so‘zlarini 
eshitishni yaxshi ko‘rardi. 
3. Matematikada oluv, qo‘shuv, ayiruv va boshqa hodisalar o‘rganiladi. 
O‘quvchilardan so‘raladi: 


1. Qaysi gaplarga uyushiq bo‘laklar qo‘shish mumkin? Nima uchun? (1- va 2-
gapga. 
Chunki 
uyushiq 
bo‘laklar 
bog‘lovchisiz 
bog‘lanib, 
sanash
tugamaganligini bildiryapti.) 
1. Qaysi gapga uyushiq bo‘lak qo‘shib bo‘lmaydi? Nima uchun? (3-gapga. 
Chunki uyushiq bo‘laklarning oxirgisidan oldin va bog‘lovchisi qo‘llanib, uyushiq 
bo‘laklarni sanash tugaganligini bildiryapti.) 
Matnni o‘qib, biriktiruv bog‘lovchilari yordamida bog‘langan uyushiq 
bo‘laklarni topish. 
1. Inson turmushining birinchi asosi mehnatdir. Mehnat insonning mavjud 
bo‘lishini, yashashini ta’minlaydi. Ishlab chiqarish qurollarining tinmay 
yaxshilanishi, mehnat unumdorligining oshishi, yuksak texnika va yanada 
takomillashgan texnologiyaning yaratilishi odamlarning atrofdagi dunyoga ongli 
hamda maqsadga muvofiq ta’sir imkoniyatlarini kengaytirdi. 
2. Mahmud bog‘ va ekinzorda ishlashdan hech vaqt zerikmas hamda 
dangasalik qilmas edi. U gulxonaga gul ko‘chatlarini, pushtalarga esa karam va
pomidor ko‘chatlarini o‘tqizishda bizga yordamlashar edi. Bizning 
ekinzorimizda kartoshka, pomidor, piyoz, bodring, rediska va karam o‘sardi.

Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish