Mavzu: Ona tili darslarida Uyushiq bo‘lakli gaplarni o‘quvchilarga o‘rgatish



Download 0,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana22.03.2022
Hajmi0,81 Mb.
#505715
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
ona tili darslarida uyushiq bolakli gaplarni oquvchilarga orgatish-2

va, ammo, lekin, bog‘lovchilari yordamida bog‘langan va 
bog‘lovchilarsiz qo‘llangan uyushiq bo‘lakli gaplar
o‘rganiladi.
 
O‘quvchilar 
uyushiq bo‘lakli gaplarni sanash ohangida o‘qishga; va, ammo, lekin, 
bog‘lovchilari bilan bog‘langan uyushiq bo‘laklarda shu bog‘lovchilardan oldin 
vergul qo‘yib yozishga, uyushiq bo‘lakli gaplardan og‘zaki va yozma nutqda 
foydalanishga o‘rganadilar.


O‘quvchilar birdan ortiq ega, birdan ortiq kesim, bir xil so‘roqqa javob 
bo‘lgan va gapning bir bo‘lagiga bog‘lanib kelgan birdan ortiq ikkinchi darajali 
bo‘laklar gapning uyushiq bo‘laklari ekanligi, uyushiq bo‘laklar o‘zaro va, ammo, 
lekin, biroq bog‘lovchilari bilan bog‘lanishi bilan birinchi marta tanishadilar. 
Boshlang‘ich sinflarda gapning uyushiq bo‘laklari bir xil so‘roqda javob bo‘lishi, 
gapda bir xil vazifani bajarishi, sanash ohangi bilan aytilishi, bosh bo‘laklar ham, 
ikkinchi darajali bo‘laklar ham uyushib kelishi mumkinligi, uyushiq bo‘laklarning 
o‘zaro bog‘lovchisiz hamda, va, ammo, lekin, biroq bog‘lovchilari bilan 
bog‘lanishi o‘rgatiladi. Uyushiq bo‘laklarda tinish belgilarning ishlatilishi 
yuzasidan quyidagi ma’lumot ham boshlangich sinflarda beriladi. 
Gapning uyushiq bo‘laklari bog‘lovchilarsiz bog‘lansa, ular orasiga vergul 
qo‘yiladi. 
Gapning uyushiq bo‘laklari ammo, lekin, biroq bog‘lovchilari bilan 
bog‘lansa, shu bog‘lovchilardan oldin vergul qo‘yiladi. Va bog‘lovchisi bilan 
bog‘langan uyushiq bo‘laklar orasiga vergul qo‘yilmaydi. 
Gapda so‘zlarning bir-biri bilan bog‘lanishi mavzusi o‘tilganda so‘zlarning 
bir-biri bilan teng bog‘lanishi, teng bog‘langan so‘zlar gapning uyushiq 
bo‘laklarini hosil qilishi o‘rgatiladi. 
“Gapning uyushiq bo‘laklari” mavzusini o‘rganishda o‘quvchilarning 
ta’limning quyi bosqichlarida gapning bunday bo‘laklari haqida hosil qilgan 
bilimlari kengaytirilib, juft holda qo‘llangan uyushiq bo‘laklar, uyushiq va 
uyushmagan aniqlovchi, uyushiq bo‘laklarning biriktiruv, zidlov bog‘lovchilaridan 
tashqari, ayiruv bog‘lovchilari, shuningdek, bog‘lovchi vazifasida qo‘llangan bilan 
ko‘makchi va yuklamalar yordami bilan bog‘lanishi, uyushiq bo‘laklarda son, 
egalik va kelishik qo‘shimchalarining qo‘llanishi, uyushiq bo‘laklarda 
umumlashtiruvchi so‘zning qo‘llanishi, unda tinish belgilarning ishlatilishi haqida 
ma’lumot beriladi. 
Gapning uyushiq bo‘laklari haqidagi umumiy ma’lumotni kengaytirishda 
o‘quvchilar gapning uyushiq bo‘laklari bir-biri bilan teng bog‘lanishi, o‘zaro teng 
bog‘lovchilar yoki sanash ohangi yordami bilan bog‘lanishi, gapda ega va 


kesimning birdan ortiq kelishi hamma vaqt uyushiq bo‘lak hosil qilishi, ikkinchi 
darajali bo‘laklarning birdan ortiq bo‘lishi esa hamma vaqt uyushiq bo‘lak hosil 
qilavermasligi, uyushiq bo‘laklarning juft holda qo‘llana olishi bilan tanishadilar; 
uyushiq gaplarni gapda takrorlanib qo‘llangan bo‘laklardan farqlashni 
o‘rganadilar. Shuningdek, amaliy ishlarda o‘zaro ergashish yo‘li bilan bog‘langan 
gap bo‘laklari bilan o‘zaro teng bog‘langan gap bo‘laklarini farqlashga e’tibor 
beriladi. Bu orqali o‘quvchilarning gapdagi so‘zlarning o‘zaro borg‘lanishi haqida 
fikrlash faoliyatini o‘stirish, til sezgirligini oshirishga erishiladi. 
Uyushiq bo‘lak haqidagi umumiy ma’lumotni kengaytirishda berilgan gaplar 
ko‘rsatilgan topshiriqlar asosida tahlil qilinadi. 
 1. Asfalt ko‘chadan avtobuslar va yengil mashinalar o‘tib turadi. 
 2. Ona sahar paytigacha o‘tirib chiqdi, lekin toliqmadi.
 3. G‘o‘za shoxlari oqish, pushti rang gullar bilan bezangan.
 4. Sardor qo‘rqmas va kamtar, kamgap va qaysar bir bola edi.
Gaplarni o‘qib, uyushiq bo‘laklarni toping. Ular qaysi so‘roqlarga javob 
bo‘layotganini, gapning qaysi bo‘lagiga bog‘langanini ayting. 
Gapning qaysi bo‘laklari uyushgan? Nima uchun ular uyushiq bo‘laklar 
deyiladi? 
Qaysi uyushiq bo‘laklar orasiga vergul qo’yilmagan? qaysilarida vergul 
qo’yilgan? Nima uchun? qaysi gapda bo‘laklar juft holda qo‘llangan? 
Bu topshiriqlar asosida o‘tkazilgan tahlil natijasida gapning uyushiq 
bo‘laklari haqida quyi sinflarda o‘tilganlar takrorlanib, xulosa qilinadi: gapda bir 
xil so‘roqda javob bo‘lgan, gapning bir bo‘lagiga bog‘langan birdan ortiq bo‘laklar 
uyushiq bo‘laklar deyiladi. Gapning egasi, kesimi, ikkinchi darajali bo‘laklari 
— to‘ldiruvchi, aniqlovchi va hol uyushib kela oladi. Uyushiq bo‘laklar o‘zaro 
teng bog‘lovchilar yoki bog‘lovchilarsiz sanash ohangi yordamida bog‘lanib, bir-
biridan pauza bilan ajratilib, sanash ohangi bilan aytiladi. Bunday ohangga rioya 
qilinmagan ayrim o‘rinlarda uyushiq bo‘laklar hosil bo‘lmasligi mumkin: 
Bog‘imizga anjir, shaftoli, nok, jiyda ko‘chatlari o‘tqizdik. 
Bog‘imizga anjir shaftoli, nok, jiyda ko‘chatlari o‘tqizdik. 


Va bog‘lovchisi qo‘llangan uyushiq bo‘laklar orasiga vergul qo‘yilmaydi. 
Uyushiq bo‘laklar o‘zaro ammo, lekin, biroq bog‘lovchilari yordami bilan 
bog‘lansa, bu bog‘lovchilardan oldin vergul qo‘yiladi. Bog‘lovchisiz bog‘langan 
uyushiq bo‘laklar orasiga vergul quyiladi.
Uyushiq bo‘laklar juft holda ham qo‘llanadi. Juft holda qo’llangan uyushiq 
bo‘laklarning ohangi o’ziga xos: har bir juft uyushiq bo‘lakning birinchi so‘zida 
ovoz kutariladi, keyingisida esa pasayadi, har bir juft uyushiq bo‘lak keyingisidan 
pauza orqali ajratiladi. 
Masalan: 

Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish