Mavzu: Ona tili darslarida Uyushiq bo‘lakli gaplarni o‘quvchilarga o‘rgatish



Download 0,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana22.03.2022
Hajmi0,81 Mb.
#505715
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
ona tili darslarida uyushiq bolakli gaplarni oquvchilarga orgatish-2

sokin
va 
ulug`vor
oqardi. 
Salim ota
bilan 
yigitlar
mehmonni ... kuzatib tashqariga chiqishdi.
Uyushiq bo`lakli gaplarda umumlashtiruvchi birliklar uyushuvchilardan oldin 
kelsa, shu birlikdan so`ng ikki nuqta qo`yiladi: Hamma yerda: uylarda, ko`chalarda 
ivirsib yotgan xazon yuzi ertalab qirovdan ... oppoq bo`lib qoladi.
Umumlashtiruvchi birliklar uyushuvchilardan so`ng kelganda, undan oldin 
tire qo`yiladi: Kishilar, xotinlar, bolalar – kutib oluvchilar vagon bo`ylab 
chopdilar.
Uyushiq bo‘laklar juft holda ham qo‘llanadi. Juft holda qo‘llangan uyushiq 
bo‘laklarning ohangi o‘ziga xos: har bir juft uyushiq bo‘lakning birinchi so‘zida 
ovoz ko‘tariladi, keyingisida esa pasayadi, har bir juft uyushiq bo‘lak 
keyingisidan pauza orqali ajratiladi.


Olma va o‘rik, nok va shaftoli nihollari mehnatsevar bog‘bonlarning 
mehnatidan rizq olib, ko‘m-ko‘k yaproqlar bilan bezandi. Bog‘ go‘zal. Unda 
quyosh va yengil shamolning, gullar va maysalarning quvnoq o’yini kun bo‘yi 
davom etadi.
O‘quvchilar bu gaplarni ifodali o‘qiydilar. Uyushiq bo‘laklarni o‘rgatishda juft 
qo‘llangan uyushiq bo‘laklarning ohangiga doir mashqlar o‘quvchilarning ifodali 
o‘qish, ifodali nutq, og‘zaki nutq madaniyatini oshirishga qaratiladi. 
O‘quvchilar o‘zaro biriktiruv va zidlov bog‘lovchilari yordami bilan 
bog‘langan, bog‘lovchisiz bog‘langan juft holda qo‘llangan uyushiq bo‘lakli 
gaplarga misollar keltiradilar, ularda vergulning ishlatilish - ishlatilmasligini 
tushuntiradilar. 
So’ngra quyidagi misollarga o‘quvchilar e’tibori jalb qilinadi. 
1. Narigi qirg‘oqdagi mevazorlarda o‘rik, olcha, olma, shaftolilar qiyg‘os
gullab yotibdi.
2. Mehnat tufayli inson ijtimoiy xayotdagi urni va jamiyat uchun
foydaliligini chuqurroq anglaydi. 
Uyushiq bo‘laklarni toping. Gapning qaysi bo‘laklari uyushgan? Ularning 
kaysilari sodda bo‘lak, qaysilari murakkab bo‘lak? Nima uchun? 
Uyushiq bo‘lakli gaplarning fikrni ifodalashdagi ahamiyatini izohlashda 
quyidagicha gaplar qiyoslanadi. 
1. Xo‘jaligimiz paxtadan mo‘l hosil 
oldi.
1.Xo‘jaligimiz paxtada sholidan,
makkajo‘xoridan mo‘l hosil oldi.
2. Xo‘jaligimiz, sholidan mo‘l hosil 
oldi. 
3. Xo‘jaligimiz makkajo‘xoridan 
mo‘l hosil oldi. 


(Avval chap tomondagi, so‘ngra o‘ng tomondagi gaplar o‘qilib, ularning farqi 
izohlanadi: chap tomondagi uchta gap orqali bayon qilingan fikr o‘ng tomonda 
bitta uyushiq bo‘lakli gap bilan ifodalanganligi, bunga predmetlarni sanab 
ko’rsatish orqali erishilganligi uqtiriladi. Yana misollar keltiriladi.) 
1.Tiniq 
havoda 
oq 
kapalaklar 
uchishadi. 
1. Tiniq havoda oq, pushti, sariq
kapalaklar uchishadi.
2.Tiniq havoda pushti kapalaklar 
uchishadi. 
3.Tiniq 
havoda 
sariq 
kapalaklar 
uchishadi. 
(Keltirilgan uchta gapda bayon qilingan fikrni uyushiq bo‘lakli bitta gap orqali 
ifodalash mumkinligi, bunga predmetlarning belgilarini sanab ko‘rsatish orqali 
erishilganligi ta’kidlanadi.)
Predmet, harakat va ularning belgilarini sanab ko‘rsatish, ta’kidlash gapning 
uyushiq bo‘laklari orqali ifodalanadi. Ular fikrni aniq, to‘liq bayon qilish, nutkda 
ifodalilik, ko‘tarinkilik berish uchun xizmat kiladi. Shuning uchun ham uyushiq 
bo‘lakli gaplar og‘zaki va yozma nutqda, uning turli uslublarida ko‘p qo‘llanadi. 
Quyidagi gaplarni qiyoslash orqali uyushiq bo‘laklar va gapda ma’nosini 
kuchaytirish uchun takrorlanib qo‘llangan bo‘laklar izohlanadi: 1. Kombayn 
o‘radi, yig‘adi, yanchadi, tozalaydi. 2. Guvilla, guvilla, ko‘m-ko‘k o‘rmon. 

Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish