Mavzu: Ona tili darslarida Uyushiq bo‘lakli gaplarni o‘quvchilarga o‘rgatish



Download 0,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana22.03.2022
Hajmi0,81 Mb.
#505715
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
ona tili darslarida uyushiq bolakli gaplarni oquvchilarga orgatish-2

Odamning eng shirin, lazzatli va halol taomi o`z mehnati, qo`l 
kuchi bilan topgan rizqidir.
Mazkur gapda 
eng shirin
, lazzatli va halol hamda 
o`z mehnati

qo`l kuchi
bilan guruh so`zshakllari uyushib kelgan. Bunda birinchi guruhdagi so`zshakllar 
bir xil so`roqqa - qanday? degan so`rog`iga javob bo`lib, sifatlovchi vazifasini 
bajargani holda, taomi umumiy bo`lagiga – egaga bog`langan; ikkinchi guruhdagi 
so`zshakllar ham bir xil so`roqqa - qanday? so`rog`iga javob bo`lib hol vazifasida 
kelib, topgan umumiy bo`lagiga – sifatlovchiga bog`langan. Har bir guruhdagi 
so`zshakllar o`zaro teng aloqaga kirishgan. 
Bunday teng aloqadagi so`zshakllar soni ikkidan va undan ortiq bo`lib, 
keyingi paytlarda ular tilshunoslikda “uyushiq qator”, “tenglanishli qator” deb 
yuritilmoqda. Tenglanishli qatorda ikkidan tortib o`n, hatto undan ko`p so`zshakl 
qatnashishi mumkin: 
Saroytoshning ikki tomonida qad ko`targan dara sohillari, 
undagi archazorlar, soy bo`yida o`sguvchi yulg`unzoru bizning uyimiz yaqinidagi 
eski chashma, chashma atrofida ko`karib yotadigan nilufarlar, yana qishloqning 
tor, egri-bugri ko`chalari, muyulishda do`mpaygan go`ng to`dalari, atrofdan 
eshitilib turadigan kakliklar sayrog`i, oqshom tushganida uylar ayvonida yonuvchi 
chiroqlar, chiroqlar tevaragida qur tutib suhbatga berilgan odamlar – bularning 
hamma-hammasi biz uchun aziz, qadrdon edi.
Uyushiq qator quyidagi uyushiq bo`lak o`rnini egallaydi: 
1. Uyushiq ega: Qor-yomg`ir yog`ayotgan paytlarda ham ayollar va bolalar 
suvga kelishadi.


2. Uyushiq kesim: 
a) uyushiq fe’l kesim: ... ufqqacha cho`zilgan lolazor rang-barang 
tovlanmoqda, yonmoqda.
b) uyushiq ot kesim: qalbi pok bo`lgan kishining ishlari ham pok bo`ladi, 
toza bo`ladi.
3. Uyushiq aniqlovchi: 
a) uyushiq sifatlovchi: Tabiatning hech kimga bo`ysunmaydigan, birovdan 
ruxsat ham so`rab o`tirmaydigan o`z qonunlari bor.
Ba’zan ikki va undan ortiq sifatlovchilar sifatlanmishni turli tomondan 
aniqlaydi va shuning uchun ham uyushmagan sanaladi. Masalan: Tog` tepasida 
to`planayotgan qora bulutlar tushga borib quyuqlashib ketdi. (P.Qodirov). Bunda 
sifatlanmish (bulutlar) o`rniga nisbatan harakatdagi belgi (tog` tepasida 
to`planayotgan) va rang-tus (qora) jihatdan aniqlangan. 
Uyuushgan sifatlovchilar esa sifatlanmishni bir tomondan aniqlaydi. 
Masalan: Ular ichida sariq, binafsha rang gullar... asta silkinib, o`zlarini ko`z-ko`z 
qilmoqchi bo`lardilar. Bu gapda sifatlanmish (gullar) faqat rang-tus (sariq, binafsha 
rang) jihatdan tavsiflangan. Sifatlovchilarning uyushganligini belgilashda sanash 
intonatsiyasi muhim rol o`ynaydi; 
b) uyushiq qaratuvchi: Hayotda go`zallik, quvvat va saodatning manbai 
soddalikdir. («Oz-oz o`rganib dono bo`lur»). 
v) uyushiq izohlovchi: ...bo`lajak katta san’atkor, arxitektura professori 
Akramjon Holiqov, deb bilasizlar!»- deb tanishtirdi. 
4. Uyushiq to`ldiruvchi: 
a) uyushiq vositasiz to`ldiruvchi: ... asrlar davomida qasr, koshona, machit, 
madrasa va uylar qurishda chinordan keng foydalanib kelingan. 
b) uyushiq vositali to`ldiruvchi: Yengil qor parchalarining osmondan uchib 
tushishida ham, daraxtlarga qo`nishida ham nafis bir xotirjamlik bor! 
5. Uyushiq hol: Qadimgi Movarounnahrda chinorzor bog`lar barpo etish 
an’analari hurmat ishtiyoq bilan davom ettirilgan. Mirzo Ulug`bek Samarqand, 


Kattaqo`rg`on, Balh va Shahrisabzda ana shunday bog`lar barpo etishga farmoyish 
bergan.
Uyushiq bo`laklar grammatik jihatdan ikki xil shakllanadi: mustaqil holda 
va umumlashgan holda. 
Uyushuvchilar mustaqil holda shakllanganda, grammatik ko`rsatkichlar (ot 
va otlshgan so`zlar bilan foydalangan bo`laklarda – kelishik, egalik, ko`plik 
affikslari, -dagi o`rin belgisi affiksi hamda ko`makchilar; ot va fe’l kesimlarida – 
to`liqsiz fe’l va ko`makchi fe’llar hamda – dir affiks bog`lamasi va so`z 
bog`lamalari) uyushiqli qatorning har bir a’zosida qatnashadi. Masalan: Qahraton 
sovuqqa va qurg`oqchilikka chidamli bo`lgani uchun chinor manzarali daraxt 
sifatida qadrlanadi. Kitoblar orqali asrlar bilan, ming yillar bilan, qadim faylasuflar 
bilan... suhbatlashish mumkin. Oyko`lga baland Sunbul cho`qqidan odamning 
beliday qishin – yozin tushib turar ekan-u, hech qayeridan chiqib ketmas ekan. 
Uyushuvchilar umumlashgan holda shakllanganda, turli grammatik 
ko`rsatkichlar uyushiq qatorning oxirgi a’zosida qo`llanib, barchasi uchun taalluqli 
bo`ladi. Bunda turli umumlashtiruvchi grammatik ko`rsatkichlar qavsdan 
tashqariga chiqariladi. Va bu holda shakllangan uyushuvchilarning bitta bo`lak deb 
qarash lozim bo`ladi. Masalan: Sharq chinorlari (Kavkaz, Qrim va O`rta 
Osiyo)da... o`stiriladi. Mahkam (karavotlar va tubochkalar) bilan qurshalgan 
stolga qaradi. ... bu xona boshqa xonalaridan (nihoyatda yorug`ligi, ozoda, haddan 
tashqari sarishtaligi) bilan farq qilardi. Temirjon... Abdulla Karimovich Salimovni 
(tanimas, ammo eshitgan) edi. Qishloq bolalari (pishiq, tadbirli) bo`ladi. Birinchi 
gapda bitta uyushiq o`rin holini –da o`rin payt kelishigi affiksi, ikkinchi, uchinchi 
gapda bitta uyushiq vositali to`ldiruvchini bilan ko`makchisi, to`rtinchi gapda bitta 
uyushiq fe’l kesimni edi to`liqsiz fe’li va beshinchi gapda bitta uyushiq ot kesimni 
bo`ladi bog`lamasi umumlashgan holda shakllantirib kelgan. 
Uyushiq qator a’zolari tenglashish yo`li bilan sintaktik aloqaga kirishadi. Bu 
aloqa teng bog`lovchilar va teng bog`lovchi vazifasidagi yuklamalar hamda 
bog`lovchisiz, faqat intonatsiya, sanash intonatsiyasi orqali amalga oshiriladi. 


Sanash intonatsiyasi uyushuvchilarning bog`lovchilar yordamida aloqaga 
kirishganda ham mavjud bo`ladi. 
Uyushuvchilar quyidagi bog`lovchilar yordamida aloqaga kirishadi:
1. Biriktiruvchilar (va, hamda, ham): uning tegrasida osmon benihoyat tiniq 
va ko`k ko`rinadi. U yotoqxonaga borishga qaror berdi hamda nariga korpusga 
qarab ketdi. Kun bo`yi quloqlari ostidan juda g`alati, ham xiyol hazin, ham kishini 
allaqanday erkalovchi... ajib bir musiqa ketmadi.
Na ... na inkor yuklamasi biriktiruv bog`lovchilar vazifasida kelib, inkor 
ma’nosini anglatish uchun xizmat qiladi: Na hovlidan na uyidan sado chiqdi. 
Va bog`lovchisi vazifasida -u (-yu), -da, na ... na yuklamalari ham qo`llanishi 
mumkin. Keyin chakmonning ikki engini xurjunga o`xshatib elkasiga tashladi-da, 
orqaga qaytdi. Yigit qora qushlarni ko`rdi-yu, birdan sergaklandi.
Va biriktiruv bog`lovchisi vazifasini bilan ko`makchisi ham bajarishi 
mumkin: Deraza bilan doska orasida qo`lini orqasiga qilib yurib, lektsiya 
o`qiyotgan surrang kostyumli barvasta kishi to`xtadi.
Bilan yordamchisi, va bog`lovchisi singari, juft – juft qo`llangan 
uyushuvchilarda har bir juft o`rtasida keladi: To`g`rilik bilan xiyonat, 
yolg`onchilik bilan diyonat chiqisha olmaydi. («Oz – oz o`rganib dono bo`lur»).
2. Zidlovchilar (lekin, ammo, biroq): Tolibjon bolalarning beg`ubor, ammo 
almoyi – aljoyi gaplaridan zavqlanib jimgina borardi. Usta Qambar o`g`lini 
urmadi, so`kmadi, lekin bir – ikki oy u bilan gaplashmadi.
Zidlov bog`lovchilar vazifasida –u, (–yu) yuklamasi ham qo`llanishi mumkin. 
Masalan: O`ttiz yildan beri shu qishloqda uy quribman-u, ... shu buloq ... Oyko`lni 
Oyko`l qilib turgan shu suv oldimizda oqqani uchun qadrsiz bo`lib yotganini 
sezmabman. U Mullajon qozining bog`ini ko`rgan emas, ammo tarifini eshitgan. 
3. Ayiruvchilar (yo, yoki, yoxud, yoinki, dam ... dam, goh ... goh, bir ... bir, 
ba’zan ... ba’zan): Bir xil irmoqlar ... katta–katta toshlarni aylanib o`tib, ba’zan 
qoyalarning ostidan yo`l topib, goh to`lib, goh mildiratib ohistalik bilan ko`lga 
tushadi. U dam sahnada o`tirganlarga, dam pastdagilarga qarab she’rni sharilatib 
o`qib ketdi.


Uyushiq bo`lakli gaplarda ba’zan umumlashtiruvchi birliklar ham qatnashadi. 
Ular uyushuvchilarni jamlab ko`rsatadigan so`z va so`z birliklari bo`lib, uyushiq 
bo`lakdan 
oldin 
yo 
keyin 
keladi. 
Uyushiq 
bo`lakdan 
oldin 
kelgan 
umumlashtiruvchilar odatda izoh talab qiladi. Uyushiq bo`lakdan keyin kelgan 
umumlashtiruvchilar esa yakunlash, xulosalash xususiyatiga ega bo`ladi. Masalan: 
Hamma narsa: uylar, devorlar, daraxtlar qorong`ulikka jimgina cho`kdi. Ko`cha – 
ko`y ham, dala ham, qishloq ham - hammasi mendan Ma’sudani 
so`roqlayotganday bo`ladi.
Uyushiq bo`lakli gaplarda xilma–xil tinish belgilari qo`llaniladi.
Uyushuvchilar o`zaro bog`lovchisiz (faqat sanash intonatsiyasi bilan); zidlov 
bog`lovchilari, takrorlanuvchi bog`lovchilar; bog`lovchi vazifasidagi yuklamalar 
yordamida aloqaga kirishganda, ular orasiga vergul qo`yiladi. Masalan: 
Qashqardaryo, Surxondaryo, Namangan, Samarqand viloyatlarida bo`lsangiz, 500-
600 yillik chinorlarni ko`rasiz. U doktorlarga goh zug`um qilib, goh yaxshi gapirib 
statsionardan chiqdi.
Uyushuvchilar o`zaro va, hamda, bilan biriktiruv bog`lovchilari orqali, 
shuningdek, yakka ayiruv bog`lovchilari yordamida aloqaga kirishganda, ular 
orasiga vergul qo`yilmaydi: Anhorda suv 

Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish