Agora Qadimgi Yunoniston shaharlarida xalq yig'ilishi joyi, marka­ziy maydon



Download 14,83 Kb.
Sana17.06.2021
Hajmi14,83 Kb.
#68872
Bog'liq
GLOSSARIY


Glossariy
Agora — Qadimgi Yunoniston shaharlarida xalq yig'ilishi joyi, marka­ziy maydon.

Akveduk — ustida shaharga suv keladigan anhori bo'lgan baland ko'prik.

Altamir — Ispaniyadagi so'nggi paleolitga oid qoya rasmlari topilgan g'or.

Amfiteatr — sahna atrofida tomoshabinlar o'tirishiga mo'ljallangan qurilmalar bilan qurshalgan tomsiz katta inshoot.

Amfora — suyuq mahsulotlarni tashish va saqlash uchun mo'ljallangan bo'g'zi ingichka va qo'shaloq dastali katta ko'za.

Amulet — misrliklar fikricha, mabodo inson o'zi bilan birga olib yursa, yovuz ruhlar va balo-ofatlardan himoya qiluvchi kichik buyumlar; tumor.

Animizm — insonni qurshab turgan muhitda jonlar va ruhlarning mavjudligiga e'tiqod.

Antik tarix — Qadimgi Yunoniston va Qadimgi Rim tarixi.

Argonavtlar — oltin mo'ynani (sehrli qo'chqor terisini) izlab "Argo" de­gan ko'p eshkakli kemada daryoga chiqqan Ellada qahramonlari.

Ariylar — qadimgi xalqlar; tarjimasi "sodiqlar", "erkinlar" ma'nosini anglatadi; oriylar.

Arxeologiya — ashyoviy manbalarni o'rganuvchi va ular bo'yicha ta­rixiy o'tmishni qayta tiklovchi fan; qadimshunoslik.

Arxiv — davlatga oid hujjatlar saqlanadigan joy.

Arxitektura — binolar va boshqa inshootlarni barpo etish san'ati.

Avstralopitek — eng qadimgi odam turi.

Budda — Siddhartha Gautamaning ikkinchi ismi, laqabi; "Ma'rifatlan- 9an" tarzida tarjima qilinadi.

Buddaviylik — miloddan avvalgi VI asrda Hindistonda Siddhartha Gautama tomonidan asos solingan diniy ta'limot.

Danaylar — Gomer "lliada"da yunonlarni shunday atagan.

Delta — Nil daryosi O'rtayer dengiziga quyilayotganda uchburchaksi- mon yalpi manzarani yuzaga keltiruvchi makon.

Demokratiya — har bir fuqaro o'z mamlakatini boshqarish masalasi bo'yicha o'z fikrini bayon etadigan, shuningdek, davlat boshqaruvida ish­tirok etadigan ijtimoiy tuzum.

Diadohlar (vorislar) — Makedoniyalik Aleksandr vafotidan keyin turli hududlar ustidan hokimiyatni egallab olgan harbiy sarkardalar.

Diktator — favqulodda vaziyatlar ro'y bergan taqdirda tayinlanuvchi yakkaboshchi hukmdor.

Dinastiya (sulola) — birin-ketin hukmronlik qiluvchi podsholar urug'i; sulola vakillari ko'pincha bitta nom bilan aytilgan, masalan, ahamoniylar.

Ellada — Qadimgi Yunoniston.

Ellinlar — qadimgi yunonlar; dastlab Yunonistonning barcha aholisi shunday atalgan.

Falanga — og'ir qurollangan askarlarning bir necha, odatda 9 yoki 16 qator saf tortishi.

Fir'avn — Misr hukmdori; \tug' xonadon" ma'nosini anglatadi.

Freska — selgimagan suvoqqa chizilgan rasm.

Forum — yig'ilish joyi va bozor maydoni bo'lib xizmat qilgan shahar markazi.

Gilgamish — Mesopotamiyaning afsonaviy qahramoni, tarixiy shaxs. Uruk shahri podshosi.

Goplit — Qadimgi Yunoniston va Yunoniston-Makedoniya armiyala- rining og'ir qurollangan piyoda jangchisi.

Ibodatxona — muqaddas deb e'lon qilingan, odamlar xudolarga sig'ingan bino yoki joy.

"Iliada" — Gomerning Troya urushi haqidagi dostoni.

Imperiya — hukmdorning cheklanmagan hokimiyati joriy etilgan dav­lat.

Italiklar — Apennin yarimorolida istiqomat qilgan qadimiy qabilalar.

lyerogliflar — qadimgi yunonlar misrliklar yozuvini shunday atashgan; "muqaddas bitiklar" ma'nosini anglatadi.

Kapitoliy tepaligi — Rimdagi eng baland tepalik.

Kohinlar— ibodatxona ruhoniylari.

Koloniyalar — o'z yurtini tark etgan odamlar tomonidan yangi yerlarda asos solingan manzilgoh va shaharlar.

Konsul — Respublika davrida Rimdagi oliy siyosiy lavozim. Har yili saylangan ikki nafar konsul Senat va armiyaga rahbarlik qilgan.

Ko'chmanchilar — doimiy istiqomat joyiga ega bo'lmagan kishilar.

Legion — Rim armiyasida eng yirik jangovar birlik.

Metek —Afinada yashovchi ajnabiy.

Mixxat — shumerlar va forslarning qadimgi yozuvi.

Moxenjodaro — Hindistondagi eng qadimgi sivilizatsiya.

Mozaika — rangli sopol yoki st^isha parchalaridan devorda yoki polda ishlangan suvoqqa qadalgan manzsteali rasm.

Olimpiada o'yinlari — Pelopenos yarimorolidagi Olimpiya shahrida tort yilda bir marta Olimpiyalik Zevs sharafiga bag'ishlab o'tkaziladigan umumyunon sport musobaqalari.

Oykumena — Yer yuzining odamlar yashaydigan qismi, chegarasi.

Papirus — poyasining mag'zi yozuv yozishga material tayyorlash uchun ishlatiladigan qamish.

Patritsiylar — senatorlarning avlodlari.

Piramida — mahobatli tosh inshoot, fir'avnlar maqbarasi.

Plebeylar— oddiy xalq, shaharliklar, kambag'allar.

Qarzdorlik qulligi — qarzni vaqtida qaytarmagan erkin fuqarolarning qullarga aylantirilishi jarayoni.

Qui — o'zga bir kishining mulki bo'lgan va ishchi kuchi sifatida ish­latiladigan erksiz odam ("so'zlovchi mehnat quroli"); qulni sotib olish va sotib yuborish mumkin bo'lgan.

Qurbonlik bag'ishlash — mehr-shafqatini qozonish maqsadida xu- dolarga tortiq etiladigan hadyalar.

Respublika — "umumiy ish" ma'nosini anglatadi; tuzum nomi,

Senat — "Oqsoqollar kengashi" ma'nosini anglatadi.

Strateg —Afinaning harbiy boshlig'i.

Sfinks — jasadi sherniki va boshi insonniki bo'lgan, piramidalarni qo'riqlovchi afsonaviy mavjudot.

Sivilizatsiya — jamiyat taraqqiyotining ancha yuksak darajasi.

Termlar — Qadimgi Rim shahridagi jamoat hammomlari.

Mumiyolangan jasad — dafn etishga tayyorlangan, maxsus uzoq saqlanuvchi moddalar qo'shilmalari bilan ishlov berilgan jasad.

Nekropol — qabriston; maqbara.

"Nom'lar — Misrdagi ilk davlatlar.

Tiran — mutlaq hokimiyatga ega bo'lgan hukmdor.

Varvar — dastlab: yunon tilida so'zlashmaydigan har qanday chet mamlakatlik kishi; keyinchalik bu so'z madaniylashmagan odamlarga nisbatan ishlatiladigan bo'ldi.

Xronologiya — asrlar, davrlar, vaqt o'lchovi haqidagi fan; turli-tuman voqealar sanasi xronologiya yordamida aniqlanadi va aniqlashtiriladi.



Zikkurat — tepasida ibodatxonasi bo'lgan zinapoyali yirik minora.

Shahar-davlat (polis) — tevaragidagi hududlarni tasarrufiga olgan o'zini o'zi boshqaruvchi shahar;
Download 14,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish