G'uzor tuman XTB ga qarashli 40– umumiy o‘rta ta’lim maktabida ma’naviy -ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo ‘yicha 2021-2022-o‘quv yili davomida amalga oshirilgan ishlarning
HISOBOTI
Yosh avlodni har tomonlama kamol toptirish, xalqimizning ta’lim-tarbiyaga boy merosidan bahramand etish, milliy qadriyatlarimizi o‘quvchilar ongiga singdirgan holda yosh avlodni tarbiyalashda 2021- 2022-o‘quv yili davomida quyidagi ishlar amalga oshirildi.
Maktab pedagogika kengashi yig‘ilishlarida ta’lim mazmuniga tegishli Prezident farmoni, farmoyishlari va Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Xalq ta’limi vaziri buyruqlarida belgilangan vazifalar ijrosi o‘rganib tahlil etildi va har bir normativ hujjatlarning yig‘ma jildi tashkil etilib, ma’sul xodimlar biriktirildi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 maydagi “ Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo ‘yicha qo‘shimcha chora- tadbirlar to’ g‘risida ”gi PQ-4307-son qarori hamda O‘zbekistonRespublikasiPrezidentining 2017yil 28-iyuldagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishning yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi PQ-3160-qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash va bu sohadagi ishlarni muntazam nazorat qilib borish yuzasidan aniq tadbirlar ishlab chiqilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil1 4-martdagi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2833-sonli qarori bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
O‘quvchi va yoshlarda yuksak ma’naviyatni shakllantirish, ular o‘rtasida diniy ekstremizm, huquqbuzarlik, jinoyatchilik va giyohvandlikni oldini olish bo‘yicha ishlarni tubdan yaxshilash va bu maqsadda maktab qoshida “Voyaga yetmaganlar bilan ishlash” kengashi tashkil etilib, maktabdagi huquqiy bilimlar to‘garaklari tarmog‘ini kengaytirish va ulardagi mashg‘ulotlar samaradorligini oshirishga alohida e’tibor berildi.
Maktabdagi o‘quvchi va o‘qituvchilar o‘rtasida huquqiy tarbiyani amalga oshirish,O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o‘quvchilar ongiga singdirish, milliy istiqlol g‘oyasini targ‘ib qilish, diniy aqidaparastlik va milliy taraqqiyotimizga zararli g‘oyalarni kirib kelishiga qarshi kurashish ishlarini takomillashtirish maqsadida “Yoshlar ittifoqi” tuman bo‘limi, tuman IIB bilan hamkorlikda uchrashuvlar, turli mavzularda davra suhbatlari tashkil etildi.
Maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Umid nihollari” sport musobaqalarini Nizom asosida tashkil etish va musobaqalarni yuqori saviyada o‘tishini ta’minlash maqsadida ishchi guruhi tuzilib, sportning basketbol, futbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat turlari bo‘yicha o‘quvchilar o‘rtasida tanlov tashkil etish va kuchli jamoani shakllantirish maktabning jismoniy tarbiya fani metodbirlashmasi a’zolariga yuklatildi.
Maktabda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 maydagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo ‘yicha qo‘shimcha chora- tadbirlarto’g‘risida”gi PQ-4307-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017yil 28-iyuldagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishning yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi PQ-3160-qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida quyidagi ishlar amalga oshirildi.
2021-yil 25-avgust kuni maktabda ota-onalar yig‘ilishi o‘tkazildi.Yig‘ilshida 3 ta masala;
A)Jahonda pandemiya vaziyati munosabati bilan O‘zbekistondagi mavjud maktablarda karantin qoidalaridan kelib chiqib maktabda o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish
B)Voyaga yetmagan shaxslarni g‘ayriijtimoiy hatti-harakatlarga va turli diniy ekstremistik oqimlarga jalb qilish jinoyatning ijtimoiy xavfliligi haqida.
S) Farzand tarbiyasi va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishda ota-onaning ma’suliyatini oshirish mavzusida bo‘lib o‘tdi.
2021-2022 o‘quv yili boshida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan “Sen qudrat manbai,saodat maskani jonajon O‘zbekiston !” shiori ostida tadbir o‘tkazilib, mahallada targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi. Yangi 2021-2022- o‘quv yilida 268 nafar o‘quvchi ta’lim olishni boshlagan bo ‘lsa ular 100% ijara darsliklari bilan ta’minlandi,maktabda ta’lim olayotgan15nafar o‘quvchi mahallada tashkl etilgan temir daftarga kiritilgan oila farzandlaridir. 17-sentyabr “Bilimlar kuni” munosabati bilan karantin qoidalariga amal qilgan holda maktabda o‘quvchilarni kutib olish tadbiri o‘tkazildi.Tadbirni maktab direktori N.Raxmatov b ochib berdi. U o‘z so‘zida barcha o‘quvchilarni Mustaqillik kuni hamda o ‘quv yilining boshlanishi bilan maktab ma’muriyati nomidan tabrikladi. 1-sinf o‘quvchilariga Prezident sovg‘alari topshirildi. Shundan so‘ng barcha o‘quvchilar maktabning kirish qismiga taklif etildi va o‘z sinf xonalarida Mustaqillik darslarida ishtirok etdilar.
Maktabda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil
13 sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to`g`risida”gi PQ-3271-son qarori ijrosi yuzasidan maktabi kutubxonasi va axborot resurs markazi faoliyati, ish samaradorligi, o‘qituvchi va o‘quvchilarning a’zolik holati hamda kitobxonlik targ‘iboti bo`yicha rejadagi ishlar samarali amalga oshirilib kelinmoqda.
O`zbekiston Respublikasi XTV ning 2020 yil 28-maydagi 131-son “Umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilarining odob-axloq qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i ijrosi yuzasidan maktab ichki tartib va odob-axloq qoidalari pedagogik jamoa o‘rtasida ijro va mehnat intizomini mustahkamlash, o‘quvchilar o‘rtasida ongli intizom va odob-axloq qoidalariga izchil rioya qilish haqidagi ishlar talab darajasida olib borilmoqda.
Maktabda 21-sentabr – “Xalqaro tinchlik kuni” munosabati bilan onlayn tarzda insho, she’rxonlik, rasm, “Sport – tinchlik elchisi” shiori ostida sport musobaqalari tashkil etildi.
22-sentyabr kuni maktabda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 21-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanish” to‘g‘risidagi 139-sonli qarori asosida yig‘ilish o‘tkazildi.
1-oktyabr “Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan 30 –sentyabr kuni o‘quvchilar o‘zlari mustaqil ravishda tayyorlagan videoroliklari o‘qituvchilar e’tiboriga namoyish etib berdilar. Bu barcha o‘qituvchilarga kutilmagan sovg‘a bo‘ldi va o‘qituvchilar o‘z shogirdlaridan mamnun bo‘ldilar. Yoshlar ittifoqi BT yetakchisi 1-11sinf o‘quvchilari bilan hamkorlikda «Mehnati elda aziz ustozim» deb nomlangan onlayn tadbir tayyorlab, namoyish etdilar, «Ustozim – sizga ta’zim» deb nomlangan onlayn insholar tanlovi ham bo‘lib o‘tdi.
“O‘zbek tilim-iftixrim” shiori ostida 5-6-sinf o‘quvchilaridan diktant, 7-8-sinf o‘quvchilaridan ijodiy bayon, 9-11-sinflardan insho olindi .
10- oktyabr "Mening sevimli kitobim" tadbiri o‘tkazildi. Bu tadbirda 8-sinf o‘quvchilari karantin davrida o‘zlari sevib o‘qigan kitoblari haqida taqdimot qildilar.
12- 19 oktabr kunlarida maktabning ona tilhamda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari o‘quvchilarning husnixatlarini , ifodali nutqlarini yaxshilash maqsadida bir qator ishlarni amalga oshirdi. O‘quvchilardan yozma ishlar olindi , so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilish ko‘nikmalari singdirildi.
20- oktyabr." O‘zbek tilim- faxrim, g‘ururim" mavzusida tadbir o‘tkazildi.Tadbirni ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi N.Ismatovalar tashkil etdi.
18-Noyabr Respublikasining Davlat bayrog‘i tasdiqlangan kuniga atab maktabda rasmlar tanlovi 1- 7-sinflar o‘rtasida o‘tkazildi.8-11- sinfo‘quvchilari ishtirokida maktabda ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Sinf soatlarida barcha sinflarda ushbu kunga atab tadbirlar va rasmlar tanlovlari o‘tkazildi.
19-noyabr maktabda ota-onalar qo‘mitasi raislari va faollari bilan yig‘ilish o‘tkazildi yig‘ilishda quyidagi masala;
1. Farzandlar tarbiyasi va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishda ota-onalarning ma’suliyatini oshirish;
2. Kiyinish madaniyati;
3. O‘quvchilar “Odob axloq qoidalari” ga rioya qilish, maktabga vaqtida o‘quvchilar formasida to‘liq darsliklar, o‘quv qurollari bilan kelishi,ortiqcha narsalar o‘tkirtig‘li buyumlar olib kelmaslik mavzularida bo‘lib o‘tdi.
20-noyabr kuni maktabning 8-11sinf qizlari bilan “Sog‘lom avlodni shakllantirish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatida MMIBDO‘, amaliyotchi psixolog, maktab QVP shifokori ishtirok etdilar. 24-noyabr kuni maktabning 9-11sinf qizlari bilan “Yosh avlodni sog‘lomlashtirish ” hamda “Erta va qarindoshlar orasida nikohni oldini olish”mavzularida davra suhbati va videoroliklar ko‘rsatildi. Davra suhbatida quyidagi kun tartibi
1.Qizlarda “Balog‘at davri”
2.Qizlarda o‘smirlik davrida bo‘ladigan o‘zgaruvchanlik.
3.OITS va giyohvandlik oqibatida tug‘ilajak farzandlar.
4.Kamqonlikni oldini olish masalalari haqida suhbat o‘tkazildi. Davra suhbati yakunida videorolik ko‘rsatildi, o‘quvchi qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
1-dekabr kuni 1 – dekabr OITS (SPID) ga qarshi kurash kuni mu nosabati bilan shu kuni o‘tkazilgan yigilishda QVP shifokori, va maktab hamshirasi 1 – dekabr “Xalqaro SPID ga qarshi kurash kuni” munosabati bilan SPID kasalligi, yuqish yo‘llari haqida ma’ruza o‘qidilar. Tadbirga 8-11sinf o‘quvchilari ishtirok etdilar.
3 – dekabr kuni “Nogironlar” kuni munosabati bilan maktabda ko‘p yillar ishlab,hozirda nafaqada shu bilan birga sog‘ligida muammosi mavjud ustozlarning holidan xabar olish maqsadida MMIBdirektoro‘rinbosari , Yoshlar ittifoqi BT yetakchisi a’zolari bilan birgalikda uylariga borilib, maktab ma’muriyati tomonidan esdalik sovg‘alar topshirildi.
8-dekabr “Konstitutsiya kuni” munosabati bilan 20-noyabrdan 10 dekabrgacha Konstitutsiyaga bag‘ishlangan tabdirlar o‘tkazildi. 20-noyabr kuni “Bolahuquqlarikafolatlari” debnomlangan11-sinflar orasida konferensiya bo‘lib o‘tdi. 4-dekabr shanba kuni tarix fani o‘qituvchilari rahbarligida 5-7-sinf o‘quvchilari Konstitutsiya kuniga atab tadbir o‘tkazdilar. Tadbirda o‘quvchilar konstitutsiya haqida she’rlar , konstitutsiya moddalarini yoddan aytib berdilar.
Huquq fani o‘qituvchisi 9-sinf o‘quvchilari ishtirokida sahna ko‘rinishini tayyorlab namoyish etdilar. Sahna ko‘rinishida o‘quvchilar konstitutsiya moddalariga asoslanib tayyorlagani barchaga manzur bo‘ldi. Tadbir so‘ngida maktab direktori so‘zga chiqib,barcha ishtirokchilarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi va konstitutsiya moddalarini bilgan inson hech qachon qiynalmasligini va yetuk inson bo‘lib shakllanishini aytib o ‘tdi.
7 – dekabr kuni «Konstitutsiya – baxtimiz poydevori» mavzusida ko‘rik tanlov o‘tkazildi. Bunda o‘quvchilar,insholar tanlovi, devoriy gazeta tanlovi yo ‘nalishlarda o‘zaro bellashdilar. O‘quvchilar malbretga rasm chizish tanlovida o‘quvchilarga konstitutsiya kuniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Madhiyasi qabul qilingan kuniga bag‘ishlab o‘z ijodlaridan namuna chizib berish vazifa qilib topshirildi. Insholar tanlovida esa har bir sinfga «Konstitutsiya baxtimiz poydevori» mavzusida insho yozishlari kerakligi alohida e’lon qilindi. Devoriy gazeta tanlovida esa har bir sinf o‘quvchilari o‘zlari mustaqil ravishda Konstitutsiya kuniga mos tarzda rasmc hizishlari vazifa qilib topshirildi.
17-dekabr kuni maktabda umumiy ota-onalar ko‘mitalari raislari va faollari bilan “Voyaga yetmaganlarni ta’lim –tarbiya olishlarida ota-onalarning ma’suliyatini oshirish” mavzusida yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilishda quyidagi masalalar ;
1. Farzand tarbiyasida ota-onalarning psixologik bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularning maktab ma’muriyati bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish” masalasi ko‘rildi.
14-26- dekabr kunlari o‘quvchilarga “Korrupsiya nima va uning kelib chiqish sabablari” mavzusida yig‘ilish o‘tkazildi, yig‘ilishda barcha o‘quvchilarga rasmlar hamda insholar tanlovi o‘tkazilishi yetkazildi. Tanlov g‘oliblari maktab ma’muriyati tomonidan esdalik sovg‘lari bilan taqdirlandilar.
Maktabda profilaktika kunlari MFY profilaktika noziri A.Ismoilob bilan hamkorlikda profilaktik tadbirlar ( tig‘ reydi, mobil telefonlardan foydalanish tartibi, davomat, muntazam ravishda o‘tkazilib kelinmoqdaO‘quv yili davomida maktab ichki tartib qoidalarini muntazam ravishda buzib kelayotgan o‘quvchilarni sinf rahbarlari bildirgisiga asosan profilaktik ichki nazoratga 2 nafar o‘quvchi olindi.Profilaktika noziri bilan hamkorlikda ushbu o‘quvchilarga va ularning ota-onalariga O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik,huquqbuzarlik to‘g‘risidagi qonunlar va kodekslari haqida tushuntirish ishlari olib borildi.
14-yanvar kuni maktabda “Vatan himoyachilar kuni” munosabati bilan tadbir o‘tkazildi. Bu tadbirga maktabning CHQBT rahbari, maktab pedagog xodimlari va 8-11- sinfdagi barcha o‘g‘il bolalar taklif etildi.Tadbirda mehmonlar e’tiboriga 10-11– sinf o‘quvchilari ishtirokida tayyorlangan dastur namoyish etildi. Tadbirni maktab MMIBDO‘ H.Ismatova ochib berdi. U o‘zining so‘zida “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan davradagi barcha vatan himoyachilarini tabrikladi, ularga o‘qish va ishlarida omad va zafarlar tiladi.Tadbir so‘ngida maktab direktori N.Raxmatov so‘zga chiqdi. Namoyish etilgan tadbir haqida fikrlarini aytdi.O‘quvchilarning namoyishi juda mazmunli tayyorlanganligi, liboslari ham mosligini alohida ta’kidlab o‘tdi.
Maktab o‘quvchi yoshlari o‘rtasida “Temurbeklar”, “Yosh qutqaruvchi” harbiy-sport o‘yinlarini tashkil etildi.O‘quvchi yoshlar ishtirokida “Vatanga xizmat-sharafli burch!” mavzusida insholar va rasmlar tanlovini o‘tkazisildi.Maktabda 25575 harbiy qism bilan bir qator ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar tashkil etildi.Bu tadbirlar o'quvchilarda katta qiziqish uyg'otdi.
Maktabda Alisher Navoiyning 580 yilligi va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi ning 538 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar dekadasi tashkil etildi.
Maktabda 1-mart - Xalqaro giyohvandlik, giyohvand moddalar bilan savdo qilishga qarshi kurash kuni munosabati bilan 8-11-sinf o ‘quvchilari bilan davra suhbati tashkil etisldi.Maktabda ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo'yicha tizimli amalga oshiriladigan tadbirlar “Yo'l xaritasi” bo'yicha yanvar-fevral oylarida maktabda o'quchilarning muloqot madaniyatiga va o'quvchilarning to'g'ri salomlashish madaniyatiga bag'ishlab treninglar tashkil etildi.Tadbirga nafaqadagi o'qituvchilar taklif etildi.Tadbirda nafaqadagi o'qituvchilar o'quvchilarga kerakli maslahatlarini berib o'tdilar.Maktabda “Yashil chiroq" musobaqasining maktab bosqichi o'tkazilib, maktab terma jamoasi shakllantirildi.142 nafar o'quvchi maktabdagi 5ta muhim tashabbus va fan to'garaklariga qamrab olindi.
O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiya (Zulfiya Isroilova) tavallud ning 106-yilligi munosabati bilan she’rxonlik tanlovi o ‘tkazildi.
8-mart Xalqaro xotin -qizlar kuni munosabati bilan ma’naviy –ma’rifiy tadbirlar uyushtirildi. “Orasta qizlar” klubi a’zolari tadbirda faol qatnashdilar. 8-11-sinf o‘quvchi qizlari ishtirokida “Orastali qiz -farishtali qiz ” musobaqasi o‘tkazildi.
10 – mart kuni - «Erta turmush va qarindoshlik orasida nikohni oldini olish» mavzusida yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda QVP hamshirasi N.Botirova o‘quvchilarga Erta turmush qurishning salbiy oqibatlari,qarindoshlik oqibatida tug‘ilgan nogiron farzandlarning og‘ir qismati kabi masalalar bo‘yicha gapirib berdi.Maktabda 14-16-mart kunlari ma'naviy ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo'yicha tizimli amalga oshiriladigan tadbirlar “Yo'l xaritasi “ bo'yicha “Milliy qadryatlar oyligi" samarali tashkil etildi, “Men na'munali o'quvchi bo’laman” mavzusida ko'rik tanlov tashkil etildi , tanlovda barcha sinf o'quvchilari faol ishtirok etdi.”Men mobil telefondan to'g'ri foydalanaman" mavzusida ochiq muloqot hamda “
17 –mart kuni - “Diniy aqidaparastlikning oldini olish” va “Jinoyatchilikning sabablari va uning sodir etilishiga imkon bergan shart – sharoitlarni bartaraf etish” mavzularida tadbir o‘tkazildi. Tadbirni Pachkamar qishlog‘i imom xatibi ochib berdi. O‘z so‘zida yig‘ilganlarni yangilanish va yosharish bayrami xisoblangan “Navro‘z” ayyomi bilan tabriklab, barchaga sog‘lik-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik tiladi. Uning so‘zidan so‘ng terroristik harakatlar to‘g‘risidagi videolavha ko‘rsatildi. Ko‘rsatuvda juda ham ko‘p insonlarga saboq bo‘luvchi ma’lumotlar berilgan va ushbu ma’lumotlardan o‘quvchilar o‘zlariga kerakli xulosa chiqarib olishdilar.
21-mart - “Navro‘z” umumxalq bayrami munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi. Tadbirda 29575 G'uzor harbiy qism komandiri Jo'rayev Zafarjon boshchiligidagi bir guruh harbiylar tashrif buyurishdi va o'quvchilarga harbiy aslahalar , hamda harbiylarni jangovor san'atlaridan ko'rgazmali chiqishlar namoyish etishdi.Maktabdagi eng faol o'quvchilarni rag'barlantirishdi.
22-mart – buyuk bobokalonimiz Mirzo Ulug‘bek tavallud topgan kun munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
2-aprel - Butun jahon bolalar kitobi kuni munosabati bilan “Farzandimga kitob sovg‘a qilaman” aksiyasini tashkil etildi.
7-aprel - Jahon salomatlik kuni munosabati bilan sport musobaqalari tashkil etildi.
9 -aprel Sohibqiron Amur Temur tavallud topgan kun munosabati bilan ma’naviy –ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
10-aprel-«Jaholatgaqarshi - ma’rifat » respublika ko‘rik tanlovi maktab bosqichi 8-11-sinflarda insholar tanlovi, 2-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida tasviriy san’at va 5-11-sinflar o‘rtasida she’riyat yo‘nalishida bo‘lib o‘tdi.
10-aprelda atoqli o‘zbek romanchisi A.Qodiriy tug‘ulgan kuni munosabati bilan, Qodiriy asarlari sahnada ma’naviy –ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Ma'naviy -ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo'yicha maktabda o'quvchilarning muloqot madaniyatiga bag'ishlangan trening hamda o'quvchilarning to'g'ri ovqatlanish madaniyatiga bag'ishlangan treninglar tashkil etildi.Davlat ramzi- mening g'ururim mavzusida tadbir tashkil etildi, tadbirda 8-11-sinf o'quvchilari faol ishtirok etdilar.
22 – aprel kuni - «Otalar majlisi» o‘tkazildi. Yig‘ilishda davlat umummilliy dasturi ijrosi natijasida yaratilgan shart – sharoitlar,otaning farzand tarbiyasidagi asosiy roli kabi masalalar muhokama qilindi. Majlisga taklif qilinganlar tartib bilan alohida guruh holatida joylashtirildi.Yig‘ilish boshida maktab o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan konsert nomeri taqdim etildi. Maktab direktori N. Raxmatov so‘zga chiqdi. Maktab rahbari o‘z so‘zida yig‘ilishning maqsadi, mamlakatimizda ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar va ushbu maktabda amalga oshirilayotgan ishlar haqida, “Yoshlarni qo‘llab quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash” yili Davlat dasturi doirasida maktabda qabul qilingan tarmoq dasturi va bajarilishi ko‘zda tutilgan tadbirlar bilan “Otalar majlisi” ishtirokchilarini atroflicha tanishtirib o‘tdi. So‘ngra hozirgi kunda amalga oshirilishi kerak bo‘lgan dolzarb muammolarga alohida to‘xtalib o‘tdi. Maktab o‘quvchilarining umumiy tarkibi, ularning tarbiyasida va sifatli ta’lim olishlarida aynan otaning roli qanchalik muhim ekanligi yoshlar tarbiyasida otalar e’tibor qaratishi lozim bo‘lgan jihatlar va maktab o‘quvchilarining tartib intizomi, odob-axloqi, kiyinish madaniyati qanday bo‘lishi kerakligi haqida so‘z yuritdi. U so‘zining yakunida otalar farzandi bilan kitob o‘qishga haftasiga ikki soat vaqtini ajratishi ma’qulligi, yana haftasiga ikki soatini esa o‘z farzandi bilan yashash joyiga yaqin bo‘lgan bolalar sporti inshootiga borishi va sport bilan shug‘ullanishiga e’tiborini kuchaytirshlarini uqtirib o‘tdi.
26-aprel M.Yusuf tavalludining 66 yilligi munosabati bilan 5 -11 -sinf o‘quvchilari sinf rahbari bilan birgalikda ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisilsri boshchiligida “Yurt ardog‘idagi shoir” shiori ostida tadbir namoyish qildilar.
27-aprel kuni maktabda 29575 harbiy qism bilan hamkorlikda harbiy qurol aslahalar ko'rgazmasi tashkil etildi.Ko'rgazma juda qiziqarli tusda bo'lib o'tdi.O'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga harbiylardan javoblar olishdi.
May oyida maktab direktori N.Raxmatov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risidagi” Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida tadbirlari rejasi ishlab chiqildi. Reja asosida “Adabiyotga e’tibor ma’naviyatga, kelajakka e’tibor”, “Men sevgan kasb”, “O‘zbekiston respublikasida turizmni rivojlantirish”,“Sog‘lom turmush tarzi”, “Jinoyat va jazo”, “Kasbim faxrim”, “Sport tinchlik elchisi”, “Kamalak” YoIH faoliyatini samarali tashkil qilish, mavzularida uslub birlashma a’zolari ishtirokida tadbirlar ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. Tadbirlar yakunida faol ishtirok etgan o‘quvchilar ota-onalari maktab rahbaryati tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandilar, “Boringizga shukur ota-onalar” tadbiri namoyish qilindi.
“Ma’naviyat fidoyisi” ko‘rik-tanlovining maktab bosqichi o'tkazildi.“Odam savdosi davr muammosi” va “Koruppsiya kelajakka tahdid ” kabi insholar tanlovi bo'lib o'tdi. 9-may “Xotira va qadrlash" kuniga kuniga bag‘ishlab ma’naviy-ma’naviy tadbirlar bo'lib o'tdi unda maktab o'quvchilari faol ishtirok etishdi.
Iqtidorli va iste’dodli o‘quvchilar haqida ma’lumotlar bazasini yangilab borish, ularning ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirish, qo‘llab-quvvatlash va tizimli rag‘batlantirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2020 yil 30 iyuldagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari va sinf raxbarlari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash hakida”gi 180-sonli buyrug ‘i ijrosini ta’minlash maqsadida maktabda ochiq sinf soati darslari tashkil etildi. Maktabdagi tashkil etilgan to'garak ishlari jonlantirildi
Maktabda ogohlik, xavfsizlik va sanitariya-gigiena qoidalariga rioya qilish, pedagog xodimlar va o‘quvchilarning sog‘lig‘ini muhofaza qilish ishlarini muvofiqlashtirildi. Maktabda, ko‘cha-kuyda o‘quvchilar tomonidan o‘quvchilarning hayoti, sog‘ligiga ta’sir etuvchi va ma’naviyati va hulqiga xavf solishi mumkin bo‘lgan turli buyumlar va vositalarni olib kelishi mumkin emasligi haqida doimiy tushuntirish ishlari hamda profilaktik tadbirlarni o‘tkazib borildi.
O‘quvchilar tomonidan amaldagi qonunlar bilan taqiqlangan va jamiyatda umume’tirof etilgan axloq normalariga zid xatti-harakatlar sodir etilishining oldini
olishga qaratilgan turli tadbirlar, xususan, “Davomat” va “O‘quvchi” reydlarini amalga oshirish va samaradorlik monitoringiyuritildi.
Pedagog xodimlar uchun “Ma’naviyat soati”hamda “Ma’rifat soati” tashkil etildi.
O‘quvchilar o‘rtasida nazoratsizlik, huquqbuzarlik, jinoyatchilik va turli salbiy holatlar bo‘yicha olib borilayotgan profilaktik tadbirlar haqida tegishli tashkilotlarga ma’lumotlar taqdim etib borish va o‘zaro axborot almashinuvini muntazam yo‘lga qo‘yiilgan.
Darsga sababsiz kelmagan, maktabning ichki hamda ichki ishlar profilaktika nazoratiga olingan o‘quvchilarning davomatini nazorat qilish, ularga mas’ullar biriktirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, tadbirlarga keng jalb etish, yakka tartibda ishlash, qo‘llab-quvvatlash ishlarining monitoringini yuritildi.
Kutubxona ishini muvofiqlashtirish, kitobxonlikni targ‘ib qilish maqsadida “Kitobxonlik bayrami ” tashkil etildi va unga ota onalar ham taklif etildi.Ota onalar farzandlari yoqtirgan kitoblarni ularga sovg'a qilishdi.
Maktabda ma’naviyat va ma’rifat soati o‘z vaqtida o ‘tkazib kelinmoqda.Maktabda ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo'yicha tizimli amalga oshirilayotgan tadbirlar “Yo'l xaritasi” asosida may oyi davomida .Vatan taraqqiyotiga mening hissam mavzusida insholar tanlovi tashkil etildi. 142 nafar o'quvchi san'at, musiqa, sport, IT, kitobxonlik va fan to'garaklariga qamrab olindi.
M aktab va atrof-muhitni asrash va shaxsiy gigienaga rioya etishga bag‘ishlangan ochiq muloqot tashkil etildi.
Maktabda 25-may kuni karantin qoidalariga rioya qilgan holda 4,9,11-sinf o'quvchilari ishtirokida “So'nggi qo'ng'iroq tadbiri tashkil etildi. Tadbirda Prezidentimizning bitiruvchilarga yo'llagan tabriklari o'qib eshittirildi. Tadbirda maktabimiz bitiruvchilari o'zlarining she'r va qo'shiqlari bilan faol ishtirok etdilar.
Maktab direktori; N.Raxmatov
MMIBDO’; H.Ismatova.
G'uzor tuman 40- umumiy o‘rta ta’lim maktabi ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Ismatova Halimaning 2021-2022-o‘quv yili davomida amalga oshirgan ishlari bo‘yicha
HISOBOTI
Do'stlaringiz bilan baham: |