Tibbiyot instituti talabalari uchun


VI-BOB .  O’TMAS VOSITALAR BILAN JAROHATLANISH



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/385
Sana21.03.2022
Hajmi6,49 Mb.
#504905
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   385
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

VI-BOB

O’TMAS VOSITALAR BILAN JAROHATLANISH
6.1.
O’tmas vositalar bilan jarohatlanish, uning ta’rifi va hosil bo’lish 
mexanizmi
Sud tibbiyoti amaliyotida har xil shakldagi o’tmas vositalar va asboblar bilan 
jarohatlanishlar ancha ko’p uchraydi. Qisman o’tmas qurollar-qo’rg’oshinli kastet 
(to’rt barmoqni o’tkazib ushlash uchun to’rtta teshigi bo’lgan yassi metall asbob, 
mushtlashish quroli) bilan jarohatlanish ham kuzatiladi. Oddiy ko’zga 
tashlanadigan jarohatlanishlarning kattagina qismi o’tmas vositalar bilan 
jarohatlanish xarakteriga ega bo’ladi. Bunday guruh jarohatlanishlarga
shuningdek, harakatlanuvchi transport, uning ayrim qismlari bilan etkazilishi, og’ir 
predmetlarning bosib qolishi, balandlikdan yassi yuzaga tushib ketganda sodir 
bo’ladigan jarohatlanishlar kiradi. Bunga ko’pincha ishlab chiqarish va sportiv 
jarohatlanishlar ham kiradi. Yuqorida keltirilgan jarohatlanishlarning barchasi 
ko’pincha «o’tmas jarohatlanish» tushunchasiga birlashtiriladi.
Jarohatlovchi faktorlarning xilma xilligi va ko’pligiga qaramasdan o’tmas 
vosita yordamida jarohatlanishning yuzaga kelish holati, jarohatlanish mexanizmi 
unchalik xilma xil emas.
Jarohatlanishning hosil bo’lish mexanizmi deganda odam tanasiga 
jarohatlovchi vositaning ta’siri tufayli jarohatning sodir bo’lishiga olib kelishi 
tushuniladi. O’tmas vosita bilan jarohatlanish 4 ta asosiy mexanizmga bo’linadi: 
urilish, bosilish, cho’zilish va ishqalish. Jarohatlanishlarning hosil bo’lish 
mexanizmlariga organ va to’qimalarning deformatsiyasi (ularning siqilishi va 
cho’zilishi) ni kiritib bo’lmaydi, chunki deformatsiyalar o’tmas 
jarohatlanishlarning har bir mexanizmida sodir bo’lishi mumkin.
Urilish
. Nisbatan qisqa muddatda harakatlanuvchi predmet va odam 
tanasining bir-biriga to’qnashuvi tufayli sodir bo’ladigan keskin kuchli silkinishiga 
urilish deyiladi. Bir-biriga tekkan joyida har xil turdagi jarohatlanishlar sodir 
bo’lib, ularning xarakteri urilish kuchi va uning yo’nalishiga, urilish yuzasining 
74


shakli va uzunligi, kiyimlarining borligi hamda uning o’ziga xos xususiyatlari
tananing jarohatlangan qismining anatomik tuzilishi va ayrim boshqa faktorlarga 
bog’liq.
Uncha katta bo’lmagan urilishda shilinishlar va qontalashlar yuzaga keladi. 
Kuchli urilganda yaralar hosil bo’lishi, suyaklarning sinishi, ichki organlar va 
boshqa to’qimalarning jarohatlanishi kuzatiladi.
Lat egan yara
. Bu tananing to’g’ridan to’g’ri terisi tagida suyak joylashgan 
joyda yumshoq to’qimaning uriluvchi vosita yuzasi va pastdagi suyak orasida 
bosilishi tufayli ko’zga tashlanadi. Ular ko’pincha jabrlanuvchining boshida 
uchraydi. Yaraning shakli xilma xil bo’lib, u ko’pincha uriluvchi predmetning 
shakli va uzunligiga ko’p miqdorda bog’liq bo’ladi. Ularning uzunligi 
jarohatlovchi vositaning tana to’qimalariga tegib turish masofasi bilan aniqlaniladi. 
Tipik hollarda yaraning chetlari notekis, hoshiyalangan, qontalashlangan, ezilgan, 
ko’pincha pastki to’qimalardan ajralgan bo’ladi. Yaraning tubida ancha 
mustahkam to’qimalardan hosil bo’lgan ulag’ich to’qima ko’rinadi.
O’tmas vositalar bilan urilganda ko’pincha har xil shakldagi sinishlar yuzaga 
keladi. Bunday sinishlarning umumiy belgilaridan biri jarohatlangan suyak 
chetlarining notekis tishsimon ko’rinishga ega bo’lishidir.
Xirurgiyada urilish tufayli sodir bo’ladigan yopiq jarohatlanishlarga 
ko’pincha lat eyish deyiladi. Sud tibbiyoti ekspertizasida bunday umumiy tashxis 
bilan chegaralanish tavsiya etilmaydi. Bunda qanday jarohatlanish borligini doimo 
ko’rsatish talab qilinadi.

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   385




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish