Tibbiyot instituti talabalari uchun


Jarohatlanishning tiriklik yoki o’lgandan keyin sodir bo’lganligini aniqlash



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/385
Sana21.03.2022
Hajmi6,49 Mb.
#504905
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   385
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

Jarohatlanishning tiriklik yoki o’lgandan keyin sodir bo’lganligini aniqlash
Mexanik jarohatlanishlarning sud tibbiyoti ekspetizasida jarohatlanishning 
tiriklik yoki o’lgandan keyin paydo bo’lganligi aniqlash eng muhim vazifalardan 
biridir. Tiriklik paytida jarohatlanish anchagina ko’proq uchraydi. O’lgandan 
keyingisi nisbatan kam uchrab, u o’zining xarakteriga qarab to’satdan yoki 
qasddan sodir bo’lishi mumkin.
To’satdan o’lgandan keyingi jarohatlanishlar ba’zan murdalarni bir joydan 
ikkinchi joyga tashilganda yoki o’tkazilganda, murdani e’tiborsizlik yoki 
tajribasizlik bilan kesib ko’rish paytida, shuningdek o’layotgan bemorga birlamchi 
malakasiz yordam ko’rsatish paytida ko’zga tashlanadi. Bunda sun’iy nafas 
oldirish paytida ba’zan jarohatlanish etkazilishi mumkin, natijada, ko’krak terisida 
pergament dog’lari, keksalarda qobirg’alarning sinishi, bolalarda jigarining 
yorilishi kabi holatlar kuzatilishi mumkin.
Kasddan o’lgandan keyin etkazilgan jarohatlanishlar, ancha uzoq kurashish 
67


natijasida, o’ldiruvchi o’zi sezmagan holda o’ch olish maqsadiga o’lgan odamning 
tanasida to’g’ridan to’g’ri sodir qilgan jarohatlar hisoblanadi. Sud tibbiyoti 
amaliyotida o’lgan odamning boshiga bolg’acha bilan urilganda ko’pgina 
o’lgandan keyingi jarohatlanishlar sodir bo’lganligi va keyinchalik o’tkir uchli tosh 
bilan boshiga urilganligi ham ma’lum bo’lganligini eslatish zarur. Qotil o’zi 
tomonidan sodir etilgan jinoyatni tan olib, o’ldiriluvchidan uch olish maqsadida 
qilinganligini tan oladi.
Ba’zan kasddan o’lgandan keyin etkazilgan jarohatlanishlar ishlab 
chiqarishda, transportda, o’z o’zini o’ldirish simulyatsiyasi kabi baxtsiz hodisalar 
tufayli etkazilganligi to’g’risidagi fikrni aytishga sababchi buladi. Sud tibbiyoti 
amaliyotida jinoiy abortdan o’lgan ayolni murdasini poezd g’ildiragi tagiga 
tashlanishi sababli murda tanasining o’lgandan keyingi bo’laklarga ajralishi bizga 
ma’lum. Javobgarlikdan qo’rqib, hamshira o’z uyida abort qilganligi tufayli ayol 
o’lib qolgach, o’lgan ayolni baxtsiz hodisa sifatida ko’rsatish maqsadida temir yo’l 
ko’tarmasiga qo’yib ketadi.
Ba’zan o’lgandan keyingi jarohatlanish hayvonlardan, masalan, 
kemiruvchilar, bo’rilar, qushlar, baliqlar, chumolilar va boshqalar tomonidan 
etkazilishi mumkin. Agar bunday hollarda murda kuchli ravishda chirigan bo’lsa, 
jarohatlanishlarning diagnostikasida anchagina qiyinchiliklar tug’iladi.
Shuni a’lohida ta’kidlash zarurki, ayrim holatlarda (yong’inda, imoratlar 
emirilganda, murda suvda topilganda) o’lgandan keyingi jarohatlanish ko’p 
uchraydi, chunki bu atrofdagi sharoitlarga bog’liq. Masalan, yong’inda 
emirilayotgan uyning shifti yoki tomi murdada qo’shimcha o’lgandan keyingi 
jarohatlanishni keltirib chiqarishi mumkin.
Tiriklik vaqtida sodir bo’ladigan mexanik jarohatlanishlarning sud tibbiyoti 
diagnostikasida ayrim hollarda anchagina qiyinchiliklar tug’iladi. Bu birinchi 
navbatda tez o’lim holatiga aloqador bo’ladi. Bunda jabrlanuvchi jarohatlanishdan 
keyin birdaniga o’ladi. Agar o’lim 5-6 soatdan keyin va shuningdek bir necha 
sutkadan keyin paydo bo’lsa, bunday hollarda yallig’lanish belgilari ko’zga 
tashlanadi. Makroskopik jihatidan ular yallig’langan joyning qizarishi va shishishi, 
68


ekssudat chiqishi, yiringlanish va granulyatsiya paydo bo’lishi hamda qasmoq va 
chandiq bo’lishi bilan xarakterlanadi. Mikroskopik ko’rinishda qon tomirlarining 
kengayishi va leykotsitlarning tomir devorida joylashuvi, shuningdek jarohatlanish 
joyida shish va infiltratsiyaning boshlanishi kuzatiladi.
Odam tez o’lganida yuqorida keltirilgan belgilar rivojlanib ulgurmaydi, 
shuning uchun jarohatlanish tiriklik belgilarining asosiy ko’rsatkichi qon ketish 
hisoblanadi. Bizga ma’lumki, kapillyarlarda arterial bosimi 20-40 mm simob 
ustuniga teng bo’lsa, arteriyalarda 100-150 mm simob ustunini tashkil qiladi. 
Shuning uchun ham katta yaralardan massiv qon ketib, qonning sachrashi 
kuzatiladi. Bunday holat o’lgandan keyingi jarohatlanishlarda ko’zga 
tashlanmaydi. Tiriklik vaqtida sodir bo’ladigan anchagina qon ketishlar tufayli 
voqea sodir bo’lgan joyda qon ko’lmaklari yoki ko’krak qafasi yoki qorin 
bo’shlig’ida 1500-2500 sm
3
gacha qon yig’ilishi kuzatiladi.
Agar jabrlanuvchi yaralanish paytida turgan yoki qisqa muddatli o’tirgan 
bo’lsa, natijada yaradan oquvchi qon uning tanasi yoki kiyimida vertikal holatda 
oqishi mumkin. Bu o’z navbatida jarohatlanishni tiriklik vaqtida etkazilganligini 
ko’rsatadi.
Jarohatlanishlarning tiriklik belgilariga qalin qontalashlar kiradi. Bu o’ziga 
xos qon quyilish bo’lib, to’qimalarni qavatlarga ajratib ular orasida oddiy ko’z 
bilan ko’rinuvchi qon laxtalarini hosil qiladi. Qalin qontalashning yupqa 
qontalashdan farqi, yupqa qontalashda qon laxtalari bo’lmaydi va qon bilan 
to’qimaning keskin ajralib turishi bilan xarakterlanadi. Mikroskopik tekshirishda 
yupqa qontalashda to’qima elementlari orasida eritrotsitlarning infiltratsiyasi 
ko’rinadi.
Murda dog’laridan tashqarida qalin qontalashning bo’lishi jarohalanishning 
tiriklik vaqtida sodir bo’lganligini ko’rsatadi. Murda dog’lari bo’ylab ham qalin, 
ham yupqa qontalashlarning paydo bo’lishi jarohatlanishning tiriklik belgisi 
borligini isbotlamaydi.
Yupqa qon talashlar odatda yumoloq shaklda bo’lib, 5-10 mm diametrda 
kichik venalarda o’lgandan keyingi jarohatlanishlarda sodir bo’ladi va oqib 
69


keluvchi qon to’qimalarning kapillyarlik xususiyatiga ko’ra shimiladi. Bunday 
qontalashlar ko’pincha kalla suyagi gumbazi ustki qavati yuzasida hosil bo’ladi. 
Ba’zan, ularni siyrak to’qima ko’p bo’lgan joylarda (aorta atrofida, bo’yin 
qismida) uchratish mumkin.
Boshqa tomondan qalin qontalashning murda dog’ida paydo bo’lishi 
jarohatlanishni tiriklik paytida vujudga kelganligini isbotlovchi belgi emasligini 
ko’rsatish zarur, chunki o’lgandan keyin birinchi 6-12 soatda qon uyushishi hamda 
murda dog’i joylashgan joyda qalin qontalashlar ko’rinishi mumkin.
Shuni aytish zarurki, agonal davrda sodir bo’lgan jarohatlanish ko’pincha 
tiriklikka xos jarohatlanishni eslatadi.
Jarohatlanishning eng muhim tiriklik belgilariga travmatik shish kirib, u 
anchagina qon quyilish atrofida yaxshi ko’rinadi va bunda to’qima ilvilloq 
massaga aylanadi, shish tananing bel qismida va strangulyatsion egatcha atrofida 
aniq ko’zga tashlanadi.
Jarohatlanishning tiriklik belgilarini ko’rsatuvchi quyidagi morfologik 
o’zgarishlar mavjud:
1) kattagina qon quyilish o’choqlari;
2) eritrotsitlarning har xil shaklga ega bo’lishi va eozin bilan intensiv 
bo’yalishi;
3) leykotsitlarning miqdori yuqoriligi;
4) arteriyalar trombozi.
Shu bilan birga ko’pgina tadqiqotchilarning tasdiqlashicha, mikroskopik 
tekshiruvlar jarohatlanishlarni aniq solishtirish imkoniyatini bermaydi, ya’ni ular 
o’limdan oldin to’g’ridan etkazilganmi yoki o’lgandan keyin sodir bo’lganmi bilib 
bo’lmaydi.
Jarohatlanishlarni tiriklik belgilarini ko’rsatuvchi qo’shimcha belgilarga 
qonning aspiratsiyasi va yutilishi, shuningdek o’pka va yurakning yog’ 
emboliyalari kiradi.
Tiriklik vaqtida sodir bo’ladigan jarohatlanishga xos ko’rsatkichlardan biri 
jarohatlanishga yaqin joydagi regionar limfa tugunlarida eritrotsitlarning 
70


topilishidir, ammo simmetrik joylashgan limfa tugunlarida eritrotsitlarning 
bo’lmasligini alohida ta’kidlamoq zarurdir.

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   385




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish