o’pka kapillyarlari bo’shlig’ini bekitadi. Agar o’pka qon tomiri bo’shlig’ining
to’rtdan uch qismi bekilganda nafas olish keskin buzilib, birdaniga o’lim sodir
bo’ladi.
Yog’ tomchilari o’pka tomiriga tushib, o’pqadan ancha yuqoriga ko’tarilsa,
miya kapillyarlarigacha borib etadi va bunda ko’pincha o’lim miya tomirlari yog’li
emboliyasidan, ayniqsa, hayot uchun muhim markazlarda joylashganda sodir
bo’ladi. Bundan tashqari yog’ emboliyasi yurak, jigar, bo’yrak va boshqa organlar
tomirlarida ham kuzatilishi mumkin.
Yog’ emboliyasi borligini gistologik usulda, hatto murda kuchli chiriganda
ham aniqlash mumkin.
7. Shok
. Bu organizmning jarohatlanishga nisbatan o’ziga xos reaktsiyasi
bo’lib, nerv sistemasining kuchli qo’zg’alishi
tufayli keyinchalik nerv
regulyatsiyasining buzilishi bilan xarakterlanadi. Mexanik jarohatlanishlarda
o’limga olib keluvchi birlamchi yoki ikkilamchi travmatik shokning klinik
belgilari kuzatilishi mumkin.
Birlamchi shokda o’lim sezuvchi nerv bilan kuchli ta’minlangan periferik
nervning ma’lum zonasini ta’sirlanishi tufayli yurakning reflektor yo’l
bilan
to’xtashidan sodir bo’ladi. Bunday zonaning jarohatlanishidan birlamchi shokka
olib keluvchi kuchli og’riq paydo bo’ladi. Bu hiqildok, urug’don va barmoqlarning
tirnoq qismida joylashgan bo’ladi. Murdani sud tibbiyoti usulida tekshirishda
bunday hollarda maxsus sektsion belgilari aniqlanilmaydi, ammo faqatgina o’tkir
o’limning belgilari kuzatiladi. Shu sababdan birlamchi shokdan o’limning
diagnostikasi shokning klinik belgilari borligi bilan o’limning boshqa sabablaridan
o’likni kesib ko’rishda farqlanadi.
Ikkilamchi travmatik shok sekinlik bilan jarohatlanishdan bir necha soat
o’tgandan keyin rivojlanadi. Ayrim tadqiqotchilarning fikriga ko’ra,
ikkilamchi
travmatik shokning sektsion diagnostikasida 3 ta morfologik belgi hisobga olinadi:
1) jarohatlanishning birinchi soatidan keyin o’limga olib keluvchi og’ir
jarohatlanish;
2) o’tkir qon yo’qotish belgilari;
66
3) qonning patologik saqlanishi.
Murda tanasidagi og’ir jarohatlanishlar murdani kesib ko’rganda osongina
aniqlaniladi. O’tkir qon yo’qotilishi bo’shliq va to’qimalarda qonning yig’ilishi,
kiyim, bog’lamalardan tashqariga chiquvchi qon shimilishi bilan xarakterlanadi.
Qonning patologik yig’ilishi qorin bo’shlig’i organlarida kuzatiladi.
Yu.M.Lazovskiy va P.E.Snesarevlar (1995) ma’lumotlariga ko’ra ikkilamchi
shokda ma’lum gistologik ko’rinishlar: miyaning nerv va glioz hujayralarining
o’zgarishi, parenximatoz organlar hujayralaridagi o’zgarishlar,
buyrak usti bezi
pustloq qismida lipidlarning kamayishi ko’zga tashlanadi. Biroq ko’pgina sud
tibbiyoti xodimlarining fikriga ko’ra ikkilamchi travmatik shokning tashxisi
murdani kesib ko’rish va gistologik tekshiruv natijalariga qarab qo’yilishi mumkin
emasligini alohida ta’kidlamoq zarur. Agar ekspert klinik ma’lumotlarni yaxshi
bilmasa, u shok tashxisini murdani kesib ko’rish va gistologik tekshirish
natijalarini hisobga olgan holda tahminiy asoslashi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: