Tibbiyot instituti talabalari uchun


Mexanik jarohatlanishlardan



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/385
Sana21.03.2022
Hajmi6,49 Mb.
#504905
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   385
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

Mexanik jarohatlanishlardan
o’limning sabablari
Mexanik jarohatlanishlarda o’limning sabablari juda xilma-xildir. Ularni 2 
guruhga bulish mumkin: birlamchi va ikkilamchi (asorati). O’limning birlamchi 
(to’g’ridan to’g’ri) sababi jarohatlanishdan keyin organizm funktsiyasining 
to’xtashiga olib keladi. Bunga quyidagilar kiradi:
1.
Odam tanasi
butunligining qo’pol anatomik buzilishi, masalan, 
boshining majaqlanishi, tanasining bo’linishi, jigarni ezilishi, yurakning yorilishi 
va boshqalar. Bunday jarohatlanishlar juda ko’p uchrab, murdalarni sud tibbiyoti 
61


usulida tekshirilganda osongina aniqlaniladi.
2. 
Qon ketish
. O’limning sodir bo’lishida qonning miqdorigina emas, balki 
qon ketishining tezligi katta ahamiyatga ega. Sekinlik bilan qon ketganda odam, 
hatto, qonining yarmini yo’qotganda ham tirik qolishi mumkin. Bunga qarama-
qarshi o’laroq, yurakka yaqin bo’lgan qon tomiridan tez va nisbatan kam qon 
yo’qotilgan taqdirda ham yurak ichidagi bosimning kamayishi tufayli yoki 
miyaning o’tkir kamqonligidan o’lim sodir bo’lishi mumkin.
Katta yoshli odam organizmida 5-6 l gacha qon bo’ladi. Shundan 2000-2500 
ml qonning tez yo’qotilishi odatda oqibati o’lim bilan tugaydi.
Yosh bolalar qon ketishga juda ham sezuvchan bo’ladilar, chunki ularning 
organizmida qonning miqdori nisbatan kam bo’ladi. Yangi tug’ilgan chaqaloq 50-
60 ml qonini yo’qotganda ham o’lib qolishi mumkin. Xotin-qizlar erkaklarga 
qaraganda qon yo’qotishga kam sezuvchan bo’ladilar.
Katta qon tomirlari jarohatlanishi tufayli kuchli qon ketishi tufayli qonning 
ko’pgina qismi bir necha minut ichida qon yo’qotilishidan o’lim sodir bo’lishi 
mumkin. Bunday hollarda murdada qonsizlanish belgilari kuzatilmaydi, chunki 
bunda o’lim asosan qon ketishidan emas, balki arterial bosimning pasayishi tufayli 
sodir bo’ladi.
Ancha kichik qon tomirlarining shikastlanishi oqibati rivojlanayotgan o’tkir 
kamqonlikda bir-necha soatdan keyin, ba’zan esa jarohatlanishdan keyin birinchi 
sutkaning oxirida o’lim sodir bo’lganda murdada kuchli qonsizlanish belgisi aniq 
ko’zga tashlanadi. Bunda teri va shilliq pardasining keskin kamqonligi ko’rinib, 
murda dog’lari juda kuchsiz rivojlangan, ichki organlari kesib ko’rilganda 
chirigansimon (jigar, yurak) xarakterga ega bo’lib, kesilgan yuzasi quruqroq 
(o’pka) bo’ladi. Yurak bo’shlig’ida biroz miqdorda qon bo’lib, yurakning chap 
qorinchasi endokardida yulsimon qon quyilish ko’rinadi. Bunga Minakov dog’lari 
deyiladi.
P.A.Minakov (1902) subendokardial qon quyilish hosil bo’lishini arterial 
bosimni keskin pasayishi tufayli chap qorincha bo’shlig’ida uni kengayish davrida 
nisbiy bosimni yuzaga kelishi tufayli sodir bo’lishligi orqali tushuntiradi. Boshqa 
62


tadqiqotchilar (Desyatov V.D., 1951) esa bosh miyada paydo bo’ladigan anemik 
anoksiya bilan bog’laydilar. Bu o’z navbatida adashgan nerv orqali yurakka ta’sir 
qilishi tufayli subendokardial qon quyilishlar sodir bo’lishligini tasdiqlaydi.

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   385




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish