Qarshi davlat universiteti «qiyosiy pedagogika»



Download 1,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/64
Sana16.03.2022
Hajmi1,62 Mb.
#493375
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   64
Bog'liq
Мажмуа Қиёсий пед 2021-2022 (pdf.io)

 
Sharq 
mutafakkirlarining 
pedagogik 
qarashlaridagi 
yetakchi 
tendentsiyalar va ularning ahamiyati. 
Sharq “Uyg`onish davri” ta`lim – tarbiya
muammolarini hal etishda bir qancha qomusiy olimlar ijodiy merosida sof 
ta`limiy – axloqiy asarlarda ko`rib o`rganib chiqilgan. Qomusiy olimlar: 
Muhammad ibn al – Xorazmiy, Ahmad al – Farg`oniy, Abu Nasr Farobiy, Abu
Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mahmud Qoshg`ariy, Rudakiy, Firdavsiy va
boshqalardir. Bularning ijodlarida bola tarbiyasiga oid bo`lgan turli muhim 
vazifalarni ko`rish mumkin. Xususan, Firdavsiy “Shohnoma ” asarida didaktik
nasihatlar berilganligi bilan taqsinga sazovordir. “Insonni hayru sahovati bo`lishga 
yetaklovchi kuch ilm va hunardir, - deydi shoir. – Ilmni insonga singdiruvchi narsa 
esa aqldir”. 
Mehnat va hunarni yuksak baholagan, uni gavhardan ham yuqori qo`ygan 
shoir hunar va mehnatni chiroyi insonni aqli va axloqida deb hisooblaydi va 
doimo aql bilan ish qilish zarurligini uqtiradi.
 G’arbiy Yevropada maktab, maorif hamda pedagogik 
fikrlar taraqqiyoti 
G’arbiy Yevropa mamlakatlarida quldorlik jamiyatining o’rnini olgan 
feodalizm V asrda paydo bo’lib, to XVIII asrlargacha davom etdi. Feodalizm 
jamiyatida xukmron tabaqalar feodal-pomeshchik va ruhoniylardan iborat edi, 
Mamlakatdash hamma er-suv egalari bo’lgan bu (mulkdor tabaqalar o’sha davr-
dagi krepostnoychilik huquqiga binoan, ularga bo’ysundirilgan dehqonlarni 
ekspluatatsiya qilish asosida yashardilar, Keyin-chalik feodal jamiyatining shu 
ikkita asosiy tabaqalariga yana ikkita yangi tabaqa — hunarmand va savdogarlar 
kelib qo’shildi. 


O’rta asr feodal jamiyatining hayotida din va unga xizmat qiluvchi ruhoniylar 
g’oyat katta rol’ o’ynardilar, 
G’arbiy Evropadagi xristian dini feodal tuzumining ideologik tayanchi 
bo’lib, ruhoniylar undan foydalanib, qullik aso-ratida yashagan dehqonlarning 
qattiq ekspluatatsiya qilinishini, xalq ommasining qashshoqlikda yashashini va 
ularning hukuqdan to’la mahrum etilishini oqlashga urinar edilar. Feodalizm 
tuzumini mustahkamlash maqsadida ruhoniylar bu dunyodagi hamma narsa 
xudodan, xalq ommasi esa cherkov va feodallarga so’zsiz bo’ysunishi kerak, o’z 
orzu va istaklarini tiyish, bu dunyoda rohatni tark qilish qerak, azob-uqubatlarga 
sabr qilish kerak, shundagina: «oxiratingiz obod bo’ladi, rohatni «narigi dunyoda» 
ko’rasiz, itoat qilmasangiz, sabr qilmasangiz «narigi dunyoda do’zax azobini 
chekasiz» degan gaplarni ommaga singdirishga harakat qilardilar. 
O’rta asrlarda katta kuchga ega bo’lgan katolik ruhoniylari barcha 
imkoniyatlardan foydalanib, ma`rifatga qarshi qattiq kurash olib bordilar. Din 
haqiqatning birdan-bir manbai hisoblanib, fan dinga xizmat qildirilar edi. Natijada 
fan sohasida ijodiy fikrning o’sishiga qattiq to’sqinlik qilindi. CHinakam ilmiy bir 
fikrni aytishga jur`at qilgan har bir kishi shafqatsiz ravishda qattits jazoga tortilar, 
jallodlar qo’liga berilar edi. 
Usha davrda hamma ta`lim-tarbiya ishlari ruhoniylar qo’lida qurol bo’lib, 
batamom diniy ruh va xurofot bilan sug’orilar edi. 
Xristian dini ta`limotiga binoan, odam go’yo gunohli banda bo’lib tug’iladi, 
uning gunoh ishlarga moyil bo’lgan tabiatini bosish uchun uni do’zax dahshaty 
bilan qo’rqitish ruhida tarbiyalash kerak. 
O’rta asr G’arbiy Evropa mamlakatlarnda ikki guruhga bo’lingan va yetti 
fanni o’z ichiga olgan ta`lim dasturi vujudga keltirildi. Birinchi guruh uchta fandan 
iborat edi, shu sababli unga lotincha «trivium» nomi berildi. Bunga grammatika 
(lotin tili grammatikasi), ritorika va dialektika kirar edi. Ikkinchi guruh to’rt fandan 
iborat bo’lgani uchun uni lotincha - «kvadrivium» deyiladi. Unga arifmetika, 
geometriya, astronomiya va musiqa kirar edi. Hammasi bo’lib bu ettita fanni «etti 
erkin san`at» deb atash rasm bo’lib tsoldi. 
Mazkur o’quv fanlari qadimgi Yunoniston ta`lim tizimidan olingan edi, 
biroq o’rta asrlarda ularga iloxiy mazmun berilib, hammasi ramz bilan diniy 
ma`noda tushuntirilar edi. Masalan: grammatikani o’rganishdan maqsad — 
muqaddas diniy .kitoblarni o’qishni bilib olish, ritorika (notiqlik san`ati nazariyasi) 
ni o’rganishdan maqsad va`zxonlik qilish, xutba o’qish san`atini egallab olish, 
musiqa deyilganda esa diniy eyusiqa nazarda tutilardi (katolik cherkovida ibodat 
vaqtida yurgan musiqa asbobi chalinadi va diniy ashulalar aytiladi). Dialektika, 
munozara, bahslashish san`ati deb tushunilar va jatolitsizmga qarshi chiquvchilar 
bilan munozara qilishga yordam beradigan fan deb hisoblanar edi. Hattoki 
matematikaga ham diniy ma`no berilar edi. Geometriya cherkov binolarini edrish 
uchun zarur fan deb hisoblanar edi, arifmetikani o’qitganda ayrim sonlarni ramz 


bilan diniy ma`noda (masalan «1 raqami bu xudoning birligi simvoli (ramzi) deb 
tushuntirilar edi. Astronomiyadan esa diniy kalendar’ tuzishda foydalanardilar. 
Hamma fanlarning toji deb — teologiya hisoblanar edi. O’rta asrlarda 
beriladigan ta`lim dasturi cherkov maktablari orqali amalga oshirilar edi, 
Cherkov maktablarining asosiy turlari: prixod maktabi (ya`ni bir cherkovga 
qarashli), magistr’ maktabi va bosh cherkov yoki episkop maktablaridan iborat edi. 
Prixod maktablari boshlang’ich dshshy maktablari bo’lib, unda o’g’il bolalar 
o’qir edi. Ular mahalladagi cherkovga qarashli bo’lib, unda ruhoniy yoki uning 
yordamchisi o’qituvchilik vazifasini bajarar edi. Prixod maktablarida bolalar 
xristian dini asoslari va qoidalarnni, dinny ashulalar aytishni, nota tilida o’qish va 
yozishni o’rganardilar. Ba`zilarida esa bolalar boshlang’ich hisob ilmini ham 
o’rganardilar. 
Monastir’ maktablari monastir’ huzuridagi maktablar bo’lgani sababli shu nom 
bnlan yurgiziladi, O’rta asrlar davomnda Evropadagi monastirlar faqat tarki dunyo 
qilgan monaxlar yashaydigan diniy muassasagina bo’lib qolmay balki ba`zi 
joylarda ular o’z zamonasiga munosib madaniyat markazi, ma`rifat o’chog’i ham 
edilar. Bunday monastirlarda turli kitoblardan nusxa ko’chirish, kitobxonalar 
tashkil qilish bilan shug’ullanar, ba`zi monaxlar ilmiy muammolar ustida ish olib 
borar edilar. Monastir’ maktablarida o’qitish vazifasi uchun maxsus monaxlar 
taynnlanardi. SHu ishda ishlab turgan monaxlar ta`lim-tarbiya ishini uyushtirish va 
uni olnb bornsh sohasida ancha tajriba to’playdilar. 
Monastir maktablarnning ko’pida prixod maktabida o’qitiladigan fanlardan 
tashqari, yana yuqorida aytilgan «yettita erkin san`at ya`ni grammatika, ritorika, 
dialektika, arifmetika, geometriya» astronomiya, musiqadan dars berilar edi. 
Monastir’ maktablariga boshda faqat monax bo’lishga tayyorlanadigan er 
bolalar qabul qilinar edi keyinchalik esa bu maktablarga o’qishni xohlagan har bir 
kishi qabul qilinaverardi, Shu sababdan monastir’ maktablari ichki maktab» 
(monastir’ devori ichida, faqat kelgusi monaxlar uchun) ea «tashqi maktab 
(monastir’ devori tashqarisida, hamma o’qishni istaganlar uchun) nomli ikki 
maktabga bo’lina boshladi. 
Bosh cherkov yoki episkop maktablari markaziy diniy okrugdagi bosh 
cherkov (sobor)ga qarashli maktablar edi. Bunday okrugda dnn ishlari 
boshqarmasn joylashgan bo’lib, uning boshida yuqori lavozimli ruhoniy—episkop 
turar edi. SHuning uchun bu maktablarni bosh cherkov yoki episkop maktablari 
deyilar edi. Bu turdagi diniy maktablarda ham faqat er bolalar o’qir edi. Bosh 
cherkov maktablarida odatda yuqorida ko’rsatilgan etti fanning hammasi o’qitilib, 
bu fanlardan tashqari eng oliy va asosiy fan deb hisoblangan teologiya (din 
aqoidlari) ham o’qitilar edi. Monastir’ maktablari singari, bunda ham o’qish lotin 
tilida olib borilar edi. Boshda episkop maktablari oldida ruhoniylar etishtirish 
vazifasi ho’yilgan edi. Ammo keyinchalik monastir’ maktablari singari, bu maktab 


larga ruhoniy bo’lish maqsadnni qo’ymagan shaxslar ham qabul qilinaverar edi, 
chunkn xat-savodi bo’lgan kishilarga talab tobora kuchayib borar edi. SHu sababli 
monastir’ maktablari singari, bu maktablar ham «ichki maktab» (faqat ruhoniylarni 
etishtiruvchi) va hamma o’qishni istovchilar uchun «tashqi spiskop maktablari» 
nomi bilan ikki xil maktabga bo’lina boshladi. 
Shu cherkov maktablarining hammasi sxolastika asosidagi maktablar bo’lib, 
turmushdan butunlay ajralgan edi. O’qish cherkov tomonidan tasdiqlangan din 
darsliklari va din aqida-larini quruq yodlashdan iborat edi. Bu maktablarda qat`iy 
belgilangan o’quv yiliga rioya qilinmay, maktabga istagan va^t-da kirib, uni turli 
vaqtda tamomlab chiqish mumkin edi. Sinf dars tnzimi ham yo’q edi. Uquvchilar 
bir xona ichida to’plangan bo’lsalar ham, har qaysisi faqat o’z sabog’i bilan 
shug’ullanar, o’qituvchi esa shogirdlarini bitta-bittadan o’z oldiga chiqarib, har 
qaysisnga alohida-alohida saboq beraverardi, 
Bu maktablarda qattiq intizom o’rnatilar edi. O’quvchilar qilgan har bir aybi 
uchun qattiq va shafqatsiz jazolanardilar. Bunday maktablarda odatda 
o’quvchilarga tan jazosi berilar edi (savalash, och qoldirish va shu kabilar). 
O’rta asrlarda G’arbiy Evropada xotin-qizlar, ayniqsa mehnatkashlarning 
xotin-qizlari, yoppasiga deyarlik savodsiz edilar. Mulkdor feodal va aslzoda 
tabaqalariga mansub oilalarda tug’ilgan qiz bolalar odatda xotin-qizlar monastirlari 
ichida yoki maxsus murabbiylar va oilaga birkitilgan ruhoniylar qo’l ostidagi 
uylarda tarbiya olardilar. 
Ritsar tarbiyasi. Cherkovga qarashli maktablar va faqat diniy ruhdaga tarbiya 
endi o’rta asrlar jamiyatiga hukmron bo’lgan harbiy-pomeshchiklar tabaqasiga 
mansub dunyoviy feodallarning talablariga javob bera olmaydigan bo’lib qoldi. Er 
va krepostnoy dehqonlar dunyoviy feodallarning xususiy mulki bo’lib, bu feodallar 
krepostnoy dexqonlarni shafqatsiz ekspluatatsiya qilar va ularni qurol kuchi bilan 
o’zlariga itoat qildirar edilar. Ular dehqonlarning qo’zg’olonlarini bostirishda va 
boshqa mamlakatlarga qarshi urushlarda ishtirok qilardilar, o’zlarining er-suv 
mulklarini orttirish maqsadida doim bir-biriga hujum qilib, o’zaro urush qilardilar, 
shuning uchun ham dunyoviy feodallar muhitida ritsar’ fazilatlariga ega bo’lgan 
odam ideali vujudga keldi. Bu idealga muvofiq ritsar’ tajribali, mohir va mard 
jangchi, krepostnoy dehkonlarga nisbatan qattiqqo’l, shafqatsiz va ayni vaqtda 
feodal tabaqasiga mansub kishilarga nisbatan olijanob, nazokatli, odobli, 
xushmuomalali, vijdonli, fidokor va sodiq odamdir. Ritsar’ ideali bilan bir vaqtda 
alohida tarbiya tizimi, ya`ni ritsar’ tarbiyasi ham maydonga keldi, 
G’arbiy Evropa mamlakatlarida ritsar’ tarbiyasi XII asrga kelib to’la tarkib 
topdi va rivojlandi. Ritsar’ tarbiyasining mazmuni, «ritsarlarga oid ettita fazilat» 
dan tashkil topdi. Bu fazilatlar quyidagilardan iborat: ot minib yurishni bilish, 
qilichbozlikni bilish, nayzabozlikni bilish, suza bilish, ov qila bilish, shashka 
(keyinchalik shaxmat) o’ynashni bilish, she`r to’qish va qo’shiq ayta bilish. Bu 
fazilatlardan birinchi o’rinda turgan uchtasi ritsarga berilmog’i zarur bo’lgan, 
harbiy tarbiyaga taalluqlidir: ritsar’ otliq askar, qilich va nayza esa o’sha zamon 


jangchisining asosiy quroli edi. Suzish va ov qilishni bilish jismoniy chiniqish, 
chaqqonlik va bardoshlilikni o’stirish uchun talab qilinardi. Bundan tashqari, ov 
qilish tekinxo’r feodalning bekorchi vaqtini band qilish shuningdek o’zining 
qaerdaligini aniqlay bilish (orientatsiya qobiliyati), topqirlik, hushyorlik, 
dushmanning izini topish va shu kabi sifatlarni o’stirish vositasi hisoblanardi. 
Shashka va shaxmat o’yini, bir tomondan, bekorchi vaqtni band qilish, ikkinchi 
tomondan, ritsar’ uchun strategiyadan mashq qilish, ya`ni hujum va mudofaa 
planini tuza bilish qobiliyatini o’stirish vositalaridan hisoblanardi. SHe`r to’qish va 
qo’shiq ayta bilish esa o’zining syuzereniga (kichik feodallar ustidan turgan hokim, 
boshliq va ritsarning homiysi) madhiya o’qish va o’zining sodiqligini izhor qilish 
(uning mardligini, zafarlarini, qahramonligini maqtash va shu orqali uning 
iltifotiga sazovor bo’lish hamda o’zi uchun mahbuba qilib belgilangan feodal 
xonim-begimga madhiyalar o’qish uchun talab qilinar edi. (O’rta asrlarda G’arbiy 
Evropa dvoryanlar jamiyatida shunday rasm bor ediki, bunga muvofiq har bir 
ritsar’ bironta aslzoda feodal xonimning homiyligi bo’lmog’i lozim edi, ritsar’ 
o’zining homiysi bo’lgan xonimni («dama serdtsa») diliga jo qilib, uning oldida tiz 
cho’kar va o’zini unga bag’ishlar edi.) 
Ana shu ritsarga oid ettita fazilatni egallash bilan birga, o’sha davrlarda 
dvoryanlar jamiyatida qabul qilingan odob va nazokat qoidalarini o’rgatish ham 
ritsar’ tarbiyasining mazmuniga kirar edi. 
Ritsar’ tarbiyasining amaliy yo’llari quyidagilardan iborat edi: feodal o’z 
o’g’lini 7 yoshdanoq syuzerenning saroyiga joylashtirar edi; bu erda uning o’g’li 
14 yoshgacha paj vazifasini bajarar edi, ya`ni ovqat vaqtida xizmat qilar, syuzeren 
xonim, feodal begimning va boshqa xonimlarning yumushlarinn qilar, ular bilan 
birga saylga chiqar, saroydagi qabul marosimlarida hozir bo’lar, har qanday saroy 
bayramida va tomoshalarida ishtirok qilar va shu tufayli feodal dvoryanlar 
jamiyatidagi rasm va qoidalarni egallab olar edi, so’ngra 14 yoshdan 21 yoshgacha 
u syuzerenning qurol-yarog’ini ko’tarib yurish vazifasini bajarar edi, u 
syuzerenining qurol-yarog’ini tartibda saqlar, syuzeren bilan birga jang va 
urushlarda ishtirok qilar, u bilan ovga chiqar, harbiy musobaqa va o’yinlarda, 
turnirlarda (ritsarlarning kuch sinash musobaqalarida) ishtirok qilar edi (va shu 
tufayli harbiy bilim va harbiy san`atni egallab olar edi. 21 yoshga kirganda unga 
katta tantana bilan ritsarlik unvoni berilar edi.
Shahar maktablarining vujudga kelishi. G’arbiy Evropada XII—XIII asrlarda 
hunarmandchilik va savdoning rivojlanishi shaharlarning o’sishiga va shaxar 
madaniyatinnig vujudga kelishiga sabab bo’ldi. SHaharning asosiy aholisini tashkil 
qiluvchi hunarmand va savdogarlar o’z bolalariga amaliy faoliyat uchun zarur 
bo’lgan bilim berishga manfaatdor edilar. Usha vaqtda ishlab turgan cherkovga 
qarashli diniy maktablar bunday bilim bermas edilar, Shu sababli tsexda birlashgan 
hunarmandlar va gil’diyalarda birlashgan savdo ishlab turgan cherkovga qarashli 
diniy maktablar tsex maktablari va gil’diya maktablari deyilar edi. Keyinroq borib 
tsex va gil’diya maktablari magistrat maktablariga, ya`ni shahar boshqarmasi 
(magistrat) xarajatidagi maktablarga aylandi. 


Bu maktablarning mudir va o’qituvchilari tegishli tsex, gil’diya va 
magistratura tomonidan tayinlanardilar va ular cherkovga qaram emas edilar. Bu 
maktablarda pul to’lab o’qilardi. 
Cherkovga qarashli diniy maktablarga nisbatan, bu maktablarda diniy 
rasmlar bilan bir qatorda amaliy ish uchun zarur bo’lgan xat, savod va hisob 
malakalarini egallashga ko’proq e`tibor berilardi. Ba`zi maktablarda esa 
grammatika, rito rika va geometriya o’qitilar edi. 

Bir talay tsex, gil’diya va magistrat maktablarida o’qish lotin tilidan ona 
tiliga ko’chirildi va lotin tili esa ayrim o’quv fani bo’lib qoldi. 
Mazkur maktablar bilan bir qatorda xususiy maktablar ochila boshladi. 
Xususiy maktablarda o’qish ona tilida borar edi va o’qish uchun pul to’lanar edi. 
Chex, gil’diya va magistrat maktablarining vujudga kelishi, G’arbny Evropa 
mamlakatlaridagi maktab ishining taraqqiyotida katta yutuq edi. Asosan dunyoviy 
bo’lgan bu maktablarga ruhoniylar dushman ko’zi bilan qarar edilar. CHunki bu 
maktablar ruhoniylarning yosh avlodga ta`lim-tarbiya berishda ko’p yillar davom 
etib kelgan monopoliyasini yo’q qildilar. Ruhoniylar bu maktablarga tsarshi kurash 
olib bordilar va ularning o’sishiga yo’l qo’ymaslik uchun xarakat qildilar. Biroq 
hayot talablariga javob beradigan shahar maktablari ruxoniylarning qarshiligiga 
qaramasdan rivojlanib bordilar, XV asrga kelib bunday maktablar G’arbiy Evropa 
mamlakatlarining deyarli hamma yirik shaharlarida mavjud edi. 
Evropada dastlabki universitetlar hamda Akademiyalarning tashkil topishi va 
ulardagi ta`lim tizimi. Evropada birinchi universitetlar XII asrning ikkinchi 
yarmida Italiyada (Bolon’ya shahrida), Angliyada (Oksford shahrida), Frantsiyada 
(Parijda) tashkil qilindi. Bu universitetlar dastlab professor va studentlarning 
mustaqil idora qilinadigan uyushmasi (korporatsiyasi)dan iborat zdi. Keyinchalik 
XIII asrda bu korporatsiyalar o’z-o’zini idora qilish huquqini saqlab kolgan xolda 
davlat tomonidan rasmiy tasdiqlandi. Cherkov esa universitetni tamomlagan 
studentlarga ilmiy daraja va o’qituvchilik huquqini berishni o’z ixtiyoriga oldi. 
Ana shu taryqa universitetlar rasmiy o’quv muassasasiga aylanib qoldi. XIV—XV 
asrlarga kelib universitetlar Evropa mamlakatlarining hammasida ochilgan edi. 
O’rta asr universitetlari odatda to’rtta fakul’tetdan tuzilgan bo’lib, tayyorlov 
fakul’teti, yuridik, meditsina va geologiya (din) aqidalari fakul’tetlaridan iborat 
edi. Tayyorlov fakul’teti studentlari yuqorida aytilgan trivium va kvadrivium 
tarkibiga kirgan fanlarni o’qir edilar. Tayyorlov fakul’tetida o’qish muddati odatda 
6—7 yilgacha, asosiy fakul’tetlarda esa 5 - 6 yilgacha cho’zilar edi. 
O’rta asr universitetlari cherkov nazorati ostida ishlaganliklari oqibatida 
sxolastika ruhidagi maktabga aylanib qolgan edilar. Bunda atrof, tevarakdagi real 
fakt va hodisalarni o’rganish bilan emas, balki cherkov ruhoniylar tomonidan 
ma`qullangan va tavsiya qilingan kitoblarni quruq yodlab olish bilan 
shug’ullanardilar. Shu sababdan bunda o’qish quruq qiroatxonlikdan iborat bo’lib 


qoldi. Universitetlarda o’qn-tish metodlari lektsiya, cherkov tomonidan 
tasdiqlangan darslik va asarlarni yodlash va disput (munozara)lardan iborat edi. 
Universitetlarda o’qish faqat lotin tilida olib borilar edi. 
Universitet ta`limining va undagi metodlarning sxolastik mazmunidan qat`i 
nazar, O’rta asr universitetlari Evropa madaniyatining rivojlanishida katta rol’ 
o’ynaydi. Ular ma`rifat tarqatish aa o’sha davrdagi ma`lumotli kishilarni 
etishtirishda katta xizmat qildi. 
Universitetlarning vujudga kelishi va ularning rivojlanish XII—XIII asrda bir 
qancha G’arbiy Evropa mamlakatlarida oliy ma`lumot beradigan o’quv yurtlari 
sifatida uni-versitetlar paydo bo’la boshlaydi. Universitetlarning vujudga kelishiga 
o’sha vaqtlarda ko’p evropaliklarshshg arab madaniyati (xususan, meditsina va 
falsafa) bilan tanishuvi katta ta`sir ko’rsatdi. Bu madaniyat bilan tanishishga 
G’arbiy Evropa feodallarining XI asr oxirida Shartsdagi arab musulmon 
mamlakatlariga qarshi boshlagan xarbiy harakatlari sabab bo’ldi. O’sha zamon 
arab mamlakatlarida madaniyat va ma`rifat G’arbiy Evropadagi madaniyatga 
nisbatan ko’p jihatdan xiyla taraqqiy qilgan edi. Xususan arablar tomonidan VIII 
asrda istilo qilingan Ispaniyada tashkil qilingan arab oliy o’quv yurtlari Evropa 
universitetlari uchun ma`lum darajada namuna bo’ldi. Ispaniyada arablar barpo 
qilgan feodal musulmon davlatining poytaxti Kordova shaxrida tashkil qilingan 
arab oliy o’quv yurtlarida falsafa, matematika, astronomiya, meditsina fanlari 
o’qitilar edi. Evropaning turli mamlakatlaridan kelgan ko’p talabalar Kordovada 
o’qib, oliy ma`lumot olardilar. 
Ammo tez orada bu yo’nalishning izlanish ishlari ancha yilga uzilib qoldi. 
1920-30 yillarda mamlakatda siyosiy rejim va g’oyaviy hukumatning qat’iy yangi 
davri boshlandi. Hukumat o’zgacha fikrlashining eng kichik ko’rinishlariga ham 
keskin chora ko’rar edi, cheksiz g’oyalashtirish jamiyat hayotining deyarli barcha 
tarmoqlarini qamrab oldi. Pedagogik fonda vaziyat chidab bo’lmas darajada 
keskinlashdi. Polemika o’sha zahotiyoq o’zaro siyosiy ayblovlar, ba’zida 
to’g’ridan – to’g’ri chaqimchilik xarkteriga ega bo’ldi. Tez orada ularni ketidan 
qatag’onlar boshlandi. Yuzlab pedagoglar, psixologlar, maorif arboblari uning 
qurboniga aylandi. Aynan shu yillarda bu mamlakat – butun insoniyatning 
avangardi va ziyosi degan fikr shaklllandi, hamda uzoq yilllar saqlanib qoldi. Rus 
ta’lim tizimi, ko’p joylarda sotsializm g’alaba qozongandan so’ng, butun dunyo 
uning prinsiplariga tayanuvchi yagona ilg’ordir, deb e’lon qilindi. Tabiiyki, bunday 
tasdiqlar xalqaro pedagogik tajribani obyektiv o’rganishga yordam bermas edi, 
bunga salbiy va qo’pol munosabatda bo’lishga yo’naltirar edi.
1930 yillarda qabul qilingan VKP (b), MKning maktab haqidagi qarori ko’p 
yillar maktab siyosatining yangi kursini, uning o’zgargan rahnamolarini belgilab 
berdi. Bu qarorlar ahamiyatini turlicha baholash mumkin. Yangi siyosat qat’iy 
avtoritarizm, administrativ bir xilllikni maktab faoliyatida demokratik qadamlarni 
cheklashni talab qilar edi. Ammo «uslubiy yoritgich»ni butunlay qoralash 
pedagogik eksperimentlar, o’quv jarayoni samaradorligini oshirish, shu jumladan 


chet el tajribasiga, murojaat qilish, yangi yo’llarini qidirish, imkoniyatlarini 
cheklab qo’yar edi.
O’sha davrda keng tarqalgan Dyuning original konsepsiyasi ba’zi 
pedagoglarni qiziqtirib qo’ydi. Uning qator g’oya va takliflari o’sha davrda 
maorifni 
boshqaruvchi 
arboblar 
tomonidan 
qo’llab-quvvatlanar 
edi. 
N.K.Krupskaya Dyuning didaktik konsepsiyasiga bir necha marta ijobiy baho 
beradi, ayniqsa yangi shakllarni rivojlantirishga va maktab o’quvchilarining 
mehnat ta’limi rolini oshirishga yo’naltirilgan holatlarni alohida ko’rsatadi. 
A.V.Lunacharskiy Dyuni, “asrimizning eng yirik pedagoglaridan biri” deb ataydi 
va uning faoliyati an’anaviy maktabning abstrak – sxolastik amaliyotiga qarshi 
kurashga yordam beradi, deb ta’kidlaydi. Dyu g’oyalariga asoslangan g’arbiy 
didaktik yangiliklar proektlar uslubi dalton – plan 1920 yillarda ko’pgina rus 
maktablari ishlari amaliyotida qo’llaniladi. Dyu katta e’tibor va qiziqish bilan chet 
el ta’lim rivojlanishini kuzatib bordi. Maorif sohasida katta yutuqlarga erishish 
uchun xalqning madaniyati, intilishi muhim rol o’ynashini ta’kidladi.
1940-50-yillar boshlarida g’arbning oldiga g’oyaviy kompaniyalar kuchli 
kurashlar oqibatida kapitalistik davlatlar maktab siyosati va pedagogikasini tanqid 
qilish kuchaydi. Rus pedagoglarining bu muammoga e’tibor qaratishlari ilmiy va 
targ’ibot maqsadida qilinar edi. Biron-bir g’arbiy tajribaning pozitiv aspektlarini 
yuzaga chiqarish haqida endi so’z ham bo’lmas edi. Aynan pedagogik analizlar 
o’rnini keskin siyosiy-g’oyaviy qarashlar egalladi. 1952 yilning o’zidayoq 
chiqarilgan kitoblar nomi “AQSH maktabi imperialistik reaksiya xizmatida”, 
“Dyun pedagogikasi zamonaviy Amerika reaksiyasi xizmatida”. Bu kitoblar bilan 
bir qatorda shunday sarlavhali o’nlab maqolalar chiqdi. Ularning ba’zilari kulgili 
tuyulardi. Masalan: “Kar soqov bolalarni tarbiyalash va o’qitishdagi reaksion 
burjua nazariyasini tanqid qilish”. Asosiy nishon AQSh maktabi va pedagogikasi 
edi, ammo boshqa mamlakatlar pedagoglari ham olovga tushib qolar edi. 1952 
yilda 82 yoshida butun dunyo hurmatiga ega, maktabgacha tarbiya insonparvar 
konsepsiyasini yaratgan Italyan pedagogi M.Montessori vafot etdi. Aynan shu yili 
“Maktabgacha tarbiya” jurnali “Montessori Amerika, Angliya imperializmi 
xizmatida” deb nomlangan maqola bosib chiqardi.
1960 yillarga kelib ahvol o’zgara boshladi. Chet el muammosini o’rganish 
bo’yicha ishlar kengaydi. 
1957 yilda sobiq SSSR, UFA pedagogika nazariya va tarixi institutida 
tashkil qilingan, chet elda zamonaviy maktab va pedagogika bo’limi (keyinchalik 
laboratoriya deb atalgan) o’ziga xos axborot ishlaridan analitik xarakterdagi 
izlanishlarga o’ta boshladi va u chet el ta’limi zamonaviy nazariyasi va amaliyotini 
o’rganish bo’yicha yetakchi markazga aylandi. Keng kompleks mavzular ishlab 
chiqildi. “Chet ellarda ta’lim tizimi”, “Chet ellarda mehnat ta’limi nazariyasi va 
amaliyoti”, “Kapitalistik davlatlarda pedagogik izlanishlarni tashkil qilinishi va 
yo’nalishi” va boshqalar. Ularning mazmunlari ko’pgina turli nashrlarda aks etdi. 
Laboratoriya tashabbusi bilan 1974 yilgacha doimiy chiqib turgan “Chet elda xalq 


ta’limi va pedagogika” referativ jurnali paydo bo’ldi. Hammasi bo’lib 30 ta soni 
chiqdi: ularning har birida eng yangi chet el kitoblari va maqolalariga laboratoriya 
xizmatlari tomonidan yozilgan taqrizlar o’rin olgan edi. Jurnal pedagogik 
jamoatchilikka chet eldagi ta’lim va tarbiya nazariyasi va amaliyotining holati va 
dolzarb muammolari bilan tanishishga yordam berdi. Qator dissertatsiyalar yozildi. 
1966 yilda Moskva davlat pedagogika institutida qiyosiy pedagogika 
laboratoriyasi tuzildi. U bir nechta maqolalar to’plami, 1977 yilda esa qiyosiy 
pedagogika bo’yicha o’quv qo’llanma (mualliflar – M.S.Sokolova, E.N.Kuzmina, 
M.L.Radionov) tayyorladi. Rus pedagog komparativistlari GDR, Polsha, Vengriya, 
Chexoslavakiya, Bolgariya mutaxasislari bilan hamkorligi ancha rivojlandi. 
1970-80-yillarda chet el muammosiga bag’ishlangan rus olimlaridan 
V.P.Borisenkov, B.L.Vulfson, A.N.Djurinskiy, V.P.Lopchinskiy, Z.A.Molkova, 
I.B.Martinkovskiy, N.D.Nikondrov, O.I.Solimova, S.A.Tangyan, L.D.Filippova, 
T.F.Yarkinalarning monografiyalari dunyo yuzini ko’rdi. Ilmiy ishlar to’plamlari 
va jurnal maqolalarida qiziqarli yangi materiallar o’rin olgan edi. Bu davrning 
ishlarida g’oyaviy oqimlar ta’siri yo’qolmagan edi. Kapitalistik va sostialistik 
davlatlardagi ta’lim tizimidagi qarama-qarshiliklar ajratib ko’rsatilar edi. Bunday 
oshkora tasvir haqiqatdan yiroq edi. Chet el sotsialistik davlatlardagi maktab va 
pedagogikaning rivojlanishi bir tomonlama yoritilar edi. Qiyinchilik va qarama-
qarshiliklarni ko’rsatmay, faqatgina yutuqlar haqida so’z yuritiar edi. 
Shunga qaramay mavjud o’zgarishlarni sezmaslik mumkin emas edi. Agar
1930-1950 yillarda deyarli barcha rus ishlarida g’arbdagi ta’lim obyekti, mazmunli 
axborot yo’qligi yaqqol ko’rinsada, keyinchalik chet el pedagogikasi bo’yicha turli 
ishlarda g’oyaviy formulalar va aynan pedagogik analiz orasidagi taqqoslash 
muallifning individual qarashlari bilan belgilana boshladi. Bir qator ishlarda 
g’oyaviy yondashuv faqatgina o’quvchilarni “tepalik ortidagi” ta’limning haqiqiy 
holati bilan tanishtirish ularga u yoki bu darajada o’zimizda mavjud va chet el 
muammolari bilan solishtirish va ularni hal qilish yo’llarini qidirishga intilishning 
bir pardasi edi. 
1980-90 yillar Rossiya jamiyatshunosligida, shu jumladan qiyosiy 
pedagogikada ham konfrantatsion ritorika va g’oyaviy majburiyatdan chetlanishga 
imkon beruvchi yangi vaziyat yuzaga keldi. Bu davrdagi ishlarda o’rganilayotgan 
muammolar diapazoni kengaydi. Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlardagi 
maktab reformasining asosiy yo’nalishlarini aniqlashga harakat qilinardi. Ta’lim 
mazmuni va uslublarini yangilash jarayonlari o’rganilardi. Ta’limni 
rivojlantirishdagi asosiy yo’nalishlar va milliy xususiyatlarga mosligi to’g’risidagi 
masala qo’yilar edi. Chet el pedagogik fikrlarining turli oqimlari tasvirlanar edi. 
Ta’limni regional va global mashtabda rivojlanish jarayonlari koordinatsiyasi 
bo’yicha xalqaro tashkilotlar faoliyati yoritilar edi. Universitetlar, pedagogika 
institutlari va xalq ta’limi xodimlari malakasini oshirish tizimi muassasalari uchun 
o’quv qo’llanmalar yaratildi. Buning barchasi pedagogik ta’limning zamonaviy 


tizimda Qiyosiy pedagogika, uning ilmiy pedagogik, umum madaniy va amaliy 
ahamiyati bilan belgilanadigan o’z o’rnini topishi uchun yordam berishi kerak edi. 

Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish