Sharq
mutafakkirlarining
pedagogik
qarashlaridagi
yetakchi
tendentsiyalar va ularning ahamiyati.
Sharq “Uyg`onish davri” ta`lim – tarbiya
muammolarini hal etishda bir qancha qomusiy olimlar ijodiy merosida sof
ta`limiy – axloqiy asarlarda ko`rib o`rganib chiqilgan. Qomusiy olimlar:
Muhammad ibn al – Xorazmiy, Ahmad al – Farg`oniy, Abu Nasr Farobiy, Abu
Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mahmud Qoshg`ariy, Rudakiy, Firdavsiy va
boshqalardir. Bularning ijodlarida bola tarbiyasiga oid bo`lgan turli muhim
vazifalarni ko`rish mumkin. Xususan, Firdavsiy “Shohnoma ” asarida didaktik
nasihatlar berilganligi bilan taqsinga sazovordir. “Insonni hayru sahovati bo`lishga
yetaklovchi kuch ilm va hunardir, - deydi shoir. – Ilmni insonga singdiruvchi narsa
esa aqldir”.
Mehnat va hunarni yuksak baholagan, uni gavhardan ham yuqori qo`ygan
shoir hunar va mehnatni chiroyi insonni aqli va axloqida deb hisooblaydi va
doimo aql bilan ish qilish zarurligini uqtiradi.
G’arbiy Yevropada maktab, maorif hamda pedagogik
fikrlar taraqqiyoti
G’arbiy Yevropa mamlakatlarida quldorlik jamiyatining o’rnini olgan
feodalizm V asrda paydo bo’lib, to XVIII asrlargacha davom etdi. Feodalizm
jamiyatida xukmron tabaqalar feodal-pomeshchik va ruhoniylardan iborat edi,
Mamlakatdash hamma er-suv egalari bo’lgan bu (mulkdor tabaqalar o’sha davr-
dagi krepostnoychilik huquqiga binoan, ularga bo’ysundirilgan dehqonlarni
ekspluatatsiya qilish asosida yashardilar, Keyin-chalik feodal jamiyatining shu
ikkita asosiy tabaqalariga yana ikkita yangi tabaqa — hunarmand va savdogarlar
kelib qo’shildi.
O’rta asr feodal jamiyatining hayotida din va unga xizmat qiluvchi ruhoniylar
g’oyat katta rol’ o’ynardilar,
G’arbiy Evropadagi xristian dini feodal tuzumining ideologik tayanchi
bo’lib, ruhoniylar undan foydalanib, qullik aso-ratida yashagan dehqonlarning
qattiq ekspluatatsiya qilinishini, xalq ommasining qashshoqlikda yashashini va
ularning hukuqdan to’la mahrum etilishini oqlashga urinar edilar. Feodalizm
tuzumini mustahkamlash maqsadida ruhoniylar bu dunyodagi hamma narsa
xudodan, xalq ommasi esa cherkov va feodallarga so’zsiz bo’ysunishi kerak, o’z
orzu va istaklarini tiyish, bu dunyoda rohatni tark qilish qerak, azob-uqubatlarga
sabr qilish kerak, shundagina: «oxiratingiz obod bo’ladi, rohatni «narigi dunyoda»
ko’rasiz, itoat qilmasangiz, sabr qilmasangiz «narigi dunyoda do’zax azobini
chekasiz» degan gaplarni ommaga singdirishga harakat qilardilar.
O’rta asrlarda katta kuchga ega bo’lgan katolik ruhoniylari barcha
imkoniyatlardan foydalanib, ma`rifatga qarshi qattiq kurash olib bordilar. Din
haqiqatning birdan-bir manbai hisoblanib, fan dinga xizmat qildirilar edi. Natijada
fan sohasida ijodiy fikrning o’sishiga qattiq to’sqinlik qilindi. CHinakam ilmiy bir
fikrni aytishga jur`at qilgan har bir kishi shafqatsiz ravishda qattits jazoga tortilar,
jallodlar qo’liga berilar edi.
Usha davrda hamma ta`lim-tarbiya ishlari ruhoniylar qo’lida qurol bo’lib,
batamom diniy ruh va xurofot bilan sug’orilar edi.
Xristian dini ta`limotiga binoan, odam go’yo gunohli banda bo’lib tug’iladi,
uning gunoh ishlarga moyil bo’lgan tabiatini bosish uchun uni do’zax dahshaty
bilan qo’rqitish ruhida tarbiyalash kerak.
O’rta asr G’arbiy Evropa mamlakatlarnda ikki guruhga bo’lingan va yetti
fanni o’z ichiga olgan ta`lim dasturi vujudga keltirildi. Birinchi guruh uchta fandan
iborat edi, shu sababli unga lotincha «trivium» nomi berildi. Bunga grammatika
(lotin tili grammatikasi), ritorika va dialektika kirar edi. Ikkinchi guruh to’rt fandan
iborat bo’lgani uchun uni lotincha - «kvadrivium» deyiladi. Unga arifmetika,
geometriya, astronomiya va musiqa kirar edi. Hammasi bo’lib bu ettita fanni «etti
erkin san`at» deb atash rasm bo’lib tsoldi.
Mazkur o’quv fanlari qadimgi Yunoniston ta`lim tizimidan olingan edi,
biroq o’rta asrlarda ularga iloxiy mazmun berilib, hammasi ramz bilan diniy
ma`noda tushuntirilar edi. Masalan: grammatikani o’rganishdan maqsad —
muqaddas diniy .kitoblarni o’qishni bilib olish, ritorika (notiqlik san`ati nazariyasi)
ni o’rganishdan maqsad va`zxonlik qilish, xutba o’qish san`atini egallab olish,
musiqa deyilganda esa diniy eyusiqa nazarda tutilardi (katolik cherkovida ibodat
vaqtida yurgan musiqa asbobi chalinadi va diniy ashulalar aytiladi). Dialektika,
munozara, bahslashish san`ati deb tushunilar va jatolitsizmga qarshi chiquvchilar
bilan munozara qilishga yordam beradigan fan deb hisoblanar edi. Hattoki
matematikaga ham diniy ma`no berilar edi. Geometriya cherkov binolarini edrish
uchun zarur fan deb hisoblanar edi, arifmetikani o’qitganda ayrim sonlarni ramz
bilan diniy ma`noda (masalan «1 raqami bu xudoning birligi simvoli (ramzi) deb
tushuntirilar edi. Astronomiyadan esa diniy kalendar’ tuzishda foydalanardilar.
Hamma fanlarning toji deb — teologiya hisoblanar edi. O’rta asrlarda
beriladigan ta`lim dasturi cherkov maktablari orqali amalga oshirilar edi,
Cherkov maktablarining asosiy turlari: prixod maktabi (ya`ni bir cherkovga
qarashli), magistr’ maktabi va bosh cherkov yoki episkop maktablaridan iborat edi.
Prixod maktablari boshlang’ich dshshy maktablari bo’lib, unda o’g’il bolalar
o’qir edi. Ular mahalladagi cherkovga qarashli bo’lib, unda ruhoniy yoki uning
yordamchisi o’qituvchilik vazifasini bajarar edi. Prixod maktablarida bolalar
xristian dini asoslari va qoidalarnni, dinny ashulalar aytishni, nota tilida o’qish va
yozishni o’rganardilar. Ba`zilarida esa bolalar boshlang’ich hisob ilmini ham
o’rganardilar.
Monastir’ maktablari monastir’ huzuridagi maktablar bo’lgani sababli shu nom
bnlan yurgiziladi, O’rta asrlar davomnda Evropadagi monastirlar faqat tarki dunyo
qilgan monaxlar yashaydigan diniy muassasagina bo’lib qolmay balki ba`zi
joylarda ular o’z zamonasiga munosib madaniyat markazi, ma`rifat o’chog’i ham
edilar. Bunday monastirlarda turli kitoblardan nusxa ko’chirish, kitobxonalar
tashkil qilish bilan shug’ullanar, ba`zi monaxlar ilmiy muammolar ustida ish olib
borar edilar. Monastir’ maktablarida o’qitish vazifasi uchun maxsus monaxlar
taynnlanardi. SHu ishda ishlab turgan monaxlar ta`lim-tarbiya ishini uyushtirish va
uni olnb bornsh sohasida ancha tajriba to’playdilar.
Monastir maktablarnning ko’pida prixod maktabida o’qitiladigan fanlardan
tashqari, yana yuqorida aytilgan «yettita erkin san`at ya`ni grammatika, ritorika,
dialektika, arifmetika, geometriya» astronomiya, musiqadan dars berilar edi.
Monastir’ maktablariga boshda faqat monax bo’lishga tayyorlanadigan er
bolalar qabul qilinar edi keyinchalik esa bu maktablarga o’qishni xohlagan har bir
kishi qabul qilinaverardi, Shu sababdan monastir’ maktablari ichki maktab»
(monastir’ devori ichida, faqat kelgusi monaxlar uchun) ea «tashqi maktab
(monastir’ devori tashqarisida, hamma o’qishni istaganlar uchun) nomli ikki
maktabga bo’lina boshladi.
Bosh cherkov yoki episkop maktablari markaziy diniy okrugdagi bosh
cherkov (sobor)ga qarashli maktablar edi. Bunday okrugda dnn ishlari
boshqarmasn joylashgan bo’lib, uning boshida yuqori lavozimli ruhoniy—episkop
turar edi. SHuning uchun bu maktablarni bosh cherkov yoki episkop maktablari
deyilar edi. Bu turdagi diniy maktablarda ham faqat er bolalar o’qir edi. Bosh
cherkov maktablarida odatda yuqorida ko’rsatilgan etti fanning hammasi o’qitilib,
bu fanlardan tashqari eng oliy va asosiy fan deb hisoblangan teologiya (din
aqoidlari) ham o’qitilar edi. Monastir’ maktablari singari, bunda ham o’qish lotin
tilida olib borilar edi. Boshda episkop maktablari oldida ruhoniylar etishtirish
vazifasi ho’yilgan edi. Ammo keyinchalik monastir’ maktablari singari, bu maktab
larga ruhoniy bo’lish maqsadnni qo’ymagan shaxslar ham qabul qilinaverar edi,
chunkn xat-savodi bo’lgan kishilarga talab tobora kuchayib borar edi. SHu sababli
monastir’ maktablari singari, bu maktablar ham «ichki maktab» (faqat ruhoniylarni
etishtiruvchi) va hamma o’qishni istovchilar uchun «tashqi spiskop maktablari»
nomi bilan ikki xil maktabga bo’lina boshladi.
Shu cherkov maktablarining hammasi sxolastika asosidagi maktablar bo’lib,
turmushdan butunlay ajralgan edi. O’qish cherkov tomonidan tasdiqlangan din
darsliklari va din aqida-larini quruq yodlashdan iborat edi. Bu maktablarda qat`iy
belgilangan o’quv yiliga rioya qilinmay, maktabga istagan va^t-da kirib, uni turli
vaqtda tamomlab chiqish mumkin edi. Sinf dars tnzimi ham yo’q edi. Uquvchilar
bir xona ichida to’plangan bo’lsalar ham, har qaysisi faqat o’z sabog’i bilan
shug’ullanar, o’qituvchi esa shogirdlarini bitta-bittadan o’z oldiga chiqarib, har
qaysisnga alohida-alohida saboq beraverardi,
Bu maktablarda qattiq intizom o’rnatilar edi. O’quvchilar qilgan har bir aybi
uchun qattiq va shafqatsiz jazolanardilar. Bunday maktablarda odatda
o’quvchilarga tan jazosi berilar edi (savalash, och qoldirish va shu kabilar).
O’rta asrlarda G’arbiy Evropada xotin-qizlar, ayniqsa mehnatkashlarning
xotin-qizlari, yoppasiga deyarlik savodsiz edilar. Mulkdor feodal va aslzoda
tabaqalariga mansub oilalarda tug’ilgan qiz bolalar odatda xotin-qizlar monastirlari
ichida yoki maxsus murabbiylar va oilaga birkitilgan ruhoniylar qo’l ostidagi
uylarda tarbiya olardilar.
Ritsar tarbiyasi. Cherkovga qarashli maktablar va faqat diniy ruhdaga tarbiya
endi o’rta asrlar jamiyatiga hukmron bo’lgan harbiy-pomeshchiklar tabaqasiga
mansub dunyoviy feodallarning talablariga javob bera olmaydigan bo’lib qoldi. Er
va krepostnoy dehqonlar dunyoviy feodallarning xususiy mulki bo’lib, bu feodallar
krepostnoy dexqonlarni shafqatsiz ekspluatatsiya qilar va ularni qurol kuchi bilan
o’zlariga itoat qildirar edilar. Ular dehqonlarning qo’zg’olonlarini bostirishda va
boshqa mamlakatlarga qarshi urushlarda ishtirok qilardilar, o’zlarining er-suv
mulklarini orttirish maqsadida doim bir-biriga hujum qilib, o’zaro urush qilardilar,
shuning uchun ham dunyoviy feodallar muhitida ritsar’ fazilatlariga ega bo’lgan
odam ideali vujudga keldi. Bu idealga muvofiq ritsar’ tajribali, mohir va mard
jangchi, krepostnoy dehkonlarga nisbatan qattiqqo’l, shafqatsiz va ayni vaqtda
feodal tabaqasiga mansub kishilarga nisbatan olijanob, nazokatli, odobli,
xushmuomalali, vijdonli, fidokor va sodiq odamdir. Ritsar’ ideali bilan bir vaqtda
alohida tarbiya tizimi, ya`ni ritsar’ tarbiyasi ham maydonga keldi,
G’arbiy Evropa mamlakatlarida ritsar’ tarbiyasi XII asrga kelib to’la tarkib
topdi va rivojlandi. Ritsar’ tarbiyasining mazmuni, «ritsarlarga oid ettita fazilat»
dan tashkil topdi. Bu fazilatlar quyidagilardan iborat: ot minib yurishni bilish,
qilichbozlikni bilish, nayzabozlikni bilish, suza bilish, ov qila bilish, shashka
(keyinchalik shaxmat) o’ynashni bilish, she`r to’qish va qo’shiq ayta bilish. Bu
fazilatlardan birinchi o’rinda turgan uchtasi ritsarga berilmog’i zarur bo’lgan,
harbiy tarbiyaga taalluqlidir: ritsar’ otliq askar, qilich va nayza esa o’sha zamon
jangchisining asosiy quroli edi. Suzish va ov qilishni bilish jismoniy chiniqish,
chaqqonlik va bardoshlilikni o’stirish uchun talab qilinardi. Bundan tashqari, ov
qilish tekinxo’r feodalning bekorchi vaqtini band qilish shuningdek o’zining
qaerdaligini aniqlay bilish (orientatsiya qobiliyati), topqirlik, hushyorlik,
dushmanning izini topish va shu kabi sifatlarni o’stirish vositasi hisoblanardi.
Shashka va shaxmat o’yini, bir tomondan, bekorchi vaqtni band qilish, ikkinchi
tomondan, ritsar’ uchun strategiyadan mashq qilish, ya`ni hujum va mudofaa
planini tuza bilish qobiliyatini o’stirish vositalaridan hisoblanardi. SHe`r to’qish va
qo’shiq ayta bilish esa o’zining syuzereniga (kichik feodallar ustidan turgan hokim,
boshliq va ritsarning homiysi) madhiya o’qish va o’zining sodiqligini izhor qilish
(uning mardligini, zafarlarini, qahramonligini maqtash va shu orqali uning
iltifotiga sazovor bo’lish hamda o’zi uchun mahbuba qilib belgilangan feodal
xonim-begimga madhiyalar o’qish uchun talab qilinar edi. (O’rta asrlarda G’arbiy
Evropa dvoryanlar jamiyatida shunday rasm bor ediki, bunga muvofiq har bir
ritsar’ bironta aslzoda feodal xonimning homiyligi bo’lmog’i lozim edi, ritsar’
o’zining homiysi bo’lgan xonimni («dama serdtsa») diliga jo qilib, uning oldida tiz
cho’kar va o’zini unga bag’ishlar edi.)
Ana shu ritsarga oid ettita fazilatni egallash bilan birga, o’sha davrlarda
dvoryanlar jamiyatida qabul qilingan odob va nazokat qoidalarini o’rgatish ham
ritsar’ tarbiyasining mazmuniga kirar edi.
Ritsar’ tarbiyasining amaliy yo’llari quyidagilardan iborat edi: feodal o’z
o’g’lini 7 yoshdanoq syuzerenning saroyiga joylashtirar edi; bu erda uning o’g’li
14 yoshgacha paj vazifasini bajarar edi, ya`ni ovqat vaqtida xizmat qilar, syuzeren
xonim, feodal begimning va boshqa xonimlarning yumushlarinn qilar, ular bilan
birga saylga chiqar, saroydagi qabul marosimlarida hozir bo’lar, har qanday saroy
bayramida va tomoshalarida ishtirok qilar va shu tufayli feodal dvoryanlar
jamiyatidagi rasm va qoidalarni egallab olar edi, so’ngra 14 yoshdan 21 yoshgacha
u syuzerenning qurol-yarog’ini ko’tarib yurish vazifasini bajarar edi, u
syuzerenining qurol-yarog’ini tartibda saqlar, syuzeren bilan birga jang va
urushlarda ishtirok qilar, u bilan ovga chiqar, harbiy musobaqa va o’yinlarda,
turnirlarda (ritsarlarning kuch sinash musobaqalarida) ishtirok qilar edi (va shu
tufayli harbiy bilim va harbiy san`atni egallab olar edi. 21 yoshga kirganda unga
katta tantana bilan ritsarlik unvoni berilar edi.
Shahar maktablarining vujudga kelishi. G’arbiy Evropada XII—XIII asrlarda
hunarmandchilik va savdoning rivojlanishi shaharlarning o’sishiga va shaxar
madaniyatinnig vujudga kelishiga sabab bo’ldi. SHaharning asosiy aholisini tashkil
qiluvchi hunarmand va savdogarlar o’z bolalariga amaliy faoliyat uchun zarur
bo’lgan bilim berishga manfaatdor edilar. Usha vaqtda ishlab turgan cherkovga
qarashli diniy maktablar bunday bilim bermas edilar, Shu sababli tsexda birlashgan
hunarmandlar va gil’diyalarda birlashgan savdo ishlab turgan cherkovga qarashli
diniy maktablar tsex maktablari va gil’diya maktablari deyilar edi. Keyinroq borib
tsex va gil’diya maktablari magistrat maktablariga, ya`ni shahar boshqarmasi
(magistrat) xarajatidagi maktablarga aylandi.
Bu maktablarning mudir va o’qituvchilari tegishli tsex, gil’diya va
magistratura tomonidan tayinlanardilar va ular cherkovga qaram emas edilar. Bu
maktablarda pul to’lab o’qilardi.
Cherkovga qarashli diniy maktablarga nisbatan, bu maktablarda diniy
rasmlar bilan bir qatorda amaliy ish uchun zarur bo’lgan xat, savod va hisob
malakalarini egallashga ko’proq e`tibor berilardi. Ba`zi maktablarda esa
grammatika, rito rika va geometriya o’qitilar edi.
.
Bir talay tsex, gil’diya va magistrat maktablarida o’qish lotin tilidan ona
tiliga ko’chirildi va lotin tili esa ayrim o’quv fani bo’lib qoldi.
Mazkur maktablar bilan bir qatorda xususiy maktablar ochila boshladi.
Xususiy maktablarda o’qish ona tilida borar edi va o’qish uchun pul to’lanar edi.
Chex, gil’diya va magistrat maktablarining vujudga kelishi, G’arbny Evropa
mamlakatlaridagi maktab ishining taraqqiyotida katta yutuq edi. Asosan dunyoviy
bo’lgan bu maktablarga ruhoniylar dushman ko’zi bilan qarar edilar. CHunki bu
maktablar ruhoniylarning yosh avlodga ta`lim-tarbiya berishda ko’p yillar davom
etib kelgan monopoliyasini yo’q qildilar. Ruhoniylar bu maktablarga tsarshi kurash
olib bordilar va ularning o’sishiga yo’l qo’ymaslik uchun xarakat qildilar. Biroq
hayot talablariga javob beradigan shahar maktablari ruxoniylarning qarshiligiga
qaramasdan rivojlanib bordilar, XV asrga kelib bunday maktablar G’arbiy Evropa
mamlakatlarining deyarli hamma yirik shaharlarida mavjud edi.
Evropada dastlabki universitetlar hamda Akademiyalarning tashkil topishi va
ulardagi ta`lim tizimi. Evropada birinchi universitetlar XII asrning ikkinchi
yarmida Italiyada (Bolon’ya shahrida), Angliyada (Oksford shahrida), Frantsiyada
(Parijda) tashkil qilindi. Bu universitetlar dastlab professor va studentlarning
mustaqil idora qilinadigan uyushmasi (korporatsiyasi)dan iborat zdi. Keyinchalik
XIII asrda bu korporatsiyalar o’z-o’zini idora qilish huquqini saqlab kolgan xolda
davlat tomonidan rasmiy tasdiqlandi. Cherkov esa universitetni tamomlagan
studentlarga ilmiy daraja va o’qituvchilik huquqini berishni o’z ixtiyoriga oldi.
Ana shu taryqa universitetlar rasmiy o’quv muassasasiga aylanib qoldi. XIV—XV
asrlarga kelib universitetlar Evropa mamlakatlarining hammasida ochilgan edi.
O’rta asr universitetlari odatda to’rtta fakul’tetdan tuzilgan bo’lib, tayyorlov
fakul’teti, yuridik, meditsina va geologiya (din) aqidalari fakul’tetlaridan iborat
edi. Tayyorlov fakul’teti studentlari yuqorida aytilgan trivium va kvadrivium
tarkibiga kirgan fanlarni o’qir edilar. Tayyorlov fakul’tetida o’qish muddati odatda
6—7 yilgacha, asosiy fakul’tetlarda esa 5 - 6 yilgacha cho’zilar edi.
O’rta asr universitetlari cherkov nazorati ostida ishlaganliklari oqibatida
sxolastika ruhidagi maktabga aylanib qolgan edilar. Bunda atrof, tevarakdagi real
fakt va hodisalarni o’rganish bilan emas, balki cherkov ruhoniylar tomonidan
ma`qullangan va tavsiya qilingan kitoblarni quruq yodlab olish bilan
shug’ullanardilar. Shu sababdan bunda o’qish quruq qiroatxonlikdan iborat bo’lib
qoldi. Universitetlarda o’qn-tish metodlari lektsiya, cherkov tomonidan
tasdiqlangan darslik va asarlarni yodlash va disput (munozara)lardan iborat edi.
Universitetlarda o’qish faqat lotin tilida olib borilar edi.
Universitet ta`limining va undagi metodlarning sxolastik mazmunidan qat`i
nazar, O’rta asr universitetlari Evropa madaniyatining rivojlanishida katta rol’
o’ynaydi. Ular ma`rifat tarqatish aa o’sha davrdagi ma`lumotli kishilarni
etishtirishda katta xizmat qildi.
Universitetlarning vujudga kelishi va ularning rivojlanish XII—XIII asrda bir
qancha G’arbiy Evropa mamlakatlarida oliy ma`lumot beradigan o’quv yurtlari
sifatida uni-versitetlar paydo bo’la boshlaydi. Universitetlarning vujudga kelishiga
o’sha vaqtlarda ko’p evropaliklarshshg arab madaniyati (xususan, meditsina va
falsafa) bilan tanishuvi katta ta`sir ko’rsatdi. Bu madaniyat bilan tanishishga
G’arbiy Evropa feodallarining XI asr oxirida Shartsdagi arab musulmon
mamlakatlariga qarshi boshlagan xarbiy harakatlari sabab bo’ldi. O’sha zamon
arab mamlakatlarida madaniyat va ma`rifat G’arbiy Evropadagi madaniyatga
nisbatan ko’p jihatdan xiyla taraqqiy qilgan edi. Xususan arablar tomonidan VIII
asrda istilo qilingan Ispaniyada tashkil qilingan arab oliy o’quv yurtlari Evropa
universitetlari uchun ma`lum darajada namuna bo’ldi. Ispaniyada arablar barpo
qilgan feodal musulmon davlatining poytaxti Kordova shaxrida tashkil qilingan
arab oliy o’quv yurtlarida falsafa, matematika, astronomiya, meditsina fanlari
o’qitilar edi. Evropaning turli mamlakatlaridan kelgan ko’p talabalar Kordovada
o’qib, oliy ma`lumot olardilar.
Ammo tez orada bu yo’nalishning izlanish ishlari ancha yilga uzilib qoldi.
1920-30 yillarda mamlakatda siyosiy rejim va g’oyaviy hukumatning qat’iy yangi
davri boshlandi. Hukumat o’zgacha fikrlashining eng kichik ko’rinishlariga ham
keskin chora ko’rar edi, cheksiz g’oyalashtirish jamiyat hayotining deyarli barcha
tarmoqlarini qamrab oldi. Pedagogik fonda vaziyat chidab bo’lmas darajada
keskinlashdi. Polemika o’sha zahotiyoq o’zaro siyosiy ayblovlar, ba’zida
to’g’ridan – to’g’ri chaqimchilik xarkteriga ega bo’ldi. Tez orada ularni ketidan
qatag’onlar boshlandi. Yuzlab pedagoglar, psixologlar, maorif arboblari uning
qurboniga aylandi. Aynan shu yillarda bu mamlakat – butun insoniyatning
avangardi va ziyosi degan fikr shaklllandi, hamda uzoq yilllar saqlanib qoldi. Rus
ta’lim tizimi, ko’p joylarda sotsializm g’alaba qozongandan so’ng, butun dunyo
uning prinsiplariga tayanuvchi yagona ilg’ordir, deb e’lon qilindi. Tabiiyki, bunday
tasdiqlar xalqaro pedagogik tajribani obyektiv o’rganishga yordam bermas edi,
bunga salbiy va qo’pol munosabatda bo’lishga yo’naltirar edi.
1930 yillarda qabul qilingan VKP (b), MKning maktab haqidagi qarori ko’p
yillar maktab siyosatining yangi kursini, uning o’zgargan rahnamolarini belgilab
berdi. Bu qarorlar ahamiyatini turlicha baholash mumkin. Yangi siyosat qat’iy
avtoritarizm, administrativ bir xilllikni maktab faoliyatida demokratik qadamlarni
cheklashni talab qilar edi. Ammo «uslubiy yoritgich»ni butunlay qoralash
pedagogik eksperimentlar, o’quv jarayoni samaradorligini oshirish, shu jumladan
chet el tajribasiga, murojaat qilish, yangi yo’llarini qidirish, imkoniyatlarini
cheklab qo’yar edi.
O’sha davrda keng tarqalgan Dyuning original konsepsiyasi ba’zi
pedagoglarni qiziqtirib qo’ydi. Uning qator g’oya va takliflari o’sha davrda
maorifni
boshqaruvchi
arboblar
tomonidan
qo’llab-quvvatlanar
edi.
N.K.Krupskaya Dyuning didaktik konsepsiyasiga bir necha marta ijobiy baho
beradi, ayniqsa yangi shakllarni rivojlantirishga va maktab o’quvchilarining
mehnat ta’limi rolini oshirishga yo’naltirilgan holatlarni alohida ko’rsatadi.
A.V.Lunacharskiy Dyuni, “asrimizning eng yirik pedagoglaridan biri” deb ataydi
va uning faoliyati an’anaviy maktabning abstrak – sxolastik amaliyotiga qarshi
kurashga yordam beradi, deb ta’kidlaydi. Dyu g’oyalariga asoslangan g’arbiy
didaktik yangiliklar proektlar uslubi dalton – plan 1920 yillarda ko’pgina rus
maktablari ishlari amaliyotida qo’llaniladi. Dyu katta e’tibor va qiziqish bilan chet
el ta’lim rivojlanishini kuzatib bordi. Maorif sohasida katta yutuqlarga erishish
uchun xalqning madaniyati, intilishi muhim rol o’ynashini ta’kidladi.
1940-50-yillar boshlarida g’arbning oldiga g’oyaviy kompaniyalar kuchli
kurashlar oqibatida kapitalistik davlatlar maktab siyosati va pedagogikasini tanqid
qilish kuchaydi. Rus pedagoglarining bu muammoga e’tibor qaratishlari ilmiy va
targ’ibot maqsadida qilinar edi. Biron-bir g’arbiy tajribaning pozitiv aspektlarini
yuzaga chiqarish haqida endi so’z ham bo’lmas edi. Aynan pedagogik analizlar
o’rnini keskin siyosiy-g’oyaviy qarashlar egalladi. 1952 yilning o’zidayoq
chiqarilgan kitoblar nomi “AQSH maktabi imperialistik reaksiya xizmatida”,
“Dyun pedagogikasi zamonaviy Amerika reaksiyasi xizmatida”. Bu kitoblar bilan
bir qatorda shunday sarlavhali o’nlab maqolalar chiqdi. Ularning ba’zilari kulgili
tuyulardi. Masalan: “Kar soqov bolalarni tarbiyalash va o’qitishdagi reaksion
burjua nazariyasini tanqid qilish”. Asosiy nishon AQSh maktabi va pedagogikasi
edi, ammo boshqa mamlakatlar pedagoglari ham olovga tushib qolar edi. 1952
yilda 82 yoshida butun dunyo hurmatiga ega, maktabgacha tarbiya insonparvar
konsepsiyasini yaratgan Italyan pedagogi M.Montessori vafot etdi. Aynan shu yili
“Maktabgacha tarbiya” jurnali “Montessori Amerika, Angliya imperializmi
xizmatida” deb nomlangan maqola bosib chiqardi.
1960 yillarga kelib ahvol o’zgara boshladi. Chet el muammosini o’rganish
bo’yicha ishlar kengaydi.
1957 yilda sobiq SSSR, UFA pedagogika nazariya va tarixi institutida
tashkil qilingan, chet elda zamonaviy maktab va pedagogika bo’limi (keyinchalik
laboratoriya deb atalgan) o’ziga xos axborot ishlaridan analitik xarakterdagi
izlanishlarga o’ta boshladi va u chet el ta’limi zamonaviy nazariyasi va amaliyotini
o’rganish bo’yicha yetakchi markazga aylandi. Keng kompleks mavzular ishlab
chiqildi. “Chet ellarda ta’lim tizimi”, “Chet ellarda mehnat ta’limi nazariyasi va
amaliyoti”, “Kapitalistik davlatlarda pedagogik izlanishlarni tashkil qilinishi va
yo’nalishi” va boshqalar. Ularning mazmunlari ko’pgina turli nashrlarda aks etdi.
Laboratoriya tashabbusi bilan 1974 yilgacha doimiy chiqib turgan “Chet elda xalq
ta’limi va pedagogika” referativ jurnali paydo bo’ldi. Hammasi bo’lib 30 ta soni
chiqdi: ularning har birida eng yangi chet el kitoblari va maqolalariga laboratoriya
xizmatlari tomonidan yozilgan taqrizlar o’rin olgan edi. Jurnal pedagogik
jamoatchilikka chet eldagi ta’lim va tarbiya nazariyasi va amaliyotining holati va
dolzarb muammolari bilan tanishishga yordam berdi. Qator dissertatsiyalar yozildi.
1966 yilda Moskva davlat pedagogika institutida qiyosiy pedagogika
laboratoriyasi tuzildi. U bir nechta maqolalar to’plami, 1977 yilda esa qiyosiy
pedagogika bo’yicha o’quv qo’llanma (mualliflar – M.S.Sokolova, E.N.Kuzmina,
M.L.Radionov) tayyorladi. Rus pedagog komparativistlari GDR, Polsha, Vengriya,
Chexoslavakiya, Bolgariya mutaxasislari bilan hamkorligi ancha rivojlandi.
1970-80-yillarda chet el muammosiga bag’ishlangan rus olimlaridan
V.P.Borisenkov, B.L.Vulfson, A.N.Djurinskiy, V.P.Lopchinskiy, Z.A.Molkova,
I.B.Martinkovskiy, N.D.Nikondrov, O.I.Solimova, S.A.Tangyan, L.D.Filippova,
T.F.Yarkinalarning monografiyalari dunyo yuzini ko’rdi. Ilmiy ishlar to’plamlari
va jurnal maqolalarida qiziqarli yangi materiallar o’rin olgan edi. Bu davrning
ishlarida g’oyaviy oqimlar ta’siri yo’qolmagan edi. Kapitalistik va sostialistik
davlatlardagi ta’lim tizimidagi qarama-qarshiliklar ajratib ko’rsatilar edi. Bunday
oshkora tasvir haqiqatdan yiroq edi. Chet el sotsialistik davlatlardagi maktab va
pedagogikaning rivojlanishi bir tomonlama yoritilar edi. Qiyinchilik va qarama-
qarshiliklarni ko’rsatmay, faqatgina yutuqlar haqida so’z yuritiar edi.
Shunga qaramay mavjud o’zgarishlarni sezmaslik mumkin emas edi. Agar
1930-1950 yillarda deyarli barcha rus ishlarida g’arbdagi ta’lim obyekti, mazmunli
axborot yo’qligi yaqqol ko’rinsada, keyinchalik chet el pedagogikasi bo’yicha turli
ishlarda g’oyaviy formulalar va aynan pedagogik analiz orasidagi taqqoslash
muallifning individual qarashlari bilan belgilana boshladi. Bir qator ishlarda
g’oyaviy yondashuv faqatgina o’quvchilarni “tepalik ortidagi” ta’limning haqiqiy
holati bilan tanishtirish ularga u yoki bu darajada o’zimizda mavjud va chet el
muammolari bilan solishtirish va ularni hal qilish yo’llarini qidirishga intilishning
bir pardasi edi.
1980-90 yillar Rossiya jamiyatshunosligida, shu jumladan qiyosiy
pedagogikada ham konfrantatsion ritorika va g’oyaviy majburiyatdan chetlanishga
imkon beruvchi yangi vaziyat yuzaga keldi. Bu davrdagi ishlarda o’rganilayotgan
muammolar diapazoni kengaydi. Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlardagi
maktab reformasining asosiy yo’nalishlarini aniqlashga harakat qilinardi. Ta’lim
mazmuni va uslublarini yangilash jarayonlari o’rganilardi. Ta’limni
rivojlantirishdagi asosiy yo’nalishlar va milliy xususiyatlarga mosligi to’g’risidagi
masala qo’yilar edi. Chet el pedagogik fikrlarining turli oqimlari tasvirlanar edi.
Ta’limni regional va global mashtabda rivojlanish jarayonlari koordinatsiyasi
bo’yicha xalqaro tashkilotlar faoliyati yoritilar edi. Universitetlar, pedagogika
institutlari va xalq ta’limi xodimlari malakasini oshirish tizimi muassasalari uchun
o’quv qo’llanmalar yaratildi. Buning barchasi pedagogik ta’limning zamonaviy
tizimda Qiyosiy pedagogika, uning ilmiy pedagogik, umum madaniy va amaliy
ahamiyati bilan belgilanadigan o’z o’rnini topishi uchun yordam berishi kerak edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |