1956
yil AQSh
da
tashkil qilindi. U o’z oldiga: ilmiy izlanishlarni kengaytirish, davriy
nashrlar va kitoblarni nashr ettirish, Amerika pedagoglarining chet ellik
hamkasblari bilan hamkorligini rivojlantirish, ilmning boshqa soha olimlarini
qiyosiy – pedagogik izlanishlar o’tkazishga jalb qilishni maqsad qilib qo’ydi.
Shu kabi jamiyatlar G’arbiy Evropaning ko’pgina mamlakatlarida, Kanada,
Yaponiya, Hindiston, Janubiy Koreyada ham paydo bo’ldi.
1961 yilda
tashkil
qilingan qiyosiy pedagogika
Ye
vropa jamiyati
yirik regional birlashma
hisoblangan.
1973 yilda
qator Afrika davlatlari vakillari ham kirgan,
fransyazichnix
mamlakatlarining
qiyosiy pedagogika asossiyatsiyasi
barpo qilindi.
1974 yilda xalqaro kongresslarni tashkil qiluvchi, qiyosiy pedagogika
jamiyatlarining butunjaxon kengashi tuzildi. Uzoq yillar davomida uning raisi
pedagogik komparativistikaning taniqli nazariyotchisi E.King edi.
Qiyosiy pedagogika ilmiy markazlari, kafedra va assossiyatsiyalari nashr
qilgan dastur va qo’llanmalar dunyoning turli davlatlarida ta’lim siyosatining
shakllanishiga ma’lum darajada ta’sir ko’rsatdi.
Qiyosiy pedagogikaning uslubiy va nazariy muammolarini tizimli ishlab
chiqish 1920-30-yillardan boshlandi. Aynan shu davrda bu muammoni o’z
izlanishlarining asosiy predmetiga aylantirgan nazariyotchi - pedagoglar – I.Kendl,
P.Monro, G.Beredey (AQSH), F.Shnayder, F.Xilker (Germaniya), P.Rosselo
(Shvetsariya) va boshqalar chiqdi. Ularning ba’zi monografiyalari 1950-60
yillardagina nashr qilindi. Ammo uslubiy prinsiplar ular tomonidan urushdan
avvalroq ishlab chiqilgan edi.
Bu olimlarning dunyoqarashlari turlicha edi, ammo ularni ta’lim jarayonini
rivojlantirishga birinchi darajali ta’sir ko’rsatadigan sabablarni aniqlash va
tavsiflash, turli mamlakatlardagi o’xshashliklar va farqlarni o’rganishga intilish
g’oyasi yaqinlashtirar edi.
“Qiyosiy pedagogika sohasidagi izlanishlar” (1933), “Ta’limda yangi davr –
qiyosiy izlanish” (1955), “Qiyosiy pedagogika uslubiyoti” (1959) kabi yirik ishlar
muallifi amerikalik nazariyotchi – pedagog I.Kendldir. 1925 yildan 1944 yilgacha
u Kolumbiya universiteti tomonidan nashr qilingan “Xalqaro ta’lim
yilnomasi”ning bosh muharriri bo’lib faoliyat olib bordi.
Kendl 1933 yilda olti mamlakat: AQSH, Angliya, Fransiya, Germaniya,
Italiya va sobiq SSSR ta’lim tizimini xalqaro pedagogik laboratoriya deb atab,
ta’lim holatini qiyosiy analiz qildi. Kendlning yozishicha, bu davlatlardagi ta’lim
muammolarining ildizlari ko’p jihatdan o’xshash, ba’zida hatto bir xil, ammo
ularni yechish va erishilgan natijalarni ko’pincha ushbu davlatning iqtisodiy,
ijtimoiy-siyosiy va madaniy sharoitliga bog’liq. Xususan, Kendl u yoki bu
davlatning iqtisodiy rivojlanishi va aholisining savodlilik darajasi orasida mavjud
bo’lgan korrelyatsiyani ishonchli ko’rsatib berdi.
Qiyosiy
pedagogika
uslubiy
muammolari
germaniyalik
professor
F.Shnayder tomonidan ham ishlab chiqilgan. U qator Germaniya universitetlarida
pedagogika kurslarini o’qir, doimiy pedagogik davriy nashrlarda ma’ruzalari
bosilib chiqar edi. Kelnda xalqaro pedagogik jurnalga asos soldi va 1931 yildan
1934 yilgacha, uni boshqardi, keyinchalik bu jurnal Gamburgda YUNESKO ta’lim
instituti rahnamoligida chiqa boshladi. Shnayderning “Xalqlar pedagogikasini
harakatga keltiruvchi kuchlari, qiyosiy pedagogikaga kirish” (1947), “Qiyosiy
pedagogikadagi konsepsiyalar” (1955), “Yevropacha tarbiya” (1959) singari
asarlari bugungi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan.
Shuningdek, Shnayder ta’lim rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadigan 10 ta
sababni ajratib ko’rsatadi:
1.
Milliy xarakter.
2.
Davlatning geografik o’rni.
3.
Madaniyat.
4.
Ilm va falsafa.
5.
Ijtimoiy va siyosiy stratifikatsiya.
6.
Iqtisod.
7.
Din.
8.
Tarix.
9.
Chet el ta’siri.
10.
Ta’lim institutlari faoliyatining ichki mantig’i.
Bu sabablarni u endogen, ya’ni ta’lim ichidagi va ekzogen uning sohasidan
tashqarida yotuvchilarga ajratadi. Shnayderning taxminicha endogen va ekzogen
sabablarning mosligi va bir-biriga ta’sirini analiz qilish, ta’limning milliy tizimi
xarakterini, uning boshqa mamlakatlar ta’lim tizimi bilan o’xshashliklari va farqini
belgilovchi ”Kuchlar parallelogrammasini” aniqlash imkonini beradi. O’z
navbatida, u yoki bu davlatda yillar davomida bunyodga kelgan ta’lim tizimi,
ushbu xalqning milliy xarakteri shakllanishida muhim rol o’ynaydi.
Urushdan keyingi 10 yillikda g’arbda komparativist pedagoglarning yangi
avlodi shakllandi. Uning taniqli vakillaridan biri London universiteti professori
B.Xolms (1920-1993) edi. U o’zining ”Ta’limdagi muammolar: qiyosiy
yondashuv” (1965), ”Qiyosiy pedagogika: uslubning ba’zi masalalari” (1981) va
boshqa ishlarida qiyosiy pedagogika prinsiplarini shakllantiradi va tushuntirib
beradi. Uning tasdiqlashicha, turli davlatlar ta’lim tizimini taqqoslash zaruriy,
ammo faqatgina informatsion xarakterga ega komparativistlar ishining birinchi
bosqichidir.
Izlanuvchi bir nechta asosiy muammolarni tanlab, daliliy materialni keyingi
o’rganishlar asosida chuqur qiyosiy analiz qilib, turli mamlakatlarda qanday hal
qilinishini ko’rsatib bersagina, bunday uslub yanada samaraliroq bo’ladi. Xususan,
bunday muammolarga o’rta ta’limni demokratlashtirish, umumiy va professional
ta’lim orasidagi mutanosiblik, o’qituvchilar tayyorlash prinsiplari, individual
erkinlik va ijtimoiy javobgarlik mutanosibligi muammolarining pedagogik
aspektlari kiradi. Bu kabi izlanishlar natijalari, Xolmsning ta’kidlashicha, katta
amaliy ahamiyat kasb etadi, ular ta’limni rivojlantirishni analiz qilish, rejalar tuzish
va yangi pedagogik texnologiyalar tuzishda ishlatiladi.
Fransiyada XX asrning birinchi o’n yilliklarida qiyosiy pedagogika
sohasidagi ishlar birmuncha sustlashdi. Bu davrda bu erda Angliyadagi M.Sedler
yoki Germaniyadagi F.Shnayder kabi taniqli komparativistlar yo’q edi. Chet eldagi
muammolar bo’yicha ishlar nashr qilinar, ammo ularning ko’pchiligi ta’lim
tizimini tasvirlashdan nariga o’tmas edi. 1960 yilga kelib ahvol o’zgara boshladi.
1962 yilda pedagogik izlanishlar milliy institutida mamlakatning asosiy ilmiy
pedagogik markazida, ushbu izlanishlar rivojiga yordam bergan qiyosiy
pedagogika bo’limi tashkil qilindi.
Bu davrning taniqli komparativisti Sorbonna professori M.Debess edi.
Debess va G.Mialare redaktorligi ostida, fransuzlar bilan bir qatorda, qator chet el
mualliflari ham ishtirok qilgan yirik monografiya ”Qyosiy pedagogika” (ko’p
boblik nashr), ”Pedagogik fanlar”ning uch bobi nashr qilindi. Bu kitobda Debess
o’z konsepsiyasini batafsil bayon etdi. Uning fikricha, qiyosiy izlanishlarda tarixiy
yondashuv birinchi darajali ahamiyat kasb etishi kerak. Ixtiyoriy – zamonaviy
muammoni ko’rib chiqishda, uning uzoq o’tmish ildizlariga nazar solish zarur.
Fransuz pedagogik adabiyotida A.Veksliarning ”Qiyosiy pedagogika. Uslublar va
muammolar” (1967) kitobi alohida o’rin egallaydi. Unda qiyosiy pedagogika
rivojlanishining holati haqida tarixiy ocherk yozilgan, uning uslubiy manolari
ko’rib chiqilgan, qator yirik davlatlar shu jumladan sobiq SSSR materiallariga
tayanib, ikki muammoni qiyoslash orqali batafsil analiz qilingan:
1.
Ta’limni demokratlashtirish.
2.
Ta’lim sohasida rejalashtirish va tahlil qilish nazariyasi va amaliyoti.
Qiyosiy pedagogika GFRda ham rivojlandi. 1957 yilda Markaziy
pedagogika instituti qoshida, keyinchalik GFR pedagogika fanlari Akademiyasi
tarkibida chet ellarda maktab pedagogikasi institutiga aylangan, qiyosiy
pedagogika bo’limi tashkil qilindi.
Dunyoda ta’limni rivojlantirish muammolari haqida katta daliliy material va
nazariy maqolalarni bosib chiqaruvchi “Qiyosiy pedagogika” jurnali doimiy chop
qilinar edi.
1960-80 yillarda GFRda pedagogik komparativistika namoyondalari Sharqiy
Evropa davlatlarida va rus Ittifoqida ta’lim nazariyasi va amaliyotiga katta
ahamiyat qaratdi. Bu masalalarni ishlab chiqish uchun maxsus markazlar va
laboratoriyalar tashkil qilindi. Ular yirik G’arbiy Germaniya universitetlari qiyosiy
pedagogika kafedralarida o’tkaziladigan izlanishlarda muhim o’rin egallar edi.
Qator kitoblar hamda maqolalar chop qilindi. Bu yo’nalishning taniqli
namoyondalari
O.Anvayler,
V.Mitter
izlanish
olib
bordi.
Pedagogik
komparativistika rivojlanishiga, bolaligi va yoshligi rus Ittifoqida o’tgan L.Freze
katta hissa qo’shdi. Uning “Rus va rus pedagogikasining g’oyaviy-tarixiy
harakatga keltiruvchi kuchlari” (1956) kitobi konsepsiyasi G’arbiy germaniyalik
pedagoglarning qator rusalogik izlanishlariga asos bo’ldi. Uzoq yillar davomida,
Freze Marburg universitetining qiyosiy pedagogika kafedrasiga rahbarlik qildi.
Aynan o’sha yerda 1960 yillar o’rtalarida xalqaro miqiyosda mashhur bo’lgan
A.S.Makarenkoning biografiyasi va pedagogik merosini o’rganish laboratoriyasiga
asos solindi.
Sharqiy Evropa mamlakatlari orasida qiyosiy pedagogika rivojlanish
masshtabi bo’yicha Polsha yetakchi o’rinda edi. Ilmiy bilimning bu tarmog’i
uslubiy muammolarini Polsha qiyosiy pedagogika asoschisi B.Navrochinskiy,
shuningdek, B.Suxodolskiy, T.Vilex, T.Penxerskiylar ishlab chiqdilar. Ularning
ishlarida qiyosiy pedagogika predmeti, maqsad va vazifalari aniqlab beriladi.
Qiyosiy pedagogika va davlat ta’lim siyosati orasidagi aloqaning o’ziga xosligi
tavsiflanadi, qiyosiy izlanishlar uslubiy masalalari ishlab chiqiladi.
1911 yilda Xitoyda yuz bergan revolyutsiya monarxiyani ag’dardi. Bu esa
o’z navbatida chet el pedagogikasi tajribasiga e’tiborni sezilarli kuchaytirib,
ta’limni jadal reformalash davrini ochib berdi. Davlatning avvalgi
izolyatsiyalanganligi ortda qoldi. Xitoy pedagoglari AQSh, Evropa davlatlari,
Yaponiyada ijodiy safarda bo’lib, Amerika maktablari ularda katta qiziqish
uyg’otdi. Xitoyda o’sha davrda vujudga kelgan ta’lim tizimida Amerika ta’sirining
izi bor edi.
Xitoy xalq Respublikasi tashkil qilingandan so’ng (1949) Rus pedagogikasi
nazariyasi va amaliyotini mukammal o’rganish boshlandi. “Madaniy revolyutsiya”
yillarida (1966-1976) chet el pedagogik tajribasini o’rganish butunlay to’xtadi,
ammo 1970 yillar oxiridan yangilandi va keng tarqaldi. Ilmiy izlanishlar markaziy
institutida qiyosiy pedagogika sektori tuzildi, qiyosiy pedagogika assotsiyatsiyasi
barpo etildi, chet el pedagogikasini o’rganish bo’yicha Oliy o’quv yurtlararo
markaz faoliyat ko’rsatdi. “Chet el pedagogikasi” jurnali va monografik
materiallar, masalan: “Jahonda ta’limni rivojlantirish kelajagi” (1983), “Jahonda
ilmni rivojlantirish yo’nalishlari” (1986) chop etildi. Xitoy pedagogik
ensiklopediyasining (1992) 12-bobi butunlay qiyosiy pedagogikaga bag’ishlandi.
O’sha davrning pedagogik adabiyotida chet el muammosi keng namoyon
qilingan pedagogik bibliografiya ma’lumotlariga ko’ra, 1924 yildan 1930 yilgacha
800 dan ortiq nashr hisobga olingan. Yirik Evropa davlatlarida ta’lim nazariyasi va
amaliyoti haqidagi yirik ishlardan tashqari Avstriya, Belgiya, Vengriya,
Gollandiya, Daniya, Polsha, Ruminiya, Shvetsariya, Shvetsiya, shuningdek, sharq
mamlakatlari Yaponiya, Xitoy, Turkiya, Afg’oniston kabi davlatlardagi ta’limning
u yoki bu masalalarini yorituvchi maqolalar bosilib chiqar edi. Amerika maktabi
katta qiziqish uyg’otdi, chunki u sinovlar va xatolar uslubi bilan tuzilgan va
hayotda tekshiruvdan o’tgan, uning tarkibi, ta’lim mazmuni va uslublarining jiddiy
bir o’zgarishlarini hisobga olganligi uchun g’arbning asosiy pedagogik
laboratoriyasi vazifasini bajarar edi. 1920 yillar oxirida Amerikada bo’lgan rus
pedagogi M.S.Bernshteyn “Aynan Amerika pedagogikasi biz uchun katta qiziqish
va ahamiyat kasb etadi. Bu boy mamlakatning nisbatan yoshligi, boshqaruvchi
aholi guruhining ishbilarmonligi, asosan ulkan material resurslari va imkoniyatlari,
natijalarni amaliyotga ijobiy qo’llash, eksperementlarda ochiq beriladigan
prinsipial uslublar, ba’zida esa Amaliy xatolar nuqtai-nazaridan katta nazariy va
amaliy qiziqish uyg’otuvchi pedagogik eksperementlar va tadbirlar uchun juda
yaxshi imkoniyatlar yaratadi” deb yozadi.
1920
yillarda
chiqqan
E.Yanjul,
N.Ilin,
E.Gura,
I.Svadkovskiy,
B.Kamarovskiy, M.Shteyngauzlarning mazmunli ishlari AQSH maktabi va
pedagogikasiga bag’ishlangan. Ularning ishlarida u yoki bu meyorda o’sha vaqtda
shakllangan g’oyaviy fikrlar ishlatilgan, ammo shu bilan birga Amerika
maktablarida o’quv jarayonini tashkillashtirish, uni yangilash yo’llarini izlash,
“maktab va mehnat hayoti” muammosini hal qilishga bo’lgan qiziqarli urinishlarni
batafsil tavsiflab berdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |