Qarshi davlat universiteti «qiyosiy pedagogika»



Download 1,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/64
Sana16.03.2022
Hajmi1,62 Mb.
#493375
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   64
Bog'liq
Мажмуа Қиёсий пед 2021-2022 (pdf.io)

milliy qadriyatlar s
ifatida e’zozlanishi zarur. 
O’zbek xalqi xam Germaniya va Yaponiya tajribalarini umumlashtirib olgan 
holda dunyoviy taraqqiyot asoslarini yaratishdek buyuk maqsadni o’z oldiga 
qo’yar ekan, butun odamlar bir tanu bir jon bo’lib ishlashi, harakat qilishi zarur. 
Ko’rinib turibdiki, ta’limni isloh qilish va rivojlantirish asosidagi milliy 
istiqlol g’oyasi biqiq hodisa emas, balki ajdodlarimiz va insoniyat erishgan eng 
namunali yutuqlardan oziq oladigan hayotbaxsh hodisadir. 
Maktab va pedagogik muammolarni mamlakatimizda, shuningdek, butun 
dunyoda ro’y berayotgan voqealardan ajratgan holda muhokama qilib bo’lmaydi. 
Evropa va Sharq, Yaqin va O`rta Sharqning bozor iqtisodiyotiga o’tishi, amalga 
oshirilayotgan demokratik o ‘zgarishlar, yangi siyosiy fikrlashning vujudga kelishi, 
davlatlarda ichki va tashqi ziddiyatlarni muzokara va bitimlar yo’li bilan bartaraf 
etishga intilish, sayyoramizda ijtimoiy moddiy madaniyatning rivojlanishi yangi 
bosqichga kirganini ko’rsatmoqda. Insoniyatning ijtimoiy va tabiiy muhitdagi 
yashash muvozanati beqarorligi, uning tabiatga tushadigan og`irligi nihoyat 
darajada kengayotgani va tabiatga munosabat shunday davom etsa butun yer 
biosferasida halokatli o`zgarishlar sodir bo ‘lishini anglatmoqda. 
Mana shu umumlashtiruvchi ijtimoiy tadqiqotlar orqali tabiat va jamiyatining 
o’zaro bog`liqligini, mufassal o ‘rganish zarur. 
Hozirgi kunda qator xalqaro muammolarning yechimini topish uchun maktab 
va pedagogika fani yangicha yondashishi, butun dunyoda inson huquqlarining 
yuksak darajada ustunligini tan olishi, xalqlarning intelektual boyliklari jahon 
ijtimoiy fan texnika taraqqiyotining qudratli omili bo’lishi, ta’limga innovatsion 
yondashuv rivojlanishi lozim. Jamiyat yangilanishining hozirgi bosqichida maktab 
ta`limini demokratlashtirish, insonparvarlashtirish va tabaqalashtirish sohasida 
qator islohotlar amalga oshirilmoqda. 
Maktabni qayta qurish prinsiplarini amalga oshirish har doim istalgan natijani 
bermaydi, ba’zan o’ziga xos ziddiyatlarni keltirib chiqaradi. Demokratlashtirish 
o’rniga o’zboshimchalik, intizomning bo’shashib ketishi, ta’lim sifatining pasayib 
ketishi, tabaqalanish o’rniga tor yo’nalishdagi mashqlarga alohida e’tibor berish, 
ayrim fanlarni afzal ko`rish va boshqa fanlarni pisand qilmaslik hollari kuzatilishi 
mumkin. Natijada o’qitish va tarbiyalash ishlarida tartibsizliklar sodir bo’lishi, 
umumiy ta`lim saviyasining pasayishi yuzaga kelishi mumkin. 
Amaliyotdan ma’lumki, ta’limning dolzarb muammolarini hal qilish uchun 
xalqimizning madaniy me’rosini o’rganish, chet el tajribalarini o’zlashtirish talab 


etiladi. Shuning uchun oliy o’quv yurtida pedagogika fanining strategik 
yo’nalishlari: ta’lim-tarbiyada pedagogik merosni o’rganish va uni hozirgi 
bosqichdagi ta’lim bilan taqqoslash; o’qituvchilarning amaliy tayyorgarlik 
saviyasini oshirish; qobiliyatli, iste’dodli o’qituvchilarni aniqlash; umumiy 
yo’nalishlar va kasb-hunar ta’limini innovatsion texnologiyalar bilan boyitish 
zarur. Ta`lim tizimimiz va boshqa milliy ta’lim tizimlari shakllanish tarixi 
baynalminallikdir. Bu baynalminallik faqat pedagogik hamkorlikka emas, balki 
o’xshash jarayonlarga iqtisodiy, ijtimoiy voqealarga, yangi axborot texnologiyasi 
va ta`limning qudratli infrastrukturasiga bog ‘liqdir. 
Hozirgi pedagogika fani hamda ta’lim muassasalari oldida o‘rganish, 
taqqoslash, xulosalash zarur bo’lgan qator muammolar turibdi. Ularni hal qilish, 
samaradorligini oshirish va xalq ta’limi tizimiga joriy qilish muhimdir: 
1. Ta ‘lim tizimi rivojlanishini rag’batlantiradigan qonunlar qanday bo’lishi 
kerak? 
2. Ta lim va tarbiya vositalarining samaradorligini oshirish uchun nima qilish 
zarur? 
3. Kelajakni ta’minlash va erishilgan yutuqlarni yo`qotmaslik uchun ta’lim 
mazmuni qanday bo‘lishi kerak? 
4. Yetarli darajada yuqori saviyali ilmiy bilim berish uchun nima qilish kerak?
5. O‘qitish jarayoniga innovatsiyani joriy etish, turli xalqlarning madaniyatini 
o`rganish, ta’limda ulkan amaliy tajribalarni umumlashtirish zarur.
Zamonaviy 
ta’lim 
mazmunini 
yoritish, 
jahon 
ta’lim 
tizimiga 
integratsiyalash, ta’lim sohasidagi innovasiyalar va yangiliklarni qo’llagan holda 
jamiyatning rivojlanishini ta’minlaydigan yoshlarni voyaga etkazish va tarbiyalash 
borasida mustaqillik yillarida bir qator o’zbek olimlari faoliyat olib borishdi. Bular 
qatoriga: M.Ochilov, K.Hoshimov, A.Munavvarov, R.Mavlonova, S.Nishonova, 
O.Musulmonova, K.Zaripov, O.Roziqov, X.Ibragimov va hokazolarni kiritish 
mumkin. 
Qiyosiy pedagogika ilmiy bilimning, mustaqil tarmog’i statusini olish 
jarayoni 1920-yillardan boshlandi. Bu davrda qiyosiy pedagogikaning 
funksiyalari, jahonning turli mamlakatlarida ta’lim nazariyasi va amaliyoti rivojini 
aks ettiruvchi dalil va faktlarni to’plash va tizimlashtirish va umumlashtirishni 
o’zining asosiy vazifasi deb bilgan birinchi xalqaro va milliy, ilmiy va axborot 
muassasalari tashkil qilina boshladi. Shu jumladan, xalqaro ko’rgazmalarda 
madaniyat va maorif xolatini aks ettiruvchi milliy stendlar paydo bo’ldi. 
1919 yilda Nyu-Yorkda xalqaro ta’lim assosiatsiyasiga asos solindi, 1923 
yilda Kolumbiya universiteti pedagogika kolleji qoshida xalqaro institut, 1925 
yilda markaziy German institutining chet el pedagogikasi bo’limi tashkil qilindi. 
1922 yilda millatlar ligasi intellektual hamkorlik bo’yicha xalqaro komissiyani 


tasdiqladi. Uning ish faoliyatida A.Eyniyeyn, M.S.Sklodovska – Kyuri, A.Bergson 
kabi etuk olimlar va faylasuflar ishtirok etganlar. Ular yer yuzida tinchlikni 
saqlashning asosiy sharti – ta’limni kengaytirish, deb hisoblaydilar. Komissiya 
tashabbusi bilan 1926 yilda millatlar ligasi assambliyasi qarori bilan Parijda ta’lim 
sohasida xalqaro muloqotlar rivojlanishida alohida rol o’ynagan, xalqaro 
intellektual hamkorlik instituti tashkil qilindi. Shu kabi muassasalar orasida 
xalqaro maorif byurosi (XMB) katta ahamiyatga ega.
U 1925 yilda Jenevada taniqli shvedsar pedagogi E.Klapared tashabbusi 
bilan xususiy assossiatsiya tashkil qilingan edi, ammo tezda o’z faoliyati 
masshtablarini sezilarli kengaytirishga imkon beruvchi – ta’sir ko’rsatuvchi 
hukumatlararo tashkilotga aylandi. Taniqli psixolog J.Piaje uzoq vaqt XMB rahbari 
bo’lib faoliyat olib bordi. Uning o’rinbosari bo’lib komparativist P.Rosselo xizmat 
qiladi hamda “Julen Parijskiy – qiyosiy pedagogika otasi va xalqaro Maorif 
Byurosining yo’lboshchisidir” deb nomlangan doktorlik dissertatsiyasini 
tayyorlaydi. XMB ilmiy–pedagogik muassasalar va turli mamlakatlar, maorif 
boshqarmalari orasida aloqa o’rnatadi. Xalqaro pedagogik konferensiyalar, 
pedagoglar va maorif arboblarining chet el safarlarini uyushtiradi. XMB 
faoliyatida nashr ishiga alohida o’rin ajratadi. Ta’lim va tarbiya masalalariga 
bag’ishlangan turli xil adabiyotlar chop etildi. 1927 yildan har kvartalda 
chiqariladigan “Pedagogik hujjatlar va axborotlar” davriy nashri va “Qiyosiy 
pedagogika bo’yicha izlanishlar va sharhlar” seriyasi, 1933 yildan – “Ta’lim 
bo’yicha xalqaro yilnoma”lar shular jumlasidandir. Bu faoliyatni “amaliy qiyosiy 
pedagogika” deb atash mumkin.
Ikkinchi jahon urushi yillarida xalqaro pedagogik aloqalar uzildi, ammo
tezda qayta tiklandi. XX asr o’rtalarida yoyilgan ilmiy-texnika revolyutsiyasi 
jamiyat hayotida turli sohalarni internatsionallashtirish, shu jumladan, ta’lim 
jarayonini jadal rivojlanishiga sharoit yaratdi. Maorif sohasida xalqaro hamkorlik 
yanada kengaydi. Shunga xos institutsion baza yaratila boshlandi. 
1946 yilda ta’lim masalasi doimo ustun bo’lgani uchun, ta’lim Fan va 
madaniyat masalalari bo’yicha (YUNESKO) Birlashgan Millatlar Tashkiloti 
tuzildi. Bu katta obro’ga ega bo’lgan tashkilot bilan 1969 yildan rasman 
YUNESKOning tarkibiy qismi hisoblangan XMB faol hamkorlik qilar edi. 
Jahondagi ta’lim ahvoli haqidagi turli materiallarni to’plash, tizimlashtirish va 
nashr ettirishni amalga oshirayotgan YUNESKO organlari qiyosiy – pedagogik 
izlanishlarda zaruriy-doimiy baza yaratdilar. 
1977 yilda YUNESKO nashriyotida “Ta’limda xalqaro sinflash” nashr 
qilindi, unda shakllangan prinsiplar, hozirgi kunda ham chiqarilayotgan ta’lim 
bo’yicha yilnomaga asos bo’lib xizmat qilgan. YUNESKO tomonidan qiyosiy 
pedagogikaning rivojlanishi, ta’lim sohasidagi milliy qonuniy aktlar, rejalar va 
reformalarni taqqoslash prinsiplari va uslublarini ishlab chiqish masalalariga 
maxsus bag’ishlangan ilmiy konferensiyalar hamda seminarlar o’tkazildi.


1950 yillardan boshlab, qator mamlakatlarda, yirik izlanish markazlari 
faoliyat ko’rsata boshladi. Frankfurt – na – Mayn (GFR)da xalqaro pedagogik 
izlanishlar instituti, Sevra (Fransiya)dagi xalqaro pedagogik izlanishlar markazi, 
Zalsburgdagi (Avstriya) qiyosiy pedagogika instituti va boshqalar. AQSh, Angliya, 
Germaniya, Yaponiya universitetlarida qiyosiy pedagogika kafedralari tashkil 
qilindi. Uning a’zolari izlanish ishlarini ma’ruzalar o’qish, seminar mashg’ulotlar 
o’tkazish bilan shug’ullanar edi.
Dunyo ta’limini rivojlantirish masalalari bilan qiziquvchi alohida mamlakat 
masshtabidagi nazariyotchilar hamda amaliyotchi pedagoglarni birlashtiruvchi 
qiyosiy pedagogikaning milliy jamiyatlari vujudga keldi. Dastlabki jamiyat 

Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish