3.2. B.Xolmzning ma’lumotlar taksonomiyasi. Qiyosiy –tadqiqot metodlari.
Qiyosiy tadqiqotlarning bosqichlari. Induktiv metod, gipotetik- deduktiv
metod. Qiyoslash metodining tuzilishi: deskripsiya, interpretasiya, qiyoslash.
Davlatlararo, OO'Yulariaro ta’lim tizimini qiyoslash bosqichlari
Ijtimoiy va maishiy hayotda yuzaga keladigan turli hodisa va voqealarning
ifodalanishiga, jarayonlarning yuzaga kelishi va kechishiga (dinamikasiga) e’tibor
qaratsak, ularning zamirida ta’lim-tarbiya, aniqrog’i, uning hosilasi sifatida biron
bir xulq modeli namoyon bo’lishini kuzatish mumkin. Bu masalaga pedagogik
faoliyatning manfaati nuqtai nazari bilan qaraganda, ta’lim-tarbiya berish
jarayonida professor-o’qituvchilar qator vazifalarni bajarishi kuzatiladi. Bu
vazifalarning muhimlari sifatida - axborot berish, dunyoqarashni shakllantirish,
hayot yo’lini tanlashni o’rgatish, madaniylashtirish, muloqotga tayyorlash
(jumladan kasbiy), maqsadni shakllantirishni o’rgatish kabilarni ko’rsatib o’tish
mumkin. Yurtboshimizning o’qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan
bildirgan tabrik nutqida mazkur masalaga alohida e’tibor qaratib, jumladan: “Bu
dunyoda har qaysi ongli inson - qaerda ishlamasin, qanday kasbu - kor, lavozim
egasi bo’lmasin, unga bilim va tarbiya berib, hayotga yo’llagan muhtaram
o’qituvchi va murabbiylari oldida hamisha qarzdorlik hissi bilan yashaydi.
Haqiqatan ham, o’zining ko’z nuri, qalb qo’ri, butun borlig’ini bag’ishlab,
barchamizga ezgulikdan saboq bergan, otadek mo’’tabar, onadek mehribon siz,
aziz ustozlarning hech narsa bilan o’lchab, baholab bo’lmaydigan mashaqqatli va
sharafli mehnatingiz uchun har qancha tahsin va tashakkurlar aytsak, arziydi”2 deb
ta’kidlagan.
Bu
vazifalarni
amalga
oshirish
professor-o’qituvchilar
talaba(tinglovchi)larni faqatgina o’quv faoliyatini emas, balki ularni o’zlarini
namoyon etish, darsga va atrofdagilarga bo’lgan munosabatini, intilishlarini,
qiziqishlarini, e’tiqodi va ta’limga bo’lgan munosabatini ham o’rganib borishadi.
Bunda ular asosan kuzatuv, suhbat (diagnostik), kontent tahlil (yozma nazorat
ishlarini sharhi), ekspertcha so’rov (boshqa ustozlarning fikrini inobatga olish
(bilib olish)), faoliyat mahsulini o’rganish (ijobiy yoki salbiy xulq modelini
o’rganish) kabi usullardan foydalanib, tahlilni amalga oshirib, galdagi kasbiy 2
http://xs.uz/
vazifalarni belgilash (kasbiy darajada qaror qabul qilish) uchun
axborot jamlaydi. Axborot alohida pedagogik vaziyat, pedagogik faoliyat, shaxsiy
yoki ta’lim oluvchilarning o’quv faoliyati, shaxsiga, o’quvchilar jamoasiga
taalluqli bo’lishi mumkin. Bundan ko’zlangan maqsad to’g’ri qaror qabul qilish
jarayonini ta’minlashdan iborat.__ tahlil, murakkab tafakkur operastiyasi
hisoblanib, uning yordamida predmet va jarayonlar (hodisalar) aniq o’lchov
birligiga ega bo’lgan usullar vositasida yaxlit tarzda yoki alohida qismlarini turli
belgi va xususiyatlari bo’yicha aloqadorlik darajasini belgilab beradi.
Ko’rsatishicha, tahlil tushunchasi quyidagi tasniflarga ega:
1. Narsa, hodisa va shu kabilarni mohiyat, qonuniyat va boshqa
jihatlardan tekshirish, o’rganish ishi;
2. Biror narsa, ma’lumot va shu kabilarni ma’lum nuqtai nazardan
o’rganish, baholash;
3. Biror narsaning tarkibini belgilash va uning mohiyatini tadqiq
etish.
6 Pedagogik faoliyatni takomillashtirishda tahlil amaliy mazmun kasb
etib, ta’lim-tarbiyaning sifatini ta’minlash uchun xizmat qiladi. Yuzaga
kelgan pedagogik muammoning (masalan, pedagogik nizo) sabablarini aniqlash,
uni kechishining davriyligini bilish uchun, nizoning vujudga kelishiga ta’sir
ko’rsatgan omillarni, bunda avvalo qaysi qonuniyatlarga (ular tabiiy yoki sun’iy
bo’lishi mumkin) amal qilinishini bilish lozim bo’ladi. Tahlil, intellektual
faoliyatning yuqori bosqichi hisoblanib, hodisa, jarayon (jumladan pedagogik
jarayonni), raqam va dalillarni aloqadorlik darajasini belgilab berishda namoyon
bo’ladi. Tahlil, faoliyat shakli sifatida rivojlanib, bugungi kunda tahlilning turli
shakli va tahlilning turli usullari vujudga keldi. Negaki, har qanday muammoni,
shu jumladan pedagogik faoliyat doirasida vujudga keladigan “X-viziyat”larni
konstruktiv kechishini ta’minlash uchun tahlil amaliy ahamiyat kasb etadi.
“Insonlar hamma vaqt jamiyat hayotida sodir bo’ladigan turli voqea va
hodisalarning kelib chiqish sabablarini aniqlash masalasi bilan qiziqib kelishgan.
Dastavval, buning uchun, voqea hodisalar shaklan qiyoslanib, ularning mazmun va
mohiyatiga ko’p ham e’tibor qaratilmagan bo’lishi mumkin. Bu barcha intilishlar
hayot davomida paydo bo’ladigan turli to’siqlarni bartaraf etish, paydo bo’lgan
muammolarning echimini toppish maqsadida amalga oshirilganki, uni biz shartli
ravishda tahliliy faoliyat shakllanishining birinchi bosqichi deb ko’rsatsak xato
qilmagan bo’lamiz”7.
Yu.Surmin “Teoriya sistem i sistemnыy analiz” deb nomlangan o’quv
qo’llanmasida: tahliliy faoliyatning ibtidosi Suqrotga borib taqaladi, masalalarni
hal etishda u dialogdan (muammoni echimini topish (aniqlash) usuli sifatida –
S.R.) foydalanib, munozaralar asosida dalillarni keltirishga musharraf bo’lgan deb
munosabat bildirgan.
Tizimlarni tavsiflashda ularning turli jihatlariga e’tibor qaratiladi, tizimni
tavsiflashda quyidagi bosqichlarga amal qilinadi: Funkstional tavsif bosqichi,
bunda alohida funkstiyalar ko’rib chiqiladi, ya’ni tizim faoliyatining algoritmlariga
e’tibor qaratiladi. Funkstiya deganda, maqsadga etaklovchi xossalar nazarga
tutiladi. Bunda funkstional yondashuv asosida tizimning bajariladigan funkstiyalari
baholanadi. Tizimning faoliyatmandligini aniqlash tizim holatini belgilash,
taktizimlarni boshqarish qonuniyatlarini belgilab olish uchun imkoniyat yaratadi.
Morfologik tavsif bosqichida tizim ajratgan unsurlarning tarkibi va ularning
aloqadorlik darajasi hamda tizimning tuzilmaviy jihatlari tasvirlanib, tasvirning
to’liqligi va qismlarga ajratilganligi ko’rsatiladi.
Axborotli tavsif bosqichida tizimning funkstional va morfologik xususiyatlarini
ichki va tashqi axborotlarning sifati bilan bog’liqligi belgilab olinadi.
Tizim ma’lum munosabatlar vositasida atrof-muhit bilan o’zaro aloqada
bo’lishidan dalolat beradi. Bu munosabatlar o’zida:
-tashqaridan keladigan (stimul) turtkilarni – (inputs) kirishlarni va atrof-muhitga
chiqadigan barcha ta’sirlarni – (outputs) chiqishlarni jamlaydi.
Tizimga nisbatan turtkilar, ya’ni stimullar ikki xil shaklda bo’lishi mumkin. Ularga
talab va qo’llab-quvvatlashni keltirish joizdir.
Talab-turtkilar (stimullar) quyidagi shaklda amal qiladi:
-qadriyatlar va xizmatchilarning ish haqi, mehnat sharoitlari,
ta’lim, sog’liqni saqlash va boshqalarni taqsimlashga oid (stimul) turtkilar;
fe’l-atvorni tartibga solishga oid (stimul) turtkilar (barqarorlikni ta’minlash);
-kommunikastiya va axborotga oid turtkilar. Bularga, axborotdan erkin va teng
foydalanish huquqi va boshqalar kiradi.
Qo’llab-quvvatlash turtkilar (stimullar)ga quyidagilarda ifodalanadi:
-fuqarolarning qonunlarga rioya qilishi;
-ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishi;
-rahbariyatga munosabati va rasmiy\qonuniy axborotga e’tibori;
-xizmatlar ko’rsatishi va tizimni moddiy jihatdan moliyalashtirishi.
Kirishga keluvchi talab-turtkilar va qo’llab-quvvatlash turtkilari tizim tomonidan
chiqish signallariga aylantiriladi yoki quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi:
-qonun me’yorlarni yaratish;
-qadriyatlar va vazifalarni taqsimlash;
-jamiyatda xulq va o’zaro aloqalarni tartibga solish.
Chiqish signallari atrof-muhit – shu idora xodimlari jarayonga ma’lum ta’sir
ko’rsatadi, javob qaytaradi.
Tizim va uning strukturasi
Tizimning modifikastiyalashtirilgan modeli (D. Iston bo’yicha).
“Tizim” tushunchasi o’z mohiyatiga ko’ra, ierarxik jarayon, chunki u tizim haqida
tushunchalarning xuddi tizimning tashqi muhit bilan o’zaro hamkorligini
ifodalaydigan, yirikroq tizimning ayrim qismi, o’zining ba’zi yaxlitligi va shaxsiy
bo’lakchalari yig’indisini ko’zlaydi.9 Tizimning muhim jihati voqelikning ichki
tarkibiy qismlariga egaligi, ushbu qismlar orasida pog’anali buysunishning yuzaga
kelishi hamda bu qismlarning nisbiy mustaqilligida aks etishidir.
Shuningdek ilmiy adabiyotlarda “tizim” va “sistema” iboralari sinonim, aynan bir
xil ma’noli so’zlar tarzida qo’llanadi. Falsafiy qomusiy lug’atda: “tizim”, sistema
(qismlardan iborat butun) – o’zaro munosabat va aloqada bo’lgan, muayyan
yaxlitlikni hosil qiluvchi ko’p qismlar (elementlar) majmui”, - deb ta’rif
berilgan11. Yana shu manbada quyidagi izohlarni uchratish mumkin. “Sistema” –
yaxlit bir butunlik sifatida tashkil topgan ob’ektni ifodalovchi ijtimoiy-falsafiy
kategoriya. Odatda, sistemani eng muhim umumiy tarzida elementlar o’rtasidagi
o’zaro aloqalar birligi sifatida ta’riflaydilar. “Sistema” tushunchasi o’z ma’nosiga
ko’ra “aloqa”, “element”, “butun”, “birlik”, “struktura”, (elementlar o’rtasidagi
aloqalar sxemasi) tushunchalari bilan bog’liq. Ushbu o’rinda sistemali tadqiq
etishning asosiy vazifalari: sistema elementlari, aloqalari va strukturasini,
elementlar o’rtasidagi bog’liqlikni ajratishdir.
Sistemaning mohiyatini metodologik tushunishga ko’ra sistemalilik ob’ekt va
hodisaning o’z hossasi deb emas, balki faoliyatning aniq bir maqsadga
yo’naltirilishi, tafakkurni tashkil etish sifatida ta’riflanadi.
Tahlilga (jumladan tizimli tahlilga) bugungi kunda faoliyatning alohida turi sifatida
qarab kelinmoqda.
Usul, biron bir natijaga erishish vositasi hisoblanib, reallikni amaliy yoki
nazariy jihatdan o’rganish tarzi. Muammoni alohida tartib asosida o’rganish uchun
qo’llaniladigan harakatlar ketmaketligini ta’minlash uchun, aniq o’lchov birligiga
(son, foiz, ball, gramm, kilogramm, shakl, rang, koeffistent, o’rin va b.) ega
bo’lgan majmuadir. Oliy ta’limni tizimli tahlilni amalga oshirish uchun turli usullar
tanlanishi mumkin. Nisbatan ko’proq qo’llaniladiganlari sifatida quyidagilarni
ko’rsatib o’tish mumkin:
- so’rov (anketa tarzida yozma, og’zaki savol-javob (masofali)) usuli;
- hujjatlarni o’rganish (DTS, hisobot, xulosalar va b.) usuli;
- faoliyat mahsulini o’rganish (insho, maqola, talabalarning bilimi va
b.) usuli;
- alohida holatlarni o’rganish (alohida pedagogik vaziyatni. Masalan,
a’lochilar guruhini, faollarni va b.) usuli;
- qiyoslash (raqamlar, dalillar, bildirilgan fikr va munosabatlarni
qiyoslash) usuli;
- suhbat (nutq muloqoti yordamida bevosita yoki bilvosita ma’lumot
olisht) usuli.
- biografik (kishini uning tarjimai holi bilan bog’lik bo’lgan
xujjatlar orqali o’rganish) usul;
- intervyu (muammoga oid bo’lgan savollarga berilgan javob
tariqasida axborot to’plash) usuli;
- kuzatish (kishining harakatlarida namoyon bo’ladigan turli
holatlarni hisobga olish, biron bir jarayonni kechishiga oid axborot olish)
usuli;
- sostiometriya (J. Moreno tomonidan tavsiya etilgan bo’lib, o’zaro
munosabatlar tuzilishi bilan psixologik qovushuvchanlikni aniqlash
maqsadida guruh va jamoalardagi shaxslararo munosabatlarni o’rganish.
Bugungi kunda sostiometriyani turli variantlari ishlab chiqilgan) usuli;
- test (standartlashtirilgan sinov bo’lib, uning yordamida u yoki bu xildagi psixik
jarayon baholanib, shaxsni bir butunligicha o’rganish mumkin) usuli;
- eksperiment (muammoli vaziyatni hal qilish jarayoni, hattoki shaxsning his-
tuyg’ulari, xarakteri, qobiliyati, aql-zakovatini o’rganish mumkin. Bunda, ob’ektga
ta’sir etadigan barcha omillar kat’iy nazorat kilgan holda kuzatiladi) usuli;
- modellashtirish (jarayonni bilvosita o’rganishga asoslangan bo’lib, bunda biron
ob’ektning xususiyatlarini o’rganish uchun maxsus ravishda to’zilgan boshka
ob’ektda qayta xosil qilish tushuniladi) usuli;
- prognozlash (biror-bir hodisaning kelajaqdagi holati haqidagi mulohaza) usuli;
- ekstrapolyastiya (lot. ekstra-tez, polio-silliqlayman, to’g’rilayman) biror
hodisaning alohida qismini kuzatish natijasida olingan xulosani shunga o’xshash
hodisaning boshqa bir qismiga, boshqa hududiga (manzilga, joyga) tadbiq etish)
usuli.
Shu bilan birga biografik va tarixiy-qiyosiy usullarni ham ko’rsatib o’tish mumkin.
Biografik metod (yunon tilida bios – hayot, graho – yozayapman) – shaxs hayot
yo’lini tadqiq etish, tashxislash, korrekstiyalash, rejalashtirish uslubi.
Biografik usul XX asrning birinchi choragida tatbiq etila boshlandi. Birlamchi
biografik usullardan yordamida siyosatchilar, tarixiy shaxslar o’tmishdagi siyosiy
hayotni retrospektiv tahlil etish maqsadida foydalanilgan. Keyinchalik bunga
muhim va kelajakda bo’lishi mumkin bo’lgan hodisalarni (bo’lajak avtobiografiya,
boshqariladigan fantaziya, hayotni rejalashtirish, kauzometriya)ni, shuningdek,
shaxsning muloqot doirasini (qo’shimcha biografiya, sub’ektning munosabatlar
doirasini) qo’shishdi. Zamonaviy biografik metodlar siyosatchi shaxsini tarixiy,
ijtimoiy va individual borliq doirasida o’rganishga asoslangan bo’lib, shaxs
rivojining sstenariysi va hayotiy dasturlari, uning kasbiy, oilaviy, ma’naviy, tabiiy
va ijtimoiy makonda «makon-vaqt» doirasida tahlil etadi. Biografik metodlarni
qo’llashda
so’rovnoma,
intervyu,
test,
yaqinlarining
ko’rsatmalari,
zamondoshlarining
xotiralari,
faoliyat
mahsulini
o’rganish(xatlari
va
kundaliklarini, ma’ruzalari nutqlarining kontent-tahlili va b.)dan manba va vosita
sifatida foydalaniladi.
Tarixiy-qiyosiy usullarga tarixiy tavsif, aniq tahlil, qiyoslash, davriylashtirish,
xronologik, muammoli-xronologik, retrospektiv, istiqbolni belgilash, tarixiy
analogik va boshqa uslublar kiradi. Qiyosiy- tarixiy uslublar siyosiy-psixologik
dalillar va hodisalar yuzaga kelganda hamda amalga oshganda, rivojlanishning
turli bosqichlarida sifat ko’rsatkichi jihatidan o’zgarib borishini tarixiy muhit bilan
uzviy bog’liq holda o’rganish imkonini beradi.
Shu asnoda tizim deganda, nafaqat tizimning (boshqarish ob’ektining) o’zaro
bog’langan tarkibiy qismlarini yig’indisi va uning o’zaro ichki bog’liqlik darajalari
tushunilishi lozim. Balki tashqi aloqadorliklarni darajalari ham uning tarkibiga
kirishini inobatga olish maqsadga muvofiqdir. Bu o’z navbatida tizimli tahlilni
amalga oshirish yo’lini, ya’ni yondashuvni belgilab olishni taqozo etadi.
Tahlil, bu turli hajm va mazmundagi axborotni jamlab, manba shakliga keltirish
bo’lib, bunga tizimli yondashish maqsadga muvofiqdir.
Ta’limning yangi modeli, bozor iqtisodiyotiga o’tish ta’lim moliya-iqtisod
mexanizmining shakllantirish, xususan, byudjetdan moliyalashga byujetdan
tashqari manbai qo’shimcha qilishni va jiddiy o’zgarishlarni talab qiladi. hozirgi
vaqtda oliy ta’lim muassasalarini moliyalashning qo’shimcha byudjetdan tashqari
manbalarini jalb etishdagi faoliyati tobora tijorat tasiga ega bo’lmoqda, garchi
tijorat faoliyatining asosiy maqsadi hamon intelektual, o’quv, ilmiy, madaniy va
ishlab chiqarish imkoniyatini saqlash hamda rivojlantirish maqsadida oliy ta’lim
muassasalarini moliyaviy barqarorligini ta’minlashdan iborat bo’lsa-da Demak
vazifa shundan iboratki, ta’limni boshlang’ich tijorat bilan uyg’unlashtirishning
samarali shaklini topishdir.
Davlat ta’lim dasturi va standartlari doirasida ta’lim xizmati ko’rsatish oliy
maktabga mablag’ tushadigan manba hisoblanadi. Bu – oliy ta’lim muassasalariga
pullik qabul, mutaxassislar tayyorlash. Mazkur ishni amalga oshirish korxonalar,
tashkilotlar va mulkni barcha turdagi muassasalari bilan shartnoma tuzish asosida
olib boriladi, bu iqtisodiy tavsifdagi kplab masalalarni, xususan, pul o’tkazish
muddati, uning miqdori, xarajatlar va ularni qoplash, pul mablag’i sarf-xarajatlari
moddasi, shartnomalarni yuridik to’g’ri rasmiylashtirilishi, tomonlarning huquq va
majburyatlarini belgilash, shartnomaga amal qilmaslik javobgarligi, «pul
to’laydigan» va «to’lamaydigan» talabalar o’rtasidagi munosabatni hisobga olish
va h.k.ni xal etish bilan bog’liq.
Bozor munosabatlari shakllanishi shartida mutaxassislar tayyorlash sohasida
narx hosil bo’lishi ularni tayyorlash qanchaga tushishligini belgilash, mutlaqo
yangicha ma’no kasb etadi va uch holatni hisobga olgan holda quyidagicha
yondoshishni taqazo etadi:
- davlat buyurtmasi bo’yicha mutaxassislar tayyorlash amalga oshiriladigan
byudjetdan moliyalash me’yorlari;
- ixtisoslar, oliy ta’lim muassasalari joylashgan o’rin, professor-o’qituvchilar
tarkibi, moddiy-texnika negizi va h.k.lar bo’yicha farqlanadigan muayyan ta’lim
muassasasida mutaxassislar tayyorlashga sarf bo’ladigan amaldagi xarajatlar;
- tayyorlash uchun haq o’z ichiga ish haqidan yuqori bo’lgan miqdorni olishi
mumkin.
Buyurtmachi uchun inson kapitali nazariyasiga muvofiq mutaxassislar
tayyorlash uchun haq, bu inson kapitaliga qo’yilma, investistiya, ular pul daromadi
nuqtai nazaridan, kelgusi natijani ta’minlaydi. Tabiyki, bunday investistiyada
muayyan tavakkalchilik bor. Bu shuni anglatadiki, oliy ta’lim muassasalariga
mutaxassis tayyorlash uchun ish haqidan ortiq mablag’ni to’lab, buyurtmachi
bunda oliy ta’lim muassasasi bilan foydani bo’lashib oladi, oliy ta’lim muassasasi
esa kelgusida foydaning taqsimlanishida ishtirok etadi.
Shartnoma bo’yicha mutaxassis tayyorlash oliy ta’lim muassasalarining
korxonalar bilan munosabatlarini rivojlantirishning mumkin bo’lgan bir talay
imkoniyatlaridan biridir. Bu bozor iqtisodiyotini shakllanishi sharoitlarida tubdan
o’zgaradi, chunki, bu ikki tuzilmaning bir-biriga zururligi va manfaatdorligi
yuzaga keladi hamda oshib boradi.
hozirgi vaqtda ta’limni ishlab chiqarish bilan uyg’unlashuvi, mutaxassislar
tayyorlashning ko’p bosqichli tizimiga o’tish, ta’lim turli bosqichlarini
moliyalashga yangicha yondashish ishlab chiqilgan. Bu mutaxassislar tayyorlashni
byudjetdan tashqari moliyalashning umumiy yo’nalishini ochib beradi, u
quyidagichadir: kasbiy tayyorgarlik darajasi qancha yuqori bo’lsa, uning uchun
shuncha katta ulushning byudjetdan tashqari moliyalash o’z zimmasiga olishi
kerak.
Oliy maktabni moliyalashning boshqa manbai ta’lim uchun o’qitganlarning
o’zi haq to’lashidir.
Oliy ta’lim muassasalari to’lovlari to’lovning turli shakllarini joriy etish
masalasini hal etishda O’zbekistonda respublikasi «Ta’lim to’g’risida»gi
qonunining 4-moddasiga amal qiladi.
Ta’lim uchun haq to’lash muammosi oliy maktab mutaxassislar salohiyatini
saqlab qolishga salmoqli xissa qo’shuvchi tijorat tuzilmasisiz hal etilishi mumkin
emas. Ularning moliyaviy yordami ba’zi hollarda juda salmoqli bo’ladi.
O’qituvchilar, aspirantlar va talabalarni tijorat korxonalari ishida qatnashishga jalb
etish o’quv jarayonini mavjud iqtisodiy amaliyot bilan qo’shilishiga imkon
yaratadi, o’qituvchilar tarkibi yuqori darajada kasbiy malakaga ega bo’lishi va uni
saqlab turishga ko’maklashadi. Tijorat korxonalarida tushimlar ayrim hollarda oliy
ta’lim muassasasi moddiy-texnikaviy negizini mustahkamlovchi muhim manba
hisoblanadi (ijara haqi, foydaning bir qismini oliy ta’lim muassasini rivojlantirish
fondiga o’tkazish). Tijorat tuzilmalari tufayli oliy ta’lim muassasalarida ta’mirlash-
tiklash ishlari, texnika va jihozlar sotib olish imkoni paydo bo’ladi. Tijorat
korxonalari oliy ta’lim muassasasi fani muammolarini xal etishda faol qatnashadi,
jamoaning yuqori malakali ilmiy va ishlab chiqarish tizimini yaratishdan moddiy
manfaatdorligini oshirishda yordam ko’rsatadi. Biroq oliy ta’lim muassasasi tijorat
tuzilmalarini bunyod etish va ular faoliyat ko’rsatishidan oliy maktabning maqsadi:
mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlar yuqori darajasi bilan
bog’liq bo’lishi lozim.
Oliy ta’lim muassasalari orasidagi mavjud kasbiy va boshqa farqlarga
qaramay tijorat tuzilmalar faoliyatidan yuqori foyda olish uchun oliy ta’lim
muassasi va uning tijorat tuzilmasi amaliy faoliyati modeli tuzildi. Bu modelda
ikki talqin – tijorat tuzilmalari oliy ta’lim muassasasi tarkibi ekanligi; tijorat
tuzilmasi bunday bo’lmasligi ko’zda tutilgan. har ikki talqin oliy ta’lim muassasasi
va tijorat tuzilmasi o’rtasidagi butun munosabatlar majmuini aniq ifodalaydi.
hozirgi paytda keng qo’lanayotgan ijara munosabatlari oliy maktabda, bir
tomondan,
oliy
ta’lim
muassasasi
moddiy-texnika
negizi
etarlicha
rivojlanmaganligi, ikkinchi tomondan, mavjud mulkiy munosabatlar va amaldagi
qonunchilik hujjatlari tufayli cheklangan. Bu hujjatlarda esa oliy ta’lim
muassasalari faqat mustaqil tadbirkorlik faoliyati natijasida sotib olingan mulkni
tasarruf etishi mumkinligi ko’zda tutilgan.
Bu vaziyatni o’zgartirish oliy ta’lim muassasalari ijara huquqini rivojlantirishi
mumkin bo’ladi. Buning uchun, avvalo, ular mulkiy huquqi doirasini kengaytirish
lozim. Oliy ta’lim muassasalari, buning uchun, faqat, o’zlariga operativ boshqarish
uchun berilgan mulkdan mustaqil foydalanibgina qolmay balki, ularni mustaqil
tasarruf ham etishlari lozim. Shunda oliy ta’lim muassasalari haqiqiy mulk egasiga
aylanadi, keng erkinlik oladi, yuqori darajada tashabbus ko’rsatadi, mulkdan
foydalanishning samaradorli usullarini topadi, demak uning mas’uliyati sezilarli
darajada oshadi.
Oliy maktabni qo’shimcha moliyalashning muhim manbai bo’lib, tashqi
iqtisodiy faoliyat hisoblanadi. Xalqaro aloqalarni kuchli markazlashtirilgan
boshqaruvdan to’la mustaqil munosabat olib borishga o’tkazilishi oliy ta’lim
muassasalarining tashqi faoliyat oli borishini kuchaytiradi, bu faoliyat asosini
o’quv jarayoni, tadqiqot, axborot xizmati tashkil etadi. Bu ilmiy-texnikaviy
shartnomalar, respublika oliy ta’lim muassasalarining chet el oliy ta’lim
muassasalari va firmalari bilan tadbirkorlik bitimlari tuzishini keskin oshiradi.
Chet mamlakatlar uchun mutaxassislar tayyorlash ham byudjetdan tashqari
mablag’ kelishining muhim manbai hisoblanadi. Shu munosabat bilan chet
elliklarni o’kitish qancha turishligini aniqlash zaruriyati vujudga keladi. Muammo
shundaki, chet el fuqorolarini o’qitishning eng quyi darajada to’lanadigan xaq
miqdorini belgilash talab etiladi. Albatta, chet elliklarni o’qitish yagona qiymatini
ma’muriy tarzda belgilash mumkin emas, chunki turli oliy ta’lim muassasalariga
beriladigan imtiyozlar turlichadir. Lekin ular hozirgacha to’plagan tajriba asosida
belgilanadi va uyg’unlashtiriladi. haq to’lash masalasi oliy ta’lim muassasalari
berilgan diplom sifati, uni xalqaro tashkilotlar, ishbilarmonlar dunyosi,
jamoatchilik tomonidan tan olinishi masalasi, oliy ta’lim muassasalari xalqaro
akkreditastiyadan o’tkazilishiga bog’liq.
Erkin tashqi iqtisodiy faoliyat oliy ta’lim muassasalariga chet el sarmoyasidan
foydalanish, zarur jihozlar xarid qilish, shuningdek o’quv jarayonini sifat jihatdan
takomillashtirish imkonini beradi. Bundan tashqari tashqi iqtisodiy faoliyat
natijasida qo’lga kiritilgan valyuta oliy ta’lim muassasalariga keng xalqaro
aloqalarni yo’lga qo’yish, chet elda o’tadigan konferenstiyalarda qatnashish,
talabalarga respublikadan tashqarida tajriba orttirish imkonini beradi, ya’ni,
umuman Uzbekiston oliy maktabni va fanining jahon ta’lim tizimiga
uyg’unlashuviga qo’maklashadi.
ho’jalik shartnomasi tuzish asosida sanoat korxonalari va ilmiy-tadqiqot
muassasalari bilan ilmiy-texnikaviy hamkorlik qilish oliy ta’lim muassasasini
byudjetdan tashqari moliyalashning an’anaviy va muhim manbalaridan
hisoblanadi. Ilmiy tadqiqotlarni faollashtirish, ularni amalga oshirishning yangi
shakllarini topish, hozirgi zamon taraqqiyotiga moslash ko’pgina oliy ta’lim
muassasasi uchun moliyalashning qo’shimcha manbaini izlashning asosiy
yo’nalishi bo’lib kelmoqda. Ilmiy-tadqiqot olib borish faoliyati hamon oliy ta’lim
muassasasini moliyalashning qo’shimcha manbai bo’lib qolmoqda.
Shunday qilib, bozor iqtisodiyoti sharoitida oliy ta’lim muassasasining
vazifasi tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish v olib borish bo’yicha katta va turli-
tuman ishlarni amalga olish, moliyalashning byudjetdan tashqari manbalarini
izlash va jlb etishdan iboratdir. Oliy maktabda byudjetdan tashqari moliyalashni
yanada kengaytirish va takomillashtirish, tijorat faoliyatini rivojlantirish ishlab
chiqarish bilan uyg’unlashishning turli shakllaridan foydalanish bilan bog’liq.
Bunda mutaxassislar va rahbarlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash bo’yicha
faoliyatni tashkil etish alohida ahamiyat kasb etadi (istiqbolda ham shunday bo’lib
qoladi), bu esa mehnat hamda ta’lim xizmati bozordagi vaziyatni mutaxassislar
tayyorlash va malakasini oshirish talablarining o’zgarishiga tezkorlik bilan
moslashish uchun o’rganishni talab etadi. Oliy maktab kuchli intelektual negiz va
ishlab chiqarish, fan va texnikaining barcha sohalari bo’yicha mutaxassis
xodimlarga ega. Shuning uchun moliyalashning byudjetdan tashqari qo’shimcha
manbalarini jalb etishda, asosiysi, oliy ta’lim muassasasi faolligi hisoblanadi.
Chunki sustkashlik bugungi, bozor raqobati kuchaygan kunda oliy ta’lim
muassasasini istiqboldagi taraqqiyotdan mahrum etishi mumkin. Talabalar,
aspirantlar va o’qituvchilarni moliyalashning byudjetdan tashqari manbalarini
izlash va jalb etish bo’yicha ishlarga keng tortish mazkur faollik ko’rinishlaridan
biridir. Yuqorida aytilganlardan tashqari to’lov asosida ta’lim xizmati ko’rsatish,
noshirlik faoliyati va boshqalar ham byudjetdan tashqari an’anaviy manba
sanaladi.
Byudjetdan tashqari faoliyat asosiy turlarining quyidagi yo’nalishlar bo’yicha
tasniflash mumkin:
1. Ta’lim xizmati sohasi:
- ta’limning to’lov-kontrakt shakli;
- oliy ta’lim muassasasiga kirishga tayyorlov;
- korxonalar bilan shartnoma asosida mutaxassislarni taqsimlash;
- ikkinchi oliy ma’lumot olish;
- turli xil biznes-maktablar tashkil etish;
- chet tillarni jadal o’rganish kurslarini tashkil etish;
- maxsus sertifikatlar beriladigan kurslarda qo’shimcha ta’lim berish
(programmachilar, buxgalterlik, auditorlik va h.k.);
- jismoniy va yuridik shaxslar uchun to’lov asosida konsultastiyalar tashkil
etish;
- pulli qisqa muddatli kurslar va seminarlar tashkil etish.
2. Ilmiy-ishlab chiqarish faoliyati:
- xo’jalik shartnomasi asosida ilmiy-tadqiqot ishlari;
- konsating va ma’lumotnoma-axborot faoliyati;
- mintaqalarda yuqori texnologiyani joriy etish bilan bog’liq tadbiqiy faoliyat;
- ilmiy jihozlar va skunalar lizingini tashkil etish;
- hukumat muassasalari, boshqaruvning hududiy idoralari yoki tijorat
tuzilmalarining buyurtmasiga ko’ra fanlararo mujassama tadqiqotlar;
- kichik va o’rta biznesga ilmiy-texnikaviy yordam ko’rsatish;
- ilmiy-texnikaviy parklar va yangiliklar inkubatoriylarini tashkil etish;
- tijorat va xo’jalik hisobi asosidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan yakka
tartibdagi shartnoma bo’yicha ilmiy ishlar olib borish;
- oliy ta’lim muassasasi olimlarining kashfiyot va ixtirolariga patent va
litsenziya sotish;
- tijorat firmalari va korxonalar bilan ilmiy-tadqiqot markazlari va
laboratoriyalar tashkil qilish;
- chet ellik investorlar bilan hamkorlik qo’shma korxonalar tuzish;
- to’lov asosida ilmiy-amaliy konferenstiya va seminarlar tashkil etish;
- oliy ta’lim muassasalarining ta’lim va ilmiy-tadqiqot xizmatlarini reklama
qilish;
- auditorlik faoliyatini tashkil etish;
- O’zbekiston respublikasi qonunchiligida man etilmagan ilmiy-ishlab
chiqarish tavsifidagi boshqa innovastiya faoliyati turlari olib borish.
3. Tashqi iqtisodiy faoliyati:
- chet ellik talabalar, aspirantlar, magistrlar va tajriba orttiruvchilar ta’limini
tashkil etish;
- xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda fakultetlar tashkil qilish;
- xorijiy sheriklar bilan qo’shma korxonalar tuzish;
-
chet el jamg’armalari bilan oliy ta’limni qo’llab-quvvatlash
programmalarida qatnashish;
- O’zbekiston talabalarini chet el oliy ta’lim muassasalariga yuborish;
-
turli xil chet el investitsiyasini jalb etish.
4. Tijorat faoliyati:
-
darsliklar, o’quv-uslubiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar chop etish;
-
davriy nashrlar chiqarish;
-
reklama faoliyati tashkil etish;
-
bo’sh xonalarni ijaraga berish;
-
xonalar uzoq muddatli ijarasi (lizingi);
-
ta’til vaqtida bo’shab qolgan yotoqxonalarni ijaraga qo’yish;
-
majlislar zali, auditoriyalarni konferenstiya, pulli mashg’ulotlar o’tkazish
uchun ijaraga berish;
Talabalar, xodimlar va aholi uchun xizmat sohasi:
-
umumovqatlanishni tashkil etish;
-
sog’lomlashtirish maskanlarining davolash, sog’lomlashtirish xizmati;
-
sport majmuilari va o’yingohlar xizmati;
-
maishiy xizmat (sartaroshxona, kimyoviy kir yuvish, kosibchilik va h.k.);
-
pulli bolalar bog’chasi va maydonchasi tashkil etish;
-
tijorat tashkilotlariga oliy ta’lim muassasasi ramzi, rekvizitlaridan
foydalanish huquqini berish.
5. homiylik:
-
korxona, tashkilot va xususiy mulk barcha turidagi firmalardan homiylik
mablag’larini jalb etish;
-
jihozlarni beg’araz berish (audio-video, kompyuter orgtexnikasi, o’quv-
amaliyot uskunalari, yozuv qog’ozlari va h.k.);
-
kutubxona jamlamasini to’ldirish (darsliklar, o’quv qo’llanmalar, kataloglar,
badiiy adabiyot va h.k.);
-
chet el investitsiyasini jalb etish (kichik bosmaxona, avtotransport, o’quv-
amaliyot jihozlari, o’quv adabiyotlari).
6. Oliy ta’lim
muassasalri Murabbiylar kengashishini rivojlantirish
jamg’armasi:
-
davlat korxonalarining ko’ngilli badallari;
-
kooperativ tashkilotlar ko’ngilli badallari;
-
fuqarolar ko’ngilli badallari;
-
chet el investorlarining ko’ngilli homiylik badallari;
-
Murabbiylik kengashining chet el firmalari bilan qo’shma korxonalaridan
keladigan daromad;
-
Tijorat banklari va boshqa moliya muassasalari bergan kreditlar;
-
Murabbiylik kengashi nomiga kelgan boshqa tushimlar.
Faoliyat turli ko’rinishlarini va moliyalashning qo’shimcha manbalarini jalb
etishni kengaytirish bo’yicha barcha choralarni ko’rib, oliy ta’lim muassasalari
haddan ziyod tijoratga berilib keta olmaydilar, chunki, oliy maktab jamiyatning
muhim ijtimoiy institutidir, u jamiyatning aqliy va ma’naviy salohiyatini oshiradi.
Shuning uchun uni tijoratlashtirish yo’nalishi ustavda ko’rsatilgan faoliyat maqsad
va vazifalariga zid kelmagan taqdirdagina o’zini oqlagan bo’ladi, uni qayta
shakllanishiga olib kelmaydi
Do'stlaringiz bilan baham: |