2013 yil 12-13-sentabr kunlari Bishkekda ShhT Davlat rahbarlari
Kengashining navbatdagi majlisi bо‗ldi. 2015 yil 9-10-iyul kunlari Rossiya
Federatsiyasining Ufa shahrida SHHTga a‘zo mamlakatlar Davlat rahbarlari
Kengashining navbatdagi majlisi bо‗ldi.
2016 yil 23-24-iyun kunlari Toshkentda ShhTga a‘zo
mamlakatlarning
Davlat rahbarlari 15-yubiley sammiti bо‗lib о‗tdi. Sammit yakunida SHHT о‗n
besh yilligining Toshkent Deklaratsiyasi, ShhTning 2025 yilgacha rivojlanish
strategiyasini amalga oshirish bо‗yicha 2016-2020 yillarga mо‗ljallangan
harakatlar rejasini tasdiqlash tо‗g‗risidagi qaror, ShhTga a‘zo davlatlarning turizm
sohasidagi hamkorligini rivojlantirish dasturi va boshqa hujjatlar imzolandi. Bu
sammitda Ozarbayjon, Armaniston, Kambodja
va Nepalga SHHTning muloqot
bо‗yicha sheriklari maqomi berilib, Hindiston Respublikasi va Pokiston Islom
Respublikasining ShhTga a‘zo davlat maqomini olish yо‗lidagi majburiyatlari
tо‗g‗risidagi memorandumlar imzolandi.
2017-yil 8-9-iyun kunlari Prezident Shavkat Mirziyoyev Qozog‗iston
poytaxti Ostona shahrida bо‗lib о‗tgan Shanxay Hamkorlik Tashkiloti Davlat
rahbarlari kengashining sammitida ishtirok etdi.
Ushbu sammitda Hindiston va
Pokiston tashkilot a‘zoligiga qabul qilindi.
9-iyun kuni Ostona shahrining Mustaqillik saroyida ShhTga a‘zo davlatlar
rahbarlarining tor doiradagi majlisi bо‗lib, unda tashkilotning 2025 yilgacha
rivojlanish strategiyasini amalga oshirish bо‗yicha 2016 -2020-yillarga
mо‗ljallangan harakatlar rejasini tasdiqlash tо‗g‗risidagi qaror, ShhTga a‘zo
davlatlarning turizm sohasidagi hamkorligini rivojlantirish dasturi va boshqa
hujjatlar ijrosiga e‘tibor qaratildi.
Majlisda О‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq
sо‗zladi. «Samarqand shahrida Islom hamkorlik tashkiloti kо‗magida Imom Buxoriy
nomidagi
xalqaro
tadqiqot
markazining
tashkil
etilishi
millatlararo,
madaniyatlararo munosabatlarni mustahkamlashda muhim qadam bо‗ladi», dedi
davlatimiz rahbari.
Sammit yakuni bо‗yicha Ostona Deklaratsiyasi qabul qilindi. О‗zbekiston
Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ShhT
sammiti doirasida qator
davlatlar rahbarlari, ya‘ni Qirg‗iziston Prezidenti Almazbek Atamboyev, Hindiston
Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi, Ispaniya Qiroli Filipp XI bilan uchrashdi.
2018 yil 8-10-iyun kunlari Shavkat Mirziyoyev Xitoyning Sindao shahrida
bо‗lib о‗tgan ShhT Davlat rahbarlari kengashining 18-majlisida ishtirok etdi.
Majlis yakunlari bо‗yicha Sindao Deklaratsiyasi qabul qilindi. Shu bilan birga,
davlat rahbarlarining savdo tartib-taomillarini soddalashtirish tо‗g‗risidagi
bayonoti va davlat rahbarlarining ShhT makonida epidemiya tahdidlariga qarshi
birgalikda kurashish tо‗g‗risidagi bayonoti, terrorizm, separatizm va ekstremizmga
qarshi kurashish bо‗yicha 2019-2021 yillarga mо‗ljallangan hamkorlik dasturi,
uzoq muddatli yaxshi qо‗shnichilik, dо‗stlik va hamkorlik tо‗g‗risidagi shartnoma
qoidalarini amalga oshirish bо‗yicha 2018-2022 yillarga mо‗ljallangan
harakatlar
rejasi, 2019-2020 yillarda ShhTga a‘zo davlatlarning turizm sohasidagi hamkorligi
dasturini amalga oshirish bо‗yicha Birgalikdagi harakatlar rejasi va boshqa jami 17
hujjatni imzoladi.
О‗zbekiston Prezidentining taklifiga muvofiq ShhT davlat rahbarlarining
Yoshlarga qо‗shma murojaati qabul qilingani sammitning yana bir ahamiyatli
voqeasi bо‗ldi. Shavkat Mirziyoyev ShhT sammiti doirasida qator davlatlar
rahbarlari bilan uchrashib, muloqotda tomonlarni
qiziqtirgan xalqaro va
mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashdi.
Do'stlaringiz bilan baham: