KIRISH
Mustaqillik yillarida О‗zbekiston Respublikasida
davlat boshqaruv tizimi,
ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma‘naviy sohalarda katta о‗zgarishlar amalga
oshirildi. Shuningdek, ta‘lim sohasida ham bir qator islohotlar о‗tkazilib, barkamol
avlodni shakllantirishga yо‗naltirilgan islohotlar rivojlantirilib borilmoqda. Bugun
jahonda yuz berayotgan voqea va hodisalar, mafkuraviy qarama-qarshiliklarning
mazmun-mohiyatini tahlil etish, turli xil yot g‗oyalardan yoshlarni har tomonlama
himoya qilish uchun tarixiy tafakkurni shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu о‗rinda ta‘kidlash kerakki, oliy о‗quv yurtlarida О‗zbekistonning eng yangi
davri tarixini chuqur о‗rganish yosh mutaxassislarning bugungi davr siyosatini,
jahon hamjamiyatidagi о‗rnini,
davr
qahramonlarini, ayniqsa о‗zining ham shu
jarayon ishtirokchisi ekanligini tо‗g‗ri va tо‗liq anglashi jamiyat taraqiyotida
muhim ahamiyat kasb etadi.
О‗zbekistonning eng yangi tarixi haqida sо‗z ketganda, avvalo, 1989 yildan
boshlab mustaqillikka erishishga tashlangan muhim qadamlar, qolaversa, 1991 yil
davlat mustaqilligi qо‗lga kiritilgandan sо‗ng mamlakatimiz bosib о‗tgan tarixiy
yо‗lning mohiyati va ahamiyatini tushunish kerak. Ushbu jarayon qanday
о‗tganini, mamlakatimiz mustaqillikka erishgunga qadar va mustaqillikning
dastlabki yillarida qanday
muammolarga duch kelganligini, asosiysi, mustaqillik
eng oliy ne‘mat ekanligini tushunish, kerak bо‗lsa his etishi muhimdir.
О‗zbekistonning eng yangi tarixi, ya‘ni О‗zbekistonning davlat
mustaqilligiga erishishi arafasida yuzaga kelgan murakkab vaziyat,
respublika
mustaqilligining e‘lon qilinishi, mustaqillik yillarida mamlakatda amalga
oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy
,
iqtisodiy, ma‘naviy sohalardagi islohotlar va
ularning bosqichlarini, О‗zbekistonning jahon
hamjamiyatiga har tomonlama
integratsiyasini, xalqaro munosabatlar, xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy
bag‗rikenglikni ta‘minlash, tinchliksevar tashqi siyosat kabi masalalarning ilmiy va
amaliy ahamiyati ochib beriladi. Bu о‗z о‗rnida talabalarda mustaqillikni
mustahkamlash yо‗lida faol ishtirokchi bо‗lib shakllanishida alohida ahamiyat
kasb etadi.
Bugungi kunda 60 ta Markaziy Osiyo va О‗zbekistonning
eng yangi tarixi
bо‗yicha xorijiy markazlar ilmiy-tadqiqot olib bormoqda. Shimoliy Amerika
mintaqasida – 25 ta, Yevropa davlatlarida – 10 ta, MDH davlatlarida – 25 ta
shunday markazlarni sanash mumkin. Yangilanayotgan О‗zbekistonni shiddat
bilan rivojlanib borayotgani hamda mustaqil О‗zbekistonning eng yangi davri
tarixiy voqeliklari xususida butun jahon hamjamiyati qiziqish bildirib turganligi
mazkur fanning dolzarbligini yanada oshiradi.
Fanni
о‗qitishning maqsadi – mustaqillik yillarida О‗zbekiston
Respublikasida yuz bergan muhim о‗zgarishlar, tub islohotlarning mazmun-
mohiyatini kо‗rsatish va jamiyat hayotida talabaning о‗rnini, о‗zligini anglatishdan
iborat.
Fanni
о‗qitishning vazifalari – mustaqillikka
erishish arafasida
О‗zbekistonda yuzaga kelgan murakkab vaziyatni hamda mustaqillik yillarida
davlat boshqaruvi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma‘naviy hamda boshqa
sohalardagi islohotlarning mazmun-mohiyatini talabalarga tushuntirib berish,
ularni Vatanga sadoqat va muhabbat ruhida tarbiyalash hamda milliy g‗ururni
shakllantirishdan iborat.
Fan bо‗yicha bilim, kо‗nikma va malakalarga ega bо‗lgan talaba:
mustaqillikka erishish arafasida О‗zbekistonda
yuzaga kelgan murakkab
vaziyatni, ularning sabablari va oqibatlarini;
mustaqillik yillaridagi о‗zgarishlarni, О‗zbekistonning eng yangi tarixi
masalalarini, zamonaviy jarayonlarda О‗zbekistonning jahon hamjamiyatidagi
о‗rnini tarixiylik va xolislik nuqtai nazaridan bilib oladi;
О‗zbekistonning eng yangi tarixi muammolarini о‗rganish, dunyoqarashni
mustahkamlashda milliy mustaqillik g‗oyasini qо‗llay bilish, atrofida sodir
bо‗layotgan jarayonlarga о‗z munosabatini bildira olish, jamiyat va inson
dunyoqarashi rivojida tarix fanining о‗rnini anglash
va bugungi kunda sodir
bо‗layotgan voqealarning tarixdagi muhim voqealar bilan bog‗liqligini bilish
kо‗nikmalariga ega bо‗ladilar.
О‗zbekistonning eng yangi tarixini chuqur bilish, ma‘naviy-milliy va
umuminsoniy masalalar bо‗yicha о‗z qarashlarini ilmiy asoslashni va ifodalashni
bilish, milliy mustaqillik g‗oyalariga amal qiladigan faol hayotiy dunyoqarash kabi
malakalarni egallaydi.
Mazkur о‗quv qо‗llanma ijtimoiy fanlar doirasida faoliyat olib boruvchi
professor-о‗qituvchilarga, magistrlarga hamda bakalavr bosqichi talabalariga
mо‗ljallangan. О‗quv qо‗llanmada ba‘zi kamchilik yoki imloviy xatoliklarga yо‗l
qо‗yilgan bо‗lishi mumkin. Mualliflar jamoasi mazkur holatlar uchun oldindan uzr
sо‗raydi.
Do'stlaringiz bilan baham: