Respublika ma‘muriyatining roziligisiz Markaz oltin, uran, rangli metallar va
boshqalarni eksport qilishni amalga oshirdi.
Markazning О‗zbekistonga bо‗lgan munosabati, uning tabiiy va insoniy
resurslaridan
bemalol
foydalanishi
respublikaning
ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishining pasayishiga olib keldi. Tabiiy, xom
ashyo va ishlab chiqarilgan
mahsulot qayerga ketganligi, eksportdan tushgan miqdori ham mutlaqo noma‘lum
edi.
Sо‗nggi
15 yillik sovet davrining о‗zida, davlatimiz rahbari
ta‘kidlaganidek:»paxta va oltin markazning ehtiyojlari uchun kamida 35 milliard
dollarlik eksport qilindi». Shunday qilib, bitta aholiga tо‗g‗ri keladigan yalpi
ijtimoiy mahsulotni ishlab chiqarishda О‗zbekiston SSR 80-yillarning oxirida
Ittifoqda 12-о‗rinni
egalladi, milliy daromad Ittifoq darajasidan ikki baravar past
edi. Aholining ehtiyojlarini qondirish uchun har yili 8-9 milliard rubl miqdorida
tayyor mahsulotlar import qilindi. Yillar davomida tо‗plangan muammolar 90-
yillarning boshlarida ijtimoiy portlash darajasiga yetdi.
Kimyo sanoatining rivojlanishida ham respublikada salbiy oqibatlarga olib
kelgan buzilishlar kuzatildi. Bu, birinchi navbatda, deyarli barcha kimyoviy
zavodlar zich joylashgan shaharlarda va yashil vohalarda qurilganligidir.
Qishloq
xо‗jaligi va boshqa tarmoqlarni о‗zlari ishlab chiqargan mahsulotlar bilan
ta‘minlash orqali ular atrof-muhitni ifloslantirib, ekologik vaziyatni
murakkablashtirib, tabiat va inson salomatligiga tuzatib bо‗lmaydigan zarar
yetkazdi. Bundan tashqari, deyarli barcha kimyoviy zavodlar
paxta hosildorligini
oshirish uchun mineral о‗g‗itlar ishlab chiqarishga yо‗naltirilgan, ya‘ni, ular
monokultura manfaatlari uchun ishlagan. Mineral о‗g‗itlardan haddan tashqari
kо‗p foydalanish tuproqlarning yо‗q qilinishiga, unumdorligining pasayishiga olib
keldi. Vaziyat о‗simlik ishlab chiqarishda ishlatiladigan pestitsidlar va boshqa
kimyoviy moddalarning nazoratsiz ishlatilishi bilan yanada og‗irlashdi. Masalan,
agar 80-yillarda butun dunyoda bir gektar maydonga 300 g pestitsid qо‗llanilgan
bо‗lsa, О‗zbekistonda 54 kg dan ortiq, yoki bu ruxsat etilgan meyordan 180
baravar kо‗pdir.
Sobiq SSSRda Markazning xohishi bilan yagona milliy iqtisodiy majmua
vujudga keldi va har bir Ittifoq respublikasi unda о‗z о‗rnini egalladi va bu gо‗yo
xalqlar о‗rtasidagi dо‗stona va iqtisodiy aloqalarni kuchaytirdi,
lekin aslida
respublikaning rivojlanishi boshqa mintaqalarga nisbatan ancha orqada qolib ketdi.
Boshqaruvning buyruqbozlik va ma‘muriy usullari natijasida О‗zbekiston
mineral va boshqa xom-ashyolarni Markazning ehtiyojlari uchun saqlab turishga
majbur edi. О‗zbekistonga metallga ishlov beradigan dastgohlar va mexanizmlar,
neft mahsulotlari, yog‗och mahsulotlari, don va boshqa sanoat materiallari chetdan
keltirilar edi.
Markaz talablaridan kelib chiqib amalga oshirilgan ixtisoslashuv ma‘lum
darajada davlat manfaatlariga mos keldi, ammo bunda, О‗zbekiston aholisining
manfaatlari hisobga olinmadi. Bu, shuningdek, mavjud mehnat resurslarini ijtimoiy
ishlab chiqarishga jalb qilish muammolarini hal qilishda, respublika sanoatida tub
aholining ulushi pastligicha qolganida namoyon bо‗ldi.
Buning sabablaridan biri,
Markaz tomonidan 5 yillik rejalar va sotsialistik majburiyatlar 4 yil ichida
bajarilishi kerak edi. Bundan tashqari, mahalliy xodimlarni о‗qitishga, malakasini
oshirishga va qayta tayyorlashga e‘tibor berilmadi. Markazdan tayyor
mutaxassislarni olib kelish osonroq tuyuldi. Markaz sanoat, qurilish, transport
ehtiyojlarini yevropa aholisi vakillari va boshqa
respublikalardan kelgan
muhojirlar hisobidan qondirdi, ishsiz mahalliy aholi soni kо‗paydi, bu esa, bir
qator salbiy hodisalarni keltirib chiqardi va bular, hatto, etnik ziddiyatlargacha
borib yetdi.
Iqtisodiy menejmentning qat‘iy markazlashtirilishi, diktatura siyosati va inson
omilini hisobga olinmaganligi, markaz tomonidan tuzilgan reja kо‗rsatkichlarning
(milliy daromadlar, mehnat unumdorligi va boshqalar) past darajada qolib
ketishiga olib keldi. 80-yillarga kelib, barcha asosiy iqtisodiy kо‗rsatkichlarning
о‗sish sur‘atlarining pasayishi sezila boshladi.
О‗tgan asrning 80-yillari
oxiriga kelib, respublikaning sanoat potensialiga
1500 dan ortiq korxona, 100 dan ortiq sanoat tarmoqlari kirardi. Garchi paxta xom
ashyosining 2/3 qismi, qorakо‗lning 1/3 qismi mamlakatda ishlab chiqarilgan
bо‗lsa-da, respublika iqtisodiyoti gipertrofiyalangan xom ashyo yо‗nalishi bilan
ajralib turdi, xom ashyoning 80 foizi qayta ishlanmasdan tashqariga eksport
qilindi. Aholining 45 foizi yoki 8 million 800 ming kishi qashshoqlik yoqasida
yashadi, SSSRda jon boshiga daromad oyiga 75 rubldan oshmadi.
Do'stlaringiz bilan baham: