Nashrga ruxsat etaman



Download 2,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/142
Sana10.03.2022
Hajmi2,11 Mb.
#488087
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   142
Bog'liq
2 5235669793587075505

Birinchidan
, О‗zbekiston dunyoning kо‗plab davlatlari singari nafaqat 
umuminsoniy qadriyatlarga, balki xalqlarning genetik kodlariga, milliy 
madaniyatning о‗ziga xos xususiyatlariga asoslangan demokratik jamiyat barpo 
qilish maqsadlarini о‗z oldiga qо‗ygan edi. 
Ikkinchidan
, ushbu siyosiy hodisa о‗tish davrida ijtimoiy rivojlanishning 
tabiiy tendensiyasini namoyon etdi. G‗arb demokratiyasi tajribasini deyarli 
demokratik an‘analar, meyorlar va institutlar mavjud bо‗lmagan mamlakatlarga 
mexanik ravishda о‗tkazish, hokimiyatni shoshilinch markazsizlashtirish, ba‘zi 
postsovet davlatlarining amaliyoti kо‗rsatganidek, siyosiy beqarorlik, jinoyatchilik, 
iqtisodiy tartibsizliklar va jamiyatning zaiflashishiga olib keladi. 
Totalitarizmdan xalos bо‗lish juda katta say-harakatlarni taqozo etar edi. 
Siyosatshunos L. Levitin tо‗g‗ri ta‘kidlaganidek: ―... bunday mamlakatda tubdan 


progressiv о‗zgarishlarni juda qat‘iy qarorlar qabul qiladigan va ularni izchil 
amalga oshiradigan kuchli hukumatsiz amalga oshirish mumkin emas‖- edi. 
О‗zbekistonning yangi boshqaruv va siyosiy tizimining eng muhim yadrosi - 
bu Prezidentlik shaklidir. Eslatib о‗tamiz, birinchi umumxalq saylovlari 1991 yil 
dekabr oyida bо‗lib о‗tgan. 1995 yil mart oyida О‗zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisining qarori bilan Prezident I.A.Karimovning vakolatlari 2000 yilgacha 
uzaytirildi. Zero, buni mavjud ijtimoiy-siyosiy vaziyat talab qilgan edi. Shu 
munosabat bilan Konstitusiyaga ham muayyan о‗zgartirishlar kiritildi, xususan, 
Prezidentlik muddati 7 yil qilib belgilandi. 2007 yil 23-dekabrda muqobillik 
asosida saylovlar bо‗lib о‗tdi, natijalarga kо‗ra, I.A.Karimov yangi muddatga 
О‗zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi. 
2011 yilda qabul qilingan yangi konstitusiyaviy meyorlarga kо‗ra, Prezident 
ommaviy ovoz berish yо‗li bilan 5 yil muddatga saylanadigan bо‗ldi. ―Prezident 
saylovi tо‗g‗risida‖gi qonunga muvofiq 35 yoshga tо‗lgan, davlat tilini yaxshi 
biladigan va saylovgacha kamida 10 yil О‗zbekiston hududida doimiy yashagan 
О‗zbekiston Respublikasi fuqarosi Prezident etib saylanishi mumkin. Ayni bir 
shaxs ketma-ket ikki muddatdan ortiq О‗zbekiston Respublikasining Prezidenti 
bо‗lishi mumkin emas. 
Respublika Prezidentining konstitusiyaviy vakolatlari juda katta. U 
Konstitusiya va inson huquqlariga rioya etilishining kafili bо‗lib xizmat qiladi, 
xalqaro munosabatlarda О‗zbekiston nomidan ish kо‗radi, xalqaro shartnomalarni 
О‗zbekiston nomidan imzolaydi va shartnomalar tuzadi va bajarilishini 
ta‘minlaydi, ijro etuvchi hokimiyatni shakllantiradi va boshqaradi, qonunlarga 
imzo chekadi, oliy bosh qо‗mondon hisoblanadi. Prezidentlik muddati tugagach, u 
umrbod О‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a‘zosi bо‗ladi. 
Respublikamiz mustaqil rivojlanishining birinchi bosqichida Prezident bir 
vaqtning о‗zida davlat rahbari va Vazirlar Mahkamasining raisi bо‗lgan. Biroq, 
ikki palatali parlamentning shakllanishi, davlat, ijtimoiy-iqtisodiy tuzilish 
masalalarini 
hal 
qilishda 
О‗zbekiston 
Respublikasi 
mustaqilligining 
mustahkamlanishi, mamlakatda olib borilayotgan islohotlarni chuqurlashtirish 
2003 yilda «О‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tо‗g‗risida» gi 
qonunning yangi tahriri qabul qilinishiga olib keldi. О‗zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi va uning a‘zolarining javobgarligi oshdi. 
Konstitusiya va qonun hujjatlariga, ilgari Vazirlar Mahkamasi Raisining 
vakolatlari, masalan, Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etish va boshqarish, 
uning majlislarini boshqarish, о‗z vakolatlari doirasida qabul qilingan hukumat 
qarorlarini imzolash kabi normalar kiritilgan. Bosh vazirni, shuningdek, Vazirlar 
Mahkamasi a‘zolarini tayinlash, lavozimidan ozod etish tartibi о‗zgartirildi, unga 
muvofiq Prezident Oliy Majlis palatalariga kо‗rib chiqish va tasdiqlash uchun 


Bosh vazir nomzodini yuboradi. Bosh vazir nomzodi va uni lavozimidan ozod 
etish Vazirlar Mahkamasining a‘zolari taklifiga binoan Prezident tomonidan 
tasdiqlanadi va lavozimidan ozod qilinadi. 
2012 yilda qonuniy yо‗l bilan Bosh vazir nomzodi О‗zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga bо‗lib о‗tgan saylovlarda eng kо‗p 
deputatlik о‗rinlarini egallagan siyosiy partiyalar tomonidan yoki teng miqdordagi 
deputatlik о‗rinlariga ega bо‗lgan bir necha siyosiy partiyalar tomonidan ilgari 
surilganligi qonuniy ravishda tasdiqlandi. 
2014 yil aprel oyida О‗zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom 
Karimov «О‗zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining ayrim moddalariga 
о‗zgartish va qо‗shimchalar kiritish tо‗g‗risida» (32, 78, 93, 98, 103 va 117-
moddalari) qonunini imzoladi. Hujjat Qonunchilik palatasi tomonidan 2014 yil 27 
martda qabul qilingan va Senat tomonidan 2014 yil 10 aprelda ma‘qullangan. 
Ushbu о‗zgarishlar ijroiya hokimiyatini О‗zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi amalga oshirayotganligini ta‘kidlaydi. О‗zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi tarkibiga О‗zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning 
о‗rinbosarlari, vazirlar, davlat qо‗mitalari raislari kiradi. Qoraqalpog‗iston 
Respublikasi hukumatining boshlig‗i Vazirlar Mahkamasining a‘zosi hisoblanadi. 
Vazirlar Mahkamasiga quyidagi vakolatlar berilgan: 
1) samarali iqtisodiy, ijtimoiy, moliyaviy, pul-kredit siyosatini amalga 
oshirish uchun javobgarlik, fan, madaniyat, ta‘lim, sog‗liqni saqlash va 
iqtisodiyotning boshqa sohalari va ijtimoiy sohani rivojlantirish dasturlarini ishlab 
chiqish va amalga oshirish; 
2) fuqarolarning iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa huquqlari va qonuniy 
manfaatlarini himoya qilish choralarini kо‗rish; 
3)davlat va xо‗jalik boshqaruvi organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish va 
yо‗naltirish, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ularning faoliyati ustidan 
nazoratni ta‘minlash; 
4) О‗zbekiston Respublikasi qonunlarining, Oliy Majlis qarorlarining, 
О‗zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining 
ijrosini ta‘minlash; 
5) har yili О‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga mamlakat ijtimoiy-
iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari yuzasidan ma‘ruzalar taqdim etish; 
6) О‗zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi va qonunlarida nazarda 
tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshirish. 
Vazirlar Mahkamasi konstitusiyaviy normalar doirasida va amaldagi qonun 
hujjatlariga muvofiq barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, 
mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan О‗zbekiston Respublikasining butun 
hududida bajarilishi majburiy bо‗lgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi. 


Vazirlar Mahkamasi о‗z faoliyatida О‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va 
О‗zbekiston Respublikasi Prezidenti oldida javobgardir. Amaldagi Vazirlar 
Mahkamasi yangi saylangan О‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga oldida о‗z 
vakolatlarini tugatadi, lekin mamlakat Prezidentining qaroriga binoan yangi 
Vazirlar Mahkamasi tashkil etilgunga qadar о‗z faoliyatini davom ettiradi. 
О‗zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Vazirlar Mahkamasining faoliyatini 
tashkil qiladi va boshqaradi, uning faoliyati samaradorligi uchun shaxsan javob 
beradi, Vazirlar Mahkamasi majlislarida raislik qiladi, qarorlarini imzolaydi, 
xalqaro munosabatlarda О‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
nomidan ish kо‗radi; О‗zbekiston Respublikasining qonunlarida nazarda tutilgan 
boshqa funksiyalarni amalga oshiradi. 
О‗zbekiston Respublikasi Prezidenti taqdim etilgan Bosh vazir lavozimiga 
nomzodni kо‗rib chiqqanidan keyin о‗n kun ichida uni О‗zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisining palatalariga kо‗rib chiqish va tasdiqlash uchun taqdim etadi. 
Bosh Vazir lavozimiga nomzod, О‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida 
uning nomzodini kо‗rib chiqayotganda va tasdiqlaganida, Vazirlar Mahkamasiga 
qisqa va uzoq muddatga mо‗ljallangan harakat dasturini taqdim etadi. 
Bosh vazir nomzodi, agar u О‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 
Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a‘zolari umumiy sonining yarmidan 
kо‗pining ovozini olgan bо‗lsa, ma‘qullangan deb hisoblanadi. О‗zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining a‘zolari Bosh vazirning taqdimnomasiga 
binoan О‗zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. 
О‗zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va О‗zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisining Qonunchilik palatasi о‗rtasida doimiy ziddiyatlar yuzaga kelgan 
taqdirda, deputatlar tomonidan О‗zbekiston Respublikasi Prezidentiga rasmiy 
ravishda taqdim etilgan taklif bо‗yicha Qonunchilik palatasi umumiy sonining 
kamida uchdan bir qismini tashkil etgan taqdirda, Bosh vazirga ishonchsizlik 
bildirish tо‗g‗risidagi masala О‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining 
qо‗shma majlisida muhokama uchun taqdim etiladi. 
Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik ovozi О‗zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a‘zolari umumiy sonining 
kamida uchdan ikki qismi ovoz bergan taqdirda qabul qilingan hisoblanadi. 
Bunday holda, О‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazirni lavozimidan ozod 
etish tо‗g‗risida qaror qabul qiladi, О‗zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining butun tarkibi Bosh vazir bilan birga iste‘foga chiqadi. 
О‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari kо‗rib chiqishi va 
tasdiqlashi uchun Bosh vazirning yangi nomzodi О‗zbekiston Respublikasi 
Prezidenti tomonidan О‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik 


palatasida siyosiy partiyalarning barcha fraksyalari bilan maslahatlashgandan sо‗ng 
taklif etiladi. 
Oliy Majlis tomonidan Bosh vazir lavozimiga nomzod ikki marotaba rad 
etilgan taqdirda, О‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazir vazifasini 
bajaruvchini tayinlaydi va О‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisini tarqatib 
yuboradi. 
Vazirlar Mahkamasi qonunlar va Oliy Majlisning boshqa qarorlari, 
Prezidentning farmonlari va farmoyishlari ijrosini ta‘minlaydi. Vazirlar 
Mahkamasining vazifalariga iqtisodiyot, jamiyat va ma‘naviy sohaning samarali 
ishlashini ta‘minlash kiradi. 
Viloyatlar, tumanlar va shaharlardagi asosiy davlat hokimiyati xalq 
deputatlari Kengashlari bilan birgalikda ular tomonidan saylanadigan hokimlardir. 
Milliy davlatchiligimizning tarixiy rivojlanish tajribasini о‗zida mujassam etgan 
ushbu hokimiyat instituti shaxsiy javobgarlik tamoyiliga asoslanadi va dolzarb 
muammolarni hal qilishning zamonaviy ehtiyojlariga javob beradi. Hokim vakillik 
va ijro etuvchi hokimiyat bо‗lib, qonuniylikni, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish 
masalalarini hal qilishi, mahalliy byudjetni shakllantirishi kerak va hokazo. Barcha 
darajadagi hokimlar - viloyat, tuman va shahar hokimlari prinsipial ravishda о‗z 
vazifalarini bajaradilar. Bu ular о‗zlarining qarorlari va о‗zlarining xatti-harakatlari 
uchun shaxsan javobgar bо‗lishlarini anglatadi. 
Hokimiyat tarkibidagi bu barcha о‗zgarishlar davlat tuzilishidagi demokratik 
islohotlarni kuchaytirish, davlat boshqaruvini liberallashtirish, Oliy Majlis, Bosh 
vazir, hukumat va davlat tuzilmalarining vakolatlari sezilarli darajada kengaygan 
paytda, hokimiyatning turli tarmoqlarini ifodalovchi organlar о‗rtasidagi 
vakolatlarni aniq belgilash zarurati bilan bog‗liq edi. 
Shunday qilib, mustaqil rivojlanishning barcha bosqichlari tajribasi shuni 
kо‗rsatadiki, О‗zbekiston umumiyinsoniy va milliy qadriyatlarga asoslangan 
siyosiy tizimni yaratish, takomillashtirish yо‗lini tanladi. Islohotlar jarayonida 
kо‗plab qiyinchiliklar yuzaga keldi va davrning jiddiy muammolariga muvofiq 
yechimlar topildi. О‗zbekiston progressiv harakat tamoyiliga – ―Kuchli davlatdan - 
kuchli fuqarolik jamiyati sari‖ tamoyiliga amal qilib, siyosiy tizimni isloh qilishni 
jamiyatning demokratik yangilash jarayonlari bilan mushtarak holda davom 
ettirmoqda.

Download 2,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish