birinchi qadam edi. Suveren davlatning huquqiy asoslarini ishlab chiqish
boshlandi. Dastur maqsadlarini amalga oshirish
mamlakatimizning mavjud
imkoniyatlaridan kelib chiqib belgilandi.
1991 yil 18-noyabrda Respublika Oliy Kengashining VIII-sessiyasida
parlament О‗zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini о‗tkazish tо‗g‗risida
qaror qabul qildi. Ushbu tarixiy hujjatlar davlat qurilishi sohasidagi keyingi aniq
qadamlar uchun asos bо‗lib xizmat qildi.
1991 yil 29-dekabrda ikkita tarixiy voqea sodir bо‗ldi: birinchidan,
О‗zbekiston tarixida ilk marta uning rivojlanish yо‗lini
tanlashni belgilovchi
umumxalq referendumi bо‗lib о‗tdi, ikkinchidan, muqobil, umumiy, teng va
tо‗g‗ridan-tо‗g‗ri saylov huquqi asosida birinchi marta yashirin ovoz berish orqali
I.A. Karimov mamlakatimizning Prezidenti etib saylandi.
Referendumda: «Siz О‗zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan
e‘lon qilingan О‗zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini tasdiqlaysizmi?»
- degan savol qо‗yilgan edi. Ovoz berishda rо‗yxatga
kiritilgan saylovchilar
umumiy sonining 94,1 foizi qatnashdi. Ovoz berishda qatnashganlarning 98,2 foizi
respublikaning davlat mustaqilligini tasdiqlash uchun ovoz berdi. Ovoz berish
natijalari О‗zbekiston xalqi о‗zining mustaqil rivojlanish yо‗lini qat‘iy ravishda
tanlaganligini yana bir bor tasdiqladi.
Muqobillik asosida bо‗lib о‗tgan saylovda saylovchilarning katta qismi – 86
foizi I.A.Karimov nomzodi uchun ovoz berdi.
1991 yil 31-dekabrda I.A.Karimov Prezidentlik lavozimiga kirishdi. U
qasamyod qabul qilar ekan: «Men О‗zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga
kirishishim chog‗ida tantanali ravishda О‗zbekiston xalqiga xizmat qilishga,
fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga
kafolat berishga, О‗zbekiston
Respublikasi Konstitusiyasiga qat‘iy rioya qilishga va о‗z vazifamni vijdonan
bajarishga qasamyod qilaman»,- dedi.
Xalq saylagan Prezident о‗zining amaliy harakatlari bilan el ishonchini kо‗p
bor oqladi. Bular: bozor iqtisodiyotiga ijtimoiy larzalarsiz evolyusion yо‗l bilan
bosqichma-bosqich о‗tish, aholini kuchli ijtimoiy himoya qilish, ma‘naviyatni
yuksaltirish bilan bog‗liq masalalarni oqilona hal qilish
jarayonlarida ayniqsa
yaqqol namoyon bо‗ldi.
Dastlab kо‗ppartiyaviy tizim asosida о‗tkazilgan referendum va Prezident
saylovlari jamiyatdagi demokratik jarayonlarning rivojlanishidagi muhim qadam
bо‗ldi.
Shunday qilib, 90-yillarning boshlarida О‗zbekiston Respublikasi siyosiy
rahbariyatning say-harakatlari tufayli tinchlik bilan о‗z davlat mustaqilligini qо‗lga
kiritdi. О‗zbek xalqining о‗z taqdirini о‗zi belgilashdek huquqi amalga oshirildi.
Mustaqillikka erishilishi respublikada millatlararo
tinchlik va osoyishtalikni
saqlashga imkon berdi.
Shu munosabat bilan, О‗zbekiston tarixining yangi davri boshlandi -
mamlakatni о‗zoq davom etib kelayotgan ijtimoiy-iqtisodiy inqirozdan bosqichma-
bosqich olib chiqish va bozor munosabatlarini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar
yaratildi. О‗zbekiston xalqi о‗z tabiiy boyliklarning chinakam xо‗jayiniga aylandi.
Mamlakatimiz sekin-asta jahon hamjamiyatiga qо‗shila borib, kо‗plab xalqaro
tashkilotlarga a‘zo bо‗ldi. Milliy va ma‘naviy qadriyatlar,
shu jumladan, diniy
hayotning tiklanishi boshlandi.
О‗zbekiston tanlagan demokratik dunyoviy taraqqiyot yо‗li respublika
hududida yashovchi barcha millat va elatlarning teng huquqliligi va о‗zligini
anglashi, о‗z tilini rivojlantirishi, madaniyatini saqlashi va an‘analarini
ifoda eta
olishini kafolati bо‗lib xizmat qila boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: