KIRISH.
Mamlakatimizda kechayotgan keng ko‘lamli islohotlar zamiridagi transport kommunikatsiyasini rivojlantirish, viloyatlardagi uy-joylar, mahallalar va magistral yo‘llarning o‘rtasidagi integratsiyani yaxshilashga qaratilayotgan doimiy e’tibor yo‘llar ravon, qishloqlar faravon bo‘lishida muhim omil bo‘layotir. Mamlakatimizning eng olis tuman va qishloqlari o‘zaro puxta bog‘landi, kommunikatsiya tarmoqlari zamonaviy asosda yangilandi.
Davlatimiz rahbarining 2003 yil 19 avgustdagi “Umumiy foydalaniladigan avtomobil yo‘llari qurish va ulardan foydalanishni boshqarish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va saqlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Yo‘l qurilishi dinamikasi bu boradagi ishlarning hajmi va sifati yil sayin oshib borayotganini ko‘rsatmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 21 dekabrdagi “2011-2015 yillarda transport va qurilish kommunikatsiyalar infratuzilmasini rivojlantirishni tezlashtirish to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida korxona va uning tarmoqlari tomonidan joriy yilning o‘tgan davri mobaynida kapital rekonstruksiya qilish uchun jami 61 kilometrli 3 ta ob’ektga 63 milliard 448,8 million so‘mga shartnoma tuzilgan.
Bu jarayonda nafaqat xalqaro va davlat ahamiyatiga molik avtomagistrallarni, balki ichki yo‘llarni rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Joriy yilning o‘zida qariyb 28,1 kilometr ichki xo‘jaliklararo avtomobil yo‘llari va 36 pm 2 ta ko‘prikni ta’mirlash ko‘zda tutilgan edi. Bugunga kelib 10,1 kilometrlik yo‘llar va 36 pm ko‘priklar ta’mirdan chiqarildi. Buning uchun jami 3 milliard 84,5 million so‘mlik mablag‘ sarflandi.
Ha, bunday bunyodkorlik, qurilish-ta’mirlash ishlari bugun mamlakatimizning barcha hududlarida amalga oshirilmoqda.
– Ilgari bu yo‘llarda yurishga yuragimiz bezillardi, – deydi urgutlik haydovchi Bahtiyor Abdurahmonov. – Bir chuqurni aylanib o‘tmoqchi bo‘lsang boshqasiga duch kelarding. Yo‘l bo‘yi “ballonim yorilmasmikan, “xodovoy buzilmasmikan” deb xavotirlanib ketardik. Arzimagan masofaga qancha vaqtimiz sarf bo‘lardi, asabimiz buzilardi. Hozir yo‘llarimiz tekis, ravon va keng. Haydovchilar ham mashinani charchamay, asabiylashmay, halovatda boshqarayapti.
Avvallari qishloq bilan shahar o‘rtasidagi tafovut juda katta edi. Qishloq taraqqiy topsa, yurtimiz obod, hayotimiz farovon bo‘ladi, degan ezgu maqsad yo‘lida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari samarasida bugun qishloqlar shahar bilan bo‘ylashmoqda. Namunaviy loyihalar asosida qurilayotgan turar joy massivlarida zamonaviy turdagi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari ham bunyod etilmoqda. Tabiiy gaz va suv quvurlari, elektr uzatish tarmoqlari bilan bir qatorda, keng va ravon yo‘llar qurilmoqda.
Bularning barchasi xalqimizning hech kimdan kam bo‘lmay yashashi, munosib hayot kechirishi yo‘lida olib borilayotgan amaliy ishlarning o‘ziga xos samarasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |