Nashrga ruxsat etaman


daxldor ekanligini, hayotning bamisoli uzviy halqalar kabi ketma-ket



Download 2,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/142
Sana10.03.2022
Hajmi2,11 Mb.
#488087
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   142
Bog'liq
2 5235669793587075505

daxldor ekanligini, hayotning bamisoli uzviy halqalar kabi ketma-ket 
bog„lanishini anglash, tarixdan xulosa chiqarib, bugungi kun uchun tо„g„ri 
yо„l tanlash, ota-bobolarimizning rо„hi poklariga hurmat bilan qarash, milliy 
qadriyat va an‟analarimizni toptashga yо„l qо„ymaslik, ularni kо„z 
qorachig„idek asrash demakdir”.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning 2011 yilda nashr etilgan 
«О‗zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida» deb nomlangan asari О‗zbekiston 
tarixidagi eng yangi davrni chuqur о‗rganishga kuchli turtki bо‗ldi. Unda 
respublika rahbari sifatida Islom Abdug‗aniyevich Karimovning mustaqillik 
masalasidagi qat‘iy pozitsiyasi aniq tarixiy hujjatlar asosida kо‗rsatib berilgan.U 
davlat yetakchisi sifatida eng mashaqqatli davrda о‗z faoliyatini boshladi. Hali 
Sovet Ittifoqi о‗z kuchini saqlab, repressiv siyosatini davom ettirar, ammo, shunga 
qaramay, chuqur tanazzul yoqasiga kelib qolgan, kishilar orasida kelajakka 
ishonchsizlik va vahima kayfiyati hukmron edi. Bunday murakkab sharoitda 
odamlarni kutilmagan zarbalardan himoya qilish, tushkun ruhiy vaziyatdan olib 
chiqish, ularda ertangi kunga bо‗lgan ishonch hissini qaror toptirish g‗oyat muhim 
edi. 
Sirasini aytganda, ushbu kitob - eski tizimni buzish paytida, erkin va mustaqil 
hayot yо‗lida paydo bо‗lgan savollarga nisbatan javoblarni о‗z ichiga oladi. Shu 
jihatdan ham u juda kо‗p faktik va tahliliy materiallarni о‗z ichiga olgan 
ensiklopedik asardir. Kitobga kiritilgan har bir tarixiy hujjatda о‗sha tashvishli 
zamonning ritmi seziladi, muallifning о‗sha tarixiy voqealarga dahldorligi va 
bevosita ishtirokchisi sifatidagi munosabati aks ettiriladi. Bir sо‗z bilan aytganda, 
ushbu kitob yaqin о‗tmish tarixining haqiqiy tasvirini tо‗la aks ettirigani bilan ham 
qadrlidir. 
Kо‗plab milliy-tarixiy maktablarda mamlakatning zamonaviy tarixining 
boshlanishi uning xorijiy hukmronlikdan ozod bо‗lganligi va mustaqil milliy 
davlat tashkil topishi bilan belgilanadi. Zamonaviy tarixni davrlashtirishga boshqa 
yondashuvlar tarafdorlari «hozirgi zamon» atamasida hozirgi zamon bilan bevosita 
bog‗liq bо‗lgan davrni nazarda tutadilar. Ular XX asr tarixi yoki hozirgi tarix 
haqida gapirishni afzal kо‗radilar. 
Mustaqillik yillarida О‗zbekiston tarixshunosligi muhim о‗zgarishlarga 
uchradi. Sovet partiyasi mafkurasining rad qilinishi munosabati bilan u yangi 
bosqichga о‗tdi, ijtimoiy rivojlanish ehtiyojlari oldiga yangi nazariy va uslubiy 
darajani egallash, yangi ilmiy yо‗nalishlarni ishlab chiqishni boshlash vazifasi 
qо‗yildi. 
Kо‗pgina mutaxassislarning fikriga kо‗ra, О‗zbekistonning zamonaviy tarixi 
1989 yildan boshlanadi. Mazkur sana bilan bog‗liq voqealar - sovet totalitar 
tuzumining sо‗nggi о‗n yilligidan boshlab chuqur inqiroz pallasiga kirganligi, 


xususan, respublikalarning milliy, iqtisodiy, ijtimoiy manfaatlariga e‘tibor 
kuchayganligi bilan xarakterlanadi. О‗zbekiston tarixidagi ushbu murakkab davrda 
siyosiy sahnada yangi shakllangan yetakchi - Islom Abdug‗aniyevich Karimov 
paydo bо‗ldi. Uning oqilona siyosati tufayli respublikaning manfaatlari himoya 
qilindi, mamlakatni siyosiy va iqtisodiy inqirozdan, ichki va tashqi mojarolardan 
qutqarish mumkin bо‗ldi. I.A.Karimov davlat rahbari sifatida faoliyat boshlagan 
kundan boshlab, milliy mustaqillik g‗oyasini ilgari surdi va nihoyat, 1991 yil 
avgust oyida О‗zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi e‘lon qilindi. 
Suveren davlat sifatida О‗zbekistonning eng yangi tarixi butun insoniyat 
tarixiy taraqqiyotining yangi bosqichiga tо‗g‗ri keladi va shuning uchun ham u 
zamonamizning global voqealari bilan chambarchas bog‗liq bо‗lgan eng yangi 
tarixning ajralmas qismiga aylandi. 
Tarixdan ma‘lumki, kо‗plab xalqlarning mustaqillikka erishishi, ularning 
nafaqat yangi shakllangan davlatlari tarkibini, balki xalqaro maqomini ham 
о‗zgartirgan va bu «yaqin tarix» tushunchasini belgilashda muhim omillardan biri 
bо‗lgan. 
Bu о‗rinda, yangi va zamon va makon о‗rtasidagi tarixiy davrni bir voqea 
sodir bо‗lgan sana bilan emas (juda katta miqyosda bо‗lsa ham), balki jamiyatning 
turli sohalaridagi sifat о‗zgarishini kо‗rsatadigan hodisa va jarayonlarning umumiy 
miqyosi doirasida aniqlash kerak. 
Yuqorida aytilganlrdan kelib chiqib, О‗zbekistonni mustaqil rivojlanishining 
mohiyati, mazmuni va ahamiyatini baholab, mamlakat yaqin tarixini quyidagi 
bosqichlarga bо‗lish mumkin.

Download 2,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish