Nashrga ruxsat etaman


О„zbekiston va xalqaro tashkilotlar



Download 2,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/142
Sana10.03.2022
Hajmi2,11 Mb.
#488087
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   142
Bog'liq
2 5235669793587075505

О„zbekiston va xalqaro tashkilotlar.
О‗zbekistonning tashqi siyosatida 
mintaqalararo xavfsizlikni ta‘minlashda xalqaro tashkilotlar faoliyatidan, ularning 
dasturlaridan ham keng foydalanishi istiqbolli natijalarni kо‗rsatdi. Kо‗pgina 


mintaqaviy tashkilotlar, chunonchi, NATO, Islom konferensiyasi, Qо‗shilmaslik 
harakati va boshqalar bilan ham samarali hamkorliklar yо‗lga qо‗yildi. 
О‗zbekiston 1992 yil 10-martda Shimoliy Atlantika hamkorligi kengashi 
(1991 yil tuzilgan)ga a‘zo bо‗lib kirdi. 1994 yil iyul oyida О‗zbekiston NATOning 
―Tinchlik yо‗lidagi hamkorlik‖ Dasturiga qо‗shildi. Bu dasturiga qо‗shilish 
tо‗g‗risidagi hujjatning О‗zbekiston tomonidan imzolanishi 1994 yil 
respublikaning xalqaro tuzilmalarga integratsiyalashuvi jarayonida yangi bosqichni 
boshlab berdi. 1995 yil 16-avgustda О‗zbekiston NATO bilan xavfsizlik 
tо‗g‗risidagi bitimni imzoladi. 
NATOning ―Tinchlik yо‗lidagi hamkorlik‖ dasturga kо‗ra, О‗zbekiston 
harbiy qismlari Shimoliy Korolina (AQSh)dagi dengiz piyodalari poligonida 
о‗tkazilgan harbiy mashqlarda, О‗zbekiston hududida amerikaliklar bilan 
о‗tkazilgan desantchilarning ―Ultrabalans-96‖ harbiy mashqlarida qatnashdilar. 
Shuningdek, Respublika harbiy bilim yurti talabalari 1997 yil Norvegiyada 
о‗tkazilgan ―Kooperativ bankers-97‖ mashqlarida ham ishtirok etdi. Bu kabi 
hamkorliklar jangchilarimiz uchun о‗ziga xos mahorat maktabi, tajriba bо‗lib, 
ularning jangovarlik qobiliyatini oshirishlariga yordam berdi. 1999 yil 23-25-aprel 
kunlari I.A.Karimov Shimoliy Atlantika Ittifoqi qoshidagi «Tinchlik yо‗lida 
hamkorlik» dasturining a‘zosi sifatida NATOning 50 yillik yubiley tantanalarida 
qatnashdi. О‗zbekistonning «Tinchlik yо‗lida hamkorlik» Dasturida ishtiroki 
Markaziy Osiyo mintaqasida kollektiv xavfsizlik va barqarorlikning keng tizimini 
vujudga keltirishni rejalashtirishda О‗zbekistonning ishtirokini kafolatladi. 
Prezidentimiz ta‘biri bilan aytganda, ―NATO bilan hamkorlik qilish harbiy-siyosiy 
voqealardan xabardor bо‗lib turish, bu uyushma doirasida amalga oshirilayotgan 
tadqiqotlar va ishlanmalardan bahramand bо‗lish uchun imkon berar edi‖. NATO 
Bosh kotibi X.Solana va AQSh ning NATO dagi doimiy vakili R.Xanterning 
О‗zbekistonga tashriflari О‗zbekiston va mazkur tashkilot о‗rtasidagi tinchlik 
yо‗lidagi siyosatining hamohang ekanligini ham kо‗rsatdi. Hozirda 
О‗zbekistonning NATO bilan о‗zaro aloqalari har yili ikkala tomondan 
tasdiqlanadigan Individual hamkorlik dasturi orqali amalga oshiriladi. 
О‗zbekiston Respublikasi Qо‗shilmaslik harakati, Islom konferensiyasi 
tashkiloti (1996 yil 2-oktabrda a‘zo bо‗lgan) kabi mintaqaviy tashkilotlar bilan 
ham samarali aloqalar о‗rnatdi. Bular orasida, ayniqsa, yuzdan ortiq a‘zoga ega 
Ikkinchi jahon urushidan keyin paydo bо‗lgan Qо‗shilmaslik harakati tomonidan 
olib borilayotgan siyosat О‗zbekiston tashqi siyosatining asosiy tamoyillariga, 
xalqaro kelishmovchiliklarni tinch yо‗l bilan hal qilish, turli harbiy-siyosiy bloklar 
faoliyatida qatnashmaslik, tinchliksevarlik kabi yо‗nalishlarga tо‗la mos keladi. 
О‗zbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvida Yevropa Ittifoqi 
bilan hamkorlik muhim ahamiyat kasb etdi. Mazkur Ittifoq bilan hamkorlik uchun 


tuziladigan bitim bо‗yicha ishlar respublikada 1995 yildan boshlangan bо‗lib, bu 
muzokaralar 1996 ilga qadar davom etdi. Bu muzokaralarning natijasi о‗laroq, 
О‗zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi о‗rtasida «Sheriklik va hamkorlik tо‗g‗risida»gi 
bitim 1996 yil 21-iyunda Italiyaning Florensiya shahrining ―Fortezza de basso‖ 
qal‘asida Yevropa Ittifoqiga kiruvchi olti davlat rahbarlarining yig‗ilishida 
О‗zbekistonning Birinchi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan imzolandi. Mazkur 
bitim 1999 yil 1-iyulda ratifikatsiya qilinib, kuchga kirdi. Yevropa Ittifoqi bilan 
hamkorlik О‗zbekistonning xavfsizligi va taraqqiyotini ta‘minlovchi muhim 
omillardan biri bо‗lib xizmat qilmoqda. Yevropa Ittifoqi TASIS dasturi doirasida 
О‗zbekistonga texnikaviy yordam ham kо‗rsatadi. 
О‗zbekiston mustaqil davlat sifatida sayyoramiz ozon qatlamini muhofaza 
qilish bо‗yicha Vena Konvensiyasiga, ozon qatlamini kamaytiradigan moddalar 
haqidagi Monreal Protokoliga, atrof-muhitga ta‘sir etuvchi vositalarni harbiy yoki 
boshqa dushmanlik maqsadida qо‗llashni taqiqlovchi Konvensiyaga, Yadro 
qurolini tarqatmaslik haqidagi shartnomaga qо‗shilgan. 

Download 2,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish