Nashrga ruxsat etaman


Amaldagi tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasi – bu davlatimiz tashqi siyosatining



Download 2,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/142
Sana10.03.2022
Hajmi2,11 Mb.
#488087
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   142
Bog'liq
2 5235669793587075505

Amaldagi tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasi – bu davlatimiz tashqi siyosatining 
fundamental prinsiplari va strategik ustuvor yо„nalishlarini, xalqaro maydondagi 
maqsad va vazifalarini, о„rta va uzoq istiqbolda О„zbekiston milliy manfaatlarini ilgari 
surish mexanizmlarini belgilab beradigan qarashlarning yaxlit tizimidir



О‗zbekistonda tashqi savdo bilan shug‗ullanuvchi firmalarning maxsus 
tizimi ham shakllantirildi. Respublikada diplomatik ishlar uchun, xalqaro huquq va 
tashqi iqtisodiy aloqalarda faoliyat yuritadigan mutaxassislar tayyorlashga katta 
e‘tibor berildi. Shu maqsadda, 1992 yil 23-sentabrda О‗zbekiston Respublikasi 
Prezidentining Farmoniga kо‗ra, Toshkentda Jahon iqtisodi-yoti va diplomatiya 
universiteti tashkil etildi. Shuningdek, О‗zbekiston Respublikasi Prezidenti 
huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi va boshqa universitetlarda 
tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyat sohasi uchun mutaxassis kadrlar 
tayyorlash yо‗lga qо‗yildi. 
О‗zbekiston tashqi siyosatida iqtisodiy omillarning xal qiluvchi ahamiyatga 
ega bо‗lishi muhimdir. Mamlakatimiz mana shu muhim sohani о‗zlashtira borib, 
о‗z mustaqilligini uning eng jiddiy yо‗nalishi bо‗lgan iqtisodiyotda 
mustahkamlamoqda. 
Shuni e‘tirof etish lozimki, О‗zbekistonning tashqi siyosiy va iqtisodiy 
sohalarda, shuningdek, о‗zbek diplomatiyasining yangi bosqichga kо‗tarilishi va 
erishilayotgan muvafaqqiyatlarni qо‗lga kiritilishida О‗zbekiston Respublikasi 
Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev rahbarligida yur-timizda amalga 
oshirilayotgan keng kо‗lamli islohotlar, inson huquqlari va erkinliklarini tiklash 
borasidagi demokratik о‗zgarishlar yurtimizning xalqaro miqyosda nufuzini 
yanada oshishiga xizmat qilmoqda. 
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning ―Xalq davlat idoralariga emas, 
davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi kerak‖, ―Biz yaqin qо‗shni davlatlar bilan 
raqobatchi emas, hamkormiz‖ degan g‗oyalari, О‗zbekistonda borayotgan ichki va 
tashqi siyosatimizning asosini tashkil qilmoqda. 
Shavkat Mirziyoyev Prezident sifatida о‗z faoliyatining dastlabki kunlaridan 
boshlab, uning rahbarligida ijtimoiy siyosiy hayotimizning barcha jabhalarida 
bо‗lgani kabi tashqi siyosat va diplomatiya sohasida mavjud muammolarni bartaraf 
etish, bu sohalarni yangi darajaga olib chiqish borasida bir qator amaliy ishlar 
qilindi. Jumladan, О‗zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimini tubdan 
takomillashtirish maqsadida, shuningdek, 2017-2021 yillarda О‗zbekiston 
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor о‗nalishi bо‗yicha Harakatlar 
strategiyasi va О‗zbekiston Respublikasida Ma‘muriy islohotlar konsepsiyasi 
vazifalariga muvofiq 2018 yil 5-aprelda ―О‗zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar 
vazirligi tizimini tubdan takomillashtirish hamda tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy 
faoliyatning ustuvor yо‗nalishlarini amalga oshirishda uning mas‘uliyatini 
kuchaytirish 
chora-tadbir-lari 
tо‗g‗risida‖ gi
 
PF-5400-sonli 
О‗zbekiston 
Respublikasi Prezidentining Farmoni qabul qilindi. 
Mazkur hujjatga binoan vazirlik tarkibida Tashqi iqtisodiy hamkorlik Bosh 
boshqarmasi tashkil etildi. Vazirlikning Matbuot xizmati Jamoatchilik va OAV 


bilan aloqalar boshqarmasiga aylantirildi. Konsullik boshqarmasi negizida 
Konsullik-huquqiy departamenti (boshqarmasi) sifatida qayta tuzildi. Vazirlik 
tarkibida yangi Chet ellik vatandoshlar bilan hamkorlik aloqalari boshqarmasi ish 
boshlashi belgilandi. 
2019 yil 28-yanvarda esa «Investitsiya va tashqi savdo sohasida boshqaruv 
tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari tо‗g‗risida»gi PF-5643-sonli О‗zbekiston 
Respublikasi Prezidentining Farmoniga kо‗ra О‗zbekiston Respublikasi Tashqi 
savdo vazirligi va Investitsiyalar bо‗yicha davlat qо‗mitasi negizida ―О‗zbekiston 
Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi‖
 
tashkil etildi. Shu kuni 
ushbu Farmonning ijrosi yuzasidan, shuningdek, chet el investitsiyalari keng jalb 
etilishini ta‘minlash hamda respublikaning tashqi savdo faoliyatini rivojlantirish 
bо‗yicha ishlar samaradorligini oshirish maqsadida «О‗zbekiston Respublikasi 
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi faoliyatini tashkil etish tо‗g‗risida»gi PQ-
4135-sonli О‗zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori ham qabul qilindi. 
Hozirda О‗zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining asosiy va 
birinchi darajali vazifalaridan biri - bu 2017-2021 yillarda О‗zbekiston 
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yо‗nalishi bо‗yicha Harakat-lar 
strategiyasini samarali amalga oshirishdir. Mazkur maqsadga erishish uchun tashqi 
siyosat idorasi oldiga quyidagi vazifalar qо‗yilgan: 
-mamlakatimizda olib borilayotgan demokratik islohotlarni hamda jamiyat va 
iqtisodiyotni modernizatsiya qilishning jadal jarayonlarini samarali amalga oshirish 
uchun 
mumkin 
qadar 
qulay 
tashqi 
siyosiy 
shart- 
sharoitlarni shakllantirish; 
-
Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni saqlash hamda mustahkamlash, 
mintaqani xavfsizlik va barqaror taraqqiyot hududiga aylantirish; 
-
jahonning yetakchi davlatlari va xalqaro tashkilotlar bilan strategik hamkorlik 
qilishning mutanosib, kо‗p qirrali tizimini shakllantirish; 
-
О‗zbekistonning mintaqa va jahon siyosatidagi muhim yо‗nalishlar bо‗yicha 
xalqaro tashabbuslarini ilgari surish; 
-
mahalliy mahsulotlarning eksport hajmini oshirish va geografiyasini 
kengaytirish borasida kо‗maklashish; 
-
milliy iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga tо‗g‗ridan tо‗g‗ri xorijiy 
investitsiyalar va ilg‗or texnologiyalarni jalb etishda faol kо‗mak berish; 
-
mamlakatimizga turistlarni jalb qilish hamda turistik infratuzilmani 
rivojlantirish borasida amaliy yordam kо‗rsatish; 
-
transport va tranzit sohasidagi hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirishda 
hamda xalqaro transport kommunikatsiyalari va logistik infratuzilmalarni 
rivojlanishiga kо‗maklashish; 
-
xorijdagi О‗zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslari huquq va 


manfaatlarining har tomonlama himoya qilinishini ta‘minlash; 
-
xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan aloqalarni mustahkamlash. 
Bugungi kunda О‗zbekiston Respublikasining diplomatik aloqalari kengayib 
bormoqda. Xususan, 2018 yil 26-yanvarda Nepal Federativ Demokratik 
Respublikasi bilan О‗zbekiston о‗rtasida diplomatik aloqalar о‗rnatishi bilan 
xorijiy davlatlar bilan о‗rnatilgan diplomatik aloqalar rо‗yxati 134 tani tashkil etdi. 
Davlatimiz mustaqilligini e‘tirof etgan, biroq diplomatik aloqalarni о‗rnatmagan 
davlatlarning rо‗yxati esa 12 tani tashkil etadi. Toshkentda 44 ta mamlakat 
elchixonasi, 1 ta Yevropa Ittifoqi delegatsiyasining elchixonasi, 1 ta Afg‗oniston 
Islom Respublikasining Termiz shahridagi Bosh konsulxonasi, 9 ta faxriy 
konsullar, 1 ta diplomatik statusga ega bо‗lgan Rossiya Federatsiyasi savdo 
vakolatxonasi, 10 ta xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalari, 5 ta xalqaro 
moliyaviy tashkilotlar vakolatxonasi, 11 ta xorijiy davlatlarning hukumat va 
hukumatlararo tashkilotlarining vakolatxonalari ishlab kelmoqda. 
Xorijiy mamlakatlarda О‗zbekiston Respublikasining 35 ta elchixonasi, 3 ta 
xalqaro tashkilotlarda (BMT, Jeneva shahridagi BMT bо‗linmasi, YUNESKO) 
doimiy vakolatxonasi, 14 Bosh konsulxonasi va 1 ta О‗zbekiston Respublikasining 
Mozori-Sharif shahridagi konsulxonasi mavjud. О‗zbekiston 100 dan ortiq xalqaro 
tashkilotlarning a‘zosi bо‗lib, mamlakatimiz turli xil kо‗p tomonlama hamkorlik 
tuzilmalari bilan о‗zaro sherikchilik aloqalarini rivojlantiradi. 

Download 2,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish