О‗zbekiston tashqi siyosati va diplomatiyasida Yaqin va О‗rta Sharq
mamlakatlari Turkiya, Pokiston, Eron, Misr, Hindiston kabi davlatlar bilan
hamkorlik aloqalari alohida о‗ringa egadir.
О‗zbekiston Turkiya davlati bilan dо‗stlik va hamkorlikni mustahkamlashga
qaratilgan siyosatni izchil davom ettirmoqda. 1992 yil 4-martda
davlatlarimiz
о‗rtasida diplomatik aloqalar о‗rnatildi. Shu yilning о‗zida 28-aprel kuni
О‗zbekistonda Turkiya elchixonasi, Turkiyada esa О‗zbekiston elchixonasi ochildi.
Hozirda mamlakatimiz Turkiya bilan har taraflama manfaatli hamkorlikni,
jumladan, savdo-sotiq, investitsiya va turizm kabi sohalarda rivojlantirishga katta
e‘tibor qaratmoqda. Turkiya О‗zbekistonning muhim savdo sheriklaridan
hisoblanib, Rossiya, Xitoy va Qozog‗istondan keyin tо‗rtinchi о‗rinda turadi.
2017 yil 25-26-oktabr kunlari О‗zbekiston Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev
davlat tashrifi bilan Turkiyada bо‗ldi. Oliy darajadagi muzokaralar chog‗ida
О‗zbekiston va Turkiya о‗rtasida siyosiy,
savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy,
transport-kommunikatsiya va boshqa sohalardagi hamkorlikni kengaytirish, global
hamda mintaqaviy tahdid va xatarlarga qarshi birgalikda kurashish masalalari
muhokama qilinadi, xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashiladi.
Tashrif yakunlari bо‗yicha davlat rahbarlarining Qо‗shma bayonoti qabul
qilindi. О‗zbekiston va Turkiya о‗rtasidagi hamkorlikning turli sohalariga doir 20
dan ziyod hujjat imzolandi. Shuningdek, savdo, sanoat, bank-moliya, investitsiya,
turizm,
yuk tashish, sog‗liqni saqlash, kadrlar tayyorlash, mudofaa va boshqa
sohalardagi hamkorlikni rivojlantirishga doir qator hujjatlar qabul qilindi.
2018 yil 29-aprel-1-may kunlari Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab
Toyib Erdо‗g‗on davlat tashrifi bilan О‗zbekistonga keldi. Kо‗ksaroyda о‗tgan
samarali muzokaralar yakunida ikki tomonlama hujjatlar imzolandi. Jumladan, ikki
davlat Prezidentlari О‗zbekiston bilan Turkiya о‗rtasidagi strategik hamkorlikni
yangi bosqichga kо‗tarishga qaratilgan Qо‗shma bayonotni imzoladilar. Ikki
mamlakat hukumatlari, vazirlik va idoralari о‗rtasida
iqtisodiyot, savdo-sotiq,
transport-logistika, sanoat, energetika, ilm-fan, ta‘lim, turizm va boshqa sohalarga
doir 24 ta hujjat imzolandi. Tashrif doirasida yaqin yillarda tovar ayirboshlash
hajmini 5 milliard dollarga yetkazish bо‗yicha aniq tadbirlar yuzasidan kelishib
olindi. Bundan tashqari, Toshkentda bо‗lib о‗tayotgan О‗zbekiston - Turkiya
biznes-forumida 50 dan ortiq yangi investitsiyaviy loyihalar bо‗yicha
umumiy
qiymati 3 milliard dollarga teng bitimlar imzolandi.
О‗zbekiston Misr, Hindiston va Pokiston bilan savdo-sotiq, transport-
kommunikatsiya, turizm kabi sohalarda har taraflama va о‗zaro manfaatli
hamkorlikni rivojlantirishni qо‗llab-quvvatlab kelmoqda. 2018 yilda ushbu davlat
rahbarlarining О‗zbekistonga qilgan davlat tashriflari mamlakatlarimiz о‗rtasidagi
aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishda muhim bо‗lganligini e‘tirof etish lozim.
2018 yil 4-5-sentabr kunlari Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh
Said Husayn Halil as-Sisiy О‗zbekistonga rasmiy tashrif bilan keldi. Tashrifning
asosiy voqealari 5-sentabr kuni bо‗lib о‗tdi. Muzokaralar
yakunida ikki davlat
rahbarlarining Qо‗shma bayonoti qabul qilindi. Mamlakatlarimiz hukumatlari va
vazirliklari о‗rtasida yoshlar, sport, investitsiya, qishloq xо‗jaligi sohalarida
hamkorlik tо‗g‗risida Anglashuv memorandumlari, ta‘lim, turizm, arxeologiya,
madaniy meros va muzeyshunoslik sohalarida hamkorlikni
rivojlantirishga doir
bitimlar, ikki mamlakat Tashqi ishlar vazirliklari о‗rtasida 2019-2020 yillarga
mо‗ljallangan hamkorlik dasturi va Adliya vazirliklari о‗rtasida hamkorlik mem-
orandumi imzolandi. Shuningdek, hukumatlar о‗rtasida daromad va mol-mulk
soliqlari bо‗yicha ikkiyoqlama soliqqa tortishni bartaraf etish hamda soliqlarni
tо‗lashdan bosh tortish va bо‗yin tovlashning oldini olish tо‗g‗risida bitim singari
jami 12 ta hujjat imzolandi.
2018 yilning 30-sentabr - 1 oktabr kunlari Prezident Shavkat Mirziyoyev
davlat tashrifi bilan Hindistonda bо‗ldi. Davlat tashrifi doirasidagi asosiy tadbirlar
1-oktabr Nyu-Dehli shahrida bо‗lib, Prezidentimiz Hindiston Respublikasi
Prezidenti Ram Nath Kovind, Bosh vaziri Narendra Modi va Hindistonning boshqa
rahbarlari bilan uchrashuv va muzokaralar о‗tkazdi. Muzokaralar yakunida
О‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Hindiston
Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modining Qо‗shma bayonoti qabul qilindi.
Tashrif doirasida ilmiy-texnik hamkorlik, qishloq xо‗jaligi, turizm, harbiy ta‘lim,
adliya, sog‗liqni saqlash va tibbiyot fani,
farmatsevtika, kosmosni tinch
maqsadlarda tadqiq etish va boshqa sohalarga doir 20 ta hujjat imzolandi.
Shuningdek, Andijon viloyati va Gujarat shtati, Samarqand shahri va Agra
shaharlari о‗rtasida hamkorlikni yо‗lga qо‗yish, erkin farmatsevtika zonasini
tashkil etish tо‗g‗risida bitimlar imzolandi.
Do'stlaringiz bilan baham: