rahbariyati va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi. Shu kuni Prezident Donald Tramp
Oq Uyga ilk bor tashrifi munosabati bilan О‗zbekiston Prezidenti Shavkat
Mirziyoyevni qabul qildi. Muzokaralar avval tor doirada, keyin keng doirada
bо‗lib о‗tdi. Uchrashuv yakunlari bо‗yicha Qо‗shma bayonotda ―AQSh va
О‗zbekiston о‗rtasida strategik hamkorlikning yangi davri boshlangani‖ ma‘lum
qilindi.
Tashrifning uchinchi kuni, ya‘ni 17-may kuni ham uchrashuv, muzokara va
tadbirlarga boy bо‗ldi. Davlatimiz rahbari AQSh
Davlat kotibi Maykl Pompeo
bilan uchrashdi. Tashrif davomida Shavkat Mirziyoyev Pentagonda AQSh
mudofaa vaziri Jeyms Mettis bilan muzokara olib bordi. Uchrashuvda mudofaa va
xavfsizlik, harbiy va harbiy-texnikaviy hamkorlik sohalaridagi munosabatlarni
rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.
Davlatimiz rahbari Kapitoliyda AQSh Kongressi Vakillar palatasi a‘zosi
Trent Kelli boshchiligidagi kongressmenlar bilan uchrashdi. Muloqotda ikki
mamlakat о‗rtasida parlamentlararo aloqalarni yanada rivojlantirish masalalari
muhokama qilindi.
2018 yil 17-may kuni Shavkat Mirziyoyev Jahon banki prezidenti Jim Yong
Kim bilan uchrashib, mamlakatimiz iqtisodiyotiga investitsiya jalb etish bо‗yicha
muzokara olib bordi. Davlatimiz rahbari uzoq yillardan
buyon Jahon bankida
ishlayotgan yurtdoshlarimiz bilan ham kо‗rishdi. Uchrashuvda istiqbolli loyihalar
kо‗rib chiqilib, bog‗dorchilikni rivojlantirish, shoshilinch tibbiy yordam tizimini
takomillashtirish, sanoat korxonalarining energiya tejamkorligini oshirish,
isitish
tarmoqlarini modernizatsiya qilish, moliyaviy konsultativ xizmat kо‗rsatish kabi
sohalarga oid bitimlar imzolandi.
О‗zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning AQShga tashrifi mobaynida,
2018 yil 17-may kuni AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo
masalalari bо‗yicha yordamchi о‗rinbosari Elis Uells va О‗zbekiston tashqi ishlar
vaziri Abdulaziz Komilov ta‘lim sohasida ikkita shartnoma imzoladilar.
Birinchi memorandumga kо‗ra, О‗zbekiston va AQSh universitetlari
о‗rtasida uch yillik almashuv dasturini yо‗lga qо‗yish, ikkinchidan,
ingliz tilini
о‗rganishga qaratilgan dasturlarni О‗zbekiston bо‗ylab moliyalashtirishni
kengaytirish kо‗zda tutildi. Tashrif amaliy natijasi sifatida О‗zbekiston va AQSh
kompaniyalari о‗rtasida 20 dan ortiq yirik shartnomalar imzolandi.
2018 yil 23-oktabr kuni О‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat
Mirziyoyev amaliy tashrif bilan mamlakatimizda bо‗lib turgan Amerika Qо‗shma
Shtatlari savdo vaziri Uilbur Rossni qabul qildi. Uchrashuvda savdo, sanoat va
yuksak
texnologiyalar, qishloq xо‗jaligi, logistika va transport sohalarida aniq
loyiha va dasturlarni rо‗yobga chiqarishda amaliy hamkorlik masalalari kо‗rib
chiqildi.
Prezident Sh.M.Mirziyoyevning AQShga rasmiy tashrifidan sо‗ng, Markaziy
Osiyo mintaqasida barqarorlik, ayniqsa, Afg‗onistonda xavfsizlik va mustahkam
rivojlanishni ta‘minlash, tinchlik va barqarorlikni о‗rnatishning istiqbollari
masalasida о‗zaro delegatsiyalar tashrifi amalga oshirildi. Xususan, 2018 yil 10-
dekabr kuni AQShning Afg‗onistondagi yarashish masalalari bо‗yicha maxsus
vakili Zalmay Halilzod yetakchiligidagi idoralararo delegatsiya О‗zbekistonga
tashrif buyurdi. 2018 yilning 10-dekabr kuni Zalmay
Halilzod boshchiligidagi
delegatsiyani О‗zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov
qabul qildi. Suhbatda AQSh Prezidentining milliy xavfsizlik bо‗yicha yordamchisi
о‗rinbosari, Janubiy va Markaziy Osiyo bо‗yicha katta direktor Liza Kyortis ham
ishtirok etdi. О‗zbekiston - Amerika kun tartibining keng qamrovli masalalari
hamda mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashildi. Uchrashuvda
Afg‗onistonda yirik infratuzilma loyihalarini rо‗yobga chiqarish va boshqa
ijtimoiy-iqtisodiy obektlarni bunyod etishning amaliy jihatlari ham kо‗rib chiqildi.
Do'stlaringiz bilan baham: