Shuni ta‘kidlash lozimki, MDH a‘zolari xalqaro
tinchlik va xavfsizlikni
ta‘minlash, harbiy xarajat va qurollarni qisqartirish chora-tadbirlarini amalga
oshirishda hamkorlik qilishga kelishib olganlar. Shu bilan birga, tomonlar bir-
birining yadrosiz zona va betaraf davlat statusiga erishish uchun olib boriladigan
harakatlarini qо‗llab-quvvatlab kelmoqdalar.
О„zbekistonning Rossiya bilan hamkorligi.
Mustaqil О‗zbekistonning
bugungi
xavfsizligi, barqarorligi, taraqqiyotida Rossiya Federatsiyasi bilan
hamkorlik aloqalari muhimdir. Zotan, Rossiya va О‗zbekistonning bugungi
manfaatlari har qachongidan ham о‗zaro uyg‗unlik kasb etmoqdaki, bu holat uzoq
istiqbolni qamrab olishi tabiiy.
Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab ikki davlat о‗rtasida diplomatik,
iqtisodiy, madaniy, ilmiy-texnikaviy aloqalar о‗rnatildi. 1992 yil 20-martda
О‗zbekiston va Rossiya о‗rtasidagi diplomatik aloqalar о‗rnatildi. Istiqlol yillarida
ikki davlat rahbarlari hamda hukumat boshliqlarining dо‗stona, rasmiy va amaliy
safarlarini uyushtirish keng yо‗lga qо‗yildi. О‗zbekiston Rossiya bilan 2004 yil 16-
iyunda imzolangan Strategik sherikchilik tо‗g‗risida
Shartnoma, 2005 yil 14-
noyabrdagi Ittifoqchilik munosabatlari tо‗g‗risidagi Shartnoma hamda 2012 yil 4-
iyunda imzolangan О‗zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi о‗rtasida
Strategik hamkorlikni chuqurlashtirish tо‗g‗risidagi Deklaratsiya, 2014 yil 10-
dekabrda О‗zbekiston Respublikasi hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi
hukumati о‗rtasida «2015-2019-yillarga mо‗ljallangan iqtisodiy hamkorlikni
rivojlantirish va chuqurlashtirishning asosiy yо‗nalishlari tо‗g‗risida»gi Bitim
asosida dо‗stona munosabatlarni har tomonlama
mustahkamlash va tadrijiy
rivojlantirish ikki mamlakat manfaatlariga tо‗liq mos keladi hamda mintaqadagi
tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
О‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 4-5-
aprelida Rossiyaga qilgan davlat tashrifini О‗zbekiston-Rossiya hamkorligida
yangi ufqlar ochgan tarixiy tashrif sifatida baholash lozim. Yurtboshimiz mazkur
uchrashuv davlatlarimiz о‗rtasidagi hamkorlikning yangi bosqichini boshlashda
muhim qadam bо‗lishini qayd etdi.
Ikki davlat rahbarligidagi rasmiy delegatsiyalari ishtirokidagi muzokaralarda
esa savdo-iqtisodiyot, neft-kimyo, transport kommunikatsiyalari, qishloq xо‗jaligi,
madaniyat, turizm, mehnat migrantlariga munosib sharoitlar
yaratish va boshqa
sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalariga e‘tibor qaratildi.
2017 yilda berilgan rasmiy ma‘lumotlarga kо‗ra, О‗zbekistonda rossiyalik
ishbilarmonlar bilan hamkorlikda tuzilgan 961 qо‗shma korxona faoliyat
yuritmoqda. Mamlakatimizda Rossiyaning 64 firma va kompaniyasi vakolatxonasi
ochilgan. Rossiya Federatsiyasi hududida о‗zbekistonlik hamkorlar bilan 569
tadbirkorlik subekti tashkil etilgan bо‗lib, ular samarali faoliyat olib bormoqda.
О‗zbekiston iqtisodiyotiga jalb qilingan Rossiya investitsiyalari 6 milliard
dollardan oshdi.Tashrif chog‗ida umumiy qiymati 16 milliard dollarlik 50 dan ortiq
hukumatlararo va idoralararo hujjatlar,
jumladan, mintaqalararo hamkorlikni
kengaytirish, О‗zbekiston fuqarolarini Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtinchalik
mehnat qilishga uyushgan holda jalb etish, migratsiya sohasida mutasaddi organlar
vakolatxonalarini ta‘sis etish, sog‗liqni saqlash, tibbiy ta‘lim va fan, turizm
sohalarida hamkorlik bо‗yicha kelishuvlar imzolandi. Tarixiy ahamiyat kasb etgan
ushbu
tashrif
О‗zbekiston va Rossiya о‗rtasidagi strategik sheriklik
munosabatlarini yangi bosqichga olib chiqdi.
Atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish sohasida ham
О‗zbekiston va Rossiya о‗rtasida hamkorlik aloqalari muhim ahamiyat kasb etadi.
Xususan, 2018 yil 7-sentabrda ikki davlat hukumatlari о‗rtasida ―О‗zbekiston
Respublikasi hududida atom elektr stansiyasini qurishda hamkorlik tо‗g‗risida‖
bitim imzolandi. Bu hujjatga kо‗ra Rossiya loyihasi bо‗yicha
tarkibida suv
energetika reaktori asosida har bir energoblok quvvati 1,2 GVt gacha bо‗lgan 2 ta
energoblokli AESni loyihalashtirish va qurish bо‗yicha hamkorlikni kо‗zda tutadi.
AES qurilishi tamal toshi 2018 yil 19 oktabr kuni Navoiy viloyatida о‗tkazilishi
rejalashtirildi.
2018 yil 19-oktabrda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin davlat
tashrifi bilan mamlakatimizda bо‗ldi. Kо‗ksaroy qarorgohida bо‗lib о‗tgan
muzokaralarda О‗zbekiston va Rossiya о‗rtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy
hamkorlikni yanada rivojlantirish, transport-kommunikatsiya, energetika, qishloq
xо‗jaligi, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi
aloqalarni yanada
mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Tashrif asosida jami 20 ta hujjat im-
zolandi. Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin ramziy tugmani bosib,
mamlakatimizdagi birinchi atom elektr stansiyasi qurilishi loyihasining
boshlanishiga start berdi. Davlat rahbarlari norasmiy uchrashuv ham о‗tkazdi.
Hozirda О‗zbekiston va Rossiya xalqaro maydonda bir-birini qо‗llab-quvvatlab
kelmoqda. Ikki mamlakatning tashqi siyosat, tashqi savdo,
mudofaa mahkamalari
о‗rtasida о‗zaro maslahatlashuvlar izchil amalga oshirilmoqda. Mamlakatlarimiz
BMT, ShhT, MDH kabi xalqaro tuzilmalar doirasida ham samarali hamkorlik qilib
kelmoqda. mustahkamlashga qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: