lik va hamkorlik tashkilotining yakunlovchi hujjatiga mustaqil О‗zbekiston ham
imzo chekdi.О‗zbekistonning YXHTga a‘zo bо‗lishi
bilan respublikamizning
Yevropa davlatlari, shuningdek, AQSH, Kanada bilan
har tomonlama hamkorlik
qilishiga yangi yо‗l ochildi. Birinchi Prezident Islom Karimovning 1992 yil 9-10-
iyulda bо‗lgan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining majlisida ishtirok
etishi, unda nutq sо‗zlashi va Kengashning 10-iyulda bо‗lgan majlisiga raislik
qilishi О‗zbekistonning jahon hamjamiyatida munosib о‗rin egallayotganligining
dalilidir. Islom Karimov о‗z nutqida u yoki bu mintaqada tinchlik va barqarorlikni
buzishi mumkin bо‗lgan mojarolar yaqinlashuvining oldini olish, mojarolarga yо‗l
qо‗ymaslik muammolari bilan shug‗ullanuvchi
mexanizmni vujudga keltirish,
tashkilot qabul qilayotgan hujjatlarning ta‘sirchanligini oshirish, mojarolarni oldini
olish ruhida bо‗lishini ta‘minlash takliflarini ilgari surdi.
1994 yil 28-sentabrda О‗zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti
I.A.Karimov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Vilgelm
Xoinkni hamda ushbu tashkilot katta mansabdor shaxslari Qо‗mitasi
ijrochi raisi
Paulo Brunini qabul qildi. 28-30-sentabr kunlari esa YXHTning umumiy
muammolariga bag‗ishlangan xalqaro seminar bо‗lib о‗tdi. 1995 yil iyulda
Toshkentda YXHTning Markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqalar bо‗yicha
mintaqaviy byurosi ochildi va faoliyat kо‗rsatmoqda.
1996 yilning 2-3-dekabr kunlari Lissabonda YXHTning navbatdagi sammiti
bо‗lib о‗tdi. Sammitda XXI asr arafasida yalpi xavfsizlik
modelini yaratish
xususida munozara bо‗ldi. О‗zbekistonning mojarolar yuz berib turgan hududlarga
yashirincha qurol-yarog‗ yetkazib berishni tо‗xtatish, YXHTning Markaziy Osiyo
faoliyatini kuchaytirishga oid takliflari ma‘qullandi va Lissabon deklaratsiyasida
hujjatlashtirildi.
1999 yil 18-19-noyabrda Istanbulda YXHTga a‘zo 54 davlat boshliqlarining
oliy darajadagi uchrashuvi bо‗lib о‗tdi. Uchrashuv ishida О‗zbekiston Respublikasi
Prezidenti Islom Karimov boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi qatnashdi.
Ushbu sammitda Yevropa Xavfsizlik Xartiyasi, Istanbul Deklaratsiyasi, Yevropada
oddiy qurollar tо‗g‗risidagi
yangilangan Shartnoma, YXHTga a‘zo mamlakatlar
о‗rtasida о‗zaro ishonch va xavfsizlikni mustahkamlash bо‗yicha chora-tadbirlar
tо‗g‗risidagi Vena hujjati imzolandi.
О‗zbekiston YXHT rahnamoligidagi kо‗plab anjumanlarga
mezbonlik qilib
kelmoqda. О‗zbekistonning YXHT bilan hamkorligi mustahkamlanib, о‗sib
borayotganligiga 2002 yil 6-7-aprel kunlari YXHT Bosh kotibi Y.Kubishning
mamlakatimizga tashrifi ham yaqqol misol bо‗la oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: