iqtisodiy aloqalar;
ikkinchidan,
ilmiy-texnikaviy aloqalar;
uchinchidan,
madaniy
aloqalar, turizm, sport va boshqa sohalardagi xalqaro aloqalardir.
Mamlakatimizning jahon xalqlari tinchligi va xavfsizligiga mos bо‗lib
tushgan tinchliksevar tashqi siyosati, uni jahonda mustaqil davlat sifatida tezda tan
olinishini ta‘minladi.
Natijada, О‗zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini tan
olgan davlatlarning soni 165 taga yetdi.
AAmaldagi
1991 yil 26-sentabrda birinchi diplomatik aloqalar yо‗lga qо‗yildi. Mazkur
sanada mustaqil О‗zbekiston bilan Avstraliya о‗rtasida
diplomatik aloqalar
о‗rnatildi. 1992 yildan boshlab О‗zbekiston tashqi siyosati va diplomatiya
sohasidagi faoliyati yanada kengayib, birin-ketin Xitoy, Yaponiya, Angliya, AQSh,
Fransiya, Turkiya, Germaniya singari jahonning rivojlangan yetakchi davlatlari
bilan diplomatik, iqtisodiy va madaniy aloqalari yо‗lga qо‗yildi.
Mustaqillikning
dastlabki yillaridan boshlab, О‗zbekiston Respublikasida
tashqi siyosiy va iqtisodiy aloqalarini ta‘minlab beruvchi vazirliklar va muassasalar
shakllantirildi. О‗zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining funksiyalari va
faoliyatining yо‗nalishlari tubdan о‗zgartirildi. 1991 yil 7-sentabrda qabul qilingan
О‗zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan О‗zbekiston
Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tashkil etildi.
О‗zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalarni yо‗lga qо‗yish
maqsadida 1990 yil 12-iyulda tashkil etilgan О‗zbekiston
SSR Tashqi savdo va
xorijiy aloqalar davlat qо‗mitasi 1992 yil 12-fevralda
Tashqi iqtisodiy aloqalar
vazirligiga aylantirildi. 1992 yil 21-fevralda esa О‗zbekiston Respublikasi
Prezidentining ―О‗zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy
aloqalar vazirligini
tashkil etish tо‗g‗risida‖ gi
Farmoni qabul qilindi. 2002 yil 21-oktabrdagi ―Tashqi
iqtisodiy aloqalar sohasida boshqaruv tizimini yanada erkinlashtirish va
takomillashtirish tо‗g‗risida‖ gi О‗zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoniga asosan bu vazirlik О‗zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar
agentligi etib qayta tashkil qilindi. О‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005
yil 21-iyuldagi «Tashqi iqtisodiy va savdo aloqalari, xorijiy investitsiyalarni jalb
etish sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish tо‗g‗risida»gi Farmoniga kо‗ra,
2005 yil 26-iyulda О‗zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy
aloqalar agentligi
О‗zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo
vazirligi etib qayta tashkil qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: