Samarqand shahridagi Forumlar majmuasida О‗zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev bilan BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishning uchrashuvida
global xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash, ijtimoiy-iqtisodiy
va ekologik
muammolarni hal etish masalalari kо‗rib chiqildi. Tashrif davomida BMT bosh
kotibi Qoraqalpog‗istonga tashrif buyurdi. Dastlab, Nukus shahriga, sо‗ng
Mо‗ynoqda Orol dengizining «kemalar qabristoni»ni kо‗zdan kechirib, mahalliy
aholi bilan uchrashdi.
2017 yil 19-sentabr kuni О‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat
Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida
ishtirok etib, oliy
darajadagi yalpi majlisida nutq sо‗zladi. Shavkat Mirziyoyev о‗z nutqida,
―...Jamiyatimizda siyosiy faollik ortib bormoqda, barcha sohalarda chuqur islohotlar
amalga oshirilmoqda. Ulardan kо‗zlangan maqsad - «Inson manfaatlari hamma
narsadan ustun» degan oddiy va aniq-ravshan tamoyilni amalga oshirish ustuvor
ahamiyatga ega bо‗lgan demokratik davlat va adolatli jamiyat barpo etishdan
iborat‖, - deb ta‘kidlagan holda quyidagi asosiy yо‗nalishlarga jahon e‘tiborini
qaratishni sо‗radi:
•
О‗zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, ularning ma‘no-mazmuni,
maqsadi va ahamiyati;
•
Birlashgan Millatlar Tashkilotining xalqaro munosabatlardagi hal qiluvchi roli,
bu tashkilotni bosqichma-bosqich isloh qilish, Xavfsizlik Kengashini bugungi kun
talablariga
mos
ravishda
kengaytirish,
tashkilotni
boshqarish
tizimini
takomillashtirish;
•
О‗zbekiston о‗zining tashqi siyosatida Markaziy
Osiyo mintaqasiga ustuvor
ahamiyat qaratayotgani, qо‗shni davlatlar bilan hamkorlik aloqalarining
rivojlanishi;
•
Markaziy Osiyoda suv resurslaridan oqilona foydalanish, Orol fojiasi
oqibatlarini bartaraf etishda xalqaro miqyosdagi say-harakatlarni faol birlashtirish;
Afg‗on muammosini hal etish bо‗yicha konstruktiv ruhdagi fikr va takliflar;
•
Terrorizm va ekstremizm bilan bog‗liq tahdidlarga
qarshi kurashishda faqat
ularning oqibatlari bilan emas, balki sabablari bilan ham kurashish;
•
О‗zbekiston hech qanday blokka qо‗shilmaslik maqomini saqlab qolgan
holda, ochiq muloqotga tayyor ekani, barcha sheriklari bilan tinchlik, taraqqiyot va
farovonlik yо‗lida hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdorligi.
2017 yil 19-sentabr kuni О‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat
Mirziyoyev BMTning Nyu-York shahridagi bosh qarorgohida Birlashgan Millatlar
Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan ham uchrashdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu nutqining amaliy natijasi sifatida 2017
yil 10-11-noyabr kunlari Samarqand shahrida BMT shafeligida Markaziy Osiyoda
xavfsizlik va barqaror rivojlanishni ta‘minlash bо‗yicha ―Markaziy Osiyo: yagona
tarix
va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yо‗lidagi hamkorlik‖
mavzuida xalqaro konferensiya bо‗lib о‗tdi.
2018 yil 21-noyabrda Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh kotibining о‗rinbosari,
Jeneva shahridagi BMT bо‗linmasi bosh direktori Maykl Myullerni qabul qildi.
Muloqot davomida О‗zbekiston Respublikasining BMT bilan ikki tomonlama
hamkorligi rivojlanishining istiqbollari, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy kun
tartibidagi muhim masalalar muhokama qilindi. Orol iqtisodiy halokati oqibatlarini
yumshatish bо‗yicha dunyo hamjamiyati harakatlarini birlashtirishga alohida
e‘tibor qaratildi.
Tomonlar, shuningdek, Afg‗onistondagi vaziyatni tartibga
solishda har tomonlama kо‗mak kо‗rsatish masalalarini kо‗rib chiqdi.
Hozirgi kunda О‗zbekiston rahbariyati va BMT rahbarlarining say-
harakatlari natijasida О‗zbekistonda BMT Taraqqiyot dasturi (BMT TD),
Aholishunoslik jamg‗armasi (YUNFPA), Bolalar jamg‗armasi (YUNISEF), Jahon
sog‗liqni saqlash tashkiloti (JSST), Ta‘lim, fan va madaniyat masalalari bо‗yicha
tashkiloti (YUNESKO), Narkotiklar va jinoyatchilik bо‗yicha boshqarmasi (NJB),
OIV/OITS bо‗yicha birlashgan dasturi (YUNEYDS), Gender tengligi hamda
ayollar huquq va imkoniyatlarini kengaytirish masalalari bо‗yicha tuzilmasi (BMT
- ayollar), Markaziy Osiyoda Preventiv
diplomatiya mintaqaviy markazi, Xalqaro
mehnat tashkiloti (XMT), BMTning oziq-ovqat va qishloq xо‗jaligi tashkiloti
hamda BMT TD rahbarligi ostida BMT kо‗ngillilar dasturi vakolatxonalari tashkil
topgan. Tashkilot faoliyatiga, shuningdek, mamlakatda vakolatxonalari bо‗lmagan
agentliklar, jumladan, BMTning Sanoatni rivojlantirish tashkiloti, Atrof-muhitni
muhofaza qilish dasturi va BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi kо‗mak
bermoqda. Jahon banki ham mustaqil ixtisoslashgan muassasa sifatida BMTning
О‗zbekistondagi faoliyatiga muhim hissa qо‗shib kelmoqda.
Xullas, mustaqillikning dastlabki yillaridan
to shu kunga qadar
mamlakatimizning ushbu tashkilot bilan hamkorlik aloqalari yaxshi yо‗lga
qо‗yildi. Butun dunyoda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiyotga kо‗maklashish, yadro quroli tarqalishining oldini olish
yо‗lida jahon hamjamiyatini birlashtirishga intilayotgan BMT О‗zbekistonning
xalqaro miqyosda tinchliksevar tashqi siyosatini keng qо‗llab-quvvatlab kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: