2-MAVZU: IX-XII ASRLARDAGI SHARQ UYG’ONISH DAVRIDA
PEDAGOGIC FIKIRLAR MADANIYATI
Reja:
1.
IX-XII asrlardagi Sharq Uyg’onish davri va uning asosiy
omillari.
2.
Islom madaniyati.
3.
Sharq Uyg’onish davri allomalari ijodining jahon fani
ravnaqidagi o’rni.
1.
IX-XII asrlardagi Sharq Uyg’onish davri va uning asosiy
omillari
IX-XII asrlarda
jahon sivilizatsiyasi tarixiy taraqqiyoti davomida birinchi
bo’lib Sharq mo’’jizasi ro’y berdi. Huddi shu davrda qadimgi Sharq
mintaqasiga mansub Misr, Mesopotamiya, Hindiston, Хitoy, Markaziy Osiyo
hududlari insoniyat sivilizatsiyasining ilk sarchashmalari sifatida shakllandi.
Bu jarayonda ko’p ming yillik tarixga ega bo’lgan, Sharqu g’arbni
tutashtirgan, o’zaro madaniyat, dinu e’tiqod, urf-odat, udumu an’analar
almashinuvini ta’minlagan Buyuk ipak yo’lining o’rni katta bo’ldi. Ko’xna
Хitoy yurtidan boshlangan bu yo’l avvalo Sharq xalqlarini bir-biri bilan
bog’lagan, ularning iqtisodiy, savdo-sotiq, madaniy-ma’naviy aloqalarini
rivojlanishi, turmush tarzini boyishida sezilarli turtki bo’ldi. Sharq xalqlari,
elatlarining tili, urf-odatlari, musiqasi, to’yu ma’rakalari, diniy rasm-
rusumlaridagi o’xshashlik jihatlarining mavjudligi ham buni yaqqol isbot etadi.
Shuningdek, VII asrdan boshlab arab dunyosida islom bayrog’i ostida
vujudga kelgan xalifalik davlati qisqa tarixiy davr ichida ko’pgina hududlarni
egallab ularda nisbatan yagona iqtisodiy va madaniy-ma’naviy makon yaratishga
muvaffaq bo’ldi. Bunday hollar Sharq Uyg’onish jarayoniga va ayniqsa arab
dunyosi bilan tutashgan Markaziy Osiyo hududlariga ham jiddiy ta’sir
ko’rsatdi.
IX-XII asrlar davomida xalifalik tasarrufidagi mamlakatlarda islomiy
hamda dunyoviy madaniyatning yonma-yon rivojlanishiga keng yo’l
ochildiki, bu hol oxir-oqibatda Sharq dunyosini ulkan o’zgarishlarga olib
keldi.
Bu jarayonlarning kuchayishiga shu yurtlar hukmdorlarining o’z
davrining donishmand, bilimdon, ilmparvar siymolari sifatida adolat, qonun
ustuvorligiga amal qilib faoliyat yuritganligi ham ma’lum ma’noda turtki
bergan. Buni xalifalik hukmdorlari sanalgan Хorun ar-Rashid, Ma’mun yoxud
ona yurtimiz ma’rifatparvar hukmdorlari: Nasr, Ismoil Somoniylar, Mahmud
G’aznaviy, Malikshox,
Nizomulmulk, Jaloliddin Manguberdi, Amir Тemur, Mirzo
Ulug’bek, Husayn Boyqaro, Bobur Mirzo va boshqalar timsolida aniq-ravshan
ko’rishimiz mumkin.
Sharq Uyg’onish davri o’z mazmun-mohiyatiga ko’ra quyidagi muhim
omillar va hususiyatlari bilan yaqqol ajralib turadi:
1) madaniyatda dunyoviy bilimlar, islom axkomlari, aqidalarning
rivojlanishi, ularning jamiyat va odamlar manfaatlari nuqtai nazaridan talqin
etilishi;
2) turli davlatlar, xalqlarning (arab, eron, yunon, xind, turkiy va bosh.)
madaniy meroslari, qadriyatlari, yutuqlari, ma’naviy boyliklaridan foydalanish
zarurligi;
3) astronomiya, matematika, minerologiya, jug’rofiya, kimyo va boshqa
tabiiy fanlar rivoji;
4) uslub (metodologiya)da ratsionalizm (oqilonalik), mantiqning
ustuvorligi;
5) insoniy do’stlik, yuksak axloqiylik g’oyalarining targ’ib etilishi, komil
inson shaxsini shakllantirib voyaga yetkazish;
6) falsafa va tarix fanlarining o’sishi;
7) adabiyot, musiqa, badiiy madaniyat, notiqlikning keng rivoj topishi;
8) bilimdonlik, donishmandlikning qomusiy tarzda keng e’tirof topishi va
x.k.
Uyg’onish davrining bu asosiy omillari va xususiyatlari dunyoviy ilm-fanning
rivojlanishi - bular, shubxasiz, bashariyat ma’naviyati yuksalishining muxim
o’lchov mezonlari bo’lib xizmat qildi.
Sharq madaniy Uyg’onishining o’ziga xos muhim jihatlaridan biri
shundaki, bu yuksalish jarayoni bir vao’tning o’zida xam xalifalik markazida
va xamda uning Mag’ribu Mashriq tomonlarida (Ispaniya Andaluziyasi va
Markaziy Osiyoda) birdek namoyon bo’ldi. Masalan: IX asr boshlarida
xalifalik poytaxti Bag’dod bir vaqtning o’zida xam islomiy madaniyat va
dunyoviy madaniyat, ilmu urfonning yirik markazlaridan biriga aylangandi.
Хalifa Хorun ar-Rashid (766-809) davrida Bag’dodda tashkil etilgan “Bayt ul-
Hikmat” (Donishmandlar uyi) – olimlarni birlashtirgan ilmiy muassasa xalifa
Ma’mun (819-833) davrida yanada rivojlandi. Unda ko’p sonli qomusiy bilim
soxiblari ilmu fanning turli-tuman soxalari bo’yicha yirik tadqiqotlar olib
borganlar. Bu allomalarning talay qismi o’rta Osiyo namoyandalari
bo’lganliklari esa biz uchun aloxida g’urur va e’tiborga arzirlidir.
Bu davr dunyoviy ilm-fanining yana bir muxim yutug’i shundaki, arab
va ajam olimlarining katta sa’y-xarakatlari, izlanishlari tufayli yunon, lotin,
misr, xind tillarida bitilgan son-sanoqsiz noyob ilmiy asarlar, qo’lyozmalar
topilib, ular arab tiliga tarjima etildi va xayotga ijodiy tatbiq etila bordi.
Arab mag’ribi - Ispaniya Andaluziyasida ham Sharq Uyg’onishiga xos
musulmon madaniyatining yuksak rivojlanganligi ko’zga tashlandi. Bu davr
moddiy madaniyatining gultojisi - bu Grenada (Andaluziya poytaxti)
tepaligida bunyod topgan Alxambra me’moriy obidalar majmuidir. Bu yerda qad
rostlagan arku qasrlar, masjidlar, maqbaralar, inshootlar, ularning ichki va
tashqi bezalishi, ularning peshtoqiga yuksak mahorat bilan bitilgan Qur’on
surasiga oid xusnixat yozuvlari bu madaniyatning takrorlanmas namunalaridir.
Amerikaning taniqli adibi Vashington Irving ham bu majmuidan olgan xayratini
o’z asari «Algambra»da batafsil bayon etgani tasodifiy emasdir. Bu zamin
hududlarining qulay jug’rofiy mintaqa, Buyuk ipak yo’lining muhim
chorraxalarida joylashganligi, uning g’arb bilan Sharqni bog’lashdagi alohida
o’rni, qolaversa, ulug’ ajdodlarimizning bunyodkorlik, yaratuvchilik salohiyati -
bular uning bag’rida asta-sekin xayratlanarli moddiy va ma’naviy o’zgarishlarni
yuzaga chiqara bordi. Bu narsa dastavval, shaharlar hayotining o’sishida, savdo-
sotiq, hunarmandchilik rivojida, musulmon madaniyatiga oid mahobatli
inshootlar, minoralar, maqbaralar, saroylar qurilishida, ipak yo’li chorrahalari
bo’ylab ko’plab karvonsaroylar, rabotu sardobalar (ularning qoldiqlari Malik,
Mirzacho’l va boshqa joylarda ham uchraydi) bunyod etilishida yaqqol ko’rindi.
Masalan: birgina Хorazm vohasida X asrda 10 ta shahar mavjud bo’lgan bo’lsa,
ХI asrga kelib ularning soni 40 taga yetadi. Buxoroning «qubbatul islom» -
islom dinining gumbazi degan nomga, Samarqandning esa yer yuzining sayqali
nomiga sazovor bo’lganligi fikrimiz dalilidir.
Тarixchi Abu Mansur As-Saolibiy (961-1038) ham Buxoro haqida mana
bu so’zlarni bejiz aytmagan bo’lsa kerak: «Buxoro Somoniylar davridan
boshlab, shon-shuxrat makoni, saltanat ka’basi va zamonasining ilg’or kishilari
jamlangan, yer yuzi adiblarining yulduzlari porlagan hamda o’z davrining
fozillari yig’ilgan joy edi».
1
X asr ikkinchi yarmidan boshlab faoliyat yurita boshlagan Хorazm
Ma’mun akademiyasi ham bu yurtning ilmu urfoni ravnaqida alohida o’rin tutdi.
Yurt obodonchiligi, mamlakat ravnaqi, qudratining yuksalishi davomida
unda tabiiy ravishda ma’naviy madaniyat, ilm-fan rivoji xam jadal sur’atlar bilan
ko’zga tashlanib bordiki, buning natijasida bu zamindan o’z elini shon-sharafga
burkagan, dunyoga dovrug’ taratgan mashhur allomalar, ilm-fan yulduzlari
yetishib chiqdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |