Nashrga ruxsat etaman



Download 2,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/142
Sana10.03.2022
Hajmi2,11 Mb.
#488087
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   142
Bog'liq
2 5235669793587075505

2.
 
О„zbekistonning Mustaqil Davlatlar Hamdо„stligidagi о„rni va mavqeining 
oshib borishi.
Hozirda xalqaro tinchlik va xavfsizlikni ta‘minlash bо‗yicha jahonda turli 
xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar mavjud bо‗lib, ularning orasida Mustaqil 
Davlatlar Hamdо‗stligi (MDH) о‗ziga xos kо‗rinishga ega. MDH mintaqaviy 
tashkiloti - bir butun davlat yoki federatsiya emas, harbiy blok ham emas. Balki u 
о‗zining mohiyatiga kо‗ra, ixtiyoriy iqtisodiy uyushma sifatida vujudga kelgan 
davlatlar hamdо‗stligining yangicha shakli va kо‗rinishidir. 
Mustaqil Davlatlar Hamdо‗stligi 1991 yil 8-dekabrdagi MDHni tuzish 
tо‗g‗risidagi bitim hamda 1991 yil 21-dekabrdagi mazkur bitim protokoli asosida 
tashkil qilingan. Ushbu xalqaro tuzilmaga О‗zbekiston Respublikasi, Ozarbayjon 
Respublikasi, Armaniston Respublikasi, Belarus Respublikasi, Qozog‗iston 
Respublikasi, Qirg‗iziston Respublikasi, Moldova Respublikasi, Rossiya 
Federatsiyasi, Turkmaniston, Tojikiston Respublikasi va Ukraina a‘zo hisoblanadi. 
Ijroiya qо‗mita MDHning ijro etuvchi, ma‘muriy va muvofiqlashtiruvchi 
idorasidir. 
1993 yil 22-yanvarda Minskda MDH Davlatlari boshliqlarining navbatdagi 
kengashida MDHning Nizomi qabul qilingan bо‗lib, unda davlatlarning о‗zaro 
hamkorlik aloqalarining holati va yо‗nalishlari belgilab qо‗yildi.Hozirda 
О‗zbekiston MDH doirasidagi kо‗p tomonlama hamkorlikda faol ishtirok etib 
kelmoqda. Bu a‘zo mamlakatlar bilan turli sohalardagi aloqalar rivojiga hissa 
qо‗shmoqda. Jumladan, О‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 
2017 yil 10-11-oktabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Sochi shahrida bо‗lib 
о‗tgan MDH Davlat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etdi. 
Sammitning asosiy tadbirlari 11-oktabr kuni bо‗lib о‗tdi. Majlisda 
Hamdо‗stlik 
mamlakatlarining 
Parlamentlararo 
assambleyasi 
faoliyatini 
takomillashtirish, Tashqi ishlar vazirlari kengashi va Iqtisodiy kengashini 


rivojlantirish, kelgusi yillarda MDHning madaniy poytaxtlarini belgilash kabi 
masalalar muhokama qilindi. MDHga a‘zo mamlakatlar davlat rahbarlarining Oila 
instituti va an‘anaviy oilaviy qadriyatlarni qо‗llab-quvvatlash bо‗yicha bayonoti
Hamdо‗stlikda 2019 yilni Kitob yili, 2020 yil
 
1941-1945-yillar Ikkinchi jahon 
urushda qozonilgan g‗alabaning 75 yilligi yili deb e‘lon qilish haqida qaror qabul 
qilindi. 
Hamdо‗stlik mamlakatlarining jinoiy daromadlarni legallashtirish, terrorizm 
va qirg‗in qurollarini tarqatishni moliyalashtirish, korrupsiyaga qarshi kurashish 
sohalaridagi hamkorligiga doir konsepsiyalar ma‘qullandi. Shuningdek, MDH 
mamlakatlari о‗rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan yana qator 
hujjatlar qabul qilindi. 
Sammit doirasida Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti 
Vladimir Putin va Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan 
uchrashdi. Muloqot chog‗ida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish 
masalalari, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr 
almashildi. 
2018 yil 27-28-sentabr kunlari Dushanbe shahrida MDH Davlat rahbarlari 
kengashi majlisida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi. Sammitning asosiy 
tadbirlari 28-sentabr kuni bо‗ldi. Dastlab davlat rahbarlari tor doirada uchrashuv 
о‗tkazdi. Unda Hamdо‗stlik doirasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, 
ushbu xalqaro tuzilma faoliyatini takomillashtirish, mintaqaviy va xalqaro 
masalalar yuzasidan fikr almashildi. Tor doiradagi uchrashuvda 2019 yilda 
MDHga raislik hamda Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisini 
о‗tkazish joyi tо‗g‗risidagi masalalar kо‗rib chiqildi. 
Majlis yakunida MDHga a‘zo mamlakatlar Davlat rahbarlarining 1948-yil 
10-dekabrdagi Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganining 70 
yilligi 
munosabati 
bilan 
bayonoti, 
2019-2023-yillarga 
mо‗ljallangan 
jinoyatchilikka qarshi kurashish bо‗yicha qо‗shma chora-tadbirlar davlatlararo 
dasturi, Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish bо‗yicha 
hamkorlik tо‗g‗risidagi bitim va boshqa hujjatlar qabul qilindi. Shuningdek, 2021-
yilni MDHda arxitektura va shaharsozlik yili deb e‘lon qilish haqida qaror qilindi. 
Jami 16 hujjat imzolandi. 

Download 2,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish