davlatlarining Osiyo qit‘asining kо‗p funksional tuzilmalari
faoliyatida faol va
konstruktiv ravishda pragmatik ishtirok etish istagini belgilaydi. Ular qatoriga
Osiyo taraqqiyot banki (OTB), Islom taraqqiyot banki (ITB) va Iqtisodiy
hamkorlik tashkiloti (IHT) kiradi.
Osiyo taraqqiyot banki
xalqaro moliya instituti bо‗lib, uning a‘zolari
Osiyo-Tinch okeani mintaqasining 48 mamlakati va Yevropaning 7 davlati,
shuningdek, AQSh va Kanadadir. OTBning asosiy faoliyati rivojlanish loyihalarini
moliyalashtirish, mintaqaviy hamkorlik va texnik kо‗mak kо‗rsatishdir.
1990 yillarning о‗rtalarida Markaziy Osiyo respublikalari
iqtisodiyotni
tarkibiy о‗zgartirish va diversifikatsiya qilish dasturlarini amalga oshirish
maqsadida Osiyo Taraqqiyot Bankiga qо‗shildi. OTBning Markaziy Osiyo
mamlakatlari bilan hamkorligi ta‘lim va sog‗liqni saqlash tizimidagi islohotlarni
qо‗llab-quvvatlash,
energetika
sohalarida
ishlab
chiqarish
quvvatlarini
modernizatsiya qilish, temir yо‗l va yо‗l infratuzilmasi,
kommunal xizmatlar,
qishloq xо‗jaligi sektorini о‗zgartirish, moliya sektorini rivojlantirish va shu kabi
sohalarni о‗z ichiga oladi. Shunday qilib, 2010 yilda OTB mintaqa mamlakatlarini
birlashtiruvchi asosiy yо‗lak - A380 avtomobil yо‗lini rekonstruksiya qilish uchun
"CAREC Corridor 2" investitsiya dasturi uchun 600 million dollar miqdoridagi
moliyalashtirish loyihasini ma‘qulladi. Markaziy Osiyo mamlakatlari OTB bilan
Afg‗onistonning energetika tizimini rivojlantirishga kо‗maklashish bо‗yicha
faoliyatni muvofiqlashtirgan va ushbu mamlakatga elektr energiyasini yetkazib
berish uchun bir-biriga bog‗langan qator liniyalarni foydalanishga topshirgan.
OTB Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik (CAREC)
doirasida
mintaqaviy yо‗llarni rivojlantirish loyihasini ham qо‗llab-quvvatladi. Bu - xalqaro
standartlarga mos yо‗llarni qurish, saqlash va ta‘mirlash bо‗yicha yangi iqtisodiy
usullarni joriy etishga imkon berdi. Bundan tashqari, OTB granti evaziga
"О‗zbekiston temir yо‗llari" AJ Afg‗onistonda temir yо‗l liniyasining 75
kilometrlik qismini qurib, ushbu mamlakat shimolida temir yо‗l tarmog‗ini
kengaytirdi.
OTB Markaziy Osiyo mamlakatlarida ta‘lim sohasidagi islohotlarni amalga
oshirishda ham о‗z hissasini qо‗shib kelmoqda. Xususan, 1997
yildan beri OTB
О‗zbekistondagi ta‘lim va kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilishda yordam
kо‗rsatmoqda.
Markaziy Osiyo mamlakatlari va OTB bilan birgalikda sheriklik
strategiyasini 3-5 yilga mо‗ljallangan Hamkorlik tо‗g‗risidagi bitimini ishlab
chiqdilar. Shunday qilib, 2012 yil sentabr oyida О‗zbekiston
hukumati va OTB
2012-2016 yillarda yangi sheriklik strategiyasini qabul qildi. Ushbu strategiya
transport, energetika, kommunal xizmatlar, suv ta‘minoti va moliyaviy
resurslardan foydalanish kabi sohalarni rivojlantirishga qaratilgan.
OTBning
ustuvor yо‗nalishlariga davlat boshqaruvi, mintaqaviy hamkorlik va integratsiya,
xususiy sektorni rivojlantirish, bilimlarni boshqarish,
gender tengligi va iqlim
о‗zgarishi muammolari kiradi va shuningdek, tashkilot Markaziy Osiyo mintaqaviy
iqtisodiy hamkorlik dasturlari orqali mintaqaviy bog‗lanish va savdoni
rivojlantirishni ham qо‗llab-quvvatlaydi.
Ikki tomonlama munosabatlar darajasi dinamika va hamkorlikning keng
doiralari bilan ajralib turadi, bu sо‗nggi yillarda OTBning О‗zbekistondagi
faoliyati hajmi yil sayin oshib borishi bilan tasdiqlanadi. OTB milliy
iqtisodiyotning davlat va xususiy sektorlarini rivojlantirishga
qaratilgan umumiy
qiymati 3,8 milliard dollardan ortiq bо‗lgan 35 ta qо‗shma loyihani ma‘qulladi.
Shuningdek, О‗zbekiston va OTB qayta tiklanadigan va muqobil energiya
manbalarini kengaytirish bо‗yicha hamkorlikni rivojlantirmoqda. Masalan, 2013
yil may oyida OTB va О‗zbekiston о‗rtasida quyosh energiyasini rivojlantirish
bо‗yicha loyihalarni amalga oshirish uchun OTB tomonidan 200 million AQSH
dollar miqdorida mablag‗ ajratishni nazarda tutadigan Xalqaro quyosh energiyasi
tadqiqot institutini tashkil etish tо‗g‗risida Memorandum imzolandi.
Do'stlaringiz bilan baham: