OTBning 2965-uzb sonli ZaYOMI Mintaqaviy avtomobil yo‘llarini rivojlantirish dasturi. 3-FAZA – 2-loyiha Tashqi monitoring BO‘yicha ekspert Osiyo taraqqiyot banki (OTB) O‘zbekiston Respublikasi uchun Mintaqaviy avtomobil yo‘llarini rivojlantirish Dasturi. 3-Faza – 2-Loyiha doirasida zayomni ma’qulladi. 220 million AQSh dollari miqdoridagi zayom MOMIH 2-Yo‘lak Loyihasi doirasida 75 km avtomobil yo‘lini ( A373/4R112 avtomobil yo‘lining 0-75 km qismida) rekonstruksiya qilishni moliyalashtirish uchun sarflanadi. A373/4R112 avtomobil yo‘lining 75 km ni rekonstruksiya qilish 4 bo‘lakli asfalt-beton qoplamasidan tashkil topadi. RYJ Loyihaning ijro etuvchi agentligi (IA) sifatida ishtirok etadi.
Majburiy ko‘chirish oqibatlaridan kelib chiqib, 2-Loyiha A Toifa sifatida tasniflanadi. Ko‘chirish va yer uchastkalarini ajratish rejasining (KYAR) loyihasi Hukumat tomonidan 2012 yil Avgust – Sentabr oylarida yo‘l qismidagi aholini ro‘yxatga olish ma’lumotlari asosida tayyorlangan. KYAR loyihasi OTBning 2009 yildagi Himoya choralari siyosati to‘g‘risidagi Nizomiga muvofiq bo‘lgan ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Loyiha to‘rtta tuman orqali o‘tadi: To‘raqo‘rg‘on, Chust, Pop va Namangan. Ajratilishi talab qilinadigan yer uchastkasining umumiy maydoni 230,5 gektarni tashkil etadi, unga 320 ta uy xo‘jaligi kiradi.
Monitoring ko‘chirish jarayonining ajralmas qismi hisoblanadi. IA faoliyati jiddiy ta‘sirlar yuz berayotgan, chunonchi: 200 va undan ortiq aholi jiddiy oqibatlarga uchraydigan, ular quyidagicha - (i) yashash joyidan jismoniy ko‘chirish yoki (ii) 10% yoki undan ortiq ishlab chiqarish fondiga ta’sir ko‘rsatish sifatida tafsiflanadigan loyihalarda nazorat va tekshiruvlarni talab qiladi. Tashqi monitoringning asosiy vazifalari ko‘chirish maqsadlarini amalga oshrish va ularga erishishni baholashni, turmush darajasinini va hayot kechirishning o‘zgarishini, jabr ko‘rgan aholining iqtisodiy va ijtimoiy bazasining tiklanishini, natijalarning samaradorligini va huquqlarning barqarorligi, oqibatlarni yanada yengillashtirish bo‘yicha choralar zaruriyati masalasini ko‘rib chiqish hamda kelajakda siyosatni ishlab chiqish va rejalashtirish uchun strategik saboqlarni o‘rganishdan iborat. Shuningdek, tashqi monitoring IA salohiyatini mustahkamlash bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirishi ham lozim.
Talab etiladigan xizmatlar yuzasidan batafsil ma’lumot olish uchun, www.cms.adb.org saytiga murojaat qiling.