12-variant Ravshanov Behzod mxvkm-81



Download 18,39 Kb.
Sana08.04.2022
Hajmi18,39 Kb.
#538280
Bog'liq
Grth-Ik86QvNTidC583eIPnvAPVQvRu6


12-variant
Ravshanov Behzod MXVKM-81

  1. Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB) – Osiyo va Tinch okeani mintaqasi mamlakatlarining rivojlanish loyihalari uchun uzoq muddatga kredit ajratish bilan shugʻullanadigan yirik davlatlararo moliya institutlaridan biri hisoblanadi. Osiyo Taraqqiyot Banki 1966-yilning 22-avgustida 15 ta mamlakat tomonidan shartnoma imzolanishi bilan tashkil etilgan. Bank oʻzining oʻz kredit faoliyatini 1966-yil 19-dekabrda boshladi. Osiyo taraqqiyot bankini tuzishdan maqsad – Osiyo va Tinch okeani mintaqasidagi rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotiga yordam berishdan iborat. Bugungi kunda OTBga 67 ta a’zo davlat Osiyo, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi mamlakatlari, shuningdek, Yevropa va Amerikaning sanoati rivojlangan 19 ta davlati hisoblanib, OTB vakillari har yili ushbu tashkilotga a’zo va faol rivojlanayotgan davlatlarning birida OTB Boshqaruvi, ushbu mamlakatning moliya vazirligi va markaziy banki rahbarlari ishtirokida uchrashuv oʻtkazadi. OTB shtab – kvartirasi Manila shahrida (Filippin) joylashgan boʻlib, OTB prezidenti 5 yil muddatga saylanadi.

OTB faoliyatining asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat: – investitsiya loyihalarini moliyalashda uzoq muddatli va imtiyozli shartlar bilan 40 yilgacha boʻlgan kreditlarni yiliga 1%dan berish; tijorat kreditlarini 3 yillik imtiyozli davr bilan 15 yilgacha berish;


– rivojlanayotgan a’zo mamlakatlarga ularning iqtisodiy rivojlanish rejalarini muvofiqlashtirish, shuningdek, moliyalashga tayyorlash va loyihalarni hamda rivojlanish dasturini amalga oshirishga yordam berish;
– xalqaro moliyaviy institutlar, milliy davlat va xususiy tashkilotlar bilan investitsiyalarni birgalikda amalga oshirishga taalluqli masalalarda hamkorlik qilish;
– mintaqada iqtisodiy oʻsish va hamkorlikni ragʻbatlantirish uchun zarur ekspert xizmati va maslahatlarning turli shakllarini tashkil etish.

OTB quyidagi sohalarni oʻz ichiga olgan loyihalarni moliyalashtiradi:


– qishloq xoʻjaligi va qishloq xoʻjalik mahsulotlarini qayta ishlash;
– avtomobil va temir yoʻllarni ta’mirlash va qayta qurish;
– energetika;
– ta’lim;
– transport va aloqa tizimi
– togʻ-kon sanoati;
– sogʻliqni saqlash va ekologiya;
– turizm infratuzilmasini rivojlantirish;
– iste’mol tovarlarini ishlab chiqarishni rivojlantirish;
– bank tizimini rivojlantirish.

Osiyo Taraqqiyot Bankining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:


– Osiyo mamlakatlari iqtisodiy rivojiga va hamkorligiga koʻmaklashish;
– davlat va xususiy fondlardan kapital qoʻyilmalarning oʻsishini ta’minlash;
– hududiy savdoning rivojlanishiga olib keluvchi iqtisodiy rejalarni tartibga solishda ishtirok etish; – tashqi manbalardan moliyalashtiriladigan loyihalarni tayyorlash va bajarishga texnik yordam berish;
– a’zo mamlakatlarning tashqi savdosiga va iqtisodiy rivojlanishiga yordam berish.

  1. Xalqaro valyuta-kredit va moliya tashkilotlari tomonidan bajariladigan asosiy funksiyalarga quyidagilar kiradi:

1. Axborot funksiyasi. Xalqaro moliya tashkilotlari jahon xoʻjaligi rivojlanishining umumiy tendensiyalari hamda biror bir davlatning iqtisodiy holati toʻgʻrisida ma’lumotlar olish mumkin boʻlgan axborot markazi rolini bajaradi. Xalqaro valyuta-kredit tashkilotlari oʻtkazilgan xalqaro konferensiyalar, yigʻilishlar, tadqiqotlar natijalari boʻyicha statistik materiallarni nashr etib boradi.
2. Maslahatchi funksiyasi. Xalqaro moliya tashkilotlari mamlakatlarning hukumatlariga valyuta-kredit va moliya siyosatini oʻtkazish boʻyicha maslahatlar berib boradi.
3. Tartibga solish funksiyasi. Xalqaro moliya tashkilotlari xalqaro moliya munosabatlarini tartibga solish funksiyasini ham bajaradi. Jumladan, XVF toʻlov balansida muammolarga ega boʻlgan mamlakatlarga vaqtinchalik moliyaviy yordam koʻrsatadi. XVF mamlakatlarga milliy valyuta kursini bir maromda saqlash uchun ham bir necha bor vaqtinchalik yordam koʻrsatgan.
4. Bashorat qilish funksiyasi. Xalqaro moliya tashkilotlari milliy va jahon iqtisodiyoti rivojlanishining bashoratini amalga oshiradi. Xalqaro moliya tashkilotlari universallik darajasi va maqsadlariga bogʻliq holda jahon ahamiyatiga ega boʻlgan, mintaqaviy, shuningdek, faoliyati jahon xoʻjaligining ma’lum bir sohasini qamrab oluvchi tashkilotlarga ajratiladi.

  1. XMK turli xil tarmoqlardagi loyihalarni moliyalashtiradi, ularga, qishloq xoʻjaligi, togʻ sanoati, ishlab chiqarish, turizm va boshqalarni kiritish mumkin. Ammo birinchi navbatdagi yoʻnalish, xususiy sektor boʻlib hisoblanadi. XMK faoliyatining toʻrtta asosiy yoʻnalishini ajratib koʻrsatish mumkin:

– xususiy sektor loyihalarini moliyalashtirish;
– rivojlanayotgan mamlakatlardagi tashkilotlarga xalqaro moliya bozorlaridan kapital jalb qilishda yordamlashish;
– ta’lim, sogʻliqni saqlash va infratuzilmani rivojlantirishga yoʻnaltirilgan xususiy investitsiyalar yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etish, shuningdek, innovatsion moliyaviy mahsulotlardan foydalanish va salohiyatni oshirish orqali ichki moliya bozorlarini rivojlantirish;
– hukumatlarga maslahat va texnik yordam koʻrsatish.
XMK rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlardagi yuqori rentabelli korxonalarni kreditlaydi. XMK kreditlarining muddati odatda 15 yildan oshmaydi, oʻrtacha muddat esa 3-7 yildir.
XMKning xususiyati shundaki, uning mablagʻlaridan investitsiya olish uchun korxona va tashkilotlarga kredit berilganda, JTTB va XRA talab qilgandek a’zo mamlakatlarga hukumat kafolatlari talab qilinmaydi. Bu xususiy kompaniyalar uchun ular faoliyati ustidan davlat 54 nazoratidan saqlaydi va rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotiga chet el kapitalini jalb qilish manfaatlariga xizmat qiladi.
Download 18,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish