Tayanch tushunchalar:
Inson, shaxs, individ, antropologiya, inson — biologik
mavjudot, inson — ijtimoiy mavjudot, inson faolligi, inson qadri, introvertiv,
ekstrovertiv, inson ehtiyojlari, manfaatlari,maqsadi, ideallari, inson huquqi, barkamol
inson, praksiologiya, faoliyatning atributlari.
Takrorlash uchun savollar.
1.
Sharq va G’arb falsafasida inson muammosi.
2.
Falsafiy antropologiyaning paydo bo’lishi va rivojlanishi, predmeti va
vazifalari.
3.
Insonga introvertiv va ekstrovertiv yondashuvlar, biologizatorlik va
sotsiologizatorlik konsepsiyalari.
4.
Hayotning mazmuni va unda insonning vazifasi.
5.
Inson borlig’ida o’zlikni anglashning namoyon bo’lishi.
215
9-MAVZU.
GLOBALLASHUV VA UMUMBASHARIY MUAMMOLARNING
FALSAFIY JIHATLARI
Global muammolarni yechishda falsafaning roli
10
.
Og‘ir va murakkab
vazifalarni yechishda insonga fan doim yordam bergan. Bir paytlar erishib
bо‘lmaydigan, inson imkoniyatlari darajasidan tashkarida bо‘lib tuyulgan
narsalarning aksariyatiga aynan fan yordamida erishilgan. Ayni shu sababli global
muammolar xavf solayotgani hakidagi ilk ogohlantirishlarning о‘ziyok odamlarni
fanga о‘z e’tiborini karatishga, olimlarni esa, bu muammolarni yechish yо‘llarini
izlashga majbur kildi.
Yuzaga kelgan vaziyatning о‘ziga xosligi va yangiligi shundan iboratki, har
kanday muayyan muammolarni ayrim fan yoki bir necha fanlar majmui doirasida
о‘rganish mumkin bо‘lsa, inson, jamiyat va tabiatni ularning kо‘p sonli о‘zaro
aloqalari va о‘zaro bog‘likliklarida kamrab oluvchi murakkab tizimdan iborat global
muammolarni tadkik etishga ayrim fanlar kodir emas. Zero, о‘z tadqiqoti obyekti u
yoki bu ayrim muammoni boshqa global muammolar kontekstida talkin qilishga
muayyan fanlar doirasi torlik qiladi. Shu sababli, u yoki bu fan kaysi muayyan
vazifalarni yechishidan kat’i nazar, ular bilan bog‘lik jarayonlar va hodisalarga,
ya’ni butun vaziyatga, shu jumladan oxir-okibatda olingan natijalarga nisbatan
falsafiy yondashuv doimo tadqiqotning zaruriy sharti hisoblanadi.
Har kanday ayrim fanlar muayyan boskichda о‘z tadqiqot predmetini falsafiy
jihatdan anglab yetishga u yoki bu darajada muhtoj bо‘ladi. Muayyan fan predmetiga
va insoniyat oldida turgan muammolarga nisbatan bunday keng yondashuvsiz
fundamental kashfiyotlar qilish ham, umuman fanning rivojlanishi ham mumkin
emas. Shunday qilib, ayni holda, bir tomondan, masalalarning falsafiy yechimi
tо‘g‘risida, boshqa tomondan esa falsafa fanlarning keng doirasi о‘zaro aloqa
qilishini rag‘batlantirishi, bunda ularning fanlararo birlashuvi muhim о‘rin tutishi
tо‘g‘risida sо‘z yuritiladi.
Garchi falsafa odamlarning kundalik hayoti va amaliyotidan ancha uzoqda
bо‘lgan haddan tashqari umumiy masalalarni о‘rganadi, degan fikr mavjud bо‘lsada,
10
Ushbu mavzu f.f.n.,dots. T.T.Malikov tomonidan nashr etilgan Globallashuv va global
muammolar.(О‘quv-uslubiy qо‘llanma. Namangan 2016. –B.60) asosida tayyorlandi.
216
u (falsafa) global muammolarni yechishda muhim rol о‘ynaydi. Zero, umumiy
nazariyalar, ba’zan bilimning aksariyat muayyan sohalariga qaraganda kо‘proq
samara berishi mumkinligi yaxshi ma’lum.
Albatta, falsafa siyosiy va boshqa qarorlar qabul qilish jarayoniga muqarrar
tarzda va bevosita ta’sir kо‘rsatadi, deb aytish uncha о‘rinli bо‘lmaydi. Zero, uning
bosh vazifasi dunyoqarashni shakllantirish va shu tariqa amaliy qarorlar ishlab
chiqish jarayoniga bilvosita ta’sir kо‘rsatishdan iborat. Uning vazifasi global
muammolarning tabiiy-ilmiy va texnikaviy jihatlarini bevosita о‘rganishdan emas,
balki boshqa fanlar taklif qiladigan tegishli yechimlarning falsafiy, metodologik,
madaniy va axloqiy negizini ta’minlashdan iborat.
Falsafiy tadqiqot muayyan fanlarning mazkur sohadagi yutuqlariga tayanib,
masalaning ayrim jihatlarini mavhumlashtiradi va global muammolarni ular bir-
birini qay darajada taqozo etishi nuqtai nazaridan о‘rganadi. Boshqacha aytganda,
falsafiy yondashuv global muammolarni ularning ijtimoiy ahamiyati va ijtimoiy
belgilanganligi nuqtai nazaridan yaxlit о‘rganishni nazarda tutadi. Bunday tadqiqot,
avvalo, global muammolarning mohiyatini aniqlashni nazarda tutadi, chunki
ularning asl tabiati va genezisini aniqlash bu muammolarning ilmiy va amaliy
yechimini topish yо‘llarini kо‘p jihatdan belgilab beradi.
Global muammolarni falsafiy anglab yetishning о‘ziga xos xususiyatlarini
tavsiflar ekanmiz, falsafaning asosiy funksiyalaridan kelib chiqadigan va bilishning
shu shakligagina xos bо‘lgan xususiyatlarni qayd etib о‘tamiz.
Birinchidan, falsafa, dunyoqarashni shakllantirar ekan, inson faoliyati
yо‘nalishini kо‘p jihatdan belgilaydigan muayyan mо‘ljallar beradi. Shu tariqa
falsafa о‘zining dunyoqarashni shakllantirish va aksiologik funksiyalarini bajaradi.
Ikkinchidan, turli fanlar doirasida о‘rganiladigan murakkab tizimlar haqida
yaxlit tasavvur mavjud emasligi bu fanlarning о‘zaro hamkorligi yо‘lida jiddiy tо‘siq
hisoblanadi. Shu ma’noda, falsafaning mazkur fan doirasida yuzaga keladigan
nazariyalarni umumlashtiruvchi metodologik funksiyasi, ayniqsa, muhim ahamiyat
kasb etadi, chunki ilmiy bilimning integratsiyalashuviga kо‘maklashadi.
217
Uchinchidan, falsafa ijtimoiy hodisalar va jarayonlarni tarixiy kontekstda
tushuntirish imkonini beradi. U jamiyat va tabiat rivojlanishining umumiy
qonunlarini ta’riflaydi va shu sababli global muammolarni о‘rganishda ularni
ijtimoiy taraqqiyot bilan uzviy bog‘liq bо‘lgan qonuniy hodisa sifatida tushunishga
yо‘l kо‘rsatadi. Shunday qilib, global muammolarning paydo bо‘lishi tasodif yoki
insoniyatni haloqatga oldindan mahkum etuvchi taqdirning hukmi sifatida emas,
balki qarama-qarshiliklarga tо‘la insoniyat tarixi obyektiv rivojlanish jarayonining
mahsuli sifatida qaraladi.
Tо‘rtinchidan,
falsafa
global
muammolar
rivojlanishining
umumiy
tendensiyasini, ularning о‘zaro aloqasi va bir-birini takozo etish darajasini falsafiy
nuktai nazardan anglab yetish imkonini beradi.
Beshinchidan, falsafa nazariy fikrlash madaniyatini rivojlantirish uchun
imkoniyat yaratish orkali ma’naviy madaniy funksiyani bajaradi. Turli xalqlarning
falsafa tarixini о‘rganish, ularning madaniyati bilan ham tanishish imkonini beradi.
Muayyan xalqlar oldida turgan muammolarning birortasini ham ularning
madaniyatiga bog‘lamasdan yechish mumkin emas.
Oltinchidan, global muammolarga oid ilmiy axborotning shiddat bilan о‘sib
borayotgan okimida yanada anikrok mо‘ljal olish imkoniyati tabiiy-tarixiy jarayonni
yaxlit kо‘rish va uni talkin qilishga nisbatan dialektik yondashuv mahsuli
hisoblanadi.
Yettinchidan, falsafa inson hayotining mazmuni, о‘lim va umrbokiylik
masalalarini kun tartibiga kо‘yadiki, bu insoniyatga global muammolar taxdid
solayotgan sharoitda ayniksa, muhim ahamiyat kasb etadi.
Nihoyat, falsafaning yana bir muhim metodologik funksiyasi shundan iboratki,
u insoniyatning hozirgi muhim muammolari bilan bevosita bog‘lik bо‘lgan va
bashariyat rivojlanishining obyektiv tendensiyalarini tushunish va anglab yetishda
ulkan rol о‘ynaydigan «tabiat», «jamiyat», «sivilizatsiya», «ijtimoiy taraqqiyot»,
«fan-texnika inkilobi» kabi boshqa kategoriyalarni ishlab chiqadi.
Hozirgi davrning global muammolarini о‘rganishga nisbatan falsafiy yondashuv
hakida muayyan tasavvur hosil kilgach, endi globallashuv jarayonlari kuchayishiga
218
karab ahamiyati oshib borayotgan muammolarning о‘zini shu nuktai nazardan kо‘rib
chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |