O’zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muxandislik-texnologiya instituti turdali toshmirzayevich malikov



Download 3,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/210
Sana02.03.2022
Hajmi3,63 Mb.
#478462
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   210
Bog'liq
falsafa-1

Falsafada inson. 
Biz yuqorida aytib o’tganimizdek, inson ko’p fanlar 
tomonidan predmet sifatida qaraladi, shu sababli bizning oldimizda muhim bir vazifa 
inson muammosining aynan falsafiy aspektlarini ochib berish turadi. 
Tabiatshunoslik va jamiyatshunoslikda insonni tadqiq etishning hozirgi darajasi 
shundayki, bunda inson hozirgi to’plangan bilimlarni umumlashtirish va 
tizimlashtirish masalalari tobora ko’proq birinchi planga chiqmoqda. 
Inson muammosining falsafaga oid masalalari deb quyidagilarni hisoblash 
mumkin: a) inson mohiyati; b) insonda ijtimoiylik va biologik (tabiiylik)ning nisbati; 
v) shaxsning erkinligi; g) insonning mavjud bo’lishi (borlig’i) va mohiyatining 
dialektikasi; d) inson hayotining maqsad va ma'nosi. 
Individ va individuallik, inson va shaxs. 
Falsafa va boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlarda «individ», «individuallik», 
«shaxs» singari tushunchalar ko’p qo’llaniladi. Ularning o’xshashligi va farqlari 
nimada? Bu tushunchalarning har birining mohiyati nimadan iborat? 
Yuqoridagi tushunchalar qatorida 
«individ»
tushunchasi birinchida turadi. U eng 
avvalo, muayyan insonning boshqa odamlardan alohidaligiki, «chegaralanib» 
olganligini ifoda etadi. Individ bu Homo sapiens biologik turining ayrim olingan, 
yakka vakili. Individning asosiy xususiyati bu uning boshqalardan ajralganligi, 
alohidaligidir. Individ bu insonning eng oddiy va abstrak tavsifi. 


210 
Shunisi qiziqki, turli fanlar «individ» tushunchasini turlicha talqin etadilar. 
Masalan, 
psixologiya
 
ushbu tushunchani ikki aspektda ko’radi: a) individ ayrim 
olingan tabiiy mavjudot, tug’ma va orttirilgan xususiyatlarning mahsuli, individual, 
o’ziga xos xususiyatlarning sohibi sifatida; b) insonlar jamoasining alohida olingan 
vakili; o’zining biologik cheklanganlik doirasidan chiquvchi qurollardan, belgilardan 
foydalanuvchi va ular vositasida o’z xulqi hamda psixik jarayonlarini kasb etuvchi 
ijtimoiy mavjudot. 
Psixologiya
 
individning asosiy qirralari deb quyidagilarni hisoblaydi: 1) 
psixofiziologik tashkillashuvning yaxlitligi; 2) atrof dunyo bilan o’zaro ta'sirdagi 
barqarorlik; 3) faollik. 
Sotsiologiya
 
nuqtai nazaridan individ bu inson naslining ayrim olingan vakili va 
insoniyatning barcha ijtimoiy va psixologik xususiyatlarining: aql, iroda, ehtiyojlar, 
manfaatlar va boshqalarning muayyan sohibi. Bu holda «Individ» tushunchasi 
muayyan, aniq bir insonni anglatadi. 
Va nihoyat, 
falsafa
 
uchun individ ijtimoiy atom, alohida ajralib turuvchi 
mohiyat, ancha keng bo’lgan ijtimoiy yaxlitlikning (guruhning, sinfning, millatning, 
insoniyatning) ayrim olingan vakili. 
Individ eng avvalo qandaydir ko’plikni bir vakili, ko’plarning biri. Shu ma'noda 
deyarli har bir odam individ (ba'zan individium ham deyiladi va yoziladi). 
Bu o’rinda bir narsani ta'kidlash lozim: ajralib turish, alohidalik insonning 
spetsifik xususiyati emas, ob'ektiv dunyodagi barcha predmetlar va hodisalar u yoki 
bu tarzda ajralib turadi. Ammo insonga nisbatan ko’proq boshqa bir tushuncha nisbat 
beriladi «
individuallik
»» U muayyan insonning noyobliki, betakrorligini anglatadi. 
Muayyan ma'noda individuallik individdan shaxsga olib boruvchi pog’onadir. Inson 
tug’ilishidan individ bo’lib tug’iladi, biroq shaxs sifatida u o’z individualligining 
barcha imkoniyatlarini ochish orqaligina shakllana oladi. 
Individuallik individning o’ziga xosligini, ichki dunyosining o’ziga xosligini aks 
ettiradi, bu insonga xos umumiy (universal) va ayrim (noyob, o’ziga xos) 
xususiyatlarning uzviy birligidir. 


211 
Inson falsafasidagi yana bir muhim tushuncha 
«sub'ekt»
tushunchasidir. Sub'ekt 
sifatida ayrim olingan individ ham va qandaydir jamoa (guruh, sotsium va xatto 
umuman insoniyat) namoyon bo’lishi mumkin. Bu o’rinda bizni individual sub'ekt 
qiziqtiradi. Uning asosiy tavsiflari quyidagilardir: faollik, onglilik, maqsadning 
mavjudligi, o’z-o’zini anglash, xattiharakatlar erkinligi. Sub'ekt sifatida inson 
muayyan ijtimoiy rolni oynaydi. Odam sub'ekt bo’lib tug’ilmaydi, balki tarbiya 
jarayonida sub'ektga aylanadi. 
Sub'ektivlik haqida so’z ketganda mazkur tushunchaning ikki ma'nosi borligini 
esda tutish lozim. Birinchidan, u ayrim individning tanlovi sifatidagi sub'ektivlikni 
anglatadi, ikkinchidan esa ushbu individ insoniy sub'ektivlik doirasidan tamoyilan 
chiqa olmasligini bildiradi. 

Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish