O’zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muxandislik-texnologiya instituti turdali toshmirzayevich malikov



Download 3,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/210
Sana02.03.2022
Hajmi3,63 Mb.
#478462
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   210
Bog'liq
falsafa-1

Demokrit, Epikur, 
Lukretsiy Kar
 
va boshqalar salmoqli hissa qo’shdilar. Ularning qarashlariga ko’ra, 
inson hayotining maqsadi ongli lazzatlanish, azob-uqubutlarga chap berish, ruhning 
sokin va tinch holatiga erishishdir. Shu sababli ular falsafaning asosiy vazifasi 
insonga baxtli bo’lish yo’lini ko’rsatishdan iborat deb hisoblaganlar. Ularning 
fikricha, jon ayrim atomlardan tashkil topgan va o’limga mahkum, tana haloqatga 
uchragandan so’ng atomlar yemiriladi. Inson o’ limdan qo’rqmasligi kerak, zero toki 
u hayot ekan o’lim yo’q, o’lim kelganda esa inson yo’q bo’ladi. 
O’rta asr falsafasi asosan diniy falsafa o’laroq, insonni unda ikki negiz: oliy 
(ruh) va past (tan) bir-biri bilan uzluksiz kurash olib boruvchi mavjudot sifatida 
qaradi. O’rta asr yevropa diniy falsafasining «otasi» 
Avreliy Avgustin Avliyo
 
insonning mohiyatini aynan ruh va faqat u tashkil etadi, deb hisoblandi. Tana esa 
vaqtinchalik qobiqdan, ruh qamalgan joydan, ruh «zindoni»dan boshqa narsa emas. 
Foma Akvinskiyning
 
fikriga ko’ra odam ruh bilan tanning uyg’un birligidan iborat va 
bu hol uni quyi, hayvoniy dunyo bilan oliy, ilohiy, farishtalar olami o’rtasida arosatda 
qolgan mavjudot qilib qoyadi. Unda jismoniylik qancha ko’p bo’lsa, u hayvonga 
shunchalik yaqinlashadi, ruhiyat qancha ko’p bo’lsa u shuncha farishtalarga 
yaqinlashadi. O’rta asr sxolastikasi vakillari (Buyuk Albert, Anselm Kenterberiyskiy) 
nuqtai nazariga ko’ra insonning asosiy vazifasi o’z mohiyatini anglash emas, balki 
yanada yuqori ilohiy mohiyatga qo’shilishga intilishdir. O’z-o’zidan ayonki, inson 


207 
ruhi boqiydir va inson yerdagi butun hayoti davomida faqat uni qutqarish to’g’risida 
oylashi kerak. 
Sharq-musulmon falsafasi doirasida inson muammosiga ikki xil yondashuvni 
ko’rish mumkin. Ulardan biri ko’proq taqdir haqidagi islom aqidasiga suyanadi. 
Inson taqdiri oldindan belgilab qoyilgan, shu sababli insonning qo’lidan keladigan 
birdan-bir ish bu o’zini ana shu taqdirda belgilab qoyilganidek tutish. Biroq, 
Forobiy, 
Beruni, Ibn Sino, Alisher Navoi, Mirza Bedil,
 
XIX asr oxiri XX asr boshlaridagi 
ma'rifatparvarlar 
Axmad 
Donish, 
Muqimiy, 
Furqat, 
Zavqiy, 
Sattorxon 
Abdulg’afforrov
 
va boshqalar inson haqidagi gumanistik, ma'rifatparvar va 
demokratik konsepsiyaning shakllanishiga katta hissa qoydilar. Ularning ijodlari 
uchun insonga, uning kuchiga, aqliga, irodasiga ishonch xosdir, ular ommani 
ma'rifatli va bilimli bo’lishiga da'vat etdilar. 
Yangi davr falsafasi insonning mohiyati va o’z-o’zini anglashi muammolariga 
qaytishi bilan ajralib turadi. 
Tomas Gobbs,
 
mexanik materializm tarafdori o’laroq, insonning ruhiy dunyosi 
mexanik kuch-g’ayrat va harakatlar majmuasidan boshqa narsa emas, deb hisobladi. 
Uning fikricha, inson faqatgina murakkab tuzilgan mexanizmdir xolos, u mexanika 
qonunlariga boysunadi. Gobbs ruhning alohida substansiya sifatida mavjudligini 
inkor etdi. 
Rene Dekart
 
insonning dualistik konsepsiyasini ishlab chiqdi. U inson o’lik 
mexanizm (tana) bilan irodaga va fikrlash qobiliyatiga ega bo’lgan substansiya 
(ruh)ning qo’shiluvidan tashkil topgan, deb hisobladi. 
Benedikt Spinoza
 
o’zining inson haqidagi ta'limotini insonning tabiatning bir 
qismi ekanligi, tana va ruhning birligi asosida yaratdi. Insonning butun ruhiy hayoti 
idrok va affektlar (quvonch, g’am, lazzat)dan iborat. Insonni harakatiga keltiruvchi 
kuch o’zini saqlash va manfaatga intilishdir. 
XVIII
asr fransuz materialistlari 
J.O.Lametri, K.A.Gelvetsiy, P.A. Golbax, 
D.Didro
 
va boshqalar inson haqidagi ta'limotini ishlab chiqishga katta xissa 
qo’shdilar. Buni hatto ularning asarlarining nomlari ham tasdiqlab turadi: 
Lametrining «Inson-mashina», Gelvetsiyning «Inson haqida» va hokazo. 


208 
Lametri ijtimoiy rivojlanishning asosiy sabablari ulug’ shaxslarning faoliyati va 
ma'rifatdir, deb hisoblar edi. Didro insonni oliy qadriyat, koinotning idrok markazi, 
butun madaniyatning yaratuvchisi deb hisobladi. Golbaxning nazarida esa, inson 
tabiatning bir qismi, u tabiat qonunlariga boysunadi. Gelvetsiyning fikriga ko’ra, 
insonning shakllanishida atrof muhit asosiy rol oynaydi. U barcha odamlar o’z 
qobiliyatlari va imkoniyatlariga ko’ra tabiat tomonidan teng qilib yaratilgan, ularning 
qanday bo’lishi faqat tarbiyaga bog’liq deb hisobladi. 
XIX
asr falsafiy fikrning inson haqidagi ta'limotni rivojlantirishdagi eng 
muhim yutuqlaridan biri bu 
Lyudvig Feyerbaxning
 
(1804-1872) falsafiy 
antropologizmidir. U inson mohiyati muammosini falsafasining «birdan-bir, universal 
va eng oliy» muammosi sifatida qaradi va birinchi planga olib chiqdi. Biroq 
Feyerbax, aslida, insonga biologik nuqtai nazardan qaraydi, uning ijtimoiy mohiyatini 
izohlamaydi. 
Antropologik tamoyil (ya'ni, ob'ektiv olamni inson mohiyatining hosilasidan 
iborat bir narsa sifatida qarash) ekzistensializm, hayot falsafasi, falsafiy 
antropologiya, antroposotsiologiya, freydizm va boshqa ko’plab falsafiy va ijtimoiy 
oqimlarning asosida yotadi. Ekzisensialistlar 
(J.P.Sartr, A.Kamyu
va hokazo) 
falsafaning asosiy muammosi deb insonning mavjud bo’lishi masalalarini 
hisoblaydilar (Ekzistensiya). Inson faqat o’zini anglashi mumkin. 
K.Yaspers
yozganidek: «Mavjud bo’lish bilish demakdir va men ong sifatida mavjudman». 
Ekzistensializmning asosiy tamoyili erkinlik tamoyilidir. Inson «ozod bo’lishga 
mahkum etilgan» (J.P.Sartr). Ijtimoiy hayotning tangliklaridan chiqishning yo’li 
shaxsning individualistik borlig’ida. Insonning o’z diqqat markaziga qoyuvchi yana 
bir oqim 
«falsafiy antropologiya».
Bu oqimning asoschisi Maks Sheler (1874-1928) 
falsafaning asosiy masalasi «Inson nima?» degan savoldan iborat deb hisobladi. 
Inson ko’plab fanlar o’rganadigan predmetdir. Biologiya uni Homo sapiens turi 
sifatida qaraydi. Pedagogika uchun u tarbiya ob'ekti, sotsiologiya uchun turli 
munosabatlar sub'ekti, kulturologiya uchun madaniyatning ob'ekti va sub'ekti, 
iqtisodiy nazariya uchun asosiy ishlab chiqarish kuchi va hokazo. 


209 
Tabiiy fanlar orasida an'anaviy (biologiya, antropologiya, meditsina va 
boshqalar) bilan bir qatorda nisbatan yangi fanlar (oliy nerv tizimi faoliyati 
fiziologiyasi, somatologiya, seksologiya va hokazo) paydo bo’ldi. Ijtimoiy bilim 
sohasida ham «eski» fanlar (psixologiya, sotsiologiya, tilshunoslik, etika) qatorida 
«yangi» fanlar (aksiologiya, germenevtika) kabilar faoliyat ko’rsatishadi. 
XX
asrda ilmiy bilimning shiddatli rivoji, parallel tarzda boruvchi fanlarning 
faol differensiatsiyasi va integratsiyasi tabiiy-ilmiy va ijtimoiy fanlar chegarasida bir 
qator yangi fanlarning: bioetika va tibbiyot etikasi, sotsiobiologiya, psixofiziologiya 
va boshqalarning yuzaga kelishiga sabab bo’ldi. Bu hol falsafaning inson 
muammolarini ko’rib chiqishdagi metodologik roli haqidagi masalani yanada dolzarb 
etib qoyadi. 

Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish