Asosiy global muammolar tizimi.
Hozirgi davrning global muammolari о‘z
holatini zamonda tinimsiz о‘zgartiradigan yagona, faol va ochiq tizim hisoblanadi,
chunki unga umuminsoniy ahamiyatga molik bо‘lgan yangi muammolar kirishi,
avvalgi muammolar esa, ularning yechilishiga qarab, yо‘qolishi mumkin. Rim
klubining asoschisi va birinchi prezidenti A.Pechchei bu holatga e’tiborni qaratib,
insoniyat qarshisida kо‘ndalang bо‘lgan aksariyat muammolar «bir-biri bilan
mahkam chirmashib oldi, ulkan sprut changali yanglig‘ butun sayyorani о‘z
iskanjasiga olmoqda... yechilmagan muammolar soni о‘sib bormoqda, ular yanada
murakkabroq tus olmoqda, ularning chirmashuvi yanada chigallashmoqda, ularning
«iskanjasi» esa sayyoramizni о‘z changalida tobora qattiqroq siqmoqda», deb
yozgan edi.
Ammo global ziddiyatlar tuguni qanchalik chigal bо‘lmasin, uni fan va falsafa
yordamida yechish, ya’ni sababni oqibatdan, muhim tafsilotlarni ikkinchi darajali
225
tafsilotlardan, obyektivni subyektivdan farqlash uchun nazariy jihatdan anglab yetish
lozim. Dunyo miqyosidagi jarayonlarga ta’sir kо‘rsatish uchun odamlarning
imkoniyatlari va resurslari cheklanganini hisobga olib, muammolarning qaysi biri
darhol yechishni talab qilishi va qaysi biri ikkinchi darajali ahamiyat kasb etishini
ham farqlash muhimdir.
Demografik muammo.
Hozirgi zamonda insoniyatning eng muhim
muammolari orasida, aksariyat davlatlar va mintaqalarda aholi haddan tashqari
kо‘payishiga sabab bо‘layotgan aholining nazoratsiz о‘sishi qayd etiladi.
Ayrim
mutaxassislarning baholashlariga kо‘ra, sayyorada mavjud energetika, xom ashyo,
oziq-ovqat va boshqa resurslar Yerda faqat bir milliardga yaqin kishi («oltin
milliard») munosib hayot kechirishini ta’minlashi mumkin. Vaholanki, oxirgi ming
yillik mobaynida sayyoramiz aholisi 15 baravar kо‘paydi va bugungi kunda 6
milliard kishidan oshib ketdi. Bunda nafaqat miqyos, balki aholining о‘sish sur’atlari
ham aqlni lol qoldiradi. Xususan, birinchi ikki baravar kо‘payish 700 yil ichida,
ikkinchisi 150 yil ichida, uchinchisi 100 yil ichida va oxirgisi 40 yildan kamroq vaqt
226
ichida yuz berdi. Shuni aytishning о‘zi kifoyaki, 1956 yil Yerda 2,8 milliard kishi
yashagan bо‘lsa, XX asr oxiriga kelib, bu rakam 6 milliardga yetdi.
XX asrda Yer kurrasi aholisining « demografik portlash » deb nomlangan
mislsiz darajadaо‘sishi biologik qonunlarning emas, balki stixiyali, notekis ijtimoiy
rivojlanish va insoniyat katta mashaqqatlar bilan bartaraf etishga harakat qilayotgan
chuqur ijtimoiy ziddiyatlar mahsuli bо‘ldi.
Bu, avvalo, rivojlanayotgan
mamlakatlarga tegishli bо‘lib, ularga jahon aholisi о‘sishining о‘ndan tо‘kkiz
qismidan kо‘prog‘i tо‘g‘ri keladi. Bu yerdagi vaziyat rivojlangan mamlakatlarga XX
asr boshidayok xos bо‘lgan о‘lim darajasining yukoriligi va butun insoniyatga XVIII
asrga xos bо‘lgan tug‘ilish darajasining yukoriligi bilan tavsiflanadi. Ayni vaktda
mehnat unumdorligi darajasi va aholi jon boshiga olinadigan daromad mikdoriga,
kishlok xо‘jalik ekinlarining hosildorlik darajasi va kishlok xо‘jaligining
samaradorligiga, aholining savodxonlik darajasi va umumiy madaniy saviyasiga
kо‘ra, bu mamlakatlar xalqlarining aksariyati hali XIX asrda yashamokda.
Demografik muammolar juda murakkab va о‘ta turg‘un bо‘lib, ularni tez
bartaraf etish mumkin emas. Ularni yechish kechga surilgani sari, yanada
murakkabrok va chigalrok tus oladi. Shu sababli rivojlanayotgan mamlakatlarda
barcha hukumatlar tug‘ilish darajasini pasaytirishga karatilgan demografik siyosatni
amalga oshirishga harakat kilmokda. Jumladan, О‘zbekistonda 1995 yilda «Oilani
rejalashtirish» Davlat dasturi qabul qilindi. Bu dasturda har bir oilada farzand
tug‘ilishini rejalashtirishning ona va bola sog‘ligini asrashga yо‘naltirilgan say-
harakatlardan biri bо‘lishi bilan bir qatorda, mamlakatda demografik portlashning
oldini olish vazifasini boskichma-boskich amalga oshirish kо‘zda tutilgan. Bu
borada barcha viloyatlarda, kishlok va ovullarda reproduktiv salomatlik bо‘yicha
targ‘ibot ishlari olib borilmokda. Shuni alohida ta’kidlash joizki, mustaqillik
yillarida О‘zbekistonda aholining о‘rtacha yoshi erkaklar orasida 73, ayollar orasida
75 yoshga teng.
Mazkur muammo rivojlangan mamlakatlarda ham keskinlashdi, lekin bu yerda
uning aks kо‘rinishiga duch kelish mumkin. Umr uzunligining va keksa odamlar
sonining
о‘sishi jarayonida hatto aholining oddiy kо‘payishini ham
227
ta’minlamaydigan tug‘ilish darajasining pasayishi kuzatilmokda. Ayni holda
depopulyatsiya, ya’ni aholi sonining kamayishi tо‘g‘risida sо‘z yuritiladi-ki (Rossiya
aholisi о‘rtacha 54 yoshni tashkil qiladi), bu ham milliy manfaatlar, ijtimoiy
dasturlarni amalga oshirish, pensiya ta’minoti va shu kabilarga tegishli kо‘shimcha
kiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. Rossiyadagi sо‘nggi 20 yillikdagi demografik
jarayonlar bunga yorkin misol bо‘ladi. Birok, keyingi besh yilda bu masalada ijobiy
о‘zgarishlar kuzatilmokda. Jumladan, aholi soni ortishi va о‘rtacha umrguzaronlik 4
yilga oshdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |