O’zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muxandislik-texnologiya instituti turdali toshmirzayevich malikov



Download 3,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/210
Sana02.03.2022
Hajmi3,63 Mb.
#478462
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   210
Bog'liq
falsafa-1

Global muammolarning tasnifi. 
Global muammolarning keltirilgan mezonlari va о‘ziga xos xususiyatlari 
asosan mazkur sohadagi aksariyat tadqiqotchilarning qarashlarini aks ettiradi va 
global muammolarni boshqa barcha muammolardan farqlab, aniq aytish imkonini 
beradi. Bunda u yoki bu muammoning keskinlik va muhimlik darajasini belgilash, 
uning boshqa muammolar bilan о‘zaro nisbatini aniqlash uchun odatda turli 
tasniflashlar amalga oshiriladi, ular alohida guruhlarga ajratiladi. 


223 
Tasniflash birdan-bir maqsad hisoblanmaydi, balki hozirgi davrning о‘ta keskin 
ziddiyatlarini kompleks о‘rganishning muhim elementi sifatida amal qiladi va 
mazkur muammolarni ularning о‘zaro aloqasi va bir-birini taqozo etishi nuqtai 
nazaridan о‘rganish imkonini beradi. U muhim aloqalarni farqlash, ustuvorliklarni 
va obyektiv mavjud global muammolarning keskinlashuv darajasini aniqlash 
imkonini beradi. Bundan tashqari, tasniflash global muammolarning tizimli о‘zaro 
aloqasini yanada teranroq tushunishga kо‘maklashadi va amaliy qarorlar qabul qilish 
ketma-ketligini belgilashga yordam beradi. 
Izchil va aniq amalga oshirilgan tasniflash bilishning mazkur sohasidagi avvalgi 
tadqiqotlarni ma’lum darajada sarhisob qiladi va ayni vaqtda, bunday tadqiqotlarning 
rivojlanishida yangi bosqich boshlanganini qayd etadi. 
Hozirgi zamonda global muammolarni tasniflashga nisbatan har xil 
yondashuvlar orasida, ayniqsa, keng e’tirof etilgan tasnifga muvofiq global 
muammolarning barchasi ularning keskinlik darajasi va yechimining ahamiyatiga, 
shuningdek, real hayotda ularning о‘rtasida qanday sababiy boglanishlar 
mavjudligiga qarab uch katta guruhga ajratiladi. 
Birinchi guruh eng katta umumiylik va muhimlik darajasi bilan tavsiflanadigan 
muammolar. Ular turli davlatlar о‘rtasidagi munosabatlardan kelib chiqadi. Ayni shu 
sababli ular 
interijtimoiy global muammolar deb ataladi.
Bu yerda jamiyat hayotidan 
urushni bartaraf etish va adolatli dunyoni ta’minlash; yangi xalqaro iqtisodiy tartib 
о‘rnatish kabi ikki о‘ta muhim muammo farqlanadi. 
Ikkinchi guruh jamiyat va tabiatning о‘zaro ta’siri natijasida yuzaga keladigan 
muammolar bо‘lib, ular odamlarni energiya, yonilg‘i, chuchuk suv, xom ashyo 
resurslari va shu kabilar bilan ta’minlash kabilardir. Bu guruhga ekologik 
muammolar, shuningdek, Jahon okeani va kosmik fazoni о‘zlashtirish ham kiradi. 
Uchinchi guruhni «inson jamiyat» tizimi bilan bog‘liq muammolar ya’ni 
demografiya muammosi, sog‘liqni saqlash, ta’lim, xalqaro terrorizm tahdidi 
ma’naviyat masalalari va shu kabilardir. 
U yoki bu muammoning muayyan guruhga kiritilishi ma’lum darajada shartli 
xususiyat kasb etadi va muhim omillarga, ularni ajratish asoslariga bog‘liq bо‘ladi. 


224 
Shu sababli har qanday tasnif masala yechimining uzil-kesil varianti sifatida emas, 
balki murakkab tizimni qayta tuzishning global muammolar о‘zaro aloqasi tabiatini 
yaxshiroq tushunishga kо‘maklashadigan usullaridan biri sifatida qaralishi lozim. 

Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish