O’zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muxandislik-texnologiya instituti turdali toshmirzayevich malikov



Download 3,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/210
Sana02.03.2022
Hajmi3,63 Mb.
#478462
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   210
Bog'liq
falsafa-1

 
Global muammolarning mohiyati.
Hozirgi davrning global muammolari» tushunchasi 1960-yillar oxiri 1970-
yillarning boshlarida keng tarqaldi va shundan beri ilmiy va siyosiy 
muomala(leksikon) hamda ommaviy ongdan mustahkam о‘rin oldi.
 
Aksariyat 
hollarda u global sanalmagan voqealar va hodisalarga nisbatan kо‘llaniladigan atama 
sifatida ishlatiladi. Bunday holga milliy va umumbashariy ahamiyatga molik 
voqealar tenglashtirilganida, masalan, muayyan bir mamlakatning ijtimoiy 
muammolarini nazarda tutib, ular «global» deb nomlangan holda duch kelish 
mumkin. 
Falsafada bu vazifani yechish uchun tegishli mezonlar belgilangan bо‘lib, 
ularga muvofik u yoki bu muammo global deb belgilanadi va shu tarika bunday 
xususiyatga ega bо‘lmagan boshqa kо‘p sonli muammolardan farqlanadi. 
Etimologik jihatdan «global» atamasi, «globallashuv» atamasi kabi, yer kurrasi 
bilan bog‘lik. Ayni shu sababli 
butun insoniyat manfaatlariga daxldor muammolarni 
ham, dunyoning turli nuqtalaridagi har bir ayrim insonga tegishli bо‘lgan, ya’ni 
umuminsoniy xususiyat kasb etadigan muammolarni ham «global» deb nomlash odat 
tusini olgan.
Ular jahon iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishining muhim obyektiv omili 
sifatida ayrim mamlakatlar va mintakalarning rivojlanishiga sezilarli darajada ta’sir 
kо‘rsatadi. Ularni yechish aksariyat davlatlar va tashkilotlarning kuch-g‘ayratini 
xalqaro darajada birlashtirishni nazarda tutadi. Ayni vaktda global muammolarning 
yechilmay qolishi, butun insoniyat kelajagi uchun haloqatli okibatlarga olib kelishi 
mumkin. 
 
Global muammolarning turli darajalari. 
Global muammolar butun dunyogagina tegishli bо‘lmay, uning mintaqalari va 
hatto ayrim mamlakatlar darajasida namoyon bо‘lgani bois, ilmiy adabiyotlarda 
ularning umuminsoniy ahamiyatini tan olish bilan bir qatorda, ularni mohiyati 


219 
о‘zgacha, ta’sir doirasi esa torroq bо‘lgan ayrim, mahalliy, mintaqaviy 
muammolardan farqlash ham amalga oshiriladi. Turli darajadagi muammolarni 
«umumiylik», «xususiylik» va «yakkalik» falsafiy kategoriyalarining muayyan 
ifodasi sifatida о‘rganar ekanlar, ularni odatda shunday talqin qiladilarki, xususiy 
muammolar ayrim muammolar sifatida, mahalliy va mintaqaviy muammolar xususiy 
muammolar sifatida, global muammolar esa umumiy muammolar sifatida amal 
qiladi. Zikr etilgan muammolarni farqlash zamirida yotuvchi asosiy mezon ham ayni 
shu yondashuvni belgilaydi. U geografik deb ataladi, chunki makon omilini yoki, 
boshqacha aytganda, muayyan muammolar mavjud hududni aks ettiradi. 
Xususiy muammolar davlat faoliyatining muayyan jabhasiga, ayrim aholi 
yashaydigan punktlarga yoki kichik tabiiy obyektlarga tegishli bо‘lgan 
muammolardir
.
Bular, odatda, turli avariyalar, nosozliklar natijasida yuzaga 
keladigan har xil muammolar, mahalliy ijtimoiy konfliktlar va shu kabilar. 
Mahalliy muammolar 
tushunchasi yuqoriroq darajadagi muammolarga, 
aniqroq aytganda, ayrim mamlakatlarga yoki yirik mamlakatlarning ancha katta 
hududlariga tegishli bо‘lgan muammolarga nisbatan tatbiq etiladi.
Bu yerda, odatda, 
kuchli zilzilalar, yirik suv toshqinlari yoki, masalan, kichik davlatdagi fuqarolar 
urushi nazarda tutiladi. 
Milliy muammolar 
tushunchasi ijtimoiy-siyosiy va ilmiy muomalada ba’zan 
muayyan 
davlat 
yoki 
milliy 
hamjamiyatning 
ma’lum 
qiyinchiliklari, 
g‘amtashvishlarini aks ettiradi. Miqyos darajasiga qarab ular mintaqaviy yoki 
mahalliy muammolar sifatida talqin qilinishi mumkin.
Mintaqaviy muammolar ayrim qit’alar, dunyoning yirik ijtimoiyiqtisodiy 
hududlari yoki ancha yirik davlatlarda yuzaga keladigan muhim masalalar doirasini 
qamrab oladi. Bunday muammolarga Sharqiy Yevropaning bir necha mamlakatlari 
hududi radioaktiv zaharlanishiga olib kelgan Chernobil fojiasi yoki bir qator 
davlatlarni qamrab oluvchi ancha katta hududlarda yuz bergan iqlim о‘zgarishlari 
misol bо‘lishi mumkin. Masalan, 1968 yilda Saxel mintaqasida yuz bergan 
qurg‘oqchilik «asr faloqati» degan nom oldi. U Afrika qit’asining 18 davlatini 
qamrab oldi, bunda ocharchilik natijasida 250 mingdan kо‘proq odam halok bо‘ldi, 


220 
taxminan 18 million bosh qoramol nobud bо‘ldi, xavfli kasalliklarning epidemiyalari 
yuzaga keldi, bu ulkan mintaqa hududi esa deyarli tо‘la sahroga aylandi. 
Global muammolar 
butun yer kurrasini, uning nafaqat odamlar bevosita 
yashaydigan qismini, balki Yerning qolgan yuzasi, yer osti bо‘shliqlari, atmosfera, 
gidrosfera va hatto inson faoliyati doirasiga kiruvchi kosmik fazoni qamrab olishi 
bilan izohlanadi. 
Shunday qilib, global muammolar tо‘g‘risida sо‘z yuritilganda butun sayyora 
nazarda tutiladi, uning eng yirik tarkibiy birligi sifatida esa mintaqa qabul qilinadi. 
Bunda mintaqalar soni va ularning miqyosi kо‘rib chiqilayotgan muammolar 
xususiyati bilan belgilanadi. Masalan, dunyo miqyosidagi iqtisodiy koloklik 
muammosini tadkik etishda, odatda, butun sayyorani ikki mintaka rivojlangan va 
rivojlanayotgan mamlakatlarga ajratish bilan kifoyalaniladi. Demografik, energetik 
muammolar yoki xom ashyo muammolarini о‘rganishda esa, mintakalar soni 
kо‘payadi va har safar tadkiqotning muayyan maqsadlari bilan belgilanadi. 
Bunda shuni kayd etish lozimki, har kanday muammo sayyoraning istalgan 
mintakasiga nisbatan muhim sanalgan, ya’ni ularning har birida namoyon bо‘lgan 
holdagina global, deb hisoblanishi mumkin. Aks holda, bir yoki bir necha 
mintaqalarning muammolari (yoki bundan ham kichikroq miqyosdagi muammolar) 
tо‘g‘risida sо‘z yuritiladi. 


221 
Bundan barcha global muammolar, ayni vaktda, mintaqaviy ahamiyat ham kasb 
etadi, lekin mintakaviy darajada aniklangan barcha muammolar ham global 
bо‘lavermaydi, degan xulosa kelib chiqadi. О‘z-о‘zidan ravshanki, global 
muammolar soni kamrok bо‘ladi. Boshqa darajalarga kelsak, global muammolar 
bevosita mahalliy yoki xususiy kо‘rinishga ega bо‘lmasligi yoki bu yerda uncha 
sezilmasligi mumkin. 
Masalan, Antarktidada yoki sayyoramizning atrof-muhit ifloslanadigan asosiy 
markazlari va manbalaridan ancha uzokda joylashgan boshqa burchaklarida havo 
yoki suv havzalarining holati konikarli bо‘lishi, tabiiy muhitga antropogen ta’sir esa, 
deyarli sezilmasligi mumkin. Shunga karamay, bu keskinlik darajasi tabiiy muhitga 
antropogen ta’sirning notekisligiga bog‘lik bо‘ladigan ekologik muammoning global 
xususiyatiga shak-shubha tug‘dirmaydi. О‘z navbatida, barcha mahalliy yoki xususiy 
muammolar global muammolar bilan bog‘lanavermaydi, zero, ularning soni 
takkoslab bо‘lmaydigan darajada kо‘prokdir. 
Keltirilgan mulohaza global va mintakaviy muammolarni nafaqat ilmiy balki, 
amaliy jihatdan ham farqlash imkonini beradi, chunki barcha global muammolar о‘z 
mikyosida о‘zgarmaydigan yagona tizim butun sayyoraga tegishlidir. Shu sababli 
mazkur tizim uchun ularning soni ma’lum tarixiy boskichda muayyan hisoblanadi. 
Ayni vaktda boshqa darajadagi muammolar sonining anik hisobini yuritish mumkin 
emas. Zero, mintakalarning va turli hududlarning chegaralari tadqiqotning maksad 
va vazifalariga karab shartli olinadi. 

Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish