Shaxs
tushunchasi falsafada va umuman insonni o’rganuvchi fanlar majmuasida
eng murakkab tushunchadir. Inson shaxsi rivojlanishining eng muhim biologik omili
inson miyasidir. Ammo shaxs mohiyati bu ijtimoiy xususiyatga molik hodisa. Miya
esa moddiy organ bo’lib, u orqali shaxs o’z-o’zini namoyon etadi.
Inson mazkur sotsiumga xos bo’lgan me'yorlar, bilimlar, qadriyatlarning
muayyan tizimini o’zlashtiradi. Muayyan jamiyatning real shart-sharoitlari shaxsning
ijtimoiy mohiyatini belgilaydi. Shaxsning shakllanishi jarayoni
sotsializatsiya
deb
ataladi.
Falsafada shaxs muammosi bu eng avvalo insonning mohiyati, uning dunyodagi,
tarixdagi va jamiyatdagi o’rni muammosidir. Muayyan ijtimoiy munosabatlar
muayyan tarixiy tipdagi shaxsning shakllanish jarayonida hal qiluvchi ahamiyatga
ega. Antik davr odami uchun eng asosiy deb yaxshi firklar, intilishlar, istaklar
hisoblangan va ular ijtimoiy amaliyotda qanchalik royobga chiqishiga umuman
olganda katta ahamiyat berilmagan: «Insonni faqat uning ishlariga qarab emas,
intilishlariga qarab ham baholash lozim» (Demokrit), «Inson qanday fikrlasa, u
hayotda shundaydir» (Sitseron), «Bizning hayotimiz biz u haqda nima oylasak ana
shudir» (Mark Avreliy), «Axloqiy fazilatlar niyatlar bilan bog’liqlikda ko’zga
tashlanadi» (Arastu).
212
Antik davr mutafakkirlari nazarida chinakam shaxs deb shunday odamni aytish
mumkinki, birinchidan, u axloqli, ikkinchidan, aql-idrok egasi, uchinchidan,
boshqalar bilan muloqotga kirishadigan, to’rtinchidan siyosiy va davlat mavjudotidir.
O’rta asrlar bizga shaxsning boshqacha tipini ko’rsatadi. Mazkur davr uchun
jamiyatning tabaqalanganligi, kastalarga bo’linishi va qat'iy korporativlik xosdir. Shu
sabali muayyan tabaqaga, kastaga, sexga, gildiyaga mansublik, uning qonunlariga,
odatlariga, an'analariga boysunish shaxsning individual sifatlarining namoyon
bo’lishidan ko’ra muhimroq va kuchliroq edi.
Faqat yangi davrga kelib ayrim olingan inson shaxsining qimmati, avtonomligi,
o’ziga xosligi qaror topadi. Bu ayniqsa, ijtimoiy-siyosiy fikr uchun xosdir. Ijtimoiy
faollik, tadbirkorlik, ongli va foydali faoliyat, mustaqillik, individualizm, shaxsiy
mas'uliyat, o’z qadrqimmatini bilish tuyg’usi mana bular shaxsning
g’arb, yevropa-
amerika konsepsiyalari
yuksak qadrlanadigan sifatlari hisoblanadi.
Shaxsning sharq modeli esa boshqachadir. Shaxsning
sharqqa xos modelining
bir nechta modifikatsiyalarini ajratib ko’rsatish mumkin (islom, budda, konfutsiy va
hokazo). Shunday bo’lsa-da, ular o’rtasida ularni shaxsning g’arb modelidan ajratib
turuvchi muayyan mushtarakliklar mavjud.
Shaxsning sharq tipiga xos asosiy xususiyatlar quyidagilardir: mas'uliyat va
majburiyatlarning inson huquqlari oldida ustuvorligi, xulq-atvordagi traditsionalizm,
hulqatvorning, jamoaviy modellarining individual me'yorlardan ustunligi, sotsiumga
ko’proq qaramlik, ijtimoiy muhit bilan aloqaning ko’pligi.
Shuni esda tutish lozimki, shaxs tipi ijtimoiy munosabatlarning real tizimining
in'ikosidir. Shaxsning shakllanishi va rivojlanishining muhim omili sifatida uning
ijtimoiy faoliyati, sotsium hayotida muayyan rolni bajarishi namoyon bo’ladi. Individ
shaxs sifatida faqat turli tuman ijtimoiy munosabatlardagina o’z-o’zini namoyon
etishi mumkin. O’z vaqtida Arastu «insonning vazifasi uning ongli faoliyatidan
iborat» deb hisoblagan edi. A.Jomiy «Qo’llaring baquvvat ekan, mavjud ekan
kundalik mehnatga ko’ngil qoy» deya da'vat etgan bo’lsa, Ibn Sino «Bekorchilik va
ishyoqmaslik faqat nodonlikka sabab bo’libgina qolmay, ayni paytda kasalliklarga
ham sabab bo’ladi» deb ogohlantirgan edi.
213
Shaxs bu muayyan ijtimoiylashuv jarayonining natijasigina emas, bu uzluksiz
o’sib boruvchi jarayon. Agar doimiy rivojlanish, kamolotga intilish, olg’a harakat
bo’lmasa, u holda shaxs buzilishi, degradatsiyaga duchor bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |