amalga oshirdi, Qadimgi Rimda
yashagan vrach va anatom
Klavdiy Galen
esa birinchilardan bo’lib odam bilan
maymun o’rtasidagi o’ xshashliklarni tavsiflab berdi.
1610 yilda faylasuf va olim
Lyuchilio Vanini
odam va maymunning
qarindoshligi haqidagi g’oyani ilgari surdi va buning uchun gulxanda kuydirildi. 1699
yilda esa ingliz anatomi
E.Tayzon
«Orangutan yoki o’rmon odami: maymun, pigmey
va insonning qiyosiy anatomiyasi» nomli asarini e'lon qildi.
XVIII
asrga kelib olimlar endi inson va hayvonlar o’rtasidagi o’xshashlikni
shunchaki qayd etish bilan cheklanib qolmadilar. Tirik organizmlarning birinchi
ilmiy tasnifini yaratgan shved olimi
Karl Linney
(1707-1778), garchi insonning xudo
204
tomonidan yaratilganligi haqidagi g’oyani tan olsada, o’z tasnifida uni hayvonlar
dunyosining boshqa vakillari orasiga joylashtirgan va bunda u Homo turini alohida
ajratgan edi.
J.B.Monboddo
va
J.E.Doornikning
ilmiy ishlaridan boshlab odamlarning
insonga o’xshash maymunlardan kelib chiqqanligini haqidagi fikr to’g’ridan-to’g’ri
tasdiq etiladi.
Antropogenezning tadrijiy xususiyati haqidagi tabiiy-ilmiy tasavvurlarning
shakllanishida
Jan Lamarkning
(1744-1829) «Zoologiya falsafasi» deb atalgan va
1809 yilda e'lon qilingan asari muhim bosqichni tashkil etdi. Lamarkning fikriga
ko’ra qadimgi maymunlar o’rmonlarning kamayib ketishi natijasida daraxtlardan
tushib yerda yashashga va tik turib yurishga majbur bo’lganlar. Bu ularning umurtqa
pog’onalari, oyoq kaftlari, qo’l bo’g’inlari, jag’lari, tishlari va bosh miyalarining
o’zgarishiga olib kelgan. To’da-to’da bo’lib ijtimoiy hayot kechirish sharoitlarida esa
ularda nutq rivojlana boshlagan. 1818 yilda esa
Bilenshtedning
asari dunyoga keldi,
unda muallif inson va ungacha bo’lgan hayvoniy shakllarni bir butun evolyusion
zanjirga bog’lovchi oraliq shakllar mavjud bo’lganligi haqidagi fikrni bayon qildi.
Odamning kelib chiqishi haqidagi tabiiy-ilmiy qarashlarning uzil-kesil
tasdiqlanishida
Ch.Darvinning
«Tabiiy tanlanish natijasida turlarning kelib chiqishi»
(1859) va «Insonning kelib chiqishi va jinsiy tanlanish» (1871) kabi asarlarida bayon
etilgan evolyusiya nazariyasi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ldi. XIX asrning
o’rtalariga qadar atnropogenezning talqinlari tabiiy-ilmiy xususiyatga ega bo’ldi,
ya'ni antropogenez faqat tabiiy fanlar (anatomiya,embriologiya, evolyusiya nazariyasi
va boshqalar) doirasida izohlandi. Shunga muvofiq antropogenezning harakatga
keltiruvchi kuchlari sifatida tabiiy-biologik olimlar tushunilar edi. Antropogenez
jarayonida ijtimoiy olimlarning roli
F.Engels
antropogenezning mehnat nazariyasida
(«Maymunning odamga aylanishida mehnatning roli», 1873-1876) o’z aksini topdi.
Uning mohiyati
«Mehnat -insonni yaratdi»
degan formulada ifoda etilgan edi.
Antropogenezning hozirgi zamon ilmiy nazariyasi endilikda tor tarmoq sohasi
emas, balki tabiiy va ijtimoiy fanlarning tutashuv chegarasidagi majmuaviy fanlararo
tadqiqotlardan iborat.
205
Bugungi kunga kelib fan odamning kelib chiqish jarayonini muayyan darajada
tiklash imkonini beruvchi ko’p sonli ma'lumotlarni to’plagan. Ushbu muammoni hal
etishda arxeologiya va antropologiyadan tortib to molekulyar biologiya hamda atom
fizikasigacha bo’lgan ko’plab fanlar ishtirok etmoqda.
Hozirgi zamon tasniflari ma'lumotlariga ko’ra, odam turiga, umurtqalilar kichik
turiga, sut emizuvchilar sinfiga, primatlar guruhiga, gominoidlarning katta oilasiga,
gominidlar oilasiga, Homo turiga mansubdir.
Odamning hayvondan kelib chiqqanligini tasdiqlovchi dalillar qiyosiy
anatomiya, fiziologiya, embriologiya, paleontologiya, genetika fanlari bergan
ma'lumotlarga suyanadi. Barcha tirik organizmlarda hujayra tuzilishi, odam va
hayvonlarning skeletlarining hamda a'zolarining o’xshashligi, odamdagi rudimentar
a'zolar (kopchik umurtqalar, ohirgi jag’ tishlar, ko’richak va hokazo hammasi bo’lib
90 dan ortiq), atavizmlar (jabra yorig’i, tananing to’liq jun bilan qoplanishi va
boshqalar), inson embrionida hayvonot dunyosiga xos evolyusiya bosqichlarining
takrorlanishi va hokazo.
Odam hozirgi zamon biologiya fani tomonidan yaxshi o’rganilgan primatlar
bilan eng ko’p genetik va anatomo-fiziologik o’xshashliklarga egadir. Odamning
primatlardan kelib chiqqanligi paleoantropologiya tomonidan ham qazishmalar
chog’ida topilgan gominidlar va antropoidlar shakllarini morfologik tahlili asosida
tasdiqlanadi. Molekulyar biologiyaning so’nggi yillardagi yutuqlari odam bilan
primatlarning nasli bir ekanligini ko’rsatuvchi yangi dalillarni aniqladi. Ma'lumki,
yaqinda inson genomi sirlari ochildi va e'lon qilindi. Genetika bergan ma'lumotlarga
ko’ra genlar boyicha biz insonning hozir yashayotgan qarindoshlaridan eng yaqini
bo’lgan shimpanzedan atigi 1% dan sal ortiqroq farqqa egamiz. DNK molekulalari
nukleotid izchilligining o’zgarish tezligiga asoslangan ma'lumotlarga ko’ra
(«molekulyar soatlar» metodi) bizning hozirgi maymunlar bilan ajdodimiz bir
bo’lgan. Ularning ajdolari bilan odamga kelib tutashuvchi gominid liniyaning ajralish
bundan 5-7 mln yil ilgari yuz bergan. Agar shimpanze nazarda tutilsa, u holda bu
divergensiya 5 mln yil ilgari bo’lgan, gorillalar va orangutanlar ildizlarining ajralishi
esa undan ham oldinroq roy bergan.
206
Antik falsafa insonga mikrokosm, kosmosning bir qismi, ya'ni makrokosm
umuman dunyo bilan doimiy aloqada bo’lib turuvchi qism sifatida qaragan. Aynan
ana shu antik davrda «O’z-o’zingni o’rgan» degan so’zlar aytilgan edi (Suqrot).
Suqrotning shogirdi
Aflotun
(eramizgacha bo’lgan 428-347 yillar) insonning
ruhi o’lmaydi, u har gal yangi tanaga ko’chib o’tadi, deb taxmin qilgan edi. Insonning
o’zini o’rab turgan atrof dunyoni o’rganishga urinishi bu ruhning tanga kirgunga
qadar mushohada etgan abadiy g’oyalar olami haqidagi xotirotlaridir. Aflotun uchun
inson ideali donishmand, faylasuf bo’lib, uning ruhi ko’p «sayr qilgan» va shu
sababli uning bilimlari eng to’g’ri va qimmatlidir. Bunday komil faylasufni Arastu
«o’zini tafakkur etuvchi tafakkur» deb atagan edi.
Inson haqidagi ta'limotni rivojlantirishga antik materialistlar
Do'stlaringiz bilan baham: |