O’zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muxandislik-texnologiya instituti turdali toshmirzayevich malikov



Download 3,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/210
Sana02.03.2022
Hajmi3,63 Mb.
#478462
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   210
Bog'liq
falsafa-1

Baholash.
Aksiologiyaning asosiy kategoriyalari qatoriga qadriyat bilan bir 
qatorda hajman juda keng tushuncha «baholash» ham kiradi. Baholash buyumning 
inson faoliyati, uning ehtiyojlarini qondirish uchun ahamiyatini anglab etish vositasi. 
Baholash sub’ektning o’z hayoti va faoliyati uchun hodisalarning ijtimoiy 
ahamiyatini aniqlashidir. U insonga hodisalar dunyosida mo’ljal olish imkonini 
beradi, uning faoliyatini yo’lga soladi. Baholash universaldir: u sezgilar va aql-idrok 
darajasida, emotsiyalar va tuyg’ular, tasavvurlar, idroklar, mulohazalar, mayllar, 
istaklar, intilishlar, afzalliklar va albatta, faoliyat ko’rinishida royobga chiqib, inson 
hayot faoliyatining barcha turlariga ta’sir ko’rsatadi. 
Baholashning mohiyatini teranroq anglab etish uchun uni «qadriyat» bilan 
solishtirish o’rinli bo’ladi. Baholash va qadriyat bir-biri bilan uzviy bog’liq bo’lgan 
tushunchalar, lekin ularning o’rtasida jiddiy farq ham mavjud. Xo’sh, bu farq 
nimalarda ko’rinadi? 
Birinchidan, qadriyat biz baho berayotgan narsa, ya’ni baholash predmeti bo’lsa, 
baholash bu baho berish jarayoni, ya’ni aqliy faoliyat bo’lib, uning natijasi o’laroq 
borliqning muayyan predmeti biz uchun qanday qimmatga ega ekanligi aniqlanadi. 
Predmetni yoki uning xossasini foydali, yoqimli, yaxshi, chiroyli deb topib, biz 
baholashni amalga oshiramiz. 
Ikkinchidan, faqat ijobiy ahamiyat kasb etuvchi qadriyatlardan farqli o’laroq 
(«salbiy qadriyatlar» bo’lishi mumkin emas), berilgan baho ijobiy bo’lishi ham, 
salbiy bo’lishi ham mumkin. Biz muayyan predmetni yoki uning xossasini foydali 
emas, balki zararli deb, topishimiz, muayyan xatti-harakatni yomon, axloqqa zid deb, 


192 
baholashimiz, ko’rilgan filmni mantiqsiz deb, qoralashimiz mumkin. Bunday 
fikrlarning barchasi baholash hisoblanadi. 
Uchinchidan, qadriyat amaliy munosabat mahsuli sifatida ob’ektiv hisoblanadi. 
Baholash esa, sub’ektivdir. U ob’ektiv qadriyatning sifatigagina emas, balki 
baholovchi sub’ektning ijtimoiy va individual fazilatlariga ham bog’liqdir. Ayni shu 
sababli, ayni bir hodisa ayni bir davrda yashayotgan odamlar tomonidan turlicha 
baholanishi mumkin. 
Ehtiyojlar va qadriyatlar. Insonga nima muhim? Muhimliklar dunyosi 
qadriyatlar dunyosi bilan ayniymi? Inson faoliyatining birinchi manbai va 
harakatlantiruvchi kuchi ehtiyojlardir. Inson ehtiyojlari uning hayotini,xususan 
jismoniy, aqliy, ma’naviy, ishlab chiqarishga doir, oilaviy hayotni saqlash yoki 
o’zgartirish zaruriyatining ifodasi sifatida vujudga keladi. Ijobiy yoki salbiy aloqalar 
va munosabatlarning butun rangbarangligi tegishli ehtiyojlarni u yoki bu tarzda 
vujudga keltiradi. Inson bu ehtiyojlarni anglashi yoki anglamasligi yoinki noto’g’ri 
anglashi mumkin. Ammo, har qanday sharoitda ehtiyojlar insonni faoliyatga da’vat 
etadi. Bu faoliyat samarali yoki samarasiz, puxta oylangan yoki spontan va tartibsiz 
bo’lishi mumkin. Ehtiyojlar tashqi muhit predmetlari va sharoitlariga yoki ichki, 
ma’naviy uyg’unlikka erishishga muhtojlik sifatida anglanadi. Ular tashqi dunyo 
bilan muayyan munosabatlarda namoyon bo’lib, ob’ektlarni, o’zlari yo’naltirilgan 
mavjud borliqni ham, o’z manbai sanalgan sub’ektning muhim xususiyatlarini ham 
tavsiflaydi. Shaxs faolligining teran asosi sanalgan ehtiyojlar inson faoliyatini ularni 
royobga chiqarishga yo’naltiruvchi mo’ljallar, mayllar va manfaatlarda o’z rivojini 
topadi. Aynan ehtiyojlar inson ongining nisbiy mezoni, uning mayllari, manfaatlari, 
didlari va ideallarining poydevori hisoblanadi. Inson ehtiyojlari o’zgaruvchan, 
harakatchan, o’zaro bog’langan va bir-birining o’rnini bosishga qodir. Ularning 
ayrimlari vujudga keladi, ba’zilari yo’q bo’ladi, ayrimlari aktuallashadi, ba’zilari 
ikkinchi darajali ahamiyat kasb etadi. Inson ehtiyojlari sifat jihatidan cheksiz va 
kengayishga qodir, zero, ularning shakllanishi individlarning bir-biri va jamiyat bilan 
ijtimoiy aloqalarining ko’p sonliligi va intensivligini aks ettiradi. Ijtimoiy hayotning, 
ijtimoiy munosabatlar majmuining murakkablashuvi va differensiatsiyalanishi, 


193 
moddiy va ma’naviy hayotning o’z meyorlari va qadriyatlari bilan rivojlanishi, inson 
ma’naviy hayotining jo’shqinligi bularning barchasi uning ehtiyojlari o’zgarishi va 
rivojlanishini belgilaydi. Garchi, qadriyatlar ehtiyojlar bilan bevosita bog’liq bo’lsa-
da, lekin ular bilan uzviy emas. Ehtiyojlar harakatchan, qadriyatlar nisbatan 
barqarordir; ehtiyojlar ierarxiyaviy bo’lib, ularning ierarxiyasi muntazam ravishda 
o’zgaradi, qadriyatlar esa nisbatan o’zgarmas va individ tomonidan uning 
ijtimoiylashuvi jarayonida o’zlashtiriladi. Bu hayotning har qanday sohasida yuz 
bergan yangiliklarga nisbatan ancha keng tarqalgan muxolifatni izohlaydi. Masalan, 
rim imperatorlari xristian dinining qimmatini tan olgunlariga qadar xristianlar asrlar 
mobaynida quvg’in qilinganlar. Belorusiyalik mashhur rassom Mark Shagalning 
o’ziga xos ijodi, garchi butun dunyoda yuksak baholangan bo’lsa-da, o’z vatanida 
hanuzgacha tan olinmagan va uncha ma’lum emas. Sezann ijodi rassomning 
o’limidan keyingina tan olingan, uning tiriklik paytida esa mazkur buyuk 
musavvirning asarlari Parijdagi zamonaviy san’at ko’rgazmalarida biror marta ham 
namoyish etilmagan, chunki nufuzli hay’at uning asarlarini diqqatga sazovor deb 
hisoblamagan va shu kabilar. Ayni hol shu bilan izohlanadiki, ehtiyojlar anglanishi 
yoki anglanmasligi yoinki noto’g’ri anglanishi mumkin. Shu sababli amalda muhim 
hodisalar qadriyatlar sifatida idrok etilmasligi, amalda qimmatga ega bo’lmagan 
narsa esa, yanglish tarzda qadriyat sifatida tasavvur qilinishi mumkin. 
Jamiyat va inson hayotida qadriyatlarning roli. Ularni quyidagi uch guruhga 
ajratish mumkin: 
1.
Inson va jamiyat uchun ikkinchi darajali ahamiyatga ega bo’lgan 
qadriyatlar. Bu shunday qadriyatlarki, ularsiz jamiyat va insonning normal faoliyati 
izdan chiqmaydi. 
2.
Kundalik hayot va ehtiyojlar bilan bog’liq bo’lgan qadriyatlar. Bu 
guruhga aksariyat moddiy va ma’naviy qadriyatlar kiradi. Bular insonning moddiy va 
ma’naviy ehtiyojlarini qondirish, jamiyatning normal faoliyat ko’rsatishi va 
rivojlanishini ta’minlash uchun zarur bo’lgan qadriyatlardir. 
3.
Oliy qadriyatlar bu o’z ahamiyatiga ko’ra eng yuksak darajada turuvchi, 
odamlarning fundamental munosabatlari va ehtiyojlarini aks ettiruvchi qadriyatlardir. 


194 
Oliy qadriyatlarsiz nafaqat inson shaxs sifatida kamol topa olmaydi, balki jamiyat 
ham normal hayot kechira olmaydi. Oliy qadriyatlarning mavjudligi doimo 
individning shaxsiy hayoti chegarasidan chetga chiqish bilan bog’liq. Ular individni 
uning o’zidan yuksak bo’lgan, uning hayotini belgilaydigan, uning taqdiri uzviy 
bog’liq bo’lgan narsalar bilan oshno etadi. Ayni shu sababli oliy qadriyatlar odatda 
umuminsoniy xususiyat kasb etadi. 
Insonning o’zi qadriyat hisoblanadimi, degan savolning ikki tomoni bor 1) inson 
uchun boshqa odamning va umuman insonning qimmati nimada? 2) uning o’z 
hayotining qimmati nima bilan o’lchanadi? Tafsilotlarga berilmay shuni qayd 
etamizki, bu savollarga javoblar aniq va uzil-kesil bo’lishi mumkin emas. Gap 
shundaki, individning boshqa odamlarga qiziqishi odamlar qandayligigagina emas, 
balki uning o’zi qandayligiga ham bog’liq bo’ladi. Bunga yana shuni qo’shimcha 
qilish joizki, inson hayotining va insonning qimmati to’g’risidagi masalaning 
qoyilishi tarixiy sharoitlar bilan bevosita bog’liq. Masalan, O’rta asrlarda feodal o’z 
krepostnoyini o’ldirishi jinoyat hisoblanmagan va jazoga tortilmagan. Hozirgi vaqtda 
har bir kishining yashash huquqi tan olingan va odam o’ldirish u yoki bu tarzda 
jazolanmaydigan mamlakat mavjud emas. Xullas,inson alohida, mutlaq qadriyat. 
Qolgan barcha qadriyatlar inson manfaatlari nuqtai nazaridan baholanadi. Har bir 
shaxs hayotda ma’lum bir maqsadni ko’zlab harakat qiladi. Biroq uning maqsadi 
ma’no va mazmuni jihatdan har xil bo’lishi mumkin. 
Qadriyatlar ierarxiyasi. Qadriyatlar shaxs va jamiyat ehtiyojlari, manfaatlari 
bilan belgilangani bois, ular murakkab tuzilishga va alohida ierarxiyaga ega bo’ladi. 
Qadriyatlar ierarxiyasi zamirida tirik mavjudot sifatidagi inson hayoti uchun zarur 
bo’lgan fundamental qadriyatlar (tabiiy boyliklar, moddiy yashash sharoitlari turar 
joy, oziq-ovqat mahsulotlari, sog’liqni saqlash va sh.k.) va insonning ijtimoiy 
mohiyatiga, uning ma’naviy tabiatiga bog’liq bo’lgan oliy qadriyatlar yotadi. Birinchi 
guruhga moddiy (utilitar) qadriyatlar, ikkinchi guruhga esa ma’naviy qadriyatlar 
kiradi. qadriyatlarning birinchi guruhi insondan tashqarida yotuvchi maqsad bilan 
belgilanadi, ikkinchi guruh ichki asosga ega. Moddiy, utilitar qadriyat vositaning 
qimmatidir, zero, narsaning foydaliligi u nimaga xizmat qilishga mo’ljallangan 


195 
bo’lsa, shu vazifa bilan belgilanadi. O’z vazifasini bajargach, bu narsa qadriyat 
sifatida o’z ahamiyatini yo’qotadi. Moddiy, utilitar qadriyatdan farqli o’laroq, 
ma’naviy qadriyat o’ziga to’q xususiyat kasb etadi va o’zidan tashqarida yotuvchi 
motivlarga muhtoj bo’lmaydi. Utilitar pragmatik qadriyatlar faoliyat maqsadini 
belgilasa, ma’naviy qadriyatlar inson faoliyatining mazmunini belgilaydi. 
Shunga mos ravishda shaxsning ma’naviy dunyosi ham o’z ierarxiyasiga ega 
bo’ladi. Inson ma’naviyati uchta: ma’rifiy, axloqiy va estetik asoslarni o’z ichiga 
oladi. Ularga ma’naviy ijodkorlarning uch tipi: donishmand (biluvchi), taqvodor 
(avliyo) va san’atkor mos keladi. Bu asoslarning o’zagi ma’naviyatdir. Bilim bizga 
haqiqatning tagiga etish uchun imkoniyat yaratib, to’g’ri yo’l ko’rsatsa, axloqiy va 
estetik asos insonning o’z egoistik «Meni» chegarasidan chetga chiqib,ezgulik 
urug’ini sochish qobiliyati va ehtiyojini nazarda tutadi.Ma’naviy qadriyatlarning 
o’ziga xos xususiyati shundaki, ular noutilitar va noinstrumental xususiyat kasb etadi: 
ular boshqa biror narsaga xizmat qilmaydi, aksincha, boshqa barcha narsalar ularga 
boysunadi va oliy qadriyatlar bilan bog’liq holdagina muayyan mazmun kasb etadi. 
Oliy qadriyatlarning yana bir xususiyati shundan iboratki, ular muayyan xalq 
madaniyatining o’zagi hisoblanadi. Madaniyatda odamlarning fundamental 
umuminsoniy qadriyatlari: tinchlik, salomatlik va insoniyat hayoti mujassamlashadi. 
Madaniyatda muloqot qadriyatlari (do’stlik, mehribonlik, ishonch, oila), turmush 
tarzi qadriyatlari (ijtimoiy adolat, erkinlik, inson huquqlari va shu kabilar haqidagi 
tasavvurlar) o’z ifodasini topadi. Oliy qadriyatlar yo’l tanlash vaziyatlarining cheksiz 
to’plamida royobga chiqadi. 
Shunday qilib, qadriyatlar tushunchasi shaxsning ma’naviy dunyosi bilan uzviy 
bog’liq. Aql-idrok, oqilonalik, bilimlar insonning maqsadga muvofiq faoliyatini 
belgilovchi ongning eng muhim elementlari hisoblansa, ular negizida shakllanuvchi 
ma’naviyat o’z hayot yo’lini, o’z faoliyatining maqsadlari va mazmuni hamda ularga 
erishish vositalarini tanlash to’g’risidagi masalani u yoki bu tarzda echayotgan inson 
hayotining mazmuni bilan bog’liq bo’lgan qadriyatlar qatoriga kiradi. 
Yurtimizda bunday jamiyatni barpo etish barkamol inson shaxsini 
shakllantirishni talab etadi. O’z navbatida, ma'naviy yetuk avlod jamiyat 


196 
taraqqiyotiga salmoqli hissa qo'shadi. Bugun bizning bosh strategik maqsadimiz 
bozor iqtisodiyotiga asoslangan, qonun ustuvorligiga tayangan, erkin, demokratik 
jamiyat barpo etishdir. Undagi «erkinlik», «demokratiya», «qonun ustuvorligi» 
so’zlariga e'tibor qaratish kerak. Bu tushunchalar O’zbekiston qurayotgan 
jamiyatning qanday umuminsoniy tamoyillarga, qadriyatlarga asoslanishini 
ko’rsatadi. Shuning uchun ham mamlakatimizda yashaydigan barcha insonlar uchun 
millati, tili va dinidan qat’i nazar, munosib hayot sharoitini yaratib berish, rivojlangan 
demokratik davlatlar kabi kafolatlangan turmush darajasi va erkinliklarini ta’minlash 
davlatimiz siyosatining falsafiy mazmun-mohiyatini ifodalaydi. Bu — xalqimizning 
asriy an’analariga, insonparvarlik mohiyatiga, milliy qadriyatlarimizga sodiq qolgan 
holda rivojlangan davlatlar tajribalaridan shunchaki nusxa ko’chirmasdan, o’zimizga 
xos va o'zimizga mos yo’lni izchil davom ettirishni anglatadi. Bu jamiyat hayotini 
demokratlashtirish va erkinlashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, 
mamlakatimiz siyosiy hayotining barcha sohalarini, davlat va jamiyat qurishni 
erkinlashtirish, aholining siyosiy faolligini oshirish, siyosiy hayotda haqiqiy 
ma'nodagi ko’p partiyaviylikni qaror toptirishni bildiradi. Bu mahalliy hokimiyat va 
fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyat doirasini kengaytirish, ularga 
davlat vakolatlarining bir qismini bosqichma-bosqich o’tkazib borish, nodavlat va 
jamoat tuzilmalarining huquq va mavqeini oshirishni ko’zda tutadi. 
O’zbekistonda demokratik jamiyat qurilishi jarayonlarining huquqiy asosini 
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida ko’ramiz. Konstitutsiya o’ziga xos 
falsafiy mazmunga ega bo’lib, unda O’zbekistonda qurilayotgan demokratik 
jamiyatning ustuvor maqsadlari, tamoyillari, inson huquq va erkinliklari o'zining 
yaqqol ifodasini topgan. 
Xulosa qilib aytish mumkinki O’zbekistonni mustaqil rivojlanish yo’liga 
o’tganligi yangi qadriyatlar tizimi shakllanishi va barqarorligini ta’minlaydigan 
asosiy omildir. Mustaqillik tufayli dunyoga eshik ochish, jahon maydoniga, taraqqiy 
etgan davlatlar qatoriga sobitqadamlik bilan kirib borish, o’zaro iqtisodiy, madaniy, 
ilmiy, savdo va boshqa sohalarda qizg’in hamkorlikni yo

lga qo'yish, O’zbekistonni, 


197 
uning boy o

tmishini, madaniyatini, hozirgi kunini va bu yerda amalga oshirilayotgan 
o

zgarishlar jarayonini dunyoga tanitish imkoniyatlari ochildi. 
Bugungi kunda yurtimizda yashayotgan va bizga zamondosh bo’lgan kishilar 
hayotida yangi davr boshlandi. Ya’ni mustaqil O’zbekistonimizning milliy istiqloliga 
asoslangan yangi qadriyatlar tizimini barqaror qilish, bu tizimda qadriyat 
shakllarining dialektik uyg’unligiga erishish, inson qadri, qobiliyati, iste’dodini 
namoyon qilish uchun keng imkoniyatlar yaratish borasidagi dolzarb vazifalar hozirgi 
avlod umrining mazmuniga aylandi. 

Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish