O’zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muxandislik-texnologiya instituti turdali toshmirzayevich malikov



Download 3,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/210
Sana02.03.2022
Hajmi3,63 Mb.
#478462
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   210
Bog'liq
falsafa-1

Tayanch tushunchalar:
Jamiyat, fuqarolik jamiyati, ijtimoiy falsafa, madaniy-
tarixiy tiplar, ijtimoiymadaniy tizimlar, ijtimoiy makon, sivilizatsiya, madaniyat, 
qadriyat tushunchasi, madaniy-tarixiy relyativizm, qadriyatlarning sotsiologik 
konsepsiyasi, qadriyat kategoriyasining mazmuni, qadriyatning funksional ahamiyati, 
qadriyatning shaxsga doir mazmuni, baholash, ehtiyojlar va qadriyatlar, moddiy 
qadriyatlar, ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar, ma’naviy qadriyatlar. 
 
Takrorlash uchun savollar: 
1.
Jamiyat nima uchun rivojlanuvchi tizim sifatida baholanadi 
2.
Sivilizatsiya tushunchasining tahlili va turli yondashuvlar tasnifini ayting. 
3.
“Madaniyat” tushunchasi va uning mohiyati nima 
4.
“Madaniyat” strukturasi va funksiyalari hamda Sharq va G’arb 
madaniyatlarining o’zaro bir-biriga ta’siri qanday. 
5.
Qadriyat tushunchasining tavsifi va mohiyati. 


198 
8-MAVZU. FALSAFIY ANTROPOLOGIYA (INSON FALSAFASI) 
Falsafa tarixida insonga murojaat etmagan, inson moddiy va ma’naviy 
borlig’ining turli tomonlarini bevosita yoki bilvosita tahlil qilmagan faylasuf yoki 
falsafiy yo’nalishni topish deyarli mumkin emas. Aksariyat falsafiy va diniy tizimlar, 
katta olam yoki makrokosmga zid o’laroq, insonga mikrokosm yoki kichik Koinot 
sifatida qarab, uni butun olamni tushunish kaliti, deb hisoblaganlar. Faylasuflar inson 
sirining tagiga etish borliq jumbog’ining tagiga etish bilan barobar ekanligini qayta-
qayta anglab yetganlar. 
Inson muammosi falsafaning azaliy mavzularidan biridir. Odamzotining 
dunyoga kelishi, boshqa jonzotlardan farqi, tabiat va jamiyatdagi o’rni, insoniy 
fazilatlari, shaxsiy xususiyatlari to’g’risidagi masalalar hamma davr fayJasuflarining 
diqqat markazida turgan. Fan sohasida odamning jismoniy tuzilishi, tabiiy-biologik 
xususiyatlarini o’rganish hamon davom etmoqda. Ijtimoiy fanlarda esa shaxs 
kamoloti, ijtimoiy, ma’naviy qiyofasi bilan bog'liq ji hatlari tadqiq qilinmoqda. 
Xullas, odamzod uchun o’zi va o’ziga o’xshagan boshqa kishilar, ularning 
xususiyatlari, jamiyatdagi o’rni, qadri, o’tmishi va kelajagi bilan bog’liq muammolar 
azalazaldan eng asosiy tadqiqot va kuzatish obekti bo’lib kelmoqda.
 
Inson avvalo tiriklikning eng oliy mo’jizasi, boshqa jonzotlardan ajralib turuvchi 
ijtimoiy mavjudot sifatida, tabiiy-tarixiy qadriyatdir. 
Insonni ontologiya grekcha — borliq, nazariya, ta’limot va antropologiya 
grekcha — inson, ta’limot nuqtayi nazaridan, ya’ni insonni borliqning bir qismi 
sifatida talqin qilish ontologiya va uni vujudga kelishi, ijtimoiy xususiyatlarining 
shakllanishi bilan bog’liq tadqiqotlar (antropologiya) hamon davom etmoqda. Inson 
— tarixiy taraqqiyot jarayonida turli xislatlar, sifatlar va xususiyatlarga ega bo’lgan, 
ma’naviy-axloqiy jihatlarni qiyofasida aks ettirgan ijtimoiy mavjudot sifatida 
jamiyatdagi asosiy qadriyatdir. Shu bilan birga u olamga ijtimoiy munosabatda 
bo’lish, odamlar bilan muomala va aloqaga kirishish, mehnat qilish asosida moddiy 
va madaniy boyliklarni vujudga keltirish, tafakkuri, his-tuyg’ulari, fikrlarini tili 
vositasida ifodalash kabi xususiyatlarga ega bo’lgan umumijtimoiy vujud hamdir. 


199 
Inson jamiyatsiz yashayolmaganidek, jamiyat ham insonsiz mavjud bolmaydi. 
Nag qanday jamiyat o’zini tashkil qilib turgan kishilar faoliyati, o’zaro munosabati va 
umrguzaronligi bilan tirikdir. Shu ma’noda inson — har qanday jamiyat bor 
bo’lishini ta’minlab turadigan asosiy ijtimoiy elementdir. Bunday ta’minlab turish 
insonni individual — shaxsiy ishtiroki orqali, ya’ni biror guruh, qatlam, sinf, qavm, 
elat, xalq yoki millat doirasidagi faoliyati, oila va turmushdagi xatti-harakati, amalga 
oshirgan ishlari, yaratgan boyliklari, o’ziga va o'zgalarga nisbatan munosabati orqali 
namoyon bo'ladi. 
Insonning kelib chiqishi eng murakkab va jumboqli fenomenlardan biri 
hisoblanadi. Qadim zamonlardan boshlab ushbu fenomenni tushuntirishda bir-biriga 
qarama-qarshi bo’lgan ikki paradigma mavjud: insonning xudo tomonidan 
yaratilganligi g’oyasi va tabiiy tarixiy evolyusiya g’oyasi. 

Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish